E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Download 1,2 Mb.
bet89/236
Sana16.03.2022
Hajmi1,2 Mb.
#495758
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   236
Bog'liq
Yuqumli kasalliklar

Asoratlari. Kasallik asoratlari spetsifik va nospetsifik asoratlarga bo‘linadi. Spetsifik asoratlarga miokardit, mononevrit, polinevrit, o‘tkir buyrak usti bezlari yetishmovchiligi, toksik nefrozlar kiradi.
Miokardit ko‘p uchraydigan va og‘ir zararlanishlardan biridir. Ular kasallikning 2—5-kunlari yuzaga keladi. Miokardit belgilari odam o‘zini yomon his etishi, rangi oqarib ketishi, lablari ko‘ka- rishi, umumiy bezovtalik, ko‘ngil aynishi, ayrim hollarda qusish, qorinda og‘riq bilan xarakterlanadi. Bular bilan bir qatorda yurak chegaralarining kengayishi, jigar o‘lchamlarining kattalashishi, taxikardiya va yurak ritmining buzilishi kuzatiladi. Ba’zan og‘ir shakllarda miokardit juda ham tez rivojlanadi va bir necha kunlar ichida o‘limga sabab bo‘lishi mumkin. Bemorda miokarditni erta aniqlashda elektrokardiografiya katta yordam beradi. Miokardit belgilari juda sekin yo‘qoladi, bu jarayon 1—2 oy davom etadi.
Mononevritlar. Mononevritlarda ko‘pincha III, VI, VII, IX va X juft nervlar zararlanadi. Avvalo yumshoq tanglay falajlanadi: manqalanib gapirish, ovqatlanganda tomoqqa havo tiqilib yo‘talish kuzatiladi, suyuq ovqatlar burundan oqadi, yumshoq tanglay harakatsiz bo‘ladi. Kasallikning 3—4-haftasida akkomodatsiya falajlanadi, bu vaqtda bemor o‘qiganda harflarning qo‘shilib ketishidan shikoyat qiladi. Jarayon kindik sohasida joylashganda qorin mushaklari parezi (yarim falajlanish) namoyon bo‘ladi. Falajlanishlarning o‘zi bemor uchun katta xavf tug‘dirmasa-da, u organizmdagi o‘zgarishlardan xabar beradi, rivojlanishning keyingi davrlari esa polinevritlar yuzaga kelishi bilan yakunlanishi mumkin.
Og‘ir shakli tarqalgan polinevritlar bilan xarakterlanadi. Bu vaqtda ko‘p nervlar zararlanib, bo‘yin, yelka, gavda, tomoq, hiqil- doq, nafas mushaklari kuchli parezlarga uchraydi. Hiqildoq, qovur- g‘alararo (nafas mushaklari parezi) va diafragma nervlar falajlari kuzatilsa kasallik oqibati juda jiddiy hisoblanadi.
Buyrak usti bezining o‘tkir yetishmovchiligi faqatgina juda kuchli toksemiya — toksik shaklning III darajasi va gipertoksik shakl- laridagina uchrashi mumkin. Bu vaqtda kasallikning 2—3-kuni bemorning rangi to‘satdan oqarib ketishi va adinamiya kuzatiladi: tomir urishi juda tezlashib, ipsimon bo‘ladi; arterial bosim tushib ketadi: ba’zan kollaps rivojlanishi natijasida o‘lim kuzatiladi.
Toksik nefroz albuminuriya va silindruriya bilan namoyon bo‘ladi. Nefroz aytarli og‘ir kechmaydi. Buyrak funksiyasi buzilmaydi, arterial bosim ko‘tarilmaydi. Nefrozning paydo bo‘lishi odatda bemor hayotiga xavf solmasa-da, lekin og‘ir intoksikatsiya mav- judligi va boshqa toksik asoratlar rivojlanish ehtimoli borligini bildiradi.
Ikkilamchi infeksiya natijasida uchraydigan nospetsifik asoratlar difteriyaning og‘ir shaklida ko‘p uchraydi va kasallikning turli xil davrlarida paydo bo‘ladi. Bular ko‘pincha pnevmoniya va otitlar shaklida namoyon bo‘ladi. Pnevmoniya toksik difteriyada va krupda o‘lim hollarining ko‘payishiga sabab bo‘ladi.

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish