Etiologiyasi. Kuydirgi qo‘zg‘atuvchisi — Bacillus anthracis yirik, harakatlanmaydigan tayoqcha bo‘lib, 3—10 mkm kattalikka ega. Bakteriyalar grammusbat, anilin bo‘yoqlarida yaxshi bo‘yaladi, kapsulaga ega. Har xil oziq muhitlarda yaxshi o‘sadi, ekzotoksin ishlab chiqaradi. Vegetativ shakllari qizdirilganda, har xil dezin- feksiyalovchi eritmalar ta’sirida tez nobud bo‘ladi. Noqulay sharoit- larda sporalar hosil qiladi. Sporalar tashqi muhitga juda chidamli (tuproqda ular 2-yilgacha saqlanishi mumkin) va faqat avtoklavda 120°C da qizdirilganda 2 soat ichida o‘ladi. Kuydirgi qo‘zg‘atuvchilari penitsillindan tashqari, tetrasiklin guruhi antibiotiklari, levomit- setin va neomitsinga sezgir.
Do'stlaringiz bilan baham: |