E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Download 1,2 Mb.
bet177/236
Sana16.03.2022
Hajmi1,2 Mb.
#495758
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   236
Bog'liq
Yuqumli kasalliklar

Tashxisi. Kasallikni aniqlash epidemiologik ma’lumotlar va klinik belgilarga asoslangan. Rektoromanoskopiya yordamchi usul hisob­lanadi. Mikroskop ostida eritrositlarni fagositoz qilgan amyobaning katta vegetativ (to‘qima) shakllarining topilishi tashxisning labo­ratoriya tasdig‘i hisoblanadi. Najas defekatsiyadan keyin 20 minut­dan kechiktirilmasdan tekshirilishi zarur (amyobalarning to‘qima shakllari tez parchalanadi). Tekshirish uchun najas avtoklav yo‘li bilan zararsizlantirilgan shisha idishlarga olinadi, chunki dezin- feksiyalovchi moddalarning arzimagan miqdordagi qoldiqlari ham amyobalar o‘limiga sabab bo‘ladi. Serologik tashxis qo‘yishda bilvosita immunofluoressensiya reaksiyasi (BIFR) qo‘yiladi, mazkur reaksiya bemor zardobida spetsifik antitelolarni aniqlashga asos- langan (tashxis titri 1:80). Bemorlarda bu reaksiya 90—100% gacha ijobiy natija beradi, bu reaksiya amyobalarning bo‘shliq shakllarini tashuvchilarda ijobiy natija bermaydi. Jigar abssessida bu reaksiya barcha bemorlarda katta titrlarda ijobiy bo‘ladi. BGAR uncha katta ahamiyatga ega emas, chunki u dizenteriya amyobasi bilan ilgari zararlangan bo‘lsa ham ijobiy natijani ko‘rsatadi.
Davolash. Uzoq vaqtlargacha amyobiazni davolashda emetin gidroxlorid asosiy preparat hisoblangan. Preparat mushak orasiga 2%

  1. eritma holida 1,5—2 ml dan kuniga 2 mahal 5—7 kun davomida yuboriladi, bir haftadan keyin sikl takrorlanadi. Emetin tayin- langanda ular orasidagi vaqtda xingamin (delagil, xloroxin) 0,25 g dan kuniga 3 mahal, xiniofon (yatren) 0,5 g dan kuniga 3 mahal buyuriladi, tetrasiklinni 0,5 g dan kuniga 4 mahal 5—7 kun davo­mida qo‘llash mumkin. Emetinni qo‘llaganda ko‘pincha nojo‘ya reaksiyalar kuzatilgani uchun keyingi yillarda uning o‘rniga degidro- emetin (kamroq toksik ta’sirga ega) ishlatilmoqda. Degidroemetin mushak orasiga 1 kg tana vazniga 1—2% li eritmadan 1—1,5 mg (maksimal 90 mg/sut) hisobida 5 kun davomida tayinlanadi. Hozirgi vaqtda amyobiazning ichak va ichakdan tashqari shakllarini davo­lashda ancha samarali va toksik ta’sirga ega bo‘lmagan preparat metronidazol (trixopol, flagil) qo‘llaniladi. Uni 0,5—0,75 g dan 5— 7 kun davomida kuniga 3 mahal qabul qilinadi. Jigarning amyobali abssesslarida preparat abssess so‘rilgunga qadar beriladi. Abssessning so‘rilganligi jigarni skanirlash orqali aniqlanadi. Jigardagi katta abssesslarda yiring jarrohlik usullari yordamida chiqarib tashlanadi. Bu vaqtda metronidazol, antibiotiklar va xingamin (delagil) bilan birga qo‘llanilishi mumkin. Anemiya rivojlansa, temir preparatlari va qon o‘rnini bosuvchi suyuqliklar tayinlanadi. Teri amyobiazi vaqtida yatrenli malhamdan foydalaniladi.

Bemor to‘liq klinik sog‘ayganda va 1—2 kunlik oraliq bilan najas olti marta laboratoriyada tekshirilganda parazit aniqlanmasagina shifoxonadan chiqarilishi mumkin.

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish