E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


-rasm. O‘latga qarshi himoya kostumi



Download 1,2 Mb.
bet28/236
Sana16.03.2022
Hajmi1,2 Mb.
#495758
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   236
Bog'liq
Yuqumli kasalliklar

20-rasm. O‘latga qarshi himoya kostumi.

A—kombinezon; B — kapyushon; C—paxtali doka niqob; D—to‘liq kompleks;


1—paxtali doka bog‘ich; 2—ko‘zoynak; 3—kapyu­shon (ro‘mol); 4—o‘latga


qop; 6—kombinezon; 7— rezina etik.


^ qarshi xalat; 5—rezina qo‘l-

u kiyim ambulatoriya — poliklinika va shifoxona sharoitida bemorni parvarish qilganda, uni evakuatsiya qilinganda, joriy va yakuniy dezinfeksiya (dezinseksiya, deratizatsiya) o‘tkazganda,
laDoratoriyaaa teKsiiirisii ucnun material olganda, o‘likni patolo- goanatomik yorganda va ko‘mishda qo‘llaniladi.
Bajariladigan ish xarakteriga ko‘ra himoya kostyumlarining quyidagi turlaridan foydalaniladi:

  1. tur — kombinezon yoki pijama, kapyushon (katta ro‘mol), tibbiy xalat, paxtali doka niqob (respirator), ko‘zoynak, rezina qo‘lqoplar, noskilar, rezina yoki kirza etik va sochiqdan iborat bo‘lgan to‘liq himoya kostyumi. O‘likni yorish uchun qo‘shimcha ravishda ikkinchi juft qo‘lqoplar, kleyonkadan tikilgan fartuk va yenglik bo‘lishi zarur. Bu turdagi kostyum o‘latning o‘pkaga tegishli va septik shakllari bilan og‘rigan bemorlar bilan ishlaganda, o‘lat- ning bubonli va teri shakllariga gumon qilingan bemorlarga yakuniy tashxis qo‘yilgunga qadar va GVI da qo‘llaniladi.

  2. tur — himoya kostyumi—kombinezon yoki pijama, tibbiy xalat, kapyushon (katta ro‘mol), paxtali doka niqob (respirator), rezina qo‘lqoplar, noskilar, rezina yoki kirza etik va sochiqdan iborat bo‘lib, maymunlar chechagi bilan og‘rigan bemorlarga yordam ko‘rsatishda va parvarish qilishda qo‘llaniladi.

  3. tur — himoya kostyumi — pijama, tibbiy xalat, katta ro‘mol, rezina qo‘lqoplar, noskilar, chuqur kalish va sochiqdan iborat. O‘latning bubonli yoki teri shakli bilan og‘rigan bemorlar bilan ishlaganda qo‘llaniladi.

IV tur — himoya kostyumi — pijama, tibbiy xalat, qalpoq yoki doka ro‘mol, noskilar, shippaklar yoki tuflidan iborat. Vabo kasaliga chalingan bemorlar bilan ishlashda, bemorni tozalovdan o‘tka- zishda rezina qo‘lqoplar, ajratmalariga ishlov berishda esa — niqob taqiladi.
Himoya kiyimlari komplektlari (xalat, etik va b.) ma’lum raz- merda tanlab olinadi va belgilanadi.
Kostyumni kiyish tartibi. O‘latga qarshi kostyum infeksiya o‘cho- g‘iga kirgunga qadar kiyiladi. Kiyish tartibi quyidagicha: kom- binezon, noskilar, rezina etik, kapyushon yoki katta ro‘mol, tibbiy xalat. Fonendoskopdan foydalanganda uni ro‘moldan oldin taqiladi. Xalat tasmasi hamda belbog‘i ilmoqning chap tomoniga old qismidan bog‘lanadi, shundan keyin tasmani yengga mahkamlanadi.
Respirator og‘iz va burun to‘liq yopilgan holda taqiladi. Buning uchun niqobning ustki qirrasi orbitalar pastki qismida turishi kerak, pastki qirrasi esa ozroq iyak tagiga kirishi zarur. Uning ustki tasmalari ilmoq yordamida ensaga, pastkilari — boshning tepa qismiga bog‘lanadi. Respiratorni kiygan holda burun qanotlari yonlariga paxta tamponlari tiqib qo‘yiladi.
Ko‘zoynak yaxshi taqilgan va metall gardishining teri qismi bilan mustahkam birikkanligiga ishonch hosil qilish kerak. Oynachalar terlab ketmasligi uchun quruq sovun bo‘lagi yoki maxsus qalam bilan artilgan bo‘lishi zarur. Ko‘zoynak taqilgandan keyin burun qanshariga paxta tampon qo‘yiladi. Keyin butunligi tekshirilgan qo‘lqoplar kiyiladi. O‘likni patologoanoatomik yorishda qo‘shimcha ravishda qo‘lqopning ikkinchi jufti, kleyonka fartuk va yenglik ki­yiladi.
Kostyumni yechish tartibi. Kostyum ish tugaganda to‘liq yu- qumsizlantirilgandan keyin yechish uchun ajratilgan maxsus xonada yoki ish o‘tkazilgan xonada yechiladi. Buning uchun quyidagilar bo‘lishi shart:

  1. xalat, ro‘mol, sochiqni yuqumsizlantirish uchun dezin­feksiyalovchi eritmalar (lizol, karbol kislota yoki xloramin) bo‘lgan idish;

  2. qo‘l yuvish uchun dezinfeksiyalovchi eritmali tog‘oracha;

  3. ko‘zoynak va fonendoskopni yuqumsizlantirish uchun 70% li etil spirti solingan bankalar;

  4. paxtali doka niqoblarni yuqumsizlantirish uchun dezin- feksiyalovchi eritma yoki sovunli suv solingan kostryul (40 minut davomida qaynatish orqali dezinfeksiya qilish ham mumkin).

Kostyumni dezinfeksiyalovchi moddalar bilan yuqumsiz- lantirishda uning hamma qismi to‘liq eritmaga botishi zarur.
Agar kostyum avtoklav yoki dezinfeksiyalash kamerasi yorda- mida yuqumsizlantirilsa, kostyum bikslarga yoki kamerali xalta- chalarga joylanadi va tashqi tomondan dezinfeksiyalovchi eritmalar bilan tozalanadi. Kostyum asta-sekin va qat’iy belgilangan tartibda quyidagicha yechiladi:

  1. 1—2 min davomida qo‘llarni (qo‘lqop bilan) dezinfek­siyalovchi eritmada yaxshilab yuviladi;

  2. sochiq sekinlik bilan tortib olinadi;

  3. dezinfeksiyalovchi eritmada yaxshi ho‘llangan paxta tampon yordamida kleyonka fartuk artiladi va tashqi tomonini ichkariga qilib yig‘ib yechiladi;

  4. ikkinchi juft qo‘lqop va yenglik yechiladi;

  5. etiklar va kalishlar yuqoridan pastga qarab (har bir etik uchun alohida tampon) dezinfeksiyalovchi eritmali paxtali tam- ponlar bilan artiladi;

  6. terining ochiq joylariga teginmasdan fonendoskop olinadi;

  7. ikki qo‘l bilan oldinga va yuqoriga itarib ko‘zoynak yechiladi;

  8. paxtali doka bog‘lam tashqi tomonlariga tegib ketmasdan yechiladi;

  9. xalat belbog‘i yechiladi, qo‘lqoplarning ustki tarafi (cheti) tushirilgan holda yeng boylamlari ochiladi, tashqi qismini ichkariga qilib xalat yechiladi;

  10. ehtiyotlik bilan ensada uning hamma tomonlarini bir qo‘lda yig‘gan holda ro‘mol yechiladi;

  11. qo‘lqoplar yechiladi, dezinfeksiyalovchi eritmada uning butunligi tekshiriladi (ammo havo bilan emas);

  12. etiklar yana bir bor dezinfeksiyalovchi eritma solingan idishda yuviladi va ular yechiladi.

O‘latga qarshi kostyumni yechgandan keyin qo‘llarni sovunli iliq suvda yaxshilab yuviladi. Shundan keyin dush qabul qilinadi.
Nazorat savollari

  1. O‘ta xavfli (karantin) infeksiyalar (O‘XI) nima?

  2. O‘XI ga qanday infeksiyalar kiradi?

  3. O‘XI ga gumon qilinganda qanday tadbirlar amalga oshiriladi?

  4. O‘latga qarshi himoya kostyumini kiyish tartibini ayting.

  5. O‘latga qarshi himoya kostyumini yechish tartibini ayting.

O‘ta xavfli infeksiyalar (O'XI) haqida tushuncha bo‘yicha testlar va vaziyatli masalalar

  1. Marburg isitmasi o'ta xavfli infeksiyalar guruhiga kiradimi?

A) ha; B) yo'q.

  1. Chinchechakka qarshi himoya kostyumi vabo kasalligidan himoya qila oladimi?

A) ha; B) yo'q.

  1. Himoya kostyumini infeksiya o'chog'iga kirishdan oldin kiyib olish mumkinmi?

A) ha; B) yo'q.

  1. O'latning tabiiy o'choqlari asosan qaysi hayvonlar orasida saqlanib turadi?

A) pashshalar; B) kemiruvchilar; C) hasharotlar; D) qora- mollar; E) cho'chqalar.

  1. Ebola, Lass va Marburg isitmalari qo'zg'atuvchilari qanday mikrob turlariga mansub?

A) zamburug'lar; B) viruslar; C) bakteriyalar; D) sodda organizmlar; E) to'g'ri javob yo'q.

  1. O'XI bilan bemor aniqlanganda davolash-profilaktika muas- sasalarida qanday usullar qo'llaniladi?

  1. tibbiy xodim o'ziga yuqtirmaslik uchun tezda xonadan chiqishi zarur;

  2. tashxisni tasdiqlash uchun barcha tibbiy xodimlar masla- hatga chaqiriladi;

  3. xonadan chiqmagan holda muassasa rahbariga xabar beriladi (telefon yoki tashqaridagilar orqali);

  4. tashxisni aniqlash maqsadida bemor tezda hamshira bilan laboratoriyaga jo'natiladi;

  5. tezda ixtisoslashgan shifoxonalarga maslahat olish uchun jo'natiladi.

  1. Himoya kostyumlarining necha turlari farqlanadi?

  1. 2; B) 4; C) 1; D) 5; E) 3.

  1. O'ta xavfli infeksiyalar deyilishiga sabab nima?

A) asosan yosh bolalarda ko'p uchrashi; B) yuqori yuqum- liligi, og'ir kechishi, o'lim ko'p uchrashi; C) tashxis qo'yish va davolashning qiyinligi; D) davosi yo'qligi tufayli; E) A va C.

  1. Gemorragik virusli isitmalarga qanday kasalliklar kiradi?

A) Lass isitmasi; B) Marburg isitmasi; C) Ku-isitmasi; D) Ebola isitmasi; E) A, B va D.

  1. O'ta xavfli infeksiyalarga qaysi kasallik misol bo'la olmaydi?

A) o'lat; B) vabo; C) chinchechak; D) esherixioz; E) sariq
isitma.

  1. Himoya kostyumi qaysi kasalliklarda ishlatilmaydi?

A) o'lat; B) virusli gepatitlar; C) qorin tifi; D) gemorragik virusli isitmalar; E) B va C.

  1. O'XI da ko'zoynak oynasiga maxsus qalam yoki quruq sovun surtiladi. Bundan maqsad nima?

A) kir bo'lmasligi uchun; B) oyna terlamasligi uchun; C) dezinfeksiya uchun; D) yaxshi ko'rinish uchun; E) infeksiyadan himoyalanish uchun.

  1. Himoya kostyumining qaysi turi to'liq himoya kostyumi (to'liq jihozlangan kostyum) deyiladi?

A) 2 tur; B) 1 tur; C) 3 tur; D) 4 tur; E) B va D.

  1. O'ta xavfli infeksiyalar guruhiga qaysi kasalliklar kiritiladi?

  1. o'ta yuqumli bo'lgan, yurak va nafas sistemasini falajlaydigan va faqat o'lim bilan tugaydigan yuqumli kasalliklar;

  2. yuqumliligi yuqori bo'lmasa-da, yurak va nerv sistemasini izdan chiqaradigan va o'lim xavfi yuqori bo'lgan barcha yuqumli kasalliklar;

  3. qo'zg'atuvchilari qon orqali yuqadigan va qonda rivojlanib og'ir asoratlarga olib keladigan yuqumli kasalliklar;

  4. yuqish xavfi yuqori bo'lgan, og'ir klinik ko'rinishlar bilan kechadigan va aksariyat o'lim bilan tugaydigan yuqumli kasalliklar;

  5. hayvonlardan odamlarga yuqishi mumkin bo'lgan va surun- kali davom etib, ko'p asoratlar bilan yakunlanadigan yuqumli kasalliklar.

  1. Jahon Sog'liqni saqlash Assambleyasining XXII sessiyasida qabul qilingan xalqaro tibbiy-sanitar qoidalarga asosan qaysi kasalliklar karantin infeksiyalarga kiritilgan?

A) o‘lat, vabo, chinchechak, sariq isitma; B) sariq isitma, suvchechak, qizamiq, vabo; C) vabo, chinchechak, meningit, sariq isitma; D) o‘lat, suvchechak, chinchechak, ensefalitlar, vabo, OITS; E) OITS, o‘lat, suvchechak, paratiflar, Ku-isitma, toshmali tif.

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish