E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


Shifoxona ichi (nozokomial, gospital) infeksiyalar profilaktikasi



Download 1,2 Mb.
bet8/236
Sana16.03.2022
Hajmi1,2 Mb.
#495758
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   236
Bog'liq
Yuqumli kasalliklar

Shifoxona ichi (nozokomial, gospital) infeksiyalar profilaktikasi.
Shifoxonada paydo bo‘lgan yoki aniqlangan, yuqumlilik tabiatiga ega bo‘lgan kasalliklar odatda nozokomial infeksiyalar deyiladi. Hozirgi kunda «shifoxona ichi infeksiyalari» termini ishlatiladi. Bu guruh infeksiyalarga xizmatdagi xodimlarning mazkur joyda kasallik yuqtirishi ham kiradi.
OITS bo‘yicha epidemiologik vaziyat hamda infeksiyaning shifoxona ichida tarqalish xavfining mavjudligi ayniqsa o‘ta hush- yorlik va ma’suliyatni talab qiladi.
Shifoxonaning qabul bo‘limi epidemiyaga qarshi birinchi to‘siq bo‘lib xizmat qiladi. Bemor shifoxonaga tushganda infeksiyaning boshqa bo‘limlarga tarqalishining oldini oladigan ehtiyot choralari ko‘rilishi shart. Bular quyidagilardan iborat: bemorni individual (yakka) qabul qilish, to‘liq epidemiologik anamnez yig‘ish va bemorni puxta tekshiruvdan o‘tkazish. Yuqumli kasallik turi aniq- langan bemorni zudlik bilan izolatsiya qilish va tegishli bo‘limga o‘tkazish.
Isitmalayotgan bemorlar qoni gemokultura va bezgak, OITS, toshmali tif, sepsis kabi kasalliklarga tekshiriladi (klinik belgilar hisobga olingan holda). Ichak funksiyasi buzilgan bemorlar najasi bakteriologik tekshiriladi.Bundan tashqari ularda gelmintlar bor- yo‘qligiga alohida e’tibor beriladi.
Shifoxonaga oziq-ovqat bloklaridan infeksiyaning oziq-ovqat mahsulotlari orqali kirishining oldini olish maqsadida mahsulot- larning to‘g‘ri saqlanishi va ularning tayyorlanishi bo‘yicha qat’iy nazorat o‘rnatiladi.
Dezinfeksiya va sterillash tadbirlarining izchil bajarilishi ham shifoxona ichi infeksiyalarining tarqalishiga to‘sqinlik qiladi. Shifo- xona ichi infeksiyasi aniqlangan taqdirda uning keyingi tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun barcha chora-tadbirlar ko‘riladi (karantin e’lon qilish, palatalarni kvars lampalari bilan nurlantirish va b.).
Infeksiyaning shifoxonaga (ayniqsa somatik) bemorlarni kelib ko‘ruvchilar orqali kirishi ham mumkinligini hisobga olib, bemor- lar oldiga qarindoshlari va tanishlarining tashrif buyurishi yoki ular tomonidan parvarish qilinishi yuqumli kasalliklar bo‘limlarida qat’iy man qilinadi.
Aholi yashaydigan joylarda sanitar-gigiyenik holatning yaxshi- langani, aholi sanitar madaniyatining oshganligi, yuqumli kasal- liklar bilan kasallanishning kamayganligi tufayli hozirgi vaqtda shifoxona ichi infeksiyalari keskin kamaygan.
Nazorat savollari

  1. «Infeksiya», «infeksion jarayon» va «yuqumli kasallik» terminlari nimani anglatadi?

  2. Infeksiyaning qanday turlarini bilasiz?

  3. Yuqumli kasalliklarning etiologik, klinik va immunologik xususiyatlari haqida gapirib bering?

  4. Mikroorganizmlar patogenligi, virulentligi, invazivligi va toksigenligi nima?

  5. Kasallik qanday davrlar bilan kechadi?

  6. Isitma egri chizig‘ining qanday tiplarini bilasiz?

  7. Toshmalar haqida gapirib bering.

  8. L.V. Gromashevskiy klassifikatsiyasi bo‘yicha yuqumli kasal- liklarni gapirib bering.

  9. Ichak, nafas yo‘llari, qon (transmissiv) va tashqi qoplamlar infeksiyalariga misollar keltiring.

  10. Yuqumli kasalliklar shifoxonasining tuzilishini gapirib bering.

  11. Yuqumli kasalliklarga chalingan bemorlarni qabul qilish qoidalari haqida gapirib bering.

  12. Shifoxona ichi infeksiyasi (nozokomial infeksiya) nima?

Yuqumli kasalliklar haqida asosiy ma’lumotlar bo‘yicha testlar va vaziyatli masalalar

  1. Yuqumli kasallik qo‘zg‘atuvchisi bo‘lmasligi mumkinmi?

  1. ha; B) yo‘q.

  1. Yuqumli kasalliklar hech qanday klinik belgilarsiz kechishi mumkinmi?

  1. ha; B) yo‘q.

  1. Yuqumli kasalliklar shifoxonasining qabul bo‘limida bemor- dan tekshirish materiallari olish mumkinmi?

  1. ha; B) yo‘q.

  1. Reinfeksiya nima?

  1. mazkur qo‘zg‘atuvchi bilan qayta zararlanish;

  2. birinchi infeksiya yo‘qolmasdan ikkinchisi qo‘shilishi;

  3. infeksiya tashuvchanlik;

  4. uzoq cho‘zilib davom etadigan yuqumli kasallik;

  5. kasallikning o‘tkir boshlanishi.

  1. Patogenlik nima?

  1. mikrobning kasallik qo‘zg‘atish qobiliyati;

  2. mikrobning to‘qimalarga kirish qobiliyati;

  3. mikrobning toksinlar ishlab chiqarish qobiliyati;

  4. mikrobning spora hosil qilish qobiliyati;

  5. mikrobning kapsula hosil qilish qobiliyati.

  1. Doimiy isitma nima?

  1. ertalabki va kechqurungi harorat oralig‘i 2—2,5°C;

  2. ertalabki va kechqurungi harorat oralig‘i 1°C atrofida;

  3. sutkalik harorat 38°C dan oshmaydi;

  4. yuqori harorat bir sutka davomida normal harorat bilan almashadi;

  5. ertalabki harorat kechqurungiga nisbatan yuqori bo‘ladi.

  1. Bokslardan nima maqsadda foydalaniladi?

  1. bemorlarni alohidalash xonasi;

  2. kiyinish xonasi;

  3. yuvinish xonasi;

  4. A va C;

  5. to‘g‘ri javob ko‘rsatilmagan.

  1. Yuqumli kasalligi bo‘lgan bemorlarni nozologik prinsip asosida alohida yotqizishga sabab nima?

  1. tekshiruv o‘tkazish osonlashadi;

  2. davolash usullari o‘xshashligi uchun;

  3. o‘zaro kasallik yuqmasligi uchun;

  4. B va C;

  5. to‘g‘ri javob ko‘rsatilmagan.

  1. Yuqumli kasalliklarda qanday toshmalar uchramaydi?

  1. rozeola;

  2. petexiya;

  3. papula;

  4. pustula;

  5. barchasi uchrashi mumkin.

  1. Qaysi javobda isitma turlari to‘g‘ri yozilgan?

  1. doimiy;

  2. subfebril;

  3. qaytalama;

  4. to‘lqinsimon;

  5. barchasi to‘g‘ri.

  1. Yuqumli kasalliklarning klinik xususiyatlari qaysi javobda noto‘g‘ri yozilgan?

  1. kasallikning sog‘lom odamga yuqishi;

  2. kasallikning avj olishi;

  3. yashirin davri;

  4. boshlanish davri;

  5. rekonvalessensiya.

  1. Ichak infeksiyalari guruhiga kirmaydigan kasallikni ko‘rsating.

  1. dizenteriya;

  2. difteriya;

  3. salmonelloz;

  4. botulizm;

  5. qorin tifi.

  1. Invazivlik bu....

  1. mikroorganizmlarning patogenlik darajasi;

  2. mikroorganizmlarning kasallik qo‘zg‘atish qobiliyati;

  3. mikroorganizmning to‘qima va a’zo organlariga kira olish va ularda tarqalish xususiyati;

  4. mikroorganizmning endo- va ekzotoksinlar ishlab chiqarish qobiliyati;

  5. yuqumli kasalliklardan keyin immunitet hosil bo‘lish jarayoni.

  1. Subfebril haroratda....

  1. ertalabki va kechqurungi harorat oralig‘idagi farq 1°C dan oshmaydi;

  2. bir necha kun, hatto hafta davomida isitma egri chizig‘i to‘lqinsimon ko‘tarilib va tushib turadi;

  3. tananing yuqori harorati sutka davomida albatta normal harorat bilan almashadi;

  4. tana haroratining sutkalik o‘zgarib turishi 38°C dan osh- maydi;

  5. ertalabki va kechqurungi harorat (normaga tushmagan holda) oralig‘idagi farq 2—2,5°C ga yetadi.

  1. Pustula bu....

  1. terining yaxlit qizarishi;

  2. ichida yiring bo‘lgan pufakcha;

  3. seroz (tiniq) suyuqligi bo‘lgan pufakcha;

  4. har xil kattalikdagi tuguncha;

  5. kuchli qichishish bilan kechadigan toshma.

1-masala
Yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 45 yoshdagi bemor olib kelindi. Bemor bosh og‘rig‘i, holsizlik, tana haroratining biroz ko‘tarilganligi, uyquning buzilganligi va ishtahaning pasaygan- ligidan shikoyat qildi. Demak, ko‘pgina yuqumli kasalliklarga xos bo‘lgan umumiy belgilar kuzatilgan.

  1. Yuqumli kasalliklar rivojlanishida necha davr farqlanadi?

  2. Bemor kasallikning qaysi davrida murojaat qilgan?

  3. Bu davrdan oldingi davr qanday ataladi?

  1. masala

Shifoxonaga 36 yoshdagi bemor yotqizildi. Bemorni eshitib ko‘rilgandan keyingi tekshirish natijasida qorin sohasidagi tosh­malar e’tiborni o‘ziga tortdi. Bu toshmalar diametri 3 mm atrofida bo‘lib, 6 dona edi. Ular teridan ozroq ko‘tarilgan, o‘zaro qo‘shilib ketmagan holda alohida-alohida joylashgan va shisha bilan bosib ko‘rilganda yoki atrofidagi teri ozroq tortilganda toshma yo‘qoladi va qo‘yib yuborilganda yana paydo bo‘ladi.

  1. Bunday toshmalar qanday nomlanadi?

  2. Toshmalarning qanday turlarini bilasiz?

  3. Bemorni ko‘zdan kechirganda toshmalardan tashqari yana nimalarga e’tibor berish kerak?

  1. masala

Shifoxonada davolanayotgan bemorning tana harorati 40°C bo‘lib, u uch kun oldin yotqizilgan edi. Hamshira bemorda tana haroratining birdaniga tusha boshlaganini payqadi. Bemor ahvoli tezda og‘irlashdi. Hamshira zudlik bilan vrachga murojaat qildi va tegishli yordam ko‘rsatildi.

  1. Tana haroratining bunday birdaniga tushishi nima deb ataladi?

  2. Haroratning bunday tushishi qanday yuqumli kasallikda uch- rashi mumkin?

Yuqumli kasalliklarning umumiy epidemiologiyasi
Epidemiologiya — bu epidemik jarayon qonuniyatlari, uning odamlar orasida vujudga kelishi va tarqalish sabablari, profilaktika qilish usullari va tadbirlari haqidagi fan (ta’limot)dir.
Turli yuqumli kasalliklarda epidemik jarayonning o‘xshashligi, qolaversa uning umumiyligi sababli umumiy epidemiologiya, hamda har bir yuqumli kasallik o‘ziga xos epidemik jarayonni xarak- terlaydigan spetsifik xususiyatlarga egaligi tufayli xususiy epide- miologiya vujudga keldi.
Epidemik jarayon
Yuqumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchilarining kishilar jamoasi orasida tarqalishi epidemik jarayon deyiladi. Epidemik jarayon quyidagi uchta zaruriy sharoit (harakatlantiruvchi kuchlar) mavjud bo‘lgandagina vujudga keladi: 1. Infeksiya manbai. 2. Infeksiyaning yuqish mexanizmi. 3. Aholining kasallikka moyilligi. Ko‘rsatilgan bu sharoitlardan birortasi bo‘lmasa, epidemik jarayon to‘xtaydi. Shuni ham aytish zarurki, bu sharoitlarning mavjudligigina epidemik jarayon rivojlanishi uchun yetarli emas. Imkoniyat qulay sharoitlar bo‘lgandagina reallikka aylanadi. Odamning bunday hayotiy sharoit- lariga tabiiy va ijtimoiy sharoitlar kiradi.
Epidemik jarayonning birlamchi elementi epidemik o‘choqdir. Epidemik o‘choq — bu infeksiya manbaining konkret holatda mazkur infeksiyaning atrofdagi kishilarga yuqishi mumkin bo‘lgan ma’lum territoriyasi hisoblanadi. Epidemik jarayonning quyidagi darajalari farqlanadi:

  1. Sporadik kasallanish — kasallanishning onda-sonda uchrab turishi.

  2. Epidemiya — mazkur joyda kasallanishning ancha ko‘p uch- rashi (sporadik kasallanish darajasidan 3—5 marta va undan ortiq ko‘payishi).

  3. Pandemiya — grekcha «umumxalq» degan ma’noni anglatadi. Ko‘p mamlakatlar va hatto mintaqalarni qamrab oluvchi katta epidemiya — pandemiya deyiladi (masalan, 1889, 1918, 1957 va 1968-yillardagi gripp pandemiyasi, 1894-yildagi o‘lat pande- miyasi).

Shunday kasalliklar borki, bu kasalliklarning yovvoyi hay- vonlar (masalan, kemiruvchilar, qushlar va b.) orasida tabiiy rezervuarlari mavjud. Kasallikning tarqalishi bu hayvonlar va kasallik tarqatuvchilar (bo‘g‘imoyoqlilar) yashashi uchun qulay bo‘lgan ma’lum territoriyada chegaralanadi. Bunday kasalliklar tabiiy o‘choqli kasalliklar deb ataladi. Bunday infeksiyalarga o‘lat, tularemiya, kanadan yuqadigan rikketsiozlar, leyshmaniozlar va boshqalar kiradi.

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish