j
Bolada dastlabki faol nutqning shakllanishi muammosi bilan shug^ullangan
F.I.Fradkina ilmiy-amaliy ahamiyatga molik ko‘p m a’lumotlar to ‘plagan. Uning
tajribasida tabiiy muloqot paytida bola biror so‘zni bir kunda o ‘z!ashtirgan, biroq
sun’iy sharoitda esa 10-11 kun davomida o ‘sha so‘z bildirgan predm etning
timsolini ko'rsatish imkoniyatiga ega bo‘lgan. F.I.Fradkinaning m a’lumotiga
ko‘ra, bolaning nutq boyligi 10 oylikda 1 tadan 5 tagacha, 11 oylikda 3 tadan 8
tagacha, 12 oylikda 7 tadan 16 tagacha, ya’ni ju d a cheklangan bo'ladi. Bundan
tashqari, olima harakat jarayonida so ‘zlami talaffuz qilish imkoniyati kengligini
bayon qilgan. Shunday qilib, nutqning dastlabki rivojlanish bosqichida so ‘z bilan
predmet, so ‘z bilan harakat o ‘rtasidagi uzviy aloqa faqat m uloqotga ehtiyoj
tu g ‘ilgan taqdirda paydo boMadi va bu ehtiyoj kattalam ing bevosita rahbarligi
ham da hamkorligidagi faoliyat orqali vujudga keladi. 0 ‘zgalar nutqini idrok
qilish va tushunish hamda undan unumli, faolroq foydalanishning eng muhim
sharti bolada nutq orqali muloqot ehtiyojining mavjud bo‘lishidir. Nutq orqali
m uloqot ehtiyojining paydo bo'lishi bolaning psixik jihatdan o ‘sishida muhim
turtki vazifasini bajaradi va uni mustaqillik sari yetaklash mexanizmi hisoblanadi.
88
Ko‘pchilik sobiq sovet va uzoq horij psixologlari bolaning nutqida so ‘zlar
paydo bo‘lishining xususiyatlari hamda qonuniyatlarini o'rganadilar. Ana
shunday tadqiqotchilardan T.E.Konnikovadir. Bola nutqida so‘z!ar paydo
bollishining ikkita muhim xususiyati mavjudligini aytadi. Birinchi xususiyat bola
so ‘z bilan bog‘liq narsalam i yorqin emotsional bo‘yoqlarda idrok qilishida o‘z
ifodasini topadi. Masalan, birinchidan, bolalar bitta buyumni bir qancha nomda
atashlari hamda kuchli va yorqin alomatlari bilan ko‘rishlari; ikkinchidan, bola
muayyan bir ashyoni har xil sharoitda har xil atashi. Bola nutqida yangi so‘zlar
paydo boMishining ikkinchi xususiyati uning mazkur vaziyatga faol va dadil kirib
borishidan iboratdir.
Bola dastlabki so‘z va atamalami o ‘zlashlirishi uchun kattalar unga
qiziqarli y o ‘l-yo‘riq va ish-harakatlami ko‘rsatishlari lozim. Harakatlar va
buyum lam ing yangiligi bolaning faoliyatini muayyan yo'nalishga burib yuborishi
mumkin. buni vujudga kelgan ichki m exanizmlar taqozo etadi. Maxsus
o4kazilgan tajribalar asosida so‘zlar kolp m a’noliligi bo‘yicha bir nechta guruhga
mansub, deya xulosa chiqarish mumkin: 1) biror vazifani bajarishiga kolra
yaratilgan so ‘zlar: “ f-f-fu” - gugurt; pechka, chiroq, sham, primus kabilar; 2)
predmetlarning yondoshlik belgisiga qarab nomlash: “anna” - devorga osilgan
jam i narsalar, qo‘shni xonadan eshitilgan ovozlar; 3) tashqi belgisiga asoslanib
nomlash: “kx-kx” - mushuk, soch, m o'yna, telpak, namat va boshqalar; 4)
predmetlarning tovush chiqarishiga qarab yaratilgan so ‘zlar: “ lya-lya” - telefon,
pianino, radio, televizor, tanish musiqa asboblari va hokazolar.
Psixologiya fanida to‘plangan m a’lumotlarga tayanib bir m a’noli va ko‘p
m a’noli so kzlam ing hosil boMishi o'rtasida keskin tafovut yo‘q, deya xulosa
chiqarish mumkin. Chunki bola uchun har qanday so‘zni ham talaffuz qilish juda
qiyin kechadi.
D.B.Elkoninning fikricha, so'zlam ing hosil boMishi va bolaning nutqiga
aylanishi, eng a w a lo so‘zning m a’nosini tushunib va idrok qilishga bevosita
bog‘liqdir. Buning natijasida, birinchidan, bolaning lug‘at boyligi keskin
ko‘payadi, ikkinchidan, nutqida ikkita so‘zdan iborat gap tuzish imkoniyati
vujudga keladi va uchinchidan, predmetlarning nomiga qaratilgan savollar
tug‘iladi. M azkur jarayon bir yarim yoshdan oshgandan so ‘ng boshlanadi va
bolada kattalar, bilan muloqotning yangi bosqichi paydo bo‘lganini bildiradi.
Nutq orqali m ana shu yoshdagi bolalarga vaziyat va holatni etnas, balki
predmetlami anglatuvchi so ‘zlar o ‘rgatiladi. G oldaklik davridan ilk bolalik
davriga o ‘tish uning faoliyatida va kattalar bilan muloqotida jiddiy olg‘a siljish
bilan ajralib turadi. Ana shu siljish bolada atrofdagi odamlar va narsalarga
tabaqali munosabatni shakllantiradi. Biroq bu munosabatlar faqat kattalar bilan
hamkorlikdagi faoliyat orqali amalga oshadi. Kattalar bilan hamkorlikdagi yoki
mustaqil predmetli harakatlami egallashdagi yutuq yoki muvaffaqiyatsizlik,
omadsizlik hollari bolada turli his-tuyg4u va kechinmalami (quvonch, tashvish,
achinish, qayg‘urish, samimiylik, loqaydlik va hokazolami) vujudga keltiradi.
Shaxsning faolligi, harakatchanligi, tashabbuskorligi, intiluvchanligi, bilishga
89
ishtiyoqmandligi, dadilligi asosan yuqoridagi om illarga uzviy bog‘liqdir va bunga
kattalar, atrofdagilar befarq qaramasliklari kerak.
3.6. Ilk bolalik d av rid a n u tq n in g o ‘sishi
Aqliy o ‘sish
So4z bilan predmet o ‘rtasida har xil bog'lanish bo‘ladi, lekin dastlabki
tushunish vujudga kelgan vaziyatga bog‘liqdir. Agar bola “koptok” so ‘zi boshqa
ko'rinishdagi koptoklarga ham daxldorligini tushunsa, “Koptok qani?" degan
savolga koptokning u yoki bu xilini ham ko'rsata oladi. Yangi predmet bola o ‘z
tajribasida uchratgan jism ga o ‘xshasa, tanishdek tuyulsa, yangi harakat bilan uni
bildiradigan so ‘zni o'zaro bog‘lash birmuncha yengil ko'chadi. Shunga
0
‘xshash
vaziyat bolaning turmush tajribasida qanchalik ko‘p uchrasa. idrok qilingan
predmetlar ko'lam i ham shunchalik tez kengayadi va bolaning lug‘at boyligiga
qo‘shiladi. Bolaning faoliyatida unga beriladigan savollam i tushunish muhim
ahamiyat kasb etadi va uning oddiy xatti-harakatlam i am alga oshirish
imkoniyatini yaratadi.
Tadqiqotchi Ye.K.Kaverinaning tajribasida tasdiqlaganidek, bolaning
predmet nomini tushunishi quyidagi tartibda aks etishi mumkin: a) bola eng a w a l
atrofidagi predmetlaming nomlarini; b) katta yoshli odam lar va o'yinchoqlam ing
nomlari va rasmlarini; v) odam lam inggavdasining tuzilishini, uning b o ia k la ri va
hokazolami tushunadi.
Tushunishning eng qulay (senzitiv) davri bir yoshdan bir yarim
yoshgachadir. Bu davrda bola predmet va jism lam ing nomlarini yengil
o'zlashtirib oladi. Ikki yoshgacha davrida kattalar bilan m uloqotga kirishishda uy
jihozlari va boshqalami o ‘rganadi.
Ye.K.Kaverinaning fikricha, bolaga beriladigan topshiriqlar, harakat
nomlari va ulami bajarish bo'yicha yoMlanmalami tushunish quyidagi
bosqichlardan iborat bo4adi: a) ta ’sirlanishning yo‘qligi yoki m utlaqo n oto‘g 'ri
ta’sirlanish; b) harakami to‘g 'ri ijro etish; v) harakatning murakkablashuvi va
boshqa ко‘rinishlarming xususiyatlari. Bolaning kattalar yo'naltiruvchi nutqini
tushunishi xatti-harakatlami amalga oshirishda yetaklovchi vazifani o ‘taydi.
Kattalar bilan bolaning hamkorlikdagi faoliyatida yo‘l-yo‘riq m ohiyatini
tushunish o ‘ziga xos yangi munosabatlar o ‘m atishning eng muhim sharti
hisoblanadi. Shuning uchun ikki yoshli bolalarda kattalar nutqini tushunishning
o ‘sishi predm etlar bilan harakami amalga oshirish usulini egallashda alohida
aham iyat kasb etadi.
Bola uch yoshga qadam q o ‘yganda, unda nutqni tushunishning koMami
kengayadi; sifati esa yuqori darajaga ko'tariladi. 2-3 yoshli bola kattalam ing
am aliy faoliyatni bajarishga doir nutqini tushunishdan tashqari, ertak, hikoya,
s h e ’r kabilam i tinglashni ham yoqtirishi sababli ularda bayon qilingan fikrlam i
ham tushunishga intiladi, natijada ilk tasavvurlar vujudga keladi.
90
Bola ikki yoshga to ‘lganda nutqining rivojida yangi davr boshlanadi. U ona
tilining grammatik qoidalariga muvofiq gap tuzishga harakat qiladi. Uning
nutqida qariyb barcha so ‘z turkumlari, murakkab bog‘lovchisiz gaplar uchray
boshlaydi. Fikr bildirish, m a’lumot uzatish ixtiyorsizlik asosiga quriladi.
Bola 3 yoshga o'tganidan keyin faqat yaqin kishilari bilan emas, balki
begonalar, tengqurlari bilan ham muloqot koMami kengayishi natijasida unda tom
m a’nodagi nutq faoliyati vujudga keladi. Bolada kattalaming nutqiga, xatti-
harakatiga qiziqish kuchayadi, o ‘ziga daxlsiz Fikr va mulohazalami tinglash mayli
paydo bo‘ladi, shuningdek, uning o ‘zi atrof-muhitda, kattalar davrasida olgan
m a’lumotlar va axborotlar bolyicha boshqalar bilan m uloqotga kirishish istagi
tug‘iladi.
Uch yoshli bolaning nutqi muloqot quroli vazifasini bajarib, amaliy faoliyat
bilan uzviy boglliq holda ro‘yobga chiqadi. Unda dialogik nutq paydo bo‘ladi,
chunki uning o ‘zini qiziqtirgan narsalar haqida savollar berishi yoki kattalaming
savoliga javob qaytarishi dialogik nutqni taqozo etadi. Dialogik nutq zamirida ona
tilining gramm atik tuzilishini faol egallash uchun keng imkoniyatlar yotadi.
Umuman, dialogik nutq bolaning kattalar bilan hamkorlikdagi faoliyatining
ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi.
A .N .Gvozdev ilk bolalik yosh davrida ms tilining grammatik qurilishini
0 ‘rganib, uni ikki bosqichga ajratadi. Birinchi bosqich - 1 yoshu 3 oylikdan I
yoshu 10 oylikkacha. Bu bosqich ham muayyan davrlami o ‘z ichiga: a) bir
so'zdan tuzilgan gaplar bosqichi (1,3 - 1,8); b) ikki va undan ortiq so'zdan
tuzilgan gaplar. Ikkinchi bosqich - 1 yoshu 10 oy likdan 3 yoshgacha. Bu bosqich
ham bir necha davrlarga ajratiladi: a) sodda va murakkab gaplaming shakllanishi
(1,10 — 2); b) sintaktistik aloqalarni ifodalovchi gaplardan foydalanish (2,1 -2 ,3 );
v) yordamchi so‘zlami o'zlashtirish bosqichi kabilar.
Psixologik adabiyotlarda ilk bolalik davrida tilning grammatik shakllarini
jadal su r’at bilan o lzlashtirish omillari bo'yicha qator muammolar ifodalangan.
Masalan, K.Byuller bolani tilning flektiv (turlanish, tuslanish) tabiati bilan
tanishish muammolariga alohida ahamiyat bergan. Uning fikricha, bola mazkur
holatni intuitiv ravishda kashf qiladi, bu narsa grammatik aloqalarda, morfologik
o‘zgarishlarda namoyon bo‘ladi.
Bolada tilning grammatik qurilishini o'rganishga bagl ishlangan anchagina
tadqikotlar mavjud. Ularning mualliflari F.A.Soxin, L.S.SIavina, D.B.EIkonin,
K.l.Chukovskiy,
M.I. Popova,
G .L.Rozengart-Pupko,
A.R.Luriya,
F.Ya.Yuduvich, P.Ya.Galperin va boshqalardir.
D.B.EIkonin fikricha, ona tili (rus tili) grammatikasini o ‘zlashtirish
quyidagicha amalga oshadi: a) yaqqol idrok qilinayotgan vaziyat tilning leksik
vositasi bilan ifodalanib, ob’ektiv munosabatni aks ettiradi; b) predmetli
vaziyatning grammatik shakli ajratiladi; v) grammatik munosabatlar shaklini
bildiruvchilami umumlashtirish va mavhumlashtirish yuzaga keladi.
Tadqiqotchi N.X.Shvachkin mulohazasiga ko'ra, bolada a w a l unli
harflami, keyin undosh harflam i farqlash ko‘nikmasi vujudga keladi.
91
Shunday qilib, yuqoridagi mulohazalar asosida umumiy bir xulosaga kelish
maqsadga muvofiqdir. M a’lumki, ikki yoshga to ‘lgan bola tilning barcha
tovushlarini fonetik jihatdan idrok qilish asosida nutqni tushunish im koniyatiga
ega b o ia d i, bu hodisa shaxslararo munosabatni vujudga keltiradi.
Ilk bolalik davrida harakatlam ing shakllanishi orientirovka faoliyati
xususiyati o^ garishi bilan uzviy bogMiqdir. Bola u yoki bu harakatni am alga
oshirish uchun a w a l predmet bilan tanishadi: unga ko‘z yugurtiradi, q o 'lig a oladi
va hokazo. Bolani predm etlam ing shakli, rangi, vazni bilan tanishtirishda kattalar
amalga oshirish moMjallangan harakaming mohiyatini tushuntiradilar va
harakatni qay yo ‘sinda bajarishni o‘rgatadilar: Bolani “Olib kel” , “Joyiga q o ‘y ’\
“Rasm chiz”, “Ushlab tur” kabi so‘z birikmalaridan iborat topshiriqning mohiyati
bilan tanishtirib, keyin unga harakatni bajarish yo‘llari “Qalamni mana bunday
ushla", “A w a l qo‘lingga оГ , “Oldin o ‘ng qoMing bilan tut”, “Qoshiqni bunday
ushlab og‘zingga olib bor” deb ko‘rsatiladi. Shuning uchun ham bolada predmetli
harakatni o‘stirish murakkab jarayon hisoblanadi.
Ilk bolalik amaliy harakat tafakkuri vujudga keladigan davr hisoblanib, q o l I
operatsiyalari turli narsalar va qurilmalar bilan almashinadi. Bola ijtimoiy
qurollardan foydalanish usullarini o'zlashtirishi natijasida unda predmetli harakat
ko‘nikmasi shakllanadi. Jismlar bilan turli harakatlami o ‘zlashtirishda ulardagi
muhim va o'zgarm as alomatlarni ajratish ko'nikm asi hosil bo‘ladi, natijada
umumlashtirish va umumiy tushunchalami o‘zlashtirish jarayoni ro ‘y beradi.
Yangi sharoitda predmetli harakatdan foydalanish bolaning aqliy o ‘sishiga ijobiy
ta’sir qiladi. 0 ‘z xatti-harakatini kattalaming harakati bilan solishtirish va uning
o'xshash jihatlarini topish bolaning aqliy o ‘sishi uchun muhim aham iyatga ega.
Aqliy o‘sishni to lg‘ri yo‘naltirish uchun bola bilan m axsus reja asosida
mashg‘ulotlar o ltkazish maqsadga muvofiq.
Bu davrda bolada “Men o ‘zim ” konsepsiyasining vujudga kelishi shaxsiy
fazilatlar shakllanishiga olib keladi va xuddi shu paytlarda u shaxs sifatida tarkib
topa boshlaydi. Bolada shaxsiy harakatlar paydo bo‘lishi o ‘sishning yangi davri
boshlangandan darak beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |