1-masala
Shifoxonaga o‘ta xavfli infeksiyalar (O‘XI) dan biri hisoblangan
o‘lat kasalligiga gumon qilingan bemor olib kelindi. Shifoxonada ham unga «o‘lat» klinik tashxisi (laboratoriya tekshiruvlarisiz klinik belgilariga asosan qo‘yiladigan tashxis) qo‘yildi. Bunday kasallik aniqlanganligi haqida zudlik bilan mazkur muassasaning bosh vrachiga, tez yordam markaziga va mazkur hududga tegishli Davlat sanitar-epidemiologik nazorat markaziga xabar berildi va tezda bemor laboratoriyaga olib borildi. Tekshiruv materiallari olingandan keyin bemor kasallik aniqlangan xonaga yana keltirildi.
O‘XI qanday kasalliklar hisoblanadi?
O‘XI aniqlanganda mazkur vaziyatda tibbiyot xodimlari qo‘l- lagan taktika to‘g‘rimi?
O‘XI ga gumon qilinganda qanday taktika qo‘llanadi?
2-masala
Shifoxonaga o‘lat kasalligiga chalingan bemor qabul qilindi. Tibbiy xodim anamnez yig‘ish va ko‘zdan kechirishlar orqali mazkur tashxisni tasdiqladi va himoya kostyumini quyidagi tartibda kiydi: tibbiy xalat, kombinezon, kapyushon, noskilar va rezina etiklar.
Himoya kostyumini kiyishda qanday xatolikka yo‘l qo‘yildi?
Himoya kostyumini to‘g‘ri kiyish tartibini aytib, ko‘rsatib bering.
3-masala
O‘lat kasalligiga chalingan bemorni ko‘zdan kechirish va boshqa muolajalar tugagandan keyin quyidagi tartibda himoya kostyumi yechildi: etik, noskilar, ko‘zoynak, qo‘lqop, ro‘mol, kleyonka
fartuk, kombinezon. Yechilayotgan buyumlarning zararlangan qismi tashqariga qilib o'raldi. Shundan keyin dush qabul qilindi.
Himoya kostyumini yechishda qanday xatoliklarga yo'l qo'yil- gan?
Himoya kostyumi qanday tartibda yechilishi zarur?
Yuqumli kasalliklarga tashxis qo‘yishning asosiy usullari
Yuqumli kasalliklarga tashxis qo'yish bemorni har tomonlama va muntazam tekshirish bilan bog'liq bo'lib, bular quyidagilarni o'z ichiga oladi: shikoyatlar, anamnez yig'ish (ayniqsa epidemiologik), bemorni ko'zdan kechirish, laboratoriya tekshirish usullari.
Shikoyatlari. Bemorning asosiy shikoyatlariga e’tibor beriladi. Chunki kasallik uchun xarakterli bo'lgan shikoyatlar orqali ko'p hollarda dastlabki tashxis qo'yish mumkin.
Anamnez. Yuqumli kasalliklarni aniqlashda boshqa kasalliklardagi kabi anamnez, ya’ni so'rab-surishtirish katta ahamiyatga ega. Anamnez yig'ishda kasallik tarixi — uning dastlabki belgilari qachon paydo bo'lganligi, kasallik boshlanishi (o'tkir yoki asta-sekin), isitma bo'lganligi (balandlik darajasi), toshmalar, qusish (kuniga necha marta), og'riqning joyi va intensivligi (bosh og'rig'i, qorin og'rig'i, bo'g'imlar og'rig'i), uyquning buzilishi (uyqusizlik yoki ko'p uxlash) va hokazolar batafsil aniqlab olinadi. Ayniqsa epidemiologik anamnez alohida ahamiyatga ega bo'lib, u infeksiya o'chog'i va yuqish yo'llarini aniqlashga qaratilgandir. To'g'ri yig'ilgan epidemiologik anamnez o'z vaqtida va to'g'ri tashxis qo'yishda katta yordam beradi, shifoxona ichi infeksiyasining oldini olishda o'ta muhim hisoblanadi. Bu anamnez ma’lumotlari ko'p hollarda yashirin davr muddatini aniqlash va epidemiyaga qarshi ko'riladigan tadbirlarni belgilashga yordam beradi. Epidemiologik anamnez yig'ish vaqtida quyidagilarga e’tibor berish lozim:
yuqumli kasallikka chalingan bemorlar bilan kontaktda bo'lganligi (uyda, qo'shnilar bilan, ishda);
kasal hayvonlarni parvarishlash, hayvonlar orasida kasallik borligi, ov qilish;
kasallik yuqishi mumkin bo'lgan joylarda bo'lish;
chet elda bo‘lish;
yashash sharoiti (xonaning sanitar holati);
hasharotlar chaqishi, jarohatlanish, operatsiyalar;
o‘tkazilgan profilaktik emlashlar;
shaxsiy gigiyenaga rioya qilish;
kasbi (chorvador, teri sanoatida ishchi, cho‘pon, sut sog‘uv- chi va hokazo).
Bemorni obyektiv tekshirish. Obyektiv tekshirish ma’lum tar- tibda o‘tkaziladi. Bemorning umumiy ahvoli qoniqarli, o‘rta og‘irlikda va og‘ir bo‘lishi mumkin. O‘rindagi holati — faol, sust va majburiy bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |