E. G' G'oziev O'zbekiston respublikasi


Ill TO‘RTD4CHI BOB



Download 9,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/64
Sana21.07.2022
Hajmi9,39 Mb.
#833238
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   64
Bog'liq
G`oziyev E.G`. Ontogenez pisixologiyasi

Ill


TO‘RTD4CHI BOB
KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI 0 ‘QUVCHILARNING PSIXOLOGIK
XUSUSIYATLARI
4.1. 
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar psixikasiga umumiy
tu sh u n c h a
Odatda psixologiya fanida kichik maktab yoshi davriga 6 yoshdan 10 (11) 
yoshgacha bo‘lgan boshlang‘ich sinf (I-IV) o ‘quvchilari kiritiladi. Lekin bu yosh 
davrga ajratish prinsipi qat’iy va mutlaq degan fikr emas, albatta. Chunki, xalq 
ta’limi tizimida yuz beradigan ayrim o ‘zgarishlar bunga u yoki bu tarzda o ‘z 
ta’sirini o‘tkazadi. Jumladan, bola maktab ta’limiga bog‘chada tarbiyalanayotgan 
paytdan boshlab tayyorgarlik ko‘ra boradi, buning uchun u, d a sta w a l ta ’lim- 
tarbiya tomonidan o ‘quvchi shaxsi oldiga qo‘yiladigan turli mazmundagi talablar 
bilan tanishadi, undan tashqari u fan asoslarini egallash uchun ham biologik - 
jismoniy, ham psixologik jihatdan qariyb yetilgan, jism oniy va aqliy m ehnat 
qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Maktab ta ’limiga psixologik tayyorgarlik deganda, bolaning ob’ektiv va 
sub’ektiv jihatdan munosibligi, bilish jarayonlari bilan shaxs xususiyatiarining 
o‘zaro mutanosibligi nazarda tutiladi. 0 ‘quvchi maktab ta’limiga keng m a’noda 
psixologik jihatdan ob’ektiv tayyor bo‘ladi. Binobarin, uning psixikasi bilim 
olishga yetarli darajada taraqqiyot bosqichiga erishadi. Ushbu yoshdagi bola o‘z 
idrokining o ‘tkirligi, ravshanligi, sofligi, aniqligi, uning qiziquvchanligi, 
dilkashligi, xayrixohligi, ishonuvchanligi, xayolining yorqinligi, xotirasining 
kuchliligi bilan boshqa yoshdagi o ‘quvchilardan (jumladan, o ‘sm irlardan) ajralib 
turadi. Maktab ta’limiga tayyorlik ko‘rayotgan bolada diqqat nisbatan uzoq 
muddatli va shartli ravishda barqaror ko‘rinishga ega, deb hisoblash m umkin. 
Diqqatning xususiyatlari (taqsimlanishi, ko‘chishi, kuchi, barqarorligi, bo‘linishi, 
tebranishi va boshqalar) uning roli va syujetli o ‘yin faoliyatlarida, rasm chizish 
va ko‘rish, yasash m ashg‘ulotlarida, loy ham da plastilindan narsa yasashda, katta 
yoshdagilar va tengqurlari nutqini idrok qilish va tushunishda, m atem atik 
amallami bajarishda, hikoya tinglash ham da shaxsan o ‘zi ham tuzishda bevosita 
namoyon bo‘ladi. Bu davrga kelib, bola o ‘z diqqatini muayyan ob’ektga, narsa va
112


hodisalarga yo‘naltirishga, to*plashda va uni 
mustahkam lashda ham da 
taqsim lashda m a’lum darajada ko ‘nikmani egallagan bo‘lib, o ‘z diqqatini 
boshqarish, zarur paytda, uni shaxsan tashkil qilishga intiladi. Uning xotirasi 
kiziqarli ajoyibotlarga, g*aroyibotlarga boy, voyaga yetgan kishini taajjubga 
soladigan m a’lumotlar va hodisalam i puxta esda olib qolish, esda saqlash, esga 
tushirish imkoniyatiga egadir. Shu davrgacha bevosita kattalar rahbarligida u yoki 
bu axborotlam i egallab kelgan boMsa, endi u o ‘z xohish irodasi bilan, muayyan 
motivatsiyaga asoslangan holda zarur m a’lumotlar olishga, o ‘z oldiga yaqqol 
maqsad va aniq vazifa qo‘yishga harakat qiladi. Bolaning muayyan taraqqiyot 
darajasiga erishganligini uning xotirasi faolligi namoyish qiladi. U o ‘zining uncha 
boy bo‘lmagan shaxsiy tajribasiga asoslanib, she’r, xikoya, ertaklam i esda 
qoldirish uchun ulam ing takrorlanganligi, yod olishning qulay y o ‘l va usullaridan 
foydalanganligi ta ’lim jarayonida unga ju d a qo‘l keladi. Demak, u o ‘qish, idrok 
qilish, o ‘zIashtirish texnikasi bilan yaqindan tanishishga erishadi.
Birinchi sin f o'quvchisi, k o ‘pincha yaqqol obrazli xotiraga suyangan holda 
bilish faoliyatini (kognitiv holatni) tashkil etsa ham, biron bir narsa xotiraning 
boshqa turlarini sira istisno qilmaydi, balki aksincha, ta’lim shaxsdan so‘z-mantiq 
xotirasini taqozo qiladi, ijodiy produktiv yo‘l bilan bilimlami egallashni talab 
etadi, S o‘z-mantiq xotirasining mavjudligi m atnning m a’nosiga tushunib esda 
olib qolish jarayonining samaradorligini orttirishga keng imkoniyat yaratadi. 
Tajribalardan shu narsa m a’lumki, bola m a’nosiz so ‘zlardan ko ‘ra, ko‘proq 
m a’nodor ilm iy tushuncha ham da atamalami yaratish, tuzish va mustahkamroq 
esda olib qolish xususiyatlarga ega. Uning nutqi ta’lim ga tayyorgarlik k o ‘rish 
bosqichida kattalar bilan m uloqotga kirishish, o ‘zgalar fikrini uqib olish va uni 
maqsadga muvofiq to ‘g‘ri idrok qilish darajasiga to ‘la javob bera oladi. Bola 
nutqining tuzilishi milliy til grammatikasi qoidalariga mos, mantiqan izchil, 
ifodali, rang-barang tushunchalarga boy, miqdor va ko ‘lam jihatdan har qanday 
odam bilan fikr almashish, muloqotga kirishish uchun mutlaqo yetarlidir.
0 ‘quvchi o ‘zi eshitgan narsalarini, voqelik to ‘g ‘risidagi m a’lumotlami 
to‘g ‘ri tushuna oladi, o ‘zida mavjud bo‘lgan axborotlami (taassurotlami) 
muayyan tartib bilan bayon qila biladi, aqliy faoliyat operatsiyalaridan (narsalami 
taqqoslaydi, yaqqollashtiradi, guruhlarga ajratadi, hukm chiqaradi) o ‘rinli 
foydalanadi.
Yirik chet el va sobiq sovet psixologlari (J.Piaje, A.Vallon, J.Bruner, 
L.V.Zankov, D.B.Elkonin, P.Ya.Galperin, N.A.M enchinskaya, V.V.Davidov, 
A.Sh.Amonashivili, S.F.Juykov va boshqalar) tadqiqotlarining ko‘rsatishicha, 
oqilona tashkil qilingan ta ’lim jarayoni mazkur yoshdagi bolalar tafakkurini jadal 
su r’atlar bilan rivojlantiradi, aqliy imkoniyatlarini ertaroq ishga tushishga, 
ro ‘yobga chiqishga yordam beradi. Chunonchi, bolalar matem atik, fizik, 
lingvistik, politexnik tushunchalarini o‘zlashtiradilar, mustaqil ravishda uncha 
murakkab b o ‘lmagan masalalar, misollar tuzadilar, oddiyroq mashqlarni bajara 
oladilar, ijodiy va mahsuldor fikr yuritishga intiladilar.
113


Yuqorida yuritilgan m ulohazalarga asoslangan holda shunday xulosaga 
kelish m umkinki, bolalam ing psixologik tayyorgarlik darajasi ta’limni 
muvaffaqqiyatli uddalash, am alga oshirish uchun mutlaqo kafolot bera oladi. Bu 
o ‘rinda uning shaxsiy xususiyatlari shakllanganligi yuzasidan ham m a’lumot 
berish maqsadga muvofiqdir. Bolada shaxsning bir qator faziiatlari va 
xususiyatlari yaqqol ko ‘zga tashlanadi; qat’iylik, nisbiy m ustaqillik, o‘z oldiga 
maqsad qo‘ya olishlik, xulq-atvom i ijtimoiy jam oatchilik nuqtai-nazardan 
baholashga intilishlik, ahd-paym onga sodiqlik, kattalam i hurm at qilishlik, 
va’daga vafo qilishlik, burch va javobgarlik hislari kabilar. Shuning bilan birga 
maktab ta’limiga tayyorgarlik ko‘rayotgan bola o ‘z his-tuyg‘usi va ichki 
kechinmalarini boshqarish uquviga egadir, hatto u o ‘z-o‘ziga, o ‘z qilm ishlari, 
nojo‘ya xatti-harakatlari, o ‘rinsiz luqma tashlaganligi, ixtiyorsiz o ‘shshayganligi 
uchun baholi qudrat o ‘z munosabatini bildirishi mumkin. T a’kidlab o ‘tilgan 
barcha mulohazalar, sharhlar, tavsiflar maktab ta ’lim iga psixologik tayyorlikning 
asosiy omillari, shuningdek, eng muhim shart-sharoitlari bo‘lib hisoblanadi.
Olti yoshli bolaning ta ’limga psixologik tayyorgarligi to ‘g ‘risida fikr 
yuritganimizda, biz muayyan reja asosida tartibli, ko‘p qirrali, m aqsadga 
yo4naltirilgan, o‘zaro boglliq va mantiqiy ketm a-ketlikka ega boMgan 
boshlang‘ich ta ’lim uchun zamin vazifasini o ‘tuvchi ruhiy taraqqiyotning zarur 
ko‘rsatkichi va darajasini nazarda tutamiz. Bu borada yana shu narsani 
qo‘shim cha qilish o‘rinliki, ta ’lim uchun ruhiy taraqqiyot darajasidan tashqari, 
bolaning turmush sharoiti va faoliyati tafovutlari o ‘ziga xosligi uning sihat- 
salomatligi, metodik jihatdan tayyorgarligi, sodda ko‘nikm alam i egallaganligi 
kabi omillam i hisobga olish maqsadga muvofiq. Bildirilgan m ulohazalam ing 
barchasi bolaning maktab ta ’limiga psixologik jihatdan tayyorgarligining 
ob’ektiv tom onlarini o ‘zida aks ettiradi, xolos.
Biroq bolaning maktab ta ’lim iga psixologik jihatdan tayyorlikning 
sub’ektiv tom oni ham mavjuddir. Bola maktabda o ‘qish xohishi, intilishi, 
predm etlarga qiziqishi, ishtiyoqi katta yoshdagi odam lar bilan m uloqotga 
kirishishning istagi mazkur tayyorlik bilan uzviy bog‘liqdir. U nda bu davrga kelib 
o ‘qish, bilim olish yuzasidan turli ta saw u rlar shakllanadi. Shuning uchun u


maktab jam oasining barcha a ’zolarining m as’uliyatli vazifaiarini e ’tirof etadi va 
ularga itoatkorlik tuyg‘usi, ularning ko‘rsatmalarini bajarishga moyillik tug'iladi. 
Lekin bolalam ing barchasi bu narsaga bir tekis munosabatda bo'ladi, deb 
bo‘lmaydi, shu boisdan ular o ‘rtasida individual farq vujudga keladi. B a’zi bir 
bolalar maktabga vujudi bilan talpinadilar, g o ‘yoki qush kabi uchishga 
tayyordirlar, o ‘qish boshlanishiga qancha vaqt qolganligini sabrsizlik bilan 
sanaydilar, o‘quv ashyolarini oldinroq taxt qilib qo‘yishga kattalami d a’vat 
etadilar (o‘quvchiIik formasini kiyishni, sumkani yelkasiga osishni yoqtiradilar). 
Boshqa bir toifadagi bolalar esa bu to‘g ‘rida ehtiyotkorlik va vazminlik bilan 
munosabatda bo‘ladilar. Biroq bu toifadagilarda shijoat, faollik, kuyunchaklik 
bilan intilish yetishmaganga o ‘xshab ketadi. Uchinchi bir turkumga, guruhga 
taalluqli o ‘quvchilar bo‘lsa, maktabdan qat’iy ravishda voz kechish darajasigacha 
borib yetadilar. 0 ‘qishga nisbatan bunday salbiy munosabat kattalaming (jazo 
berish, m ajbur qilish, erkinlikni yo‘qotish kabilar bilan) qo‘rqitishlari oqibatida 
vujudga keladi. Masalan: "M aktabga borsang, ta’ziringni yeysan", "Qilt etsang - 
kaltak yeysan", "Dars tayyorlayverib, tinkang quriydi" va boshqalar.
Shuning bilan birga o ‘quvchilam ing akalari va opalarining maktabdagi 
"m ash’um kechinm alar va vaziyatlar" to ‘g ‘risidagi noxush axborotlari, kino va 
teleekrandagi maktab hayotiga bag‘ishlangan filmlardagi, kompyuterdagi 
vaziyatlar o ‘zaro umumlashgan tasavvur obrazlarini yaratib, bolada o lqishga 
nisbatan salbiy munosabami keltirib chiqaradi. 0 ‘qishga nisbatan salbiy 
munosabatda boMgan bolalar ta ’lim muhitiga kirishishga qiynaladilar; qator ruhiy 
to ‘siqlarga duch keladilar, buning natijasida yangi vaziyatga vajam oaga, notajiish 
odamlarga moslashish juda og‘ir kechadi.
4.2. 0 ‘q u v ch ilarn in g anatom ik-fiziologik xususiyatlari
M aktabda ta ’lim-tarbiya ishlarini tashkil qilishda kichik maktab yoshidagi 
bolalam ing anatomik-fiziologik xususiyatlarini, jism oniy rivojlanish darajasini, 
sog'ligi va qolaversa nuqsonlarini hisobga olish o ‘qishning muvaffaqiyat 
garovidir. Boshlang‘ich sinf o ‘quvchisi biologik jihatdan nisbatan bir tekis 
taraqqiy etadi, uning bo‘yi va o g ‘irligi, o ‘pkasining hajmi mutanosib rivojlanadi. 
Biroq o‘quvchining suyak tizimi (ko‘krak qafasi, tos, qo‘l suyaklari), umurtqa 
pog‘onasida hali to g ‘aysimon to ‘qimalar uchraydi, bu esa mazkur tizimning 
yetzirli darajada takomillashib bo‘lmaganligidan darak beradi. Yurak muskullari 
ularda tez o lsadi, qon tomirlarining diametri sal kattaroq bo‘ladi, miyaning 
ogl irligi boshlang‘ich sinflarda 1250-1400 grammni tashkil etadi. Miya 
polstining 
analitik-sintetik 
faoliyati 
takomillashadi, 
ko‘zg‘alish 
bilan 
tormozlanish o ‘rtasidagi o ‘zaro munosabat (muvozanat) o ‘zgaradi, lekin 
qo‘zg lalish nisbatan ustunlikka ega bo'ladi, shuning uchun o'quvchining to‘g‘ri 
o ‘sishiga g ‘am xo‘rlik qilish, toliqishning oldini olish zarur, o'q ish va dam olish 
rejimiga qat’iy rioya qilish m a’qul.
115


4.3. T a ’im va shaxs ;
M aktab ta ’limi uning mrrnush tarzi, tartibi, ijtimoiy holati, sin f jam oasi, 
oila muhitdagi ahvolini o ‘zgartiradi, bolaning asosiy vazifasi o ‘qishdan iborat 
boMib qoladi. Yangi bilim, ko'nikm a, malakalar egallashdan tabiat va jam iyat 
to‘g lrisidagi qonuniyatlami o‘zlashtira boshlaydi. T a'lim o lquvchidan muayyan 
darajadagi uyushqoqlikni, intizomlikni, irodaviy zo ‘r berishlikni, faollikni, 
maqsadga y o knaltirilgan faoliyatni talab qiladi. Ixtiyorsiz xatti-harakatlar o ‘m ini 
anglashilgan rejali, maqsadga muvofiq aqliy m ehnat egallay boradi. 0 ‘quvchi 
tengdoshlari bilan birgalikda muayyan bir sin f jam oasiga birlashtiriladi. 
Modomiki shunday ekan, sin f jam oasi va uning a ’zolari bola oldiga ko‘pchilik 
manfaatini himoya qilish, shaxsiy 
istaklarini 
um um jam oa intilishlariga 
bo'ysundirish, o‘zaro yordam, o ‘zaro hurmat, o ‘zaro talabchanlik, ijtimoiy 
javobgarlik va burch hislarini egallash vazifasini qo‘yadi. T a ’lim jarayonida 
o lquvchi oldiga qo'yiladigan talablar tobora ortib, m urakkablashib boraveradi.
Maktab ta’limining dastlabki kunidan boshlaboq kichik maktab yoshidagi 
bolaning taraqqiyotini harakatga keltinivchi, kuch vazifasini o'tuvchi turli 
xususiyatga ega bo‘lgan ziddiyatlar, qaram a-qarshiliklar, ichki ixtilof kabilar 
vujudga keladi. Ushbu holat va vaziyat zamirida o ‘quvchi shaxsiga, uning bilish 
jarayonlariga nisbatan o ‘quv faoliyati, o ‘qituvchilar va sin f jam oasi tom onidan 
qo'yilayotgan talablar bilan bolaning psixik kam olot darajasi va undagi mavjud 
insoniy fazilatlari o‘rtasidagi qarama-qarshilik yotadi. Talabning tobora ortishi 
bolaning psixik jihatdan to‘xtovsiv o'sishini taqozo etadi va bu narsa boshi berk 
zanjimnng uzluksiz harakati natijasida inson taraqqiyotida am alga oshadi.
Kichik maktab yoshidagi o ‘quvchining muhim xususiyatlaridan biri — bu 
undagi o ‘ziga xos ehtiyojning mavjudligidir. M azkur ehtiyoj o ‘z mohiyati bilan 
muayyan tartibdagi bilim, ko'nikm a va malakalami egallashga, tevarak-atrofdagi 
voqelikni o ‘zlashtirishga qaratilgan bo‘lmasdan, balki faqat o ‘quvchi boMish 
istagining aynan o‘zidan iboratdir. Bu ehtiyoj zamirida o ‘qishning tashqi 
alomatlari (atributlari), chunonchi, forma kiyish xohishi, o ‘z shaxsiy portfeliga, 
dars tayyorlash burchagiga, kitob qo‘yish javoniga ega boMish istagi, kattalardek 
har kuni maktabga qatnash tuyg‘usi kabilar yotadi, xolos. Bundan tashqari, 
bilimlar kunidagi (I sentyabrdagi) shodiyona ayyom, o ‘quvchilar safiga qabul 
qilishlik lavhasi, maktab m a’muriyati va o lqituvchilam ing ularga bildirgan 
samimiy tilaklari, yuqori sinf o ‘quvchilarining tabriklari birinchi sin f su b ’ektlari 
his-tuyg‘usiga ilk ta ’sir etadi. S inf a ’zolari bilan qatorlashib, sa f tortib yurishlar, 
yoppasiga o ‘yin faoliyatida qatnashish va oshxonaga birga borish, o ‘qituvchining 
(qabul qilib olgan) o‘gitlari ham ulami o ‘ziga rom qiladi.
Lekin kichik maktab yoshidagilar o lqishning tub m ohiyatini va vazifasini 
tushunib yetmaydilar, shuning uchun umumiy tarzda hamma maktabga borishi 
kerak, deb tasavvur etadilar. Vaholanki, o*quvchi o ‘qish ijtimoiy zaruriyat 
ekanligini anglab yetmasligi barchaga ayondir, biroq kattalam ing kolrsatm alariga 
amal qilgan holda tirishqoqlik bilan m ashglulotlarga kirishib ketishlik real 
voqelikdir.
116


Darslar boshlanib ketgandan keyin oradan m a’lum muddat o ‘tgach, 
shodiyona lahzalar taassuroti kamayishi bilan maktabning tashqi, ichki belgiiari 
o ‘z ahamiyalini yuqota boradi va o ‘qishning kundalik aqliy mehnat ekanligini 
(irodaviy zo ‘r berish, yoqtirmagan narsasi bilan shug‘ullanish, diqqami 
taqsimlash, o ‘z xulqini idora qilish zaruriyatini) o bquvchi anglab yetadi. Agarda 
o ‘quvchi shunga o ‘xshash aqliy mehnat kolnikmasiga ega bo‘lmasa, u holda 
o ‘qishdan ko‘ngli soviydi, umidsizlanish tuyg‘usi, hissi vujudga keladi. Shuning 
uchun o lqituvc-hi bunday holning oldini olish maqsadida bola bilan ta ’limning 
o‘yin faoliyatidan farqi, qiziqarliligi yuzasidan m a’lumot berishi va shu faoliyatga 
uni puxtaroq, jiddiyroq tayyorlashi maqsadga muvofiq. Bu bilan o ‘qituvchi 
borliqni bilishga nisbatan jiddiy munosabatni ularda ehtiyoj sifatida namoyon 
boMishini ta’minlaydi.
Psixolog L.S.SIavina tadqiqotiga ko‘ra, boshlang‘ich sinfiarda bilish 
faoliyati yetarli darajada shakllanib bo‘lmagan, aqliy jihatdan nomustaqil 
o ‘quvchilar mavjuddir. Olimaning fikricha, o ‘qish va o ‘yin faoliyatlarida ulami 
fikr va mulohaza yuritishga o ‘rgata borish natijasida muvaqqat turglunlikning 
oldini olish mumkin.
Birinchi sinf o lquvchisida o‘qish faoliyatining dastlabki natijalari uning 
boshqa materillarni egallash sari yetaklaydi. Uning o ‘qish faoliyatidagi birinchi 
mehnat faoliyati mahsuli shodlik, quvonch va amaliy (lazzatlanish) his-tuvg‘usini 
keltirib chiqaradi. Hatto ayrim o‘quvchilar u yoki bu ob’ekmi, mavzuni bir necha 
marotaba olqishni ham yoqtiradilar. 0 ‘qish faoliyatiga nisbatan qiziqish, moyillik 
keyinchalik predmetning mazmuniga qiziqishni vujudga keltiradi, balkim bilim 
olish ehtiyojini tug‘diradi, qolaversa unda o'qish motivlarini tarkib toptiradi.
T a ’lim mazmuniga, bilimni egallashga qiziqish o‘quvchining o ‘z aqliy 
mehnati natijasidan qanoatlanish hissi bilan uzviy aloqadordir. Ushbu his 
olqituvchining rag‘batlantirishi orqali namoyon boMadi, yanada samaraliroq 
ishlash mayli, xohishi, istagi, ishtiyoqi o‘quvchida shakllanadi. 0 ‘quvchida paydo 
bo iay o tg an faxrlanish, o ‘z kuchiga ishonch hislari bilimlami o‘zlashtirish va 
malakalarni m ustahkamlash ishiga xizmat qiladi. Shuning uchun rag‘batlantirish 
(jazolash) o ‘z m e’yorida boMgan taqdirdagina uning tarbiyaviy qiymati hamda 
ta’sirchanligi ortadi.
Kichik maktab yoshidagi o ‘quvchilar faoliyatini baholash uning o ‘qishga 
nisbatan ijobiy munosabatini tarkib toptiradi. Maktab amaliyotida ko'pincha 
bolani og‘zaki baholash odat rusiga kirib qolgan, chunki birinchi sinf o‘quvchisi 
ana shu baho taassurotida o lz faoliyatini faollashtiradi. Ijodiy izlanishga harakat 
qiladi. Hatto o ‘quvchi dastlabki davrda "yaxshi" yoki "yomon" bahoning farqiga 
ham bormaydi, ko‘proq uni nechta baho olganligi qiziqtiradi, xolos. Bu yoshda 
bola 
bahoning 
mohiyatini 
tushunib 
yetmasa-da, 
lekin 
o ‘qituvchining 
rag'batlantirishi uning uchun muhim rol o ‘ynaydi.
Yirik pedagog va psixolog olimlar B.A.Suxomlinskiy, Sh.A.Amonashvili 
va ulam ing shogirdlari kichik maktab yoshidagi o ‘quvchilam i baholash salbiy 
oqibatlarga olib kelish nuqtai nazarini yoqlaganlar. M a’lumki, faqat baho uchun
117


o'qish bilimning ijtimoiy ahamiyatini pasaytirishga olib keladi. Lekin bilimni 
lekshirishni boshqa usul va vositalarini qoMlash (masalan: reyting, shkala, ballar) 
hozirgi kunning asosiy vazifalaridan biridir. Chunki baholashning bola kamoloti 
uchun aliamiyatini qat’iy ravishda inkor qilish ham oqilona vosita emas, 
modomiki shunday ekan, baholashdan maslahat, yo‘llanma, tavsiya, ko‘rsatm a 
sifatida foydalanish ijobiy omil vazifasini bajara oladi.
Kichik maktab yoshidagi o ’quvchilam ing muhim xususiyatlaridan yana 
bittasi - bu o ‘qituvchi shaxsiga nisbatan ishonch hissi va yuksak obro‘ 
tuyg'usining mavjudligi. Shuning uchun o ‘qituvchi bolaga tarbiyaviy, ta’limiy 
ta’sir ko'rsatish imkoniyati shunday kattaki, uning siym osida aql idrokli, tiyrak, 
sezgir, mehribon, hatto donishmand inson gavdalanadi. 0 ‘qituvchi siym osida 
0
‘quvchilar ezgu niyati, orzu istagi, istiqboli, ajoyib va g'aroyib his-tuyg‘ularini 
ro‘yobga chiqaruvchi kamolot cho'qqisidagi shaxsni tasavvur qiladilar. 
0 ‘qituvchining obro‘si oldida ota-onalar, oilaning boshqa a ’zolari, qarindosh- 
urugMari, tanish bilishlarining nufuzi keskin pasayadi. G o‘yoki, borliqning 
absolyutligi, haqiqat o ‘lchamining namunasi, zakovatning yuksak chuqqisi, odob 
nazokatning a w a l boshi o ‘qituvchida o ‘z ifodasini topgandir. Ana shu sababdan 
ular o'qituvchi xulqini muhokama qilishga yo‘l qo‘ym aydilar, uning har bir 
so'zini qonun tariqasida qabul qiladilar va bu y o ‘lda o ‘zlarini haq deb 
hisoblaydilar. 
0 ‘quvchining 
psixik jihatdan 
taraqqiy 
qilishi 
oqibatida 
o‘qituvchining mutlaqligiga munosabati biroz o ‘zgaradi, buning asosiy sababi 
unda ongli xatti-harakat ehtiyojining tug'ilishi hisoblanadi. 0 ‘quvchida turmush 
va borliqqa nisbatan bir talay muammolar, savollar vujudga keladi, ham ma narsa 
hayotda u o‘ylaganday em asligiga ishonch hosil qiladi va undan qanoatlanadi, 
shubhalaiiish, ikkilanish hislari paydo bo‘ladi. Bu m uam m olarga o ‘zi mustaqil 
javob topishga intiladi, nalijada savol bilan boshqa odam larga m urojaat qilishga 
qaror qiladi.
T a’lim jarayonida o ‘qituvchi obro‘sidan oqilona foydalanib, o ‘quvchida 
uyushqoqlik, mehnatsevarlik, 
0
‘qishga nisbatan ijobiy munosabat, diqqatni 
boshqarish, xulqni idora qilish, o ‘z-o'zini qo‘lga olish, o ‘z-o‘ziga tasalli berish 
fazilatlarini shakllantirish va intilish, faollik tuyg‘ularini vujudga keltirish ta ’lim 
jarayonida yuqori samara beradi. Pedagogik odob (takt) nazorat nuqtai nazaridan 
o ‘qituvchi obro‘sini o'quvchilar davrasida to‘kish yoki shaxsiyatiga tegish, 
mazax qilish mutlaqo mumkin emas.
Odatda o ‘quvchilar o ‘rtasida obro4 orttirish uchun bir nechta tarkibiy 
qismlarini yaxlit bir timsol sifatida, mujassamlashtirish m aqsadga m uvofiqdir: a) 
o ‘qituvchida kasbiy qobiliyatlarining mavjudligi; b) uning dilkashligi va boshqa 
xislatlarga ega bo‘iishligi; v) o ‘quv predmetlarining chuqur egallaganligi; g) 
o ‘qituvchi 
bilim saviyasining chuqurligi 
va koMamining 
kengligi; 
d) 
o'qituvchining vijdonligi, adolatgo‘ylik fazilatlari, uning statusi va rolining 
maqsadga muvofiq ravishda turmush jabhalarida nam oyon bo'lishi, obro‘sini 
yanada yuksaltiradi. Chunki, soxta obro‘ orttirish sun’iylikni keltirib chiqaradi. 
Bunga ta ’lim jarayonida yo‘l qo‘yish qator nuqsonlam i yuzaga keltiradi.
118


4.4. K ichik m a k ta b yoshidagi o ‘q u v ch ilar ta fa k k u ri x ususiyatlari
0 ‘quvchi tevarak-atrofdagi voqelikning belgi, alomati va xususiyatlarini, 
ulam ing xossalarini, qonuniyatlarini va o ‘zaro bog‘lanishlarini bilish faoliyatida 
hamda ta'lim jarayonida tushuna boradi, fikr yuritish faoliyatida esa ham miqdor, 
ham sifat o‘zgarishi yuzaga keladi.
Kichik maktab yoshidagi o ‘quvchilar tafakkurining rivojlanishini yirik 
psixolog L.S.Vigotskiy tushunchalarning shakllanishi hamda nutqning o ‘sishi 
bilan uzviy bogMiq holda o ‘rgangan. Shuning uchun u ajnabiy psixologlam ing 
(birinchi navbatda J.Piajening egotsentrik konsepsiyasini qattiq tanqid qilib, 
tafakkum i genetik metod yordam ida o ‘rganishni tavsiya qiladi. L.S.Vigotskiy 
psixologiya faniga inson kam olotining "Eng yaqin taraqqiyot zonasi" va "aktual 
faoliyat zonasi" deb nomlangan tushunchalam i olib kiradi. Uning birinchisi 
o^qituvchining bevosita rahbarligida oshirilsa, ikkinchisi o ‘quvchining mustaqil 
faoliyatida namoyon bo‘ladi.
P.P.Blonskiy mazkur yoshdagi o‘quvchilar tafakkurining o lsishiga 
xotiraning taraqqiyotini, tafakkum ing ta 'sir etishini genetik metod yordamida 
ochib beradi. Ayniqsa, tafakkuming "intizomlilik" sifatining namoyon bo‘lishini 
inson tomonidan tafakkum i boshqarish va nazorat qilish faoliyatidan aniqlash 
mumkinligini P.P.Blonskiy alohida ta’kidlaydi. N.A.Menchinskaya tafakkur 
muammosini chuqur o'rganib, uning taraqqiyot ko‘rsatgichlarini quyidagi 
jihatlarini o ‘rganishda ko ‘radi:
1) bilimlami o ‘zlashtirishning tezligi,
2) fikr yuritish jarayonining epchilligi.
3) tafakkum ing mavhum hamda yaqqol jihatlarining o‘zaro aloqasi va 
nihoyat,
4) analitik-sintetik faoliyatning turli darajalari kabilar. M uallif tafakkur 
taraqqiyoti belgilari sifatida o‘quvchilarda bilimlar fondining ortishi, aqliy 
faoliyat usullarining egallanishi hamda ta’lim jarayonida ularda uquvchanlik 
qobiliyatining paydo boMishini sanab o ‘tadi. Bu narsalaming barchasi kichik 
maktab yoshidagi o ‘zlashtirishi past o‘quvchilarida tajribadan o‘tkaziladi hamda 
ulaming muayyan m ezonga asoslanib guruhlarga ajratadi.
Ukrain psixologi G.S.Kostyuk tafakkuming rivojlanishini o ‘auvchilar 
tomonidan o'zlashtirib olingan m ateriallaming mazmunidan, sinaluvchilaming 
o ‘quv faoliyatini, topshiriqlarning bajarish shakllari sifat jihatdan o'zgarib 
borishini e’tiborga olishda ko'radi. A.ALyublinskaya boshlang‘ich sinf 
o ‘quvchilarining 
tafakkuri 
to‘g ‘risidagi 
m a’lumotlarida 
ularda 
mazkur 
jarayonning rivoji ko‘p jihatdan analitik-sintetik faoliyatiga bog4iq ekanligi 
ko‘rsatib o4iladi. Bu faoliyat birlamchi sintez va analiz, ikkilamchi sintez hamda 
yaqqol harakat analiz va sintez kabi tarkiblardan iborat ekanligini ta ’kidlaydi. 
Bundan u yosh davrda yaqqol-harakat, yaqqol obrazli va so‘z-mantiq yoki nazariy 
tafakkur bosqichlarini bosib o4ish to‘g lrisida mulohaza yuritiladi.
119


Taniqli psixolog L.V.Zankov kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar 
tafakkurini o ‘stirish maqsadida o ‘zin in g ta’limiy tizimini ishlab chiqadi. Bu ta’lim 
tizimi ushbu o lqitish tamoyillariga asoslanadi:
1) ta ’lim jarayonini yuqori darajadagi murakkab vaziyat asosida 
uvushtirish,
2) ta’lim jarayonida o ‘quvchilarga berilishi nazarda lutilgan bilim lam ing 
nazariy salm ogini maksimal darajada ko'paytirish:
3) mustaqillik, o ‘z-o‘zini nazorat qilish faoliyatini rejalashtirish singari 
faoliyaini boshqarish usullarini o ‘quvchilarda tarkib toptirish.
Bunday ta’lim tizimida o ‘quvchilar chuqur va m azm undor bilim olish bilan 
cheklanib qolish, balki ularniig aqliy faolligi ortib, mavhum (abstrakt) tafakkuri 
rivojlangan, aqlan o ‘sgan, o'qishga nisbatan ijobiy m unosabati vujudga kelgan va 
hokazo.
0 ‘quvchi maktabga kelgan kunidan e’tiboran ta ’lim jarayonida unda ilmiy 
tushunchalar va tasaw u rlar miqdori soat sayin orta boradi, u asta-sekin 
o ‘zlashtirayotgan tushuncha va tasaw urlam ing asl m a’nosi, m ohiyatiga tushuna 
boshlaydi. Umuman, o ‘quvchida fikr yuritish doirasi, ko'lam i va m azmuni 
kengaya boradi. T a’lim jarayonida o ‘quvchilar bilimlar tizim ini, o ‘quv 
ko‘nikmalari va malakalarini egallash orqali o ‘zlarining bilim koMamini 
kengaytiradilar, shuning bilan birga ilmiy tushunchalam ing tub m a’nosi ular 
ongiga singa boradi. Bu ishlaming hammasini izchillik bilan, ketm a-ket, bir tekis 
amalga oshirish uchun o ‘quvchilar m a’lum darajada bilimlar va ko‘nikm alam i 
egallagan, qolaversa tafakkur shakllari va mantiqiy fikr yuritish qoidalarini 
o lzlashtirib olgan bo‘lishlari kerak. Ammo maktab ostonasiga endigina qadam 
qo‘ygan bolaning bu narsalardan talabga javob beradigan darajada xabari 
bo‘lmaydi. Ular bu narsalam ing barchasiga o ‘qish jarayonida bevosita o ‘qituvchi 
rahbarligi ostida erisha boshlaydilar. Jumladan, o‘qituvchi izohli o ‘qish darslarida 
0 ‘quvchilarga uy hayvonlari yoki yovvoyi hayvonlar, jonivorlar, yirtqichlar va 
zararkunandalar, hasharotlar, foydali qushlar, yil fasllari, o ‘quv qurollari, uy 
jihozlari, mebellar, sport anjomlari haqida so‘zlab berar ekan, ulam ing muhim 
xususiyatlari, alomatlari, belgilari, xossalari va o‘zaro bog‘lanishlarini tahlil qilib 
beradi. Bundan tashqari, ulam ing o*xshashlik, um um iylik belgilarini va 
tafovutlarini o ‘quvchilarga aniqlab ko'rsatadi. Bu surunkali olib boriladigan 
ta ’limiy jarayon natijasida tafakkur niahsuli sifatida o ‘quvchilarda uy hayvonlari, 
yovvoyi hayvonlar, o ‘quv qurollari mebel va boshqa tushunchalar tarkib 
toptiriladi. Ular bulardan tashqari, yil fasllari, hasharotlar, o ‘sim lik, bargli 
daraxtlar kabi qator tushunchalarni 
0
‘zlashtiradilar, ulam ing m ohiyatiga toMaroq 
tushunib yetadilar. 0*quvchilarga borgan sari yangidan-yangi masalalar, 
topshiriqlar va vazifalar yuklatilib, ulaming barchasini mantiqan hal qilish, ftkr 
yuritish vositalari yordamida oqilona yechish talab qilinadi. Bolalar ona tili 
darslarida grammatik kategoriyalarga amal qilib, ot so ‘z turkum ining turlashi, 
ulami guruhlarga ajratishi, klassifikatsiya qilishi lozim. Yuqoridagi fikrlar sifat, 
son, fe’l singari grammatik kategoriyalarga taalluqlidir. 0 ‘quvchilar m atem atika
120


darslarida bo‘linuvchi, bo'luvchi, boMinma, ko‘payuvchi, ko‘paytiruvchi, ayirma, 
yig ‘indi, tenglik, tenglama, katta va kichiklik belgilari to ‘g ‘risida tushunchalar 
bilan tanishadilar. Ularning bu tushunchalam i bir-biridan farq qilishlari esa 
navbatdagi kam olotga daxldor vazifa hisoblanadi.
Kichik maktab yoshidagi o ‘quvchilarda ilmiy tushunchalam i to ‘g ‘ri tarkib 
toptirish uchun o‘qituvchi bola tafakkurining rivojlanishi xususiyatlarini, uning 
qonuniyatlarini puxta anglab olgan bo‘Iishi kerak. Fikr yuritish operatsiy alarming 
psixologik asoslari va mexanizmlarini bilmasdan turib, u bulam i o'quvchilar 
ongiga singdira olishi mumkin emas.
Tushunchalam i shakllantirishning asosiy manbalaridan biri ulami 
um um lashtirishdir. U mumlashtirish operatsiyasining m uhim sharti narsa va 
hodisalar o ‘rtasidagi umumiylik, o'xshashlik, o ‘ziga xos xususiyat, bogManish va 
o ‘zaro m unosabatlam ing muhim belgilarini topishdir. Borliqdagi narsa va 
hodisalam ing m uhim belgilari bo‘yicha umumlashtirishdan oldin, o 'sh a voqelikni 
ko‘zga yaqqol tashlanib turgan tashqi belgilari bo‘yicha umumlashtirishni bilishi 
kerak. Buni hissiy bilish orqali yaqqol umumlashtirish deyiladi. Bu davrga kelib 
narsa va hodisalam ing tashqi belgisi, asosan umumlashtirish o ‘quvchi bilimi 
qobig‘iga sig ‘may qoladi. Endigi navbat o'qitish jarayonida ulam ing bilim 
saviyalariga mos keladigan umumlashtirishni yuqoriroq darajaga ko‘chirishni 
taqozo etadi. 

O 'quvchilam ing umum lashtirish faoliyati o‘qitishning turli bosqichlaridau 
sodda bo‘lib, faqat o ‘xshashlik belgisi asosiga qurilgan bo‘ladi. Keyinroq narsa 
va hodisalam ing tashqi sifati hamda xususiyatiga taalluqli belgilami, guruhlami 
ajratishga, klassifikatsiya qilishga suyanadi. Boshlang‘ich maktabning oxirida, 
o ‘quvchilar narsa va hodisalam ing xossalari, qonuniyatlari, ulaming ichki 
m urakkab bog‘lanishlari va munosabatlarining muhim belgisiga asoslanib 
um um lashtirishga ko‘chadilar.
Birinchi va ikkinchi sin f o ‘quvchilari buyumlaming o ‘ziga beixtiyor 
tortuvchi tashqi belgilariga tayanib fikr yuritishni am alga oshiradilar: o‘quvchi 
quyosh, m omoqaldiroq, sigir, avtomobil, qush va boshqa narsalar to4g ‘risida fikr 
yuritishi davom ida "quyosh yoritadi, isitadi...", "momoqaldiroq guldiraydi, 
chaqm oq chaqnaydi", "qush sayraydi", deb mulohaza yuritadi. U lam ing har turli 
"sigir sut beradi", /'avtom obil yuk tashiydi", "qushlar uchishadi" to ‘g‘risidagi 
m uhokam alarida d astaw a i buyum lam ing xilma-xil harakatlari va ularga nisbatan 
berilgan harakatlar vujudga keladi.
Birinchi va ikkinchi sin f o ‘quvchilari jism va predmetlarning m uhim ichki 
belgilarini bevosita aniqlash kezida qiyinchiliklarga duch keladilar. Chunki, ular 
muhim boMmagan (nomuhim), umumiy xususiy, yagona singari term in xam da 
tushunchalam i anglab yetmaydilar. Bilish jarayoni ko‘pincha tashqi belgilarga, 
yaqqol alom atlarga qaratilgan bo ‘ladi. Ana shuning uchun kichik maktab 
0
‘quvchilari oldida murakkab vaziyat yuzaga kelib turadi. Unday holatdan chiqish 
uchun ulam ing aqliy imkoniyatlari, turmush tajribalari yetishm aydi.
121


Gruzin psixologi R.G .Natadze tadqiqotlarining ko'rsatishiga qaraganda, 
kichik maktab yoshidagi o ‘quvchilar kit va delfinni baliq deb hisoblaganlar, 
keyinchalik esa kitning havo bilan nafas oiishi; sut em izuvchi hayvon ekanligi 
atroflicha tushuntirilgandan so ‘ng ham o ‘z shaxsiy fikrini to ‘la-to‘kis 
o ‘zgartirmaganlar, y a ’ni sinaluvchilam ing ko‘pchiligi eksperim entator fikriga 
ishonqiramay qaraganlaricha qolganlar. Bu yaqqol omil yana bir m arotaba 
mazkur yosh davrdagi bolalarda umumlashtirish jarayoni ko‘zga yaqqol tashlanib 
turuvchi tashqi belgilam ing kuchli iskanjasi ostida sodir bo ‘lishini tasdiqlab 
turibdi. M atem atika yuzasidan topshiriqlam i bajarish kezida ham ularda ana 
shunday unsurlar yoki noto‘g ‘ri umumlashtirish holati uchrashini kuzatish 
mumkin.
Shvesariyalik psixolog Jan Piajening k o ‘p yillik tajribalarining dalolat 
berishiga qaraganda, ushbu yoshdagi o ‘quvchiIar narsalam ing o‘zgarishsiz 
qoladigan ba’zi belgilarining doimiyligini darrov anglab ololm aydilar. Jum ladan, 
agar hamirdan bir xil ikkita zuvala qilinib, so‘ngra ulam ing biridan kulcha 
yasalsa, 7-8 yoshli o ‘quvchilar ham im ing miqdori bir xilda bo‘lmay qoladi, deb 
hisoblaydilsu:, hajm;
0
‘zgargani uchun zuvalaning og‘irligi o'zgaradi, deb xulosa 
chiqaradilar. J.Piajening m ulohazasiga binoan, bu holat bola tafakkurining 
birdan-bir eng asosiy o ‘ziga xos xususiyatidir.
Xuddi shu tadqiqotchining boshqa tajribalarida ko*rsatishicha, o ‘quvchilar 
turli belgilar ustida ishlaganlarida o‘zgarmas (doimiy) tushunchasini bir vaqtning 
o‘zida egallab olmas ekanlar. Bolalar narsalar sonining o‘zgarm as tushunchasini
9-10 yoshda, hajmning o ‘uzgaim asligini esa faqat 11-12 yoshda tushunib 
yetadilar. Lekin XX asr oxiri XXI asr psixologlarining ilm iy tekshirishlariga 
ko‘ra, J.Piaje olgan natijalar hozirgi davr talabiga javob bera olmaydi.
0 ‘quvchilar 
uchinchi 
sinfga 
o‘tganlaridan 
keyin 
o‘zlarining 
umumlashtirish, klassifikatsiyalash faoliyatlarida moddiy dunyodagi voqelik 
o'rtasidagi eng muhim m unosabat, uzviy zaruriyat va bog‘lanishlarini aks 
ettirishga qodir bo‘lgan ichki, m urakkab belgilarga tayanib ish tutadilar. 
Jumladan, ular so‘z, havo, metall va boshqa jism lam ing issiqdan kengayishi va 
sovuqdan torayishi xususiyatining muhim ahamiyatlari va jihatlariga asoslanib 
umumlashtira oladilar. Bundan tashqari, o‘sim liklam ing hayot kechirishi, 
rivojlanishi va ko‘payishi, shuningdek, voyaga yetishi kabi um um iy belgilarga 
suyangan holda "jonli tabiat" tushunchastfi£um um lash|iradilar.r . 

Download 9,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish