Epidemiologiyasi. Infeksiya manbai kasal uy hayvonlaridan yirik shoxli hayvonlar, otlar, tuyalar, eshaklar, echkilar, qo‘ylar va cho‘chqalar hisoblanadi. Qo‘zg‘atuvchilar hayvonlar najasi, siydigi va so‘laklari orqali ajralib chiqadi va tuproq, suv hamda ularning junlarini zararlaydi. Organizmga qo‘zg‘atuvchi teri qoplamlari va nafas hamda oshqozon-ichak yo‘llari shilliq qavatlari orqali tushadi. Kasal hayvonlarni parvarish qilganda, ularni so‘yganda va go‘sht- lariga ishlov berganda hamda kuydirgi mikrobining sporalari bilan zararlangan chorvachilik mahsulotlari (terilar, junlar va hokazolar) bilan ishlaganda kasallik yuqadi. Odam kasallikni tuproq orqali ham yuqtirishi mumkin, chunki tuproqda kuydirgi qo‘zg‘atuvchisi sporalari ko‘p yillar davomida saqlanishi mumkin. Odam ingalatsiya yo‘li bilan kasallikni yuqtirganda (masalan, chang zarralarini yutish orqali), kasallikning o‘pkaga xos shakli rivojlanadi, kasal hayvonlar go‘shtini iste’mol qilinganda yoki zararlangan suv ichganda kuy- dirgining ichakka xos shakli kelib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |