E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Download 1,2 Mb.
bet9/236
Sana16.03.2022
Hajmi1,2 Mb.
#495758
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   236
Bog'liq
Yuqumli kasalliklar

Infeksiya manbai. Bemor yoki kasal hayvon infeksiya manbai hisoblanadi. Kasallik bemordan ham, bakteriya tashib yuruv- chilardan ham yuqadi. Kasallik qo‘zg‘atuvchilari odam organizmidan tashqi muhitga u yoki bu fiziologik (nafas chiqarish, siydik ajratish, defekatsiya) yoki patologik (yo‘tal, balg‘am ajratish, qusish) yo‘llar orqali ajralib chiqadi.
Bemorlar infeksiyaning har qanday shaklida ham yuqumlidirlar. Kasallikning yengil va belgilarsiz shakllarida yuqumlilik davri qisqa bo‘lishi mumkin. Ammo bunday bemorlar kasallikning tipik shakli bilan og‘rigan bemorlarga qaraganda ancha xavflidirlar, chunki kasal­lik ko‘pincha aniqlanmay qolib, ular jamoada infeksiya tarqatib yuradilar.
Infeksiya tashuvchanlik. Bu holat infeksiya manbai sifatida, ayniqsa meningokokk infeksiyasida, difteriya, qorin tifi va boshqa kasalliklarda juda katta rol o‘ynaydi. Tashuvchanlik odatda qisqa muddatli bo‘ladi, lekin ayrim hollarda u bir necha oy, hatto yillargacha cho‘zilishi mumkin. Uzoq muddatli tashuvchanlik va bakteriya ajratib yuruvchanlikka odatda surunkali yallig‘lanish o‘choqlari bo‘lgan kishilar sharoit yaratadilar. Masalan, difteriya tayoqchalari tashuvchanligida surunkali tonzillitlar, surunkali rinitlar, qorin tifi tayoqchalari tashuvchanligida xolangitlar, angioxolitlar va xolesistitlar muhimdir.
Tabiiyki, zoonozlar qishloq xo‘jalik tumanlarida keng tarqalgan. Uy hayvonlari bilan birga yovvoyi hayvonlar ham kasallik manbai bo‘lib hisoblanadi. Hayvonlar odamda uchraydigan ko‘pgina yu­qumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchilarining tabiiy manbai hisoblanadi. Infeksiyalar epidemiologiyasida ornitoz va salmonelloz kabi kasal- liklar qo‘zg‘atuvchilari manbai sifatida qushlar ham ma’lum ahamiyatga ega.
Infeksiyaning yuqish mexanizmi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisining bemor organizmidan ajralib chiqish yo‘li organizmda uning bevosita joylashgan yeriga bog‘liqdir. Masalan, ichak infeksiyalarida qo‘z- g‘atuvchilar defekatsiyada, nafas yo‘llari infeksiyalarida nafas chiqarishda va aksa urishda ajralib chiqadi. Ko‘p qo‘zg‘atuvchilar tashqi muhitda tezroq nobud bo‘lishi mumkin. Shuning uchun qo‘zg‘atuvchilarning noqulay omillarga chidamliligi katta ahamiyatga ega. Masalan, meningokokk infeksiyasi, so‘zak kasalliklari qo‘z- g‘atuvchilari tashqi muhitda juda tez — bir necha minutlar ichida nobud bo‘lsa, kuydirgi, qoqshol va botulizm kabi kasalliklar qo‘zg‘atuvchilari spora hosil qilgan holda tuproqda yillar va hatto o‘n yillar davomida saqlanishi mumkin. Go‘sht, sut va turli kremlarda ko‘pgina yuqumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchilari nafaqat uzoq vaqt- gacha saqlanadi, balki bu mahsulotlarda ular ko‘payadi.
Yuqumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchilarining yuqish mexanizmiga ko‘ra, infeksiya yuqishining quyidagi turlari farqlanadi.

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish