E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Download 1,2 Mb.
bet164/236
Sana16.03.2022
Hajmi1,2 Mb.
#495758
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   236
Bog'liq
Yuqumli kasalliklar

Profilaktikasi. Hayvonlar orasida quturish bilan kurashish va infeksiya yuqtirgan hayvonlar tishlagan odamlarda quturishning oldini olish profilaktikaning muhim tadbirlari hisoblanadi. Barcha uy hamda xizmatchi itlar qayd qilinishi va ro‘yxatga olinishi shart, daydi itlar otib tashlanadi. Aholi punktlarida barcha itlarga tumshuqbog‘ taqib qo‘yish, eng muhimi esa barcha itlarni quturishga qarshi em- lash zarur.
Hayvonlar tishlaganda jarohatni sovunlab yuvish, yod bilan kuydirish tavsiya qilinadi. Birinchi kunlarda jarohat atrofini jarrohlik yo‘li bilan kesish va chok qo‘yish mumkin emas, chunki bu nerv tanasining qo‘shimcha jarohatlanishiga va yashirin davrning qis- qarishiga sabab bo‘ladi. Birinchi yordam ko‘rsatilgandan keyin tishlangan kishini zudlik bilan antirabik emlash o‘tkazish uchun travmatologik punktga yuborish zarur.
Quturishning spetsifik profilaktikasi bu sust va faol immunizat- siyani kombinatsiyalash hisoblanadi. Otdan olinadigan antirabik gamma-globulin va antirabik vaksina ishlatiladi.
Antirabik emlashlar shartli va shartsiz ko‘rsatmalar bo‘yicha qilinadi. Shartsiz ko‘rsatmalar bo‘yicha emlashlar aniq quturgan hayvon tishlaganda hamda tishlagan hayvonning tashxisi hali aniq bo‘lmasa o‘tkaziladi. Shartli ko‘rsatmalar bo‘yicha emlashlar qutu­rish belgilari bo‘lmagan hayvon tishlaganda va bu hayvonni 10 kun davomida karantinda saqlagan vaqtda o‘tkaziladi. Antirabik emlashdan 12—14 kun o‘tgandan so‘ng antitelo paydo bo‘ladi va 30 kundan keyin u yuqori darajaga yetadi. Shuning uchun bosh, yuz, qo‘l barmoqlari sohasi tishlanganda va ko‘p sonli jarohatlar bo‘lganda yashirin davrning qisqa bo‘lish ehtimolini hisobga olgan holda antirabik immunoglobulin shartsiz ko‘rsatmaga binoan 1 kg tana vazniga 0,5 ml, shartli ko‘rsatma bo‘yicha esa 1 kg tana vazniga — 0,25 ml tayinlanadi. Immunoglobulin Bezredko usulida yuboriladi. Immunoglobulinning bir qismini jarohat sohasidagi teri ostiga yuborish mumkin. Immunoglobulin sust immunitet hosil qiladi va kasallikning yashirin davrini uzaytiradi. Preparat kiritilganidan 24 soatdan keyin vaksinatsiya kursi boshlanadi. Vaksina miqdori (2—5 ml atrofida) va emlash tishlangan joyning joylashishi, xarakteri va qachon tishlanganligiga qarab individual ravishda belgilanadi. Vaksina har kuni qorin teri osti kletchatkasiga yuboriladi. Vaksinatsiya o‘rtacha 20—25 kun davom ettiriladi. Bosh yoki yuzda ancha xavfli tishlanishlar bo‘lganda birinchi kurs tugaganidan 10—15 kun o‘tgach qisqartirilgan kurs bilan revaksinatsiya o‘tkaziladi. Sero- terapiya va vaksinatsiya travmatologik punktlarda o‘tkaziladi.
Emlash o‘tkazilayotgan davrda va o‘tkazilgandan keyin 6 oygacha spirtli ichimliklar iste’mol qilish qat’iy man etiladi, chunki u vak- sinaning samaradorligini kamaytirib, immunitet hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi.
Nazorat savollari

  1. Quturishning tabiiy o‘choqlari nimalar hisobiga saqlanib turadi?

  2. Quturish qanday yuqadi?

  3. Nima uchun bosh, yuz va bo‘yin sohalaridagi jarohatlar xavfli hisoblanadi?

  4. «Babesh-Negri tanachalari» nima?

  5. Quturish rivojlanishida qanday davrlar farqlanadi?

  6. Qo‘zg‘alish davri qanday xarakterlanadi?

  7. «Gidro-», «aero-», «foto-» va «akustikofobiya» deganda nimani tushunasiz?

  8. Quturish profilaktikasini gapirib bering.

Oqsim (aphtae epizooticae)
Oqsim — o‘tkir virusli kasallik bo‘lib, isitma, umumiy intok­sikatsiya, og‘iz shilliq pardalarining aftoz (mayda pufakchalar hosil bo‘lib) hamda kaft terisi zararlanishi bilan xarakterlanadi.

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish