Epidemiologiyasi. Tabiatda qo‘zg‘atuvchining yagona rezervuari kemiruvchilar — kalamushlar va sichqonlar hisoblanadi. Kemi- ruvchilarda Muzer rikketsiyalari tashqi muhitga siydik bilan ajraladi. Kasallikning asosiy sababchilari kalamush burgalaridir. Rik- ketsiyalar zararlangan burgalar ichagida ko‘payadi va najaslari bilan tashqariga chiqadi.
Odamga kasallik alimentar yo‘l, ya’ni kasal kemiruvchilarning siydigi bilan ifloslangan mahsulotlarni yeganda yuqadi. Rikket- siyalarga ega bo‘lgan kassallik tarqatuvchilar (burgalar)ning feka- liyalarini zararlangan (shikastlangan) teriga surkalishi orqali ham kasallik yuqtirish mumkin. Zararlangan burgalar chaqishi sababli kasallik bevosita yuqmaydi, ammo kanalar chaqqanida yuqishi mumkin. Odamdan odamga qo‘zg‘atuvchi o‘tmaydi.
Kalamushlardan yuqadigan rikketsioz yirik port shaharlarida (O‘rta yer dengizi, Qora dengiz, Kaspiy dengiz qirg‘oqlarida va b.) uchraydi. Uyda ham kasallikni rikketsiyalar bilan zararlangan kalamushlar va sichqonlardan yuqtirish mumkin.
Patogenezi va patologik anatomiyasi. Muzer va Provaseka rikketsiyalarining biologik o‘xshashlik xususiyatlari kalamushlardan yuqadigan rikketsiozlar bilan epidemik toshmali tif kasalliklari patogenezi va patomorfologik belgilari bilan bir xildir. O‘lim hollari kam uchrashi tufayli patologoanatomik o‘zgarishlar kam o‘rga- nilgan.
Klinikasi. Yashirin davr o‘rtacha 8—12 kun davom etadi. Kasallik umumiy holsizlik, bosh og‘rig‘i va ko‘ngil aynishidan boshlanadi. Bo‘g‘imlarda, mushak va belda og‘riq kuzatiladi. Shundan keyin tana harorati birdaniga yoki asta-sekinlik bilan ko‘tarilishi mumkin. Kasallikning 1-haftasining oxirlariga borib harorat 38—40°C ga yetadi. Harorat egri chizig‘i doimiy yoki remittirlovchi turga ega. Isitma 2 haftagacha cho‘zilishi mumkin. Harorat lizis shaklida tushadi. Kasallikning 6—7-kuni terida xarakterli toshmalar paydo bo‘ladi. Ular asosan ko‘krakda, yuzda, yelkada, qorinda, qo‘l-oyoqlarda, kaft va panjalarda paydo bo‘ladi, bu belgilar kalamushdan yuqadigan rikketsiozni epidemik toshmali tifdan farqlashga yordam beradi. Ayrim bemorlarda toshma juda ko‘p toshadi. Kasallik boshlanishida toshma rozeola xarakterida bo‘ladi; toshmaning diametri 2—5 mm ni tashkil qiladi. Keyinchalik u papulez, ba’zida petexial toshmaga aylanadi. Toshma 7—10 kun davomida saqlanib turadi. U yo‘qolganda pigmentatsiya hosil bo‘lmaydi. 25% bemorlarga toshma toshmaydi.
Nerv sistemasi kam zararlanadi. Yurak-qon tomirlar sistemasida bradikardiya, ba’zan gipotoniya aniqlanadi. Nafas a’zolari sistemasida bronxit kuzatilishi mumkin. Jigar va taloq odatda kattalashmaydi.
Asoratlar va residivlar kuzatilmaydi. Kalamushdan yuqadigan rikketsiozda kasallik ko‘pincha sog‘ayish bilan yakunlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |