E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Download 1,2 Mb.
bet161/236
Sana16.03.2022
Hajmi1,2 Mb.
#495758
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   236
Bog'liq
Yuqumli kasalliklar

Quturish — og‘ir kechadigan va asosan markaziy nerv sistemasi zararlanishi bilan o‘tadigan o‘tkir virusli kasallikdir.
Etiologiyasi. Quturish qo‘zg‘atuvchisi rabdoviruslarga kirib, uning xarakterli belgisi virionning o‘q shaklida ko‘rinishidir. U RNK ga ega bo‘lib, uning ko‘cha (yovvoyi) va fiksatsiyalangan shakllari farq qiladi.
Sut emizuvchilar uchun juda patogen bo‘lib, bunda bosh miya zararlanadi va o‘ziga xos kiritmalar — Babesh-Negri tanachalari hosil bo‘ladi. Fiksatsiyalangan virus quyonlar uchun patogen emas, Babesh-Negri tanachalarini hosil qilmaydi va so‘lak bilan ajral- maydi, ammo hayvonlarning bosh miyasini zararlash orqali ularda quturish kasalligini chaqirishi mumkin. Fiksatsiyalangan virusning vaksina uchun ishlatiladigan shtammlari ko‘cha shaklidagi virusga nisbatan to‘la qimmatli immunitet yaratadi. Antirabik vaksina maz- kur virusni ko‘p martalab passaj qilish yo‘li bilan yaratiladi.
Quturish virusi tashqi muhitga chidamsiz. Qaynatilganda 2 minutda o‘ladi. Dezinfeksiyalovchi eritmalardan efir, lizol, karbol kislota, xloramin va sulema ta’sirida tez nobud bo‘ladi. U to‘qima kulturalarida tez ko‘payadi.
Epidemiologiyasi. Infeksiya manbai — infeksiya yuqtirgan hay- vonlardir (itlar, tulkilar, mushuklar, bo‘rilar, otlar va b.). Tulkilar va bo‘rilar orqali quturishning tabiiy o‘choqlari doimo saqlanib turadi. Odam kasallikni asosan bahor-yoz oylarida yuqtiradi, chunki bu davrda odamlar ko‘plab daydi itlar va yovvoyi hayvonlar bilan intensiv ravishda aloqada bo‘ladilar. Infeksiya kasal hayvon tish- laganda va terida hosil bo‘lgan jarohat orqali so‘lak tushishi natijasida yuqadi. Kam hollarda bo‘lsa-da, kasallik teridagi mikrojarohatlar — shilinishlar va tirnalishlarga so‘lak tushishi sababli ham o‘tishi mumkin.
Ayniqsa, tananing bosh, yuz va bo‘yin qismlaridagi jarohatlar xavflidir. Bunday hollarda virus miyaga tez yetib borib, yashirin davr qisqaradi va kasallik juda o‘tkir boshlanadi. Tananing kiyim bilan yopilgan joylari nisbatan kam xavfli hisoblanadi, chunki kiyim quturgan hayvon so‘lagini ma’lum miqdorda o‘ziga shimadi. Yuz va qo‘l kaftidagi jarohatlar ayniqsa xavflidir. Oyoqdan jarohatlanganda yashirin davr uzoqroq davom etadi. Infeksiya yuqtirgan hayvon yashirin davrning oxirlarida klinik belgilar paydo bo‘lishidan 7—8 kun oldin viruslarni ajrata boshlaydi.

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish