E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Download 1,2 Mb.
bet90/236
Sana16.03.2022
Hajmi1,2 Mb.
#495758
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   236
Bog'liq
Yuqumli kasalliklar

Tashxisi. Difteriya tashxisi klinik va epidemiologik ma’lumotlarga asoslanadi, ammo laboratoriya tekshirish usullari muhim rol o‘ynaydi.
Difteriya tashxisida qondagi o‘zgarishlar hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lmaydi, chunki bu o‘zgarishlar (leykositoz, ECHT ning oshishi) angina va boshqa qator difteriya tabiatiga ega bo‘lmagan kasalliklarda ham uchraydi. Difteriyada asosiy laboratoriya tekshirish usuli — bakteriologik tekshirish hisoblanadi. Tekshirish uchun halqum va burundan steril tampon yordamida shilliq olinadi (zararlangan joydan olishga harakat qilinadi).
Halqumdan shilliqni ertalab ovqatlanib, og‘izni chaygandan 2 soat keyin olgan ma’qul. Kam uchraydigan shakllari (ko‘z, quloq va hokazolar) da material zararlangan joy hamda halqum va burun- dan olinadi.
Bakteriologik tekshirishda mikrobning toza kulturasini ajratib olib, uning toksigenligini aniqlash zarur. Hozirgi vaqtda qattiq oziq muhitlarda toksigenlikni aniqlash usuli har bir laboratoriyada o‘tkazilishi mumkin.
Bakteriologik usulda qator shartlarga rioya qilish zarur.

  1. Materialni to‘g‘ri olish. Ko‘rish nazorati ostida tampon karash qirg‘og‘idan shunday yuboriladiki, bunda tamponda yetarlicha material qolsin.

  2. Olingan material 2—3 soatdan kechiktirmasdan laboratoriyaga yetkazilishi shart.

  3. Oziq muhitlar mavjud bo‘lgan tavsiyalarga mos ravishda aniq tayyorlanishi kerak.

  4. Aniq tashxis qo‘yish uchun odatdagi Leffler muhitidan tashqari maxsus muhit — Klauberg muhitidan ham foydalaniladi.

Serologik usul agglutinatsiya reaksiyasi (AR) va sust gemag- glutinatsiya reaksiyasi (PGAR) ni qo‘yishdan iborat. AR kasal­likning birinchi kunlari olingan qonning qo‘shaloq zardoblari bilan va takroran 7—10 kundan keyin o‘tkaziladi. 1:80 va undan yuqori titr tashxis qo‘yish uchun yetarli hisoblanadi.
Passiv gemagglutinatsiya reaksiyasi yuqori sezgirlikka ega. U qon zardobidagi antitoksin miqdorini aniqlashda qo‘llanilishi mumkin.
Bemor qonida antitoksinlar ko‘rsatkichi bo‘lmaganda yoki past bo‘lganda (0,03 XB/ml dan kam) difteriyaga qarshi zardob kiritil- gunga qadar kasallikning birinchi 3—5-kunlarida Shik reaksiyasi qo‘llanadi. Mazkur reaksiya bemor bolalarda odatda ijobiy bo‘ladi.

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish