E. Heminguey “Quyosh bari bir chiqaveradi” Kirish



Download 0,9 Mb.
bet12/19
Sana11.01.2017
Hajmi0,9 Mb.
#76
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
O’n ikkinchi bob
Ertalab uyg’onishim bilanoq deraza oldiga borib tashqariga qaradim. Kun yorishibdi, tog’ tomonda bulut ko’rinmasdi. Deraza tagidagi bir nechta arava bilan taxta yopilgan tomi qoru yomg’irda tars-tars yorilib ketgan dilijans turibdi. Dilijans aftidan hali avtobus paydo bo’lmagan paytdan beri shu yerda turgan bo’lsa kerak. Echki bir sakrab aravaga, keyin u yerdan dilijansning tomiga chiqib oldi. U pastda turgan echkilarga boshini silkitib qo’ydi. Bir po’pisa qilgandim, yerga sakrab tushdi.

Bill hamon uxlab yotibdi, men sekin kiyinib oldim-da, yo’lakka chiqib botinkamni ilib pastga tushdim. Hammayoq sokin, eshik tambasinn tushirib ko’chaga chiqdim. Havo salqin edi, shamol tingandan keyin tushgan shudringni quyosh hali quritishga ulgurmagan. Mehmonxona ortidagi saroydan motiga topib xo’rakka chuvalchang qazib olish uchun soy bo’yiga tushdim. Soy tiniq va sayoz bo’lsa ham bu yerda xonbaliq bo’lishi amrimahol edi. Motigani o’t bosgan nam yerga urib bir parchasini ko’chirib oldim. Ostida chuvalchanglar bor ekan. Yerni ko’chirib olishim bilan chuvalchanglar har tomonga tarqab ketishgandi, men ehtiyotini qilib anchasini tutib oldim. Shundoqqina suvning bo’yida, loydan chuvalchanglarni kovlab olib tovuq go’shtidan bo’shagan bankani to’ldirdim-da, ustiga tuproq solib qo’ydim. Echkilar yerni kovlayotganimni tomosha qilib turishardi.

Mehmonxonaga qaytib kelsam, beka oshxonada ekan. Kofe berishni, o’zimiz bilan olib ketishga nonushta tayyorlab qo’yishni iltimos qildim. Bill uyg’onib karavotning chetiga o’tirdi.

- Derazadan seni ko’ruvdim,- dedi u.- Xalaqit bergim kelmadi. Nima qilayotuvding? Pullaringni ko’m-dingmi?

- Voy, dangasa-e!

- Umummanfaati yo’lida mehnat qildingmi? Juda soz! Har kuni ertalab xuddi shu yo’sinda ishlayver!

- Bo’ldi, shuncha yotganing yetar,- dedim unga,- tur o’rningdan.

- Nima? Turaymi? Turib bo’bman.

U o’ringa kirib adyolni tomorigacha tortib, o’ranib oldi.

- Qani, meni turg’azib ko’r-chi!

Men indamay ov anjomlarimni yig’ishtirib, qopchiqqa joyladim.

- Ha, istamaysanmi?-so’radi Bill.

- Nonushta qilgani pastga ketdim.

- Nonushta qilgani-ya! Nega nonushta qilamnz, demading? Hazillashib o’rnimdan turg’izmoqchisan, deb o’ylabman. Nonushta!

Qanday yaxshi. Endi aqlli gapni aytding. Bor, yana chuvalchangini kovlayver, men hozir tushaman.

- Jin ursin seni!

- Umummanfaati yo’lida ishlayver,- Bill ko’ylagini kiydi.- Kinoyalaring bilan mehru shafqatingni oshkor qilaver. Qopchi?, matras va qarmoqlarni olib xonadan chiqdim.

- Hey, orqangga qayt! Eshikdan boshimni suqib qaradim.

- Nahotki ozgina kinoyang bilan mehru shafqatingni darih tutsang? Unga burnimni ko’rsatib mazax qildim.

- Bu kinoya emas.

Zinapoyadan tushayotganimda Billning qo’shiq aytayotgani qulog’imga chalindi: "Kinoya. Mehru shafqat. Sen voqif bo’lganingda... O, ulardan Kinoyangni ayama, ulardan mehr"shafqatingni darih tutma. O, bizdan Kinoyangni darih tutma. Sen voqif bo’lganingda... Birozgina kinoya. Birozgina mehru-shafqat..." U zinapoyadan ashulasini aytib tushdi. Bill "Cherkovda men uchun, sen uchun chalinyapti qo’ng’iroq..." ohangida kuylamoqda edi. Men bir haftalik ispan gazetalarini o’qib o’tirgandim.

- Kinoya bilan mehru shafqat haqida qanaqangi bo’lmag’ur ashulani aytyapsan?

- Nimalar deyapsan? Kinoya bilan mehru shafqatni bilmaysanmi?

- Yo’q. Kim o’ylab topgan?

- Hamma. N'yu-Yorkda buni deb aqldan ozishyapti. Bir paytlari xuddi Fratellini sirkchilari aytganidek.

Xizmatchi ayol kofe bilan moy surtilgan bo’g’irsoq olib keldi. To’g’rirog’i - ikki tomoni qovurilgan moy surtilgan non keltirdi.

- Undan so’rab ko’r-chi, qiyom bormikin,- dedi Bill.- U bilan kinoyali muomila qilib ko’r.

- Sizlarda qiyom topiladimi?

- Bu qanaqangi kinoya bo’ldi? Afsuski, ispancha gapirolmayman-da.

Kofe xushta'm ekan, kattagina chashkada ichdik. Xizmatchi ayol shisha idishda maymunjon qiyomini olib keldi.

- Rahmat.

- Bunaqa deyilmaydi!-dedi Bill.- Birorta kinoyali gapni aytgin-da. Primo-de-Riverning adresiga qochiriq qilib ko’r.

- Riflar Respublikasida hayot kechirish maymunjon-dek totli, deyish kerak edi.

- Bo’sh,- dedi Bill.- Juda bo’sh. Sen buning uddasidan chiqolmaysan. Tamom-vassalom. Sen qochiriqni tushunmaysan. Senda mehr-shafqat yo’q. Qani, mehr-shafqat talab etuvchi biror nima deb ko’r-chi!

- Robert Kon.

- Yomon emas. Bunisi durustroq. Davom etamiz. Nega Kon mehr-shafqatga munosib ekan? Sal qochiriq bilan gapir. U kofedan bir ho’plab qo’ydi.

- Qo’ysang-chi!-dedim men.-Azonlab turib askiya qilish mumkin ekanmi?

- Mana ko’ryapsanmi! Yana yozuvchi bo’lmoqchisan. Sen bor-yo’g’i gazetachisan, vatanidan quvilgan gazetachisan-da. Sen ertalab o’rningdan turishing bilanoq a'zoyi-badaning qochiriq gaplarga to’lib-toshgan bo’lishi kerak. Sen azonlab rahm-shafqat desa bo’g’ilib ketishing kerak.

- Xo’sh, keyin-chi?- so’radim men.- Bunaqa behuda gaplarni kimdan olaqolding?

- Hammadan. Senga nima bo’ldi, hech narsa o’qimayapsanmi? Hech kim bilan uchrashmayapsanmi? Bilasanmi, sen kimsan? Sen-vatanidan quvilgan odamsan. Nega sen N'yu-yorkda yashamayapsan? O’shanda bularning hammasini bilib olgan bo’larding. Senga qanday yordam bersam ekan? Nima, har yili kelib, bilimingni oshirib, ma'rifatli qilishimni istaysanmi?

- Kofedan yana ich,- dedim men.

- Kofe yaxshi narsa. Kofe senga foydali. Unda kofe-in bor. ?amma gap kofennda. Kofennning ta'sirida yi-git qizning otiga minadi, qiz esa yigitning qabriga yotadi. Sen kimligingni bilasanmi? Sen vatanidan Quvilganlarning eng pastisan. Nahotki, shu xususda eshitmagan bo’lsang? O’z vatanini tark etgan odam yorug’ dunyoni ko’rip!-ga munosib biror narsa yoza olmagan. Hatto gazetada ham. U kofeni ichib tamomladi.

- Sen vatanidan quvilgan odamsan. Sen qadrdon tuprog’ingdan ajralib qolding. Sen sun'iy odamga aylanyapsan. Yevropaning soxta ideallari seni nobud qiladi. Ichkilikbozlik seni go’rga tiqadi. Sen ayollar ishqida telba bo’lgansan. Sen hech nima qilmagansan, butun umring suhbatlarga sarf bo’lyapti. Sen vatanidan quvilgan odamsan, tushundingmi? Sen nuqul kafelarda sandiroqlab yuribsan.

- Qanchalik dabdabali hayot,- dedim men.- Shunaqa bo’lsa, unda qachon ishlar ekanman?

- Sen ishlayotganing yo’q. Bir xil rivoyatlarga qaraganda, sen ayollar qaramog’ida ekansan, boshqa rivoyatlarga ko’ra - sen erkak emassan.

- Yo’q,- dedim men.- Shunchaki baxtsiz bir tasodif sodir bo’lgan.

- Buni hech qachon eslatib yurma,- dedi Bill.- Bunaqa gaplarning tarqalmagani ma'qul. Sir saqlash kerak. Xuddi Genri Fordning dastlabki velosipedi kabi. Shu paytgacha beto’xtov gapirayotgan Bill endi qo’qqis-dan jimib qoldi. Beixtiyor ortiqcha gapirib uni , xafa qilib qo’ydim, degan xayolga borishini istamasdim. Uni yana gapga tutmoqchi bo’ldim.

- Hech qanaqangi velosiped bo’lmagan,-dedim men.- U otda yurgan.

- Uch qildirakli velosipedi borligini eshitgandnm. - Nima qibdi,- dedim men.- Samolyot ham velosiped-

ga o’xshaydi. Bir xil boshqariladi.

- Unda faqat tepkisini bosish lozim bo’lmaydi.

- Ha,- dedim men.- Aytgandek, tepkisini bosish shart bo’lmaydi.

- Xo’sh, yetar endi,- dedi Bill.

- O’zing bilasan. Men faqat velosipedni himoya qilmoqchi bo’luvdim.

- Genri ham yaxshi yozadi,- dedi Bill.- Lekin sen o’zing yaxshisan. Yaxshi odam ekaningni senga aytishganmi?

- Umuman men yaxshi odam emasman.

- Menga quloq sol. Sen judayam yaxshi odamsan, bu dunyoda sendan boshqa hech kimni yaxshi ko’rmaganman. N'yu-Yorkda buni senga aytmagan bo’lardim. Chunki u yerda meni bolavoz, deb hisoblashgan bo’lishardi. Xuddi shunaqa ishning oqibatida Grajdanlar urushi boshlanib ketgan. Avraam Linkol'n ham bolavoz bo’lgandi. U general Grantga oshiq bo’lib qolgandi. Xuddi Shefferson Devis kabi. Linkol'n shunchaki garov o’ynab qullarni ozod qilib yuborgandi. Dred Skott haqidagi sud ishini spirtli

ichimliklarni man etuvchi Liga uyushtirgandi. Bularning hammasi jinsiy aloqadan kelib chiqqan. Ledi polkovnik bilan Juda OGredi shaytoni zo’r ayollar bo’lishgan.

U jimib qoldi.

- Yana istaysanmi?

- Aytaver,- dedim men.

- Boshqa hech narsani bilmayman. Qolganini tushlik qilayotganimizda gapirib beraman.

- Voy tasqara-ey,- dedim men.

- Rosayam yaramassan-da!

Biz nonushta bilan ikki shisha vinoni qopchiqqa soldik, Bill uni orqalab oldi. Men qarmoqli hilof bilan matraplarni yelkamga oldim. Biz katta yo’ldan yurdik, keyin yalanglikdan o’tib ro’paramizda ko’rinib turgan tog’ning o’rmonzor yonbag’riga yaylov orqali olib boruvchi so’qmoqni topib oldik. Ana shu qumli so’qmoqdan yurdik. Pastakkina bo’lsa ham qalin o’t-o’lan bilan qoplangan yaylovda qo’y-qo’zilar o’tlab yuribdi. Yuqorirog’da, tepalikda sigirlar o’tlayapti. O’rmon ichidan sigirlarning bo’ynidagi qo’ng’iroqchalar ovozi eshitilib turibdi. So’qmoq bizni anhor ustiga tashlangan xoda yoniga boshlab keldi. Xoda tekislangan bo’lib, egib qo’yilgan shoxlari panjara xizmatini o’tardi. Anhor bo’yidagi qumli sayoz hovuzcha tagida itbaliqlar qorayib ko’rinyapti. Biz qiyalama qirg’oqqa ko’tarildik-da, yana to’lqinsimon yaylov bo’ylab yurdik. Ortimizga o’girilib, Burgetning oppoq uylari-yu, qizil tomlarini, yuk mashinasi chang to’zitib ketayotgan oppoq yo’lni ko’rdik.

Yaylov tugab, avvalgisidan ham ko’ra tezoqar ikkinchi anhor bo’yiga chiqib oldik. Qumli yo’l kechuvgacha pastlashib borib, keyin o’rmon tomon ko’tarilardi. So’qmoq bizni yana kechuvning quyirog’idagi anhor ustiga tashlangan xodaga yetaklab keldi-yu, keyin yo’l bilan tutashib ketdi. Biz o’rmonga kirdik.

Bu eng qadimgi qorag’ayin o’rmoni ekan. Daraxtlarning ildizi yer sathiga chiqib qolgan, novdalari qing’ir-qiyshiq edi. Biz yo’g’on qorag’ayinlar orasidagi so’qmoqdan yurdik, barglar osha tushayotgan shu'la o’t-o’lanlar ustida dog’ bo’lib ko’rinardi. Daraxtlar baland, barglari qalin bo’lishiga qaramay, o’rmon qorong’i emasdi. Hech qanaqa buta ko’rinmaydi - faqat yam-yashil, yumshoq maysa va xuddi parkdagi kabi oralatib ekilgan uzun daraxtlar qad rostlagan.

- Tabiatning so’limligini qara,- deb qo’ydi Bill. Yo’l qiyalik tomon o’rlab bordi-yu, biz qalin o’rmon

ichiga kirdik, yo’l esa hamon toqqa ko’tarilardi. Ba'zan u to’satdan pastlikka sho’ng’irdi-da, so’ng yana yuqoriga yetaklardi. O’rmon ichkarisidan qo’ng’iroqchalarning jingillashi hamon qulog’imizga chalinardi. Nihoyat cho’qqiga chiqib oldik. Biz boya Burgetda ko’rgan baland o’rmonzor tog’ning eng yuksak cho’qqisida turardi. Daraxtlar orasidagi yalanglikda, quyosh nuri tushib turgan tomonda yovvoyi qulupnay o’sib yotardi. Yo’lning davomi o’rmondan chiqib tog’ qirralari yoqalab ketdi. Old tomonda endi o’rmon bilan qoplangan tog’ ko’rinmay qoldi, sariq gulli butalar o’sib yotgan keng maydon boshlandi. Uzoqda qorayib ko’rinayotgan daraxtlar, tik sohildagi kulrang xarsangtoshlar Irati daryosining irmog’iga yaqinlashib qolganimizdan dalolat berardi.

- Shu yo’ldan cho’qqilarning qirralari yoqalab borishimiz, bu tog’larni oshib, suv, naridagi o’rmondan o’tib, Irati vohasiga tushishimiz kerak,- dedim Billga manzilimizga ishora qilib.

- Men sizga aytsam, rosa sargardon bo’larkanmiz-da!

- O’sha yerga yetib borish, baliq ovlash va o’sha kuniyoq shoshilmay orqaga qaytish uchun haddan tashqari uzoqlik qiladi.

- Rostanam shoshilmaslik kerak. Yaxshi aytding. O’sha yerga yetib olish, orqaga qaytish va biror nima ovlashga ulgurish uchun telbalarcha yugurishga to’g’ri keladi. Manzilimiz uzoq, tevarak-atrofdagi manzara esa maftunkor edi, ammo Rio-de-la-fabrik vo?asidagi ўrmon bilan burkangan

toqqa olib boruvchi aylana yo’lga nihoyat tushib olganimizda, juda toliqib qolgandik. Yo’l salqin o’rmondan jazirama issiqqa olib chiqdi. Oldinda daryo bor ekan. Daryoning ortida tikka tushgan qiyalama tog’ boshlangan. Qiyalikda qorabug’doy o’sib yotibdi, bir qancha daraxt ko’kka bo’y cho’zgan, ularning tagidagi oppoq uyga ko’zimiz tushdi. Kun nihoyatda issiq edi, biz to’g’on yonidagi daraxtlar soyasida to’xtab dam oldik. Bill qopchig’ni daraxtga tirab qo’ydi, keyin biz qarmoqlarga g’altagini ulab, chilvirini boylab, baliq oviga hozirlik ko’ra boshladik.

- Mana shu ko’lmakda xonbaliq bo’lishiga ishonasanmi?

- G’ujg’on o’ynab yotibdi.

- Men xo’ragiga pashsha ilib tutaman. Senda Makginti pashshasidan bormi?

- Mana, olaver.

- Sen-chi? Chuvalchang bilan tutasanmi?

- Ha. Men shu yerda, to’g’on yonida bo’laman.

- Unday bo’lsa, pashshalarni olaketaman.- U bitta pashshani qarmoqqa ilib qo’ydi.- Qaysi tomonga borganim ma'qul? Yuqorigami yo quyi tomongami?

- Yaxshisi, quyi tomonga boraqol.

Bill qirg’oq yoqalab ketdi.

- Chuvalchangli bankani olaket.

- Hojati yo’q. Agar pashsha bilan tutolmasam, atrofni tomosha qilib o’tiraman.

Bill qirg’oqda daryoni tomosha qilib turdi.

- Menga qara!-deb qichqirdi u to’g’on shovqinini bosib.- Vinoni huv, anavi yo’ldagi buloqqa solib qo’ymaymizmi?

- Mayli,- dedim men ham qichqirib.

Bill qo’lini silkib oqim bo’ylab pastga ketdi.

Men qopchiqdan ikkala shishani olib temir quvurdan buloq suvi oqib chiqayotgan yo’lga ravona bo’ldim. Trubaning ostida taxta bor ekan. Taxtani bir chetga surdim-da, tiqinini qattiqroq bosib shishalarni suvga soldim. Suv shunaqayam muzday edi-ki, barmoqlarim bilan panjam birpasda karaxt bo’lib qoldi. Taxtani joyiga qo’yib, vinoni hech kim topolmaydi, degan umidda orqaga qaytdim. Daraxtga suyab qo’ygan qarmog’imni, xo’rak solingan banka bilan matrasni olib, to’g’on boshiga keldim. To’g’onni daryodan yog’och oqizish uchun barpo etishgan. To’sqichi ko’tarib qo’yilgan edi. Tarashlangan yog’ochlardan biriga o’tirib olib, to’g’on oldidagi sokin daryo shovvaga xayqirib tushayotganini tomosha qildim. Suv ko’pirib tushayotgan to’g’onning tagi ancha chuqur. Qarmoqqa xo’rak ilayotgandim, bitta xonbaliq shovvaga sakradi-yu, keyin suv uni pastga oqizib ketdi. Hali xo’rakni ilishga ulgurmay, ikkinchi xonbaliq chiroyli doira hosil qilib shovvaga sakradi-da, guvillayotgan oqim ichida ko’zdan yo’qoldi. Cho’pni ipga

ilashtirib, qarmoqni to’g’on oldida ko’pirayotgan suvga tashladim.

Xonbaliq ilinganini dastlab bilmay qolibman. Qarmoqni endi tortib ko’rmoqchi bo’luvdim, baliq ilinganini sezib qolib, shovva tagidagi oppoq ko’pik orasidan baliqni tortib chiqardim. Xonbaliq talvasaga tushib qarmoqni egib yubordi, uni to’g’on bo’yiga sudrab kelib, ilmoqdan chiqarib oldim. Yaxshigina xonbaliq ekan; dumidan ushlab boshini taxtaga urdim, baliq bir-ikki to’lg’onib jimib qolgach, qopchiqqa solib qo’ydim.

Uni ilmoqdan olayotganimda bir necha xonbaliq shovvaga sakradi. Xo’rak ilib qarmoqni tashlashga ulgurmay, yana bittasi ilindi, uni ham boyagidek tortib oldim. Xash" pash deguncha oltitasini tutdim. Hammasining kattaligi bir xil. Ularni yerga qator terib qo’yib tomosha qildim, Tusi chiroyli baliqlar, muzdek suvda suzaverib tanasi qattiqlashib qolgan. Kun issiq edi, shu sababli qornilarini yorib ichak-chavoqlarini oyqulog’i bilan olib narigi qirg’oqqa uloqtirdim. Keyin pastga tushib to’g’on suvida baliqlarni yuvib, qirqquloq yulib chiqdim-da, hammasini qopchiqqa joyladim: bir sidra qirqquloq solib

ustiga uchta xonbaliqni qo’ydim, keyin uning ustini ham qirqquloq bilan yopdim. Xopbaliqlar qirqquloq bilan juda chiroyli joylandi. Qopchig’ni ko’tarib daraxt soyasiga olib borib qo’ydim.

To’g’on bo’yida jazirama issiq edi, chuvalchang solingan bankani ham qopchiq yoniga, soyaga qo’yib, kitobni oldim-da, daraxt ostida Billni nonushtaga kelishini kutib o’qib o’tirmoqchi bo’ldim.

Kun peshinga yaqinlashib, soya kichrayib qolgan bo’lsa ham bir-biriga tutashib ketgan ikkita daraxt tanasiga suyanib kitob o’qib o’tiraverdim. Bu A. E. Mezonning hikoyasi edi. Unda bir kishi Al'p tog’ida sovqotib, muzlikka qulab tushgani, muzlar erib uning gavdasi tog’u-toshlar orasida ko’ringuncha roppa-rosa yigirma to’rt yil sabot bilan kutgan mahbubasining matonati maroqli tasvirlangandi. Bill kelganida sevishganlar hamon visolga yetishishmagandi.

- Qancha tutding?- so’radi u. Bill qarmoqni ham, matrasni ham, xonbaliq solingan qopchig’ni ham bir qo’lida ko’tarib olgan, o’zi butunlay terga tushib ketgandi, to’gonning shovqindan uning kelib qolganini sezmabman.

- Olti dona. Senchi?

Bill o’tirib olib qopchiqni ochdi-da, kattakon xonbaliqni olib maysa ustiga qo’ydi. U yana bir-biridan katta uchta baliqni daraxt soyasiga qator terib chiqdi. Ter bosgan chehrasida mamnunlik ifodasi barq urardi.

- Seniki qanaqa?

- Maydaroq.

- Ko’rsat-chi?

- Qopchiqqa joylashtirib qo’ydim.

- Aytaver, qanaqa?

- Sening eng kichik balig’ingdek keladi.

- Aldayapsan!

- Afsuski, rost.

- Hammasini chuvalchang bilan tutdingmi? -Ha.

- Voy dangasa-ey!

Bill xonbaliqlarni qopchiqqa solib, daryo bo’yiga tushib ketdi. Shimi beligacha bo’kib ketganini ko’rib, suvda turib baliq tutganini fahmlab qoldim. Yo’lga chiqib vinomizni olib keldim. Shishalar muzdek edi, Daraxt yoniga qaytgunimcha shishalarda marjon-marjon ter paydo bo’ldi. Gazetani yoyib, ustiga nonushtani qo’ydim. Qo’lini artib qirqquloq bilan Bill qaytib keldi.

- Ko’raylik-chi, qanaqa vino ekan?-dedi u. Bill tiqinni olib vinodan bir ho’plab ko’rdi.- Vuy! Ko’zimni achitvordi-ya!

-- Qani, totib ko’ray-chi.

- Ta'mi ta?irro?u, lekin muzdek vino.

- Unchalik yomon emas,- dedi Bill.

- Muzdakligi aybini yashiryapti-da,- dedim men. Yemish solingan tugunchani ochdik.

- Tovuq ekan.

- Mana, suvda pishirilgan tuxum ham bor.

- Tuz bormi?

- Avval tuxumni yeymiz,- dedi Bill.- Keyin tovuqni. Taomni bu tartibda yeyishni hatto Brayan ham bi-lardi.

- U vafot etibdi. Kecha gazetada o’quvdim.

- Yo’g’-e? Bo’lishi mumkin emas!

- Rost. Brayan vafot etdi.

Bill qo’lidagi yarmi archilgan tuxumni gazeta ustiga qo’ydi.

- Janoblar!-dedi gazetani yoyib tovuqning oyog’ini olarkan.- Men buning teskarisini qilaman. Brayan uchup shunday qilaman. Buyuk grajdanin sharafiga. Avval tovuqni, keyin tuxumni yeyman.

- Qiziq, ollo-taolo tovuqni qaysi kuni yaratganiykin?

- E, buni qattan bilamiz?-dedi Bill oyog’ning iligini so’rib.- Savol berishning hojati yo’q. Bu yorug’ dunyoda umrimiz qisqa. Shunday ekan, huzur-halovat, toat-ibodat, Shukrona qilaylik.

- Tuxumingni yeb ol.-

Bill bir qo’lida tovuqning oyog’i, ikkinchi qo’lida shisha bilan imo-ishora qilib gapirardi.

- Tabiat in'omlaridan lazzatlanaylik. Arshi-a'lo qushlaridan foydalanib qolaylik. Ishkom hosili suvidan qona-qona ichaylik. Og’ajonim, bu ne'matlardan bahramand bo’lishni istaysanmi?

- Iltimos, o’zing ichaver, og’aginam. Bill og’zini to’ldirib ho’pladi.

- Foydalanib qolaylik, og’aginam.- U menga shishani uzatdi.- Shubhalarga chek qo’yaylik. Maymunsimon qo’llarimiz bilan tovuqxonaning muqaddas sir-asrorini titkilamaylik. E'tiqod bilan bu karomatni qabul qilaylik-da, bajonidil iltijo aylaylik - sen ham meng jo’r bo’lishingni iltimos qilaman - nimani iltijo qilamiz, og’aginam?-U tovuqning oyog’i bilan meni nuqib so’zida davom etdi:- Buni senga aytyapman. Biz iltijo aylaymiz - shaxsan men bu bilan faxrlanaman, seni ham tiz cho’kib men bilan birga iltijo qilishingni istayman. Bu yerda, buyuk tabiat qo’ynida tiz cho’kishdan hech kim xijolat chekmaydi! Eslab ko’r, o’rmonlar tangrining dastlabki ibodatxonasi bo’lgan. Tiz- cho’kib iltijo aylaymiz: bunaqa tovuqlarni tanovul qilmang - bil'aks u Menkendir.

- Mana bundan ozgina foydalanib olaqol,-dedim men.

Ikkinchi shishani ham ochdik.

- Nima gap o’zi?-so’radim undan.- Brayanni yoqti-maysanmi?

- Brayanni yaxshi ko’rardim,-dedi Bill.- Biz xuddi tutishgan aka-ukalardek edik.

- U bilan qayerda tanishganiding?

- Muqaddas Xoch maktabida u bilan ham, Manken bilan ham o’qiganman.

- Bokschi Frenki Frich ham birga edi,- dedim men.

- Yolg’on. Frenki Frich Forxem universitetida o’qigan. Men esam Layola maktabida ruhoniy Menning bilan birga o’qiganman.

- Yolg’on,- dedi Bill.- Ruhoniy Menning bilan Layola maktabida men o’qigandim.

- Kayfing oshib qolibdi,- dedim men.

- Vinodanmi?

- Shunaqa bo’lsa kerak.

- Zaxdan mast bo’lyapman,- dedi Bill.- Bu la'nati zaxni yo’qotmasa bo’lmaydi.

- Yana ichamizmi?

- Qolgani shumi?

- Faqat ikkita shisha bor edi-da.

- Bilasanmi, sen kimsan?-Bill shishaga mo’layib qarab qo’ydi.

- Yo’q,-dedim men.

- Sen hushyorlar Ittifoqining agentisan.

- Men Ittifoq rahbari Uen B. Uiler bilan birga bibi Maryam maktabida o’qiganman-da.

- Yolg’on,- dedi Bill.- Uen B. Uiler bilan Ostin Saido bilim yurtida men o’qigandim. U bizning onavoshimiz bo’lgandi.

- Bari bir, yo’qolsin mayxonalar!-dedim men.

- Gaping rost, qadrli sinfdoshim, yo’qolsin mayxonalar,-dedi Bill,-ular bilan birga men ham halok bo’layin!

- Kayfing oshib qoldi.

- Vinodanmi?

- Vinodan.

- Har narsa bo’lishi mumknn.

- Mizg’ib olmaymizmi?

- Mayli.


Biz boshimiznn soya tomonga qo’yib, daraxt novdalari osha osmonga qarab yotdik.

- Uxlayapsanmi?

- Yo’q,- dedi Bill.- Uylab yotibman.

Ko’zimni yumib oldim. Yerda cho’zilib yotish rohat edi,|

- Menga qara,-dedi Bill.-Bret bilan oralaringda nima bo’lgandi?

- Nimaydi?

- Sen bir paytlari unga oshiq bo’lganmiding?

- Ha.


- Oshiqliging ko’pga cho’zilganmidi?

- Orada uzilish bo’lsa ham, umuman ko’pga cho’zilgan

- Voy, jin urgur-e!u dedi Bill.- Meni kechir, do’stim.

- Hechqisi yo’q,- dedim men.- Endi unga allaqachon tupurganman.

- Rostdanmi?

- Rost. Faqat bu haqda gapirishni yoqtirmaymen-da.

- So’raganim uchun jahling chiqmaydimi?

- Nega endi jahlim chiqarkan?

- Men uxlayman,- dedi Bill. U yuziga gazetani yopib oldi.- Sen rostanam katolikmisan?- so’radi u.

- Shunchaki, rasmiyat uchun.

- Bu nima deganing?

- Bilmadim.

- Ha, mayli, men uxlayman,-dedi u.-Iltimos, vaysayverma, menga xalaqit beryapsan.

Men ham uxlab qoldim. Uyg’onganimda Bill narsalarni ryukzakka joylayotgan ekan. Kech kirib qolibdi, daraxtlar soyasi cho’zilib to’gon ustiga yetib qolibdi. Yerning zaxi ta'sirida hech qaddimni rostlolmadim.

- Senga nima bo’ldi? Darrov uyg’ona qoldingmi?-so’radi Bill.

- Birato’la tunni shu yerda o’tkazib qo’yaqolmaysanmi? Kerishib olib ko’zimni uqaladim.

- Ajoyib tush ko’ribman,- dedi Bill.- Nimaligi yodimda uyqu, ammo ajoyib tush edi.

- Men hech qanaqa tush ko’rmaganga o’xshayman.

- Bekor qilasan,- dedi Bill.- Bizning barcha yirik bizneschilarimiz tush ko’ruvchi va xayolparast bo’lish-gan. Fordni eslab ko’r. Prezident Kulijni eslab ko’r. Rokfellerni eslab ko’r. Jo Devidsonni eslab ko’r.

Qarmoqlarimizni bo’laklarga ajratib hilofga joyladim. Kaltaklarni anjomlarimiz joylangan qopchiqqa solib qo’ydim.

Bill ryukzakni hozirlab qo’ygan ekan, unga xonbaliq solingan qopchiqlardan birini joyladim, ikkinchisini men ko’tarib

oldim.


- Xo’sh, hamma narsani olganga o’xshaymiz,-dedi Bill.

- Chuvalchanglar-chi?

- Chuvalchanglaring jonimga tegdi. Mana bu yerga solaqol.

U ryukzakni allaqachon orqalab olgandi,chuvalchangli bankani cho’ntaklaridan biriga joyladim.

- Endi bo’ldimi?

Qayrag’och ostidagi maysa orasida biror nima qolmadimikan, deb tevarak-atrofni qarab chiqdim.

- Bo’ldi.

Biz o’rmonga yetaklovchi yo’ldan yurdik. Burgetgacha uzoq edi, yaylovdan yurib yo’lga chiqib olgunimizcha va chiroqlari porlab turgan ikki qator uylar orasidan mehmonxonaga yetib borgunimizcha qorong’i tushdi.

Burgetda biz besh kun yashab, maza qilib baliq ovladik. Kechalari sovuq, kunduz kunlari esa issiq edi, ammo kunning hatto eng jazirama paytida ham nuqul shabada esib turardi. Ana shunday jaziramada muzdek suvda cho’milish, keyin qirg’oqqa chiqib oftobda o’tirish rohat edi. Biz suzish mumkin bo’lgan chuqur soyni topib oldik. Kechqurunlari Sen-Jan-Pordan yayov kelib meh-monxonamizda istiqomat qilayotgan baliq oviga ishqivoz, Xarris familiyali ingliz bilan uchalamiz brij

o’ynardik. U yoqimtoy kishi ekan, ikki marta biz bilak Iratiga borib keldi. Na Robert Qondan, na Bret bilan Maykldan darak bor edi.



Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish