uning o‘ta og‘ir tez kechishi hamda ko‘pincha o‘lim bilan tuga- shidir.
Kasallik tipik kechganda tana harorati pasaygandan keyin bemor ahvoli tez yaxshilanadi, ishtaha paydo bo‘ladi va uyqu normallashadi.
Grippning tipik shakllari kardinal sindromlar — intoksikatsiya yoki kataral sindromlardan birining uchramasligi bilan xarak- terlanadi, ya’ni kasallik isitmasiz va intoksikatsiyaning boshqa ko‘rinishlarisiz yoki nafas yo‘llarining zararlanish simptomlarisiz kechadi.
Gripp asoratlari bilan xavflidir. Uning ko‘p uchraydigan asorati
bu pnevmoniyadir, lekin bundan tashqari, rinit, faringit, laringit, traxeobronxit, bronxit, angina, gaymorit, otit va hoka- zolar ham uchraydi. Kasallik miokardning toksik zararlanishi (gripp ta’sirida rivojlangan toksik miokardit), yurak chegaralarining kengayishi, yurak tovushlarining bo‘g‘iqligi va taxikardiya bilan kechadi. Ba’zan yurak sohasida og‘riq seziladi. EKG da yurak mushaklaridagi o‘zgarishlar aniqlanadi.
Grippda nerv sistemasida quyidagi asoratlar kuzatiladi: nevral- giya, polinevrit, radikulit va boshqalar. Kam uchraydigan, lekin grippning og‘ir asoratlaridan biri — ensefalitdir.
Gripp bilan kasallanganda immunologik reaktivlik susayishi natijasida bemorda bo‘lgan surunkali kasalliklar (sil, revmatizm, surunkali tonzillit, xolesistoxolangit, piyelit va b.) yana zo‘rayishi mumkin.
Kasallikning og‘ir asoratli shakllarining oqibati jiddiy bo‘lib, qolgan hollarda kasallik sog‘ayish bilan yakunlanadi.
Tashxisi. Epidemiya vaqtida grippga tashxis qo‘yish qiyin emas va bunda tashxis klinik-epidemiologik ma’lumotlarga asoslanadi. Epidemiya oralig‘idagi vaqtlarda gripp kam uchraydi, kasallikning yengil shakllari ko‘proq kuzatiladi va ularni klinik jihatdan boshqa o‘tkir respirator kasalliklardan ajratish qiyin bo‘ladi. Bunday hollarda gripp tashxisi laboratoriya usullari yordamida qo‘yilishi mumkin.
Isitmaning 1—2-kunlari qonda leykositoz, 3—4-kunlari esa — leykopeniya aniqlanadi. Gripp asoratlari (pnevmoniya, angina va b.) da periferik qonda leykositoz xarakterli bo‘lib, ECHT odatda normada bo‘ladi, 10—15% hollardagina bu ko‘rsatkich ko‘tarilishi (20 ml/soatdan yuqori) mumkin.
Ekspress tashxis. Surtma pastki burun chig‘anog‘idan uzunligi 10 sm ga yaqin, kengligi 5—7 mm va qalinligi 2—2,5 mm bo‘lgan yaxshi silliqlangan (burun shilliq qavatini zararlamasligi uchun) plastinkalarga olinadi.
Luminessent mikroskopiya — bu usul bir necha soatlar ichida gripp virusini RNK — kiritmalarining qizil rangda shu’lalanishi orqali aniqlashga imkon beradi (adenoviruslar DNK-kiritmalariga ega va yashil shu’la beradi).
Immunoflyuoressensiya — bu usul nafaqat grippga tashxis qo‘yish, A va B virus turini aniqlash, balki paragripp va adenovirus infeksiyani aniqlashda ham yordam beradi.
Tashxis qo‘yishning virusologik usullari. Ko‘pincha tovuq embrionining amniotik yoki allantois bo‘shlig‘iga tekshirish mate- riali (burun-tomoq ajratmalari, qon) ni kiritish yo‘li bilan u zararlantiriladi va gripp virusi ajratib olinadi.
Serologik tashxis uchun venadan 5 ml qon olinadi — birinchi marta kasallikning 6-kunidan kechiktirmasdan, ikkinchi marta — sog‘ayish davrida 14-kundan kechiktirmasdan 8 — 12 sutkalik interval bilan olinadi. Komplementni bog‘lash reaksiyasi (KBR) va gemaaglyutinatsiyani to‘xtatish reaksiyasi (GATR) qo‘llanadi. Ijobiy natija birinchi va ikkinchi zardoblar orasidagi titrlar farqidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Antitelolar sonining 4 va undan ortiq ko‘payishi tashxis qo‘yishda ishonchli ahamiyatga ega.
Yuqorida sanab o‘tilgan laboratoriya usullaridan grippning erta aniqlanishida immunoflyuoressent usul, kechki (retrospektiv) tashxisida esa serologik tekshirish usullari (KBR va GATR) amaliy ahamiyatga ega. Grippning erta tashxisida klinik-epidemiologik ma’lumotlar asosiy rol o‘ynaydi.
Davolash. Gripp asoratsiz kechganda bemorlarni uyda davolash mumkin. Shifoxonaga grippning og‘ir, asoratli shakllari, og‘ir qo‘shimcha kasalliklari (yurak-qon tomirlar va b.) bo‘lgan bemorlar hamda epidemik ko‘rsatmalarga asosan yotqiziladi. Bemorlar uyda davolanganda alohida xonaga yotqizilishi va ularni parvarishlash uchun sharoit bo‘lishi shart.
Ular uchun alohida idishlar ajratilib, qaynagan suv bilan zararsizlantiriladi. Bemorlarni parvarish qiluvchi kishilarga 4 qavatli doka niqob taqish tavsiya qilinadi. Isitma davrida gripp bilan kasallangan bemor yotoq rejimiga rioya qilishi zarur. Vitaminlarga boy sutli parhez va ko‘p suyuqlik (sut, choy, kofe, suv, sharbatlar) tayinlanadi. Polivitaminlar kuniga 2 drajedan 3 mahal beriladi.
Hozirgi vaqtda virusga qarshi preparatlarni izlash ishlari davom etmoqda. Leykositar interferonning gripp bilan kasallangunga qadar qabul qilganda faqat profilaktik ta’sirga ega ekanligi va terapevtik samara bermasligi aniqlangan. Remantadin kasallikning 1-kunidan tayinlangandagina ma’lum darajada foyda berishi mumkin. Preparat 1-kuni 0,3 g dan (dastlabki miqdor — 0,2 g, ikkinchi miqdor — 0,1 g), keyingi 2-kun 0,05 g dan kuniga 3 mahal ovqatdan keyin beriladi. Donordan olingan grippga qarshi zardob va donor immuno- globulini virusga qarshi va terapevtik ta’sir ko‘rsatadi. Grippga qarshi immunoglobulin mushak orasiga 6 ml dan yuboriladi. Normal immunoglobulin (platsentar) hamda zardob poliglobulini xuddi shu miqdorda tayinlanadi.
Antibiotiklar asoratlar bo‘lganda yuboriladi. Ko‘pincha penitsillin guruhi antibiotiklari (benzilpenitsillin, oksatsillin, ampitsillin), gentamitsin va boshqa keng doirada ta’sir etuvchi antibiotiklar buyuriladi.
Gripp bilan og‘rigan bemorlarga simptomatik terapiya keng qo‘llanadi. Bosh og‘rig‘i va mushaklardagi og‘riqni kamaytirish uchun analgin, askofen, aspirin va boshqalar qo‘llanadi. Dimedrol, suprastin hamda askorbinat kislota yaxshi terapevtik ta’sir ko‘rsatadi. Kuchli quruq yo‘talda — kodein, rinitda — 2—5% li efedrin eritmasi, naftizin, galazolin, sanorin, 0,25% li oksolin malhami va boshqalar ishlatiladi. Ba’zan antigrippin qo‘llanadi. Uning tarkibi quyidagicha: asetilsalitsilat kislota 0,5 g, askorbinat kislota 0,3 g, rutin 0,02 g, dimedrol 0,02 g va kalsiy laktat 0,1 g.
Grippning isitmali davrida ko‘p suyuqlik ichish zarur. Kasallikning og‘ir shakllarida suyuqliklar 400 ml dan 2000 ml gacha venaga yuboriladi. Bu vaqtda siydik haydovchi preparatlar ham tayinlanadi. Yurak-qon tomirlar o‘zgarishlarida kordiamin, kam- fora, efedrin va boshqalar buyuriladi. Yurak-qon tomirlar yetish- movchiligida venaga korglikon yoki strofantin yuboriladi, oksige- noterapiya o‘tkaziladi. Grippning yashin tezligi (gipertoksik) shakllarida bemorlar intensiv terapiya xonalarida davolanadilar. LOR a’zolar, nerv, siydik ajratish va boshqa sistemalarda asoratlar kuzatilsa, tegishli mutaxassislar nazoratida davolash davom et- tiriladi.
Gripp kasalligida tana haroratining 3 kundan ortiq vaqt davomida normada bo‘lishi, vegetativ-tomir o‘zgarishlari, asteniya, yurak- tomirlar va nafas olish sistemasida o‘zgarishlar yo‘qligi, tekshirish natijasida ko‘rsatkichlarning tiklanganligi sog‘ayish mezoni bo‘lib hisoblanadi.
Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar. Hozirgi kunda grippga qarshi faol immunizatsiya qilish uchun tirik va faolsizlantirilgan grippga qarshi vaksina qo‘llanadi. Buning natijasida kasallanish taxminan 2—3 baravar kamayadi. Epidemiyalar davrida profilaktika maqsadida grippga qarshi gamma-globulin va interferon ishlatiladi. To‘g‘ri tashkil qilingan jismoniy tarbiya — badantarbiya (sayr qilish, artinish va b.) katta ahamiyatga ega. Gripp kasalligi asoratlari haqida aholi orasida tushuntirish ishlari olib borish muhim ahamiyatga ega.
O‘choqdagi tadbirlar bemorlarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni atrofdagilardan ajratib qo‘yishdan iborat. Bemor sog‘aygunga qadar uy sharoitida alohida xonada parvarish qilinadi, yopiq bolalar muassasalari (mehribonlik uylari, internatlar va b.) da esa bemorlar izolatsiyalanadi. Yo‘tal va aksa urish vaqtida virus tarqalishining oldini olish uchun bemor og‘zini ro‘molcha yoki shu maqsadda ajratilgan sochiq bilan yopishi shart. Bemor atrofidagi kishilar albatta, dokali niqoblar taqishlari zarur. Bolalar muassasalarida binolar kvars lampalari bilan nurlantiriladi. Yaslilar, bolalar bog‘chalari, shifoxonalar hamda imkoni boricha maktablarda epidemiya vaqtida karantin e’lon qilinadi. Bemor yotgan bino muntazam shamollatib turiladi. Xonalar 2% li xlorli ohak eritmasi bilan namli tozalanadi, bemor idish-tovoqlari, ro‘molchalari va boshqa buyumlari qaynatiladi.
Nazorat savollari
Do'stlaringiz bilan baham: |