E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Download 1,2 Mb.
bet4/236
Sana16.03.2022
Hajmi1,2 Mb.
#495758
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   236
Bog'liq
Yuqumli kasalliklar

Epidemiologik xususiyati. Yuqumli kasalliklarning asosiy xusu- siyatlaridan biri uning yuqumliligidir, ya’ni uning kasallangan odamdan sog‘lom odamga o‘tishidir. Kasallangan odam infeksiya manbai hisoblanadi va atrofdagi kishilar uchun katta xavf tug‘diradi. Infeksiya turli yo‘llar bilan yuqishi mumkin (havo,suv va b.).
Klinik xususiyati. Yuqumli kasalliklarga davriylik xos, ya’ni kasallik ma’lum davrlar almashinishi bilan kechadi. Kasallikning yashirin (inkubatsion), prodromal (dastlabki belgilarning paydo bo‘lishi), avj olish va rekonvalessensiya (sog‘ayish) davrlari uchraydi.
Yashirin davr. Bu davr mikrobning organizmga tushgan paytidan boshlab kasallikning dastlabki belgilari paydo bo‘lgunga qadar o‘tgan vaqtni o‘z ichiga oladi. Bu vaqtda mikroblar organizmda ko‘payadi va tarqaladi. Organizm esa bunga javoban o‘z reaktivligini oshiradi. Lekin bu o‘zgarishlar klinik jihatdan namoyon bo‘lmaydi. Yashirin davr turlicha davom etadi. Bu davr bir necha soatdan (gripp, botulizm, ovqat toksikoinfeksiyasi) bir necha hafta, oy va hatto yillargacha (qoqshol, quturish, OITS) davom etishi mumkin. Yashirin davr davomiyligi karantin muddatini aniqlashda, shifo- xona ichi infeksiyalari profilaktikasida va kasallikdan keyin bemor- larga jamoa orasida bo‘lishga ruxsat berishda hisobga olinadi.
Prodromal davr. Bu davrda kasallikning dastlabki belgilari kuzatiladi. Bular holsizlik, haroratning ko‘tarilishi, uyquning buzilishi va ishtahaning pasayishi kabilar bo‘lib, ular ko‘pgina yuqumli kasalliklar uchun umumiydir. Shuning uchun bu davrda kasallikka aniq tashxis qo‘yish ancha qiyin bo‘lishi mumkin.
Lekin ayrim yuqumli kasalliklarda prodromal davrdayoq kasal- likka xos bo‘lgan asosiy belgilarni ko‘rish mumkin. Masalan, qizamiqning prodromal davrida uchraydigan kataral belgilar, chinchechakda terida o‘ziga xos joylashgan toshmalar, virusli gepatitda — kataral, dispeptik, artralgik, astenovegetativ yoki ularning birga uchrashi kasallikka tashxis qo‘yishda hal qiluvchi belgilar bo‘lib hisoblanishi mumkin.
Kasallikning avj olish davri. Bu davrda kasallikka xos bo‘lgan barcha belgilar ko‘zga yaqqol tashlanadi. Klinik belgilarni to‘g‘ri baholash uchun ularni kardinal fakultativ va umumiy belgilarga ajratish zarur. Kardinal belgilar kasallik uchun xos bo‘lgan asosiy belgilardir. Masalan, qoqsholda trizm (chaynash mushaklarining tarangligi va tortishib qisqarishi), botulizmda diplopiya (ko‘zga buyumlarning ikkita bo‘lib ko‘rinishi) va ptoz (yuqori qovoqning osilishi) kardinal belgilar hisoblanadi. Fakultativ belgilar ham kasallik uchun xos belgilar hisoblansa-da, ular boshqa ayrim kasalliklarda ham uchrashi mumkin. Masalan, dizenteriyada kuza- tiladigan shilimshiq va qon aralash ich ketishi salmonellozda ham kuzatilishi mumkin. Umumiy belgilar ko‘pgina kasalliklarda kuza­tiladi (bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyquning buzilishi va hokazolar). Kasallikning avj olish davrida ichki a’zolarda o‘zga- rishlar paydo bo‘ladi, ya’ni patologik jarayon ularni ham qamrab oladi. Bu davrda laboratoriya tahlillari va instrumental ko‘rsat- kichlarda o‘ziga xos o‘zgarishlar namoyon bo‘ladi.
Ko‘pgina yuqumli kasalliklarga xos bo‘lgan belgilardan biri haroratning ko‘tarilishidir. Bemorda tana harorati asosan qo‘ltiq osti sohasida o‘lchanadi. Haroratni o‘lchashdan oldin qo‘ltiq osti sohasi quruq artiladi. Termometr dezinfeksiya qilingan, quruq va simob ustunchasi shkaladan pastga tushirilgan bo‘lishi zarur. Tana harorati sutkada kamida 2 marta (zarur bo‘lganda undan ortiq) o‘lchanadi va olingan natijalar haroratni belgilovchi varaqqa belgilab boriladi (egri chiziq hosil bo‘ladi). Termometr ishlatilgandan keyin tubiga paxta solingan stakandagi dezinfeksiyalovchi eritmada saqlanadi. Tana harorati ko‘tarilishi (isitma reaksiyalari)ning davomiyligi, balandligi va isitma egri chiziqlarining tiplari bo‘yicha bir necha turlarga bo‘linadi. Davomiyligi bo‘yicha isitma o‘tkir (2 haftagacha davom etadi), o‘rtacha o‘tkir (6 haftagacha davom etadi) va surunkali (6 haftadan ziyod) bo‘ladi. Haroratning balandligi bo‘yicha quyidagi turlari farq qilinadi: subfebril (37—38°C), febril (38 — 39°C), yuqori, ya’ni piretik (39—40°C) va o‘tkir yuqori, ya’ni giperpiretik (41°C va undan yuqori). Isitma egri chiziqlarining quyidagi turlari mavjud: doimiy, remittirlovchi (bo‘shashtiruvchi), almashib turadigan, qaytalama, to‘lqinsimon, gektik (holdan toydiruvchi), aynigan, atipik va hokazolar (1-rasm).

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish