E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


Zoonozlar bo‘yicha testlar va vaziyatli masalalar



Download 1,2 Mb.
bet172/236
Sana16.03.2022
Hajmi1,2 Mb.
#495758
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   236
Bog'liq
Yuqumli kasalliklar

Zoonozlar bo‘yicha testlar va vaziyatli masalalar

  1. Byurne sinamasi leptospirozda qo‘yiladimi?

A) ha; B) yo‘q.

  1. Leptospirozda odam sarg‘ayib ketishi mumkinmi?

A) ha; B) yo‘q.

  1. Tularemiya qo‘zg‘atuvchisi basillalarmi?

A) ha; B) yo‘q.

  1. Kuydirgida yaraga kuchliroq teginganda og‘riq kuchayadimi? A) ha; B) yo‘q.

  2. Brucella melitensis qaysi hayvonlarda kasallik qo‘zg‘atadi?

A) cho‘chqalarda; B) qo‘y va echkilarda; C) qoramollarda; D) A va C; E) to‘g‘ri javob yo‘q.

  1. Brusellyozga xos belgilarni aniqlang:

A) ko‘p terlash; B) periferik limfa tugunlarining kattalashishi;

  1. jigar va taloq kattalashishi; D) kasallikning qaytalab turishi; E) barcha javoblar to‘g‘ri.

  1. Byurne allergik sinamasi qanday kasallikda qo‘llanadi?

A) leptospiroz; B) qorin tifi; C) virusli gepatitlar; D) brusel­lyoz; E) barcha javoblar to‘g‘ri.

  1. Bola tashlash holatlari asosan qaysi kasallik uchun xos?

A) salmonelloz; B) leptospiroz; C) brusellyoz; D) tularemiya; E) A va B.

  1. Leptospiroz qo‘zg‘atuvchilari qanday shaklda ko‘rinadi?

A) tayoqchasimon; B) kokksimon; C) spiralsimon; D) ipsi- mon; E) barchasi to‘g‘ri.

  1. Leptospirozga qarshi vaksina profilaktika maqsadida qanday qo‘llanadi?

A) teri ostiga 1-marta 2 ml; 2-marta 2,5 ml; B) mushak orasiga bir marta 2 ml; C) teri ostiga bir marta 4 ml; D) mushak orasiga 1- marta 3 ml, 2-marta 1 ml; E) venaga bir marta 3 ml.

  1. O‘lat kasalligi qanday yuqadi?

A) alimentar yo‘l bilan; B) transmissiv yo‘l bilan; C) aloqa yo‘li bilan; D) havo-tomchi yo‘li bilan; E) barchasi to‘g‘ri.

  1. Kuydirgi uchun qanday xususiyat xarakterli?

A) yara umuman og‘rimaydi; B) yarada og‘riq kuchli; C) yara qizil rangda; D) yara qora rangda; E) A va D.

  1. Askoli reaksiyasi qaysi kasallikka tashxis qo‘yishda qo‘llanadi?

A) leptospiroz; B) brusellyoz; C) kuydirgi; D) o‘lat; E)
quturish.

  1. Kuydirgi kasalligiga chalingan hayvonlar bilan aloqada bo‘lgan kishilarga kuydirgiga qarshi gamma-globulin qancha miqdorda yuboriladi?

A) 1—2 ml; B) 5—10 ml; C) 20—25 ml; D) 10—12 ml; E) 3—4 ml.

  1. Kuydirgidan o‘lgan hayvonlar yerga qancha chuqurlikda ko‘miladi?

A) 1 m; B) 2 m; C) 5 m; D) 10 m; E) 20 m.

  1. Quturishga qarshi vaksina qaysi virus shtammidan tayyor­lanadi va nima maqsadda qo‘llanadi?

A) yovvoyi shtamm, davolash; B) fiksatsiyalangan shtamm, immunitet hosil qilish; C) fiksatsiyalangan shtamm, davolash; D) yovvoyi shtamm, immunitet hosil qilish; E) B va C.

  1. Quturishga xos bo‘lmagan belgilarni ko‘rsating:

  1. gidrofobiya; B) aerofobiya; C) fotofobiya; D) akus- tikofobiya; E) diplopiya.

  1. Gidrofobiya, akustikofobiya, fotofobiya deganda nimani tushunasiz? Tartib bilan ko‘rsating:

A) suvdan, yorug‘likdan, tovushdan qo‘rqish; B) tovushdan, yorug‘likdan, suvdan qo‘rqish; C) tovushdan, suvdan, yorug‘- likdan qo‘rqish; D) yorug‘likdan, tovushdan, suvdan qo‘rqish; E) suvdan, tovushdan, yorug‘likdan qo‘rqish.

  1. Quturish kasalligida yorug‘lik, suv, tovush, havoning harakati bemorga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

A) allergik toshmalar toshib ketadi; B) tomoq va hiqildoq mushaklari talvasali qisqaradi; C) ko‘ngil aynib qusa boshlaydi; D) qo‘l-oyoq mushaklari talvasali qisqaradi; E) A va C.

  1. Quturishda kuzatiladigan Babesh-Negri tanachalari qayerda aniqlanadi?

A) qonda; B) miyada; C) taloqda; D) jigarda; E) o‘pkada.

  1. Yuqumli kasallik hisoblangan quturishning oldini olish uchun quturishga qarshi vaksina va zardoblar qayerda yuboriladi?

A) yuqumli kasalliklar shifoxonasida; B) travmatologik punkt- da; C) gematologik punktda; D) onkologik shifoxonada; E) tez yordam shaxobchalarida.

  1. Bemordan sog‘lom odamga yuqmaydigan kasallikni belgilang:

A) chinchechak; B) vabo; C) o‘lat; D) oqsim; E) quturish.

  1. Manqa kasalligida infeksiya yuqtirgan, lekin hali kasallik belgilari paydo bo‘lmagan kishilarga qanday preparat yordamida va zudlik bilan necha kun profilaktika o‘tkaziladi?

  1. sulfadimezin 1 kg tana vazniga 1 g; B) sulfatiazol 1 kg tana vazniga 0,1 g; C) sulfamonometoksin 1 kg tana vazniga 0,01 g; D) sulfadimetoksin 1 kg tana vazniga 0,01 g; E) A va C.

  1. Brusellyoz

  1. leptospiralar qo‘zg‘atadigan o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, tana harorati ko‘tarilishi, umumiy intoksikatsiya belgilari, buyrak, jigar va nerv sistemasi zararlanishi bilan o‘tadi. Og‘ir hollarda sariqlik va gemorragik sindrom kuzatiladi.

  2. tayanch-harakat apparati, nerv va jinsiy sistema zararlanishi bilan kechadigan umumiy yuqumli kasallikdir.

  3. o‘tkir virusli yuqumli kasallik bo‘lib, umumiy intok­sikatsiya, isitma va infeksiyaning kirish darvozasiga bog‘liq ravishda limfatik tugunlar, teri, shilliq pardalar va o‘pka zararlanishi bilan o‘tadi.

  4. o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, og‘ir intoksikatsiya, isitma, limfatik tugunlar va o‘pka zararlanishi bilan kechadi.

E) virus tabiatli o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, isitma, tarqalgan limfadenopatiya, tonzillit, jigar va taloq kattalashishi hamda qon- ning o‘ziga xos o‘zgarishi bilan xarakterlanadi.

  1. Kuydirgi bu

  1. isitma bilan kechadigan, karbunkullar hosil bo‘lishi yoki o‘pka va ichaklar zararlanishi bilan o‘tadigan o‘tkir yuqumli kasallikdir.

  2. og‘ir kechadigan va asosan markaziy nerv sistemasi zarar- lanishi bilan o‘tadigan o‘tkir virusli kasallikdir (gidrofobiya xarak­terli).

  3. o‘tkir virusli kasallik bo‘lib, isitma, umumiy intoksikatsiya, og‘iz shilliq pardalarining aftoz (mayda pufakchalar hosil bo‘lib) va kaft terisi zararlanishi bilan xarakterlanadi.

  4. o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, uni salmonellalar qo‘zg‘a- tadi, bakteremiya, umumiy intoksikatsiya, isitma hamda ingichka ichak limfatik apparatining zararlanishi bilan xarakterlanadi.

  5. o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, septik kechishi, teri va shilliq qavatlarda pustulalar va yaralar hamda ichki a’zolarda ko‘plab abssesslar paydo bo‘lishi bilan xarakterlanadi.

  1. Quturish bu

  1. o‘ta xavfli yuqumli kasallik bo‘lib, og‘ir intoksikatsiya, isitma, limfatik sistema va o‘pka zararlanishi bilan kechadi.

  2. epidemik toshmali tif residivi hisoblanib, bir necha yillar o‘tgach kuzatiladi.

  3. virus qo‘zg‘atadigan infeksiya bo‘lib, gidrofobiya, aero- fobiya, fotofobiya, akustikofobiya bilan xarakterlanadi.

  4. Provaseka rikketsiyalari qo‘zg‘atadigan o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, isitma va toshmalar bilan xarakterlanadi.

  5. viruslar qo‘zg‘atadigan yuqumli kasallik bo‘lib, immunitet tanqisligi bilan kechadi. Yashirin davri juda uzoq davom etadi.

1-masala
F. ismli 33 yoshdagi bemor ayol shifoxonaga yotqizildi. Bemor­ning kasbi — go‘sht kombinatida ishchi. Bemorda oxirgi 4 yil ichida ikki marta bola tashlash holati kuzatilgan. U ko‘p terlaydi, bo‘g‘im- lari doimo og‘rib bezovta qiladi. Tana harorati ko‘tarilib turadi. Intoksikatsiya belgilari kuchli emas. Hayz ko‘rish sikli buzilgan. Bir necha bor nevropatolog, revmatolog va ginekolog huzurida bo‘lib, davolangan, ammo samarasi sezilmagan. Bemor ko‘zdan kechi- rilganda — ozg‘in, terisi nam. Chov va qo‘ltiqdagi limfatik tugunlar kattalashgan, paypaslaganda og‘riq sezilmaydi. Jigar va taloq kattalashgan.

  1. Qanday kasallik haqida o‘ylaysiz?

  2. Kasallikni aniqlash uchun epidemiologik ma’lumotlardan yana nimalar so‘raladi?

  3. Tashxis qo‘yish uchun qanday tekshiruvlar o‘tkaziladi?

  4. Bunday bemorlar o‘z vaqtida davolanmasa qanday asoratlar kuzatilishi mumkin?

  1. masala

Yuqumli kasalliklar shifoxonasiga o‘lat kasalligiga gumon qilingan bemor olib kelindi. Kasallik to‘satdan boshlangan, eti uvushib, tana harorati 40°C gacha ko‘tarilgan. Bemorni kuchli bosh og‘rig‘i bezovta qilgan va ko‘ngli aynib, ko‘p marta qusgan. Mushaklari qaqshab og‘rigan, unda qo‘rqinch holati kuzatilgan. Yuz terisi qizargan holda bo‘lib, og‘iz shilliq pardalarida yaralar aniqlandi. Til kattalashgan, quruq, titrash kuzatiladi, gap-so‘zlari tushunarsiz. Bemorga «o‘lat» klinik tashxisi qo‘yildi.

  1. Bunday vaqtda tibbiyot xodimlarining taktikasi nimalardan iborat bo‘ladi?

  2. Bemordan tekshirish materiallarini olishda qanday qoidalarga rioya qilinishi shart?

  3. Himoya kostyumini kiyish va yechish tartibini gapirib bering.

  1. masala

Yuqumli kasalliklar shifoxonasiga G. ismli 29 yoshdagi bemor qabul qilindi. Bemor yuz sohasida yara borligi, holsizlanish, bosh og‘rig‘i va isitmaga shikoyat qiladi. Kasallik o‘tkir boshlangan: tana harorati 39°C gacha ko‘tarilgan, umumiy holsizlik, bosh og‘rig‘i kuzatilgan. O‘zini 5 kundan beri kasal sezadi. Yuz terisida yara mavjud bo‘lib, qora rangda ko‘rinadi. Yaraning markazi o‘yilgan holda bo‘lib, yara atrofi qizarib, shishgan. Yarani igna bilan teshib ko‘rilganda ham og‘riq sezilmaydi, shish bo‘yin sohasiga tarqal- ganligi sababli nafas olish qiyinlashgan.

  1. Qanday kasallik haqida o‘ylash mumkin?

  2. Laboratoriyada tekshirish uchun qanday materiallar olinadi?

  3. Yaraning yuz-bo‘yin qismida joylashishi nimasi bilan xavfli?

  1. masala

Shifoxonaga X. ismli 55 yoshdagi kishi yordam uchun murojaat qildi. Uning aytishicha, uyida it tishlagan. Itning keyingi 2—3 kun mobaynida suv ichmasligi, og‘zidan tinmay so‘lak oqishi va bezov- talanayotganligini ma’lum qildi. Son qismida tishlangan yara mavjud.

  1. Tishlangan joyga qanday tibbiy yordam ko‘rsatiladi?

  2. O‘z vaqtida to‘g‘ri yordam ko‘rsatilmasa, qanday kasallik rivojlanishi mumkin?

  3. Emlash qanday tashkil qilinadi?

  1. masala

  1. yoshli U. ismli bemorni shifoxonaga olib kelishdi. Ma’lum bo‘lishicha, bemorni 1 oylar oldin ko‘chada notanish it tishlagan. Tishlangan joy katta bo‘lmaganligi uchun hech qayerga murojaat qilmagan. Bemorni ko‘zdan kechirganda nafas olishi qiyinlashgan. Suv tovushi va shamol natijasida bemorda kuchli bezovtalik (bo‘g‘i- lish) kuzatiladi. Bemor juda agressiv, bezovta, og‘zidan ko‘p so‘lak ajraladi.

  1. Bemorda qanday kasallik belgilari mavjud?

  2. Kasallikning qaysi davri boshlangan?

  3. Bu davrda bemor atrofdagilar uchun xavflimi?

  4. Bu davrda bemorni qanday parvarish qilish zarur?

  1. PARAZITAR KASALLIKLAR

Doimiy ravishda yoki vaqtincha boshqa organizmlar hisobiga yashaydigan va ulardan oziqlanish manbai sifatida foydalanadigan organizmlar parazitlar deyiladi. Odamdagi parazitlar, ular qo‘z- g‘atadigan kasalliklar va ular bilan kurashish choralarini o‘rga- nadigan fan tibbiyot parazitologiyasi deyiladi. Hayvon tabiatiga ega bo‘lgan parazitlar qo‘zg‘atadigan kasalliklar parazitar yoki invazion (lotincha invasio — kirish) kasalliklar deyiladi.
Hayvonot dunyosida katta miqdorda bir hujayrali organizmlar (sodda organizmlar — Protozoa) guruhi mavjud. Ular orasida odam organizmida parazitlik qiladigan o‘nlab vakillari uchraydi. Masalan, ichaklarda lambliyalar va amyobalar, ichki a’zolarda — toksop- lazmalar, plazmodiylar va hokazo. Shuning uchun ham protozoy kasalliklar, ya’ni protozoozlar, klinik ko‘rinishlariga ko‘ra turli- tumandir va bemorlardan olingan har xil materiallarni puxta laboratoriya tekshiruvidan o‘tkazishni talab qiladi.
Sodda organizmlarning patogen turlari juda keng tarqalgan. Masalan, bezgak bilan dunyoda har yili 100 mln dan ortiq kishi kasallanadi. Ichakdagi sodda organizmlar deyarli hamma joyda bor. Amyobiaz va balantidiaz ko‘pincha tropik va subtropik mamlakatlarda uchraydi. Ko‘p turdagi hayvon va qushlar barcha kontinentlarda toksoplazmoz bilan kasallangan.
Shunday qilib, patogen sodda organizmlar keng tarqalgan bo‘lib, odam va hayvonlarni zararlantiradi, ular orqali qo‘zg‘atiladigan kasalliklar esa aholi sog‘lig‘iga katta ziyon yetkazadi.
Odam uchun parazit chuvalchanglar va gelmintlarning juda ko‘p turlari patogen hisoblanadi. Odamda 250 dan ortiq gelmintlar kasallik qo‘zg‘atishi mumkin.
Ko‘p parazitlar, ayniqsa gelmintlar xo‘jayinini almashtirishga muhtojdir. Xo‘jayin — bu parazit uchun yashash joyi va oziqlanish manbai hisoblangan organizmdir. Parazitning yetilgan bosqichi oxirgi xo‘jayin organizmida o‘tsa, uning lichinkali bosqichi odatda

  1. Yuqumli kasalliklar

oraliq xo‘jayin organizmida kechadi. Masalan, ho‘kiz solitori katta lenta bosqichida odam ichagida parazitlik qiladi, lichinka bosqichida esa (finnalar shaklida) — yirik shoxli hayvon mushaklarida parazitlik qiladi. Mazkur holatda odam oxirgi, yirik shoxli hayvonlar esa oraliq xo‘jayin hisoblanadi. Gelmintlarning boshqa turi — exinokokk — katta bo‘lgan bosqichida itlar ichagida yashaydi (oxirgi xo‘jayin), lichinkali davrida esa (pufakchalar shaklida) — odam va qishloq xo‘jalik hayvonlari ichki a’zolarida (oraliq xo‘jayin) yashaydi.
Ayrim gelmintlar uchun ikkita oraliq xo‘jayin mavjud bo‘ladi, bunda ikkinchi xo‘jayin qo‘shimcha hisoblanadi. Masalan, keng tasmasimon chuvalchang lichinkalari avval chuchuk suv qis- qichbaqasi — sikloplarda rivojlansa (oraliq xo‘jayin), so‘ngra baliqda (qo‘shimcha xo‘jayin) rivojlanadi.
Rivojlanishi uchun oraliq xo‘jayini bo‘lishi shart bo‘lgan gelmintlar biogelmintlar deyiladi (opistorxoz, ho‘kiz solityori, keng tasmasimon chuvalchang va hokazolar). Agar xo‘jayin orga- nizmidan tashqarida, tuproqda bo‘lishi shart bo‘lsa, bular bio- yoki geogelmintlar deyiladi, ular atrofidagilar uchun bevosita zararli hisoblanmaydi. Shunga ko‘ra, gelmintozlar (gelmintlar qo‘z- g‘atadigan kasalliklar) biogelmintozlar va geogelmintozlarga bo‘- linadi.
Lekin shunday gelmintlar borki (pakana tasmasimon chuval­chang, ostritsa), ularning tuxumlari bilan sog‘lom odam bevosita bemor odamdan aloqa-maishiy yo‘l bilan, asosan ifloslangan qo‘llar orqali kasallik yuqtirishi mumkin. Shu asosda kontakt gelmintozlar guruhi ajratiladi.
Gelmintlar odamning deyarli barcha a’zo va to‘qimalarini zarar­laydi. Ichakda askaridalar, ostritsalar, ho‘kiz solityori, keng lentasimon chuvalchang, o‘t yo‘llarida — jigar so‘rg‘ichi, teri osti yog‘ kletchatkasida — rishta qo‘zg‘atuvchisi, mushaklarda — tri- xinellalar lichinkalari, qon tomirlarda — shistosomalar parazitlik qiladi.
Gelmintlar organizm sensibilizatsiyasiga sabab bo‘ladi, natijada allergik reaksiyalar kuzatiladi. A’zo va to‘qimalar mexanik zarar- lanadi, funksiyalari buziladi va anemiya rivojlanadi. Ular oziq moddalar va vitaminlar so‘rilishini buzadi, boshqa kasalliklarni qo‘zg‘aydi, ularga nisbatan vaksinalar samaradorligini pasaytiradi. Gelmintlar ta’sirida bolalar jismoniy rivojlanishdan orqada qola- dilar, kishilarning mehnat qobiliyati pasayadi va aqliy faoliyati yomonlashadi.
Odamlarga gelmintlar har xil yo‘llar bilan yuqishi mumkin. Gelmint tuxumi fekaliyalar bilan ifloslangan mevalar hamda iflos qo‘llar orqali og‘izga tushishi mumkin. Qator gelmint lichinkalari odam organizmiga xom go‘sht, baliq, qisqichbaqa va suv o‘tlarini iste’mol qilish orqali tushadi. Ayrim paytlarda ifloslangan tuproqda oyoqyalang yurganda yoki gelmintlar tushgan suv havzalarida cho‘milganda gelmintlar faol ravishda teri va shilliq pardalar orqali organizmga kiradi.
Xo‘jayinning qayta va ko‘p marta gelmintlarni yuqtirishi (orga­nizmda bo‘lgan parazit ustiga yana shu parazitning yuqishi) — superinvaziya deyiladi. Ayrim parazitlar bilan (lambliyalar, ostrisa va b.) qayta o‘zidan zararlanish mumkin, bunday holatga autoinvaziya yoki autosuperinvaziya deyiladi. Agar kasallik turg‘un immunitet hosil qilmasa, odam sog‘aygandan keyin yana kasallik yuqtirishi mumkin, bunga reinfeksiya deyiladi.
1925-yilda K. I. Skryabin degelmintizatsiya tushunchasini ilgari surdi. Bu tushunchaga nafaqat bemorni davolash, balki tashqi muhitda gelmintlar tuxumi va lichinkalarini yo‘qotishga qaratilgan barcha profilaktik tadbirlar sistemasi kiradi. 1944-yilda u devastatsiya tushunchasini yaratdi, bu mamlakatda gelmintni tur sifatida umuman tugatish demakdir.
Protozoy kasalliklar
Sodda organizmlar guruhi (Protozoa) bir hujayrali ko‘plab organizm turlarini o‘z ichiga oladi, ularning bir qismi parazitlik bilan kun kechiradi.
Bir hujayrali sodda organizmlar tanasi sitoplazma, tashqi membrana, yadro, oziqlanish, harakatlanish va ajratish funk- siyalarini ta’minlaydigan organellalardan tarkib topgan. Sodda organizmlar psevdopodiyalar — soxta oyoqlar (sarkodalilar), xivchinlar va to‘lqinsimon membranalar (xivchinlilar), kipriklar (kiprikli infuzoriyalar) hisobiga harakatlanadi.
Sodda organizmlar turli yo‘llar bilan oziqlanadi. Ayrimlari oziq zarralarini hujayra og‘zi orqali yutsa, boshqalari ularni tanasining xohlagan joyida paydo bo‘la oladigan psevdopodiyalari (soxta oyoq- lari)orqali yutadi. Bunda oziq bo‘lagi sodda organizm sitoplazmasi- dagi vakuola ichida qoladi va shu yerda hazm bo‘ladi. Bu jarayonga fagositoz deyiladi. Ayrim sodda organizmlarda oziqlanish butun tana yuzasi orqali so‘rib olish shaklida o‘tadi (pinositoz). Ular organik zarrachalar, mikroorganizmlar va tashqi muhitda erigan oziq moddalar bilan oziqlanadi.
Ayrim turdagi sodda organizmlar sista hosil qilish, ya’ni qattiq qobiq bilan o‘ralish qobiliyatiga ega. Hosil bo‘lgan sistalar tashqi muhit omillariga chidamlidir. Yaxshi (optimal) muhitga tushgan sodda organizmlar sistadan ozod bo‘ladi va ko‘paya boshlaydi. Sodda organizmlar jinssiz (ko‘ndalang, bo‘ylama va ko‘plab bo‘linishlar orqali) va jinsiy yo‘l bilan ko‘payadi.Ko‘pchilik parazit sodda organizmlar bir qancha xo‘jayinlarda navbatlashib ko‘payadi. Masalan, bezgak plazmodiysining hayot sikli chivin tanasi va odam organizmida kechadi.
Odam organizmida yashaydigan sodda organizmlar quyidagi sinflarga bo‘linadi: sarkodalilar, kiprikli infuzoriyalar, xivchinlilar va sporalilar.
Sarkoidalar qo‘zg‘atadigan kasalliklar
Sarkodalilarga dengizlarda, suv havzalari va tuproqda yashay- digan sodda organizmlarning har xil turlari kiradi.
Amyobalarning ko‘p turlari odam va hayvon organizmida yashaydi. Amyobalar tana shaklini o‘zgartirib (amyoba nomi grekcha amoibe — o‘zgartirish so‘zidan kelib chiqqan) va qisqa muddatli o‘smalar —psevdopodiyalar, ya’ni soxta oyoqlar hosil qilib hara- katlanadi. Amyoba jinssiz bo‘linish yo‘li bilan ko‘payadi. Sarko- dalilarga dizenteriya amyobasi, odamdagi nopatogen va erkin hara- katlanuvchi patogan amyobalar kiradi. Dizenteriya yoki gistologik amyoba odamda amyobali dizenteriya, ya’ni amyobiaz kassalligini qo‘zg‘atadi.
Amyobiaz (amoebiasis)

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish