7.7. Talaba e’tiqodi, dunyoqarashi, o‘zini o‘zi nazorat
qilishi
Turli yoshdagi odamlarda o‘zini o‘zi boshqarish,shaxsiy qiziqishini idora
qilish, o‘ziga o‘zi buyrnq berish, o‘zini o‘zi qo‘lga olish, o‘zini o‘zi
takomillashtirish singari shaxsiy xususiyatlarini shakllantirish ijtimoiy-tarixiy
hamda ijtimoiy-psixologik ahamiyat kasb etadi.
Jahon psixologiyasi fani ma’lumotlarining ko‘rsatishicha, e’tiqod - xulq-
atvoming muhim motivlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Ba’zi manbalarda unga
mana bunday ta’rif berilgan: e’tiqod-shaxsni o‘z qarashiariga, tamoyillariga,
dunyoqarashiga muvofiq tarzda qarorga kelishga undaydigan muhim motivlar
tizimidir. Boshqacha qilib aytganda, e’tiqod shaklida namoyon bo‘ladigan
ehtiyoj laming mazmuni-bu tabiat, tevarak-atrofdagi olam to‘g‘risidagi bilimlar va
223
ulaming muayyan tarzdagi tushunilishi demakdir. Bu bilimlar falsafiy,
estetik,tabiiy-ilmiy nuqtai nazardan tartibga solinsa va ichki uyushgan tizimi
tashki! etilsa,u taqdirda shaxsning dunyoqarashi sifatida talqin qilinishi maqsadga
muvofiq.
Psixologiya fani dunyoqarashning shakllanishi jarayonini tadqiqot qiladi,
ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot hodisalarining to‘g ‘ri baholanishini, evolyusion
yo‘sinda tarkib topishini, axloqiy tamoyillar, didlar yuz berishini, tabiat
hodisalariga va jamiyat qonuniyatlariga nisbatan qarashlaming shakllanishi qay
tariqa yuz berishini va boshqalami aniqlaydi.
E’tiqodlaming asta-sekin tarkib topishi, dastaw al ulaming mazmuniy
tomonlariga taalluqli bo‘ lib, ularda shaxsning dunyoqarash ini aks ettiradigan
xislatlar aksariyat hollarda gavdalana boshlaydi. Shaxsning mustaqil fikrlari,
ijodiy g‘oyalari, ilmiy tomoyillari,uning yaxlit hayoti mazmuni bilan,odamning
shaxsan o‘zlashtirgan bilimlari bilan belgilanadi. Insonning qarashlari tizimiga
zarur tarkibiy qism tariqasida singdiriladi, bu narsa uning uchun alohida shaxsiy
mohiyat kasb etadi. Shuning uchun mazkur fikrlar va tamoyillami qaror
toptirishga, ularni himoya qilishga, shuningdek,boshqa shaxslaming ham m a’qul
ko‘rishlariga erishish uchun qat’iy ehtiyoj sezishi mumkin.
0 ‘z mohiyati va tuzilishiga binoan umumbashariy dunyoqarashning
tarkibiy qismlari hisoblanishi adabiyot, san’at, madaniyat, din, ijtimoiy turmush,
ishlab chiqarish tizimi sohalaridagi keng qamrovli muammolami o‘z ichiga
mujassamlashtiruvchi e’tiqodlaming mavjudligi inson shaxsining faolligi,
intiluvchanligi darajalarining yuksakligidan darak boradi. Individual (yakkahol)
shaxs faolligining yuksaklik darajasi, uning ob’ektlarga yo‘nalganligi xususiyati
yoshga, jinsga, kasbga bog‘liq bo‘lganIigi tufayli turlicha tarzda yuzaga kelishi
kuzatiladi. Ko‘pincha shaxs muayyan shart-sharoitlarda, ma’lum vaziyatlarda
o‘zini o‘zi qanday idora qilishini biladi, bahs yoki munozalarda, mojarolarda
qaysi nuqtai nazardan yondashishni tushunadi, qaysi g ‘oyani ma’qullashni anglab
yetadi, biroq bunday ijtimoiy, ilmiy, hayotiy bilimlami mukammallashtirib,
ehtiyojga aylantirish to‘g‘risida
0
‘ylamaydi. ^
Shaxsning
o ‘zlashtirilgan
bilimlari
odatga
aylangan
ehtiyoj lari
anglashinilgan motivlari orasida maboda nomutanosiblik vujudga kelsa, u holda
uning e’tiqodida nuqsonlar sodir bo‘ladi. Favqulodda noto‘g‘ri xatti-harakat
amalga oshiriladi yoki o ‘rinsiz, o ‘ylanmasdan qarorga kelinadi. Bunday ruhiy
holatning negizida shaxsning so‘zi bilan ishi o ‘rtasida birlik yo‘qligi, ikkiyoqlama
pozitsiyaga ega ekanligi,barkamol inson sifatida mustaqil, faol, ilmiy, hayotiy,
ijtimoiy yaxlit qarash shakllanmaganligi yotadi.
Go'yoki e ’tiqodning ham tashqi, ham ichki tuzilishi mavjudkim,
favqulodda shaxsning mustahkam e’tiqodi hodisalarga, munosabatlarga bevosita
tatbiq qilinishida o‘zaro tafovutlanadi.
Ushbu psixologik muammoning oldini olish uchun mustahkam, barqaror
e’tiqodli, hayotiy pozitsiyaga ega bo‘lgan, vatanparvar, g‘ayrat-shijoatli
shaxslami shakllantirish, ulami o‘zini o*zi takomillashtirishga o ‘rgatish lozim.
224
Yuqorida mulohaza yuritilgan muammolaming barchasi xoh qiziqish, xoh
e’tiqod, xoh dunyoqarash, xoh ehtiyoj bo‘lishidan qat’i nazar anglanilgan
motivlar tizimiga kiradi. Bunda shaxsni faoliyatga (mehnat,o‘qishga) turtki
boMayotgan ichki qo‘zg‘atuvchi motivlarga ichki turtki, sabab va ehtiyojlar
ma’nosini anglagan holda u yoki bu yo‘lni tutadi. Biroq shunday motiv yoki
mayllar ham borkim, ular inson tomonidan anglanilmagan bo‘ladi, xuddi shu bois,
u o‘z xatti- harakatlari sababiyatini tushunmagan holda biron-bir ishni amalga
oshiradi.
Psixologiya fanida nazoratni lokallashtirish deganda shaxsning individual
faoliyati natijalari uchun mas’uliyatni tashqi kuchlarda va sharoitlarda qayd
qilinishni, shuningdek, ulami o‘z kuch-g‘ayratiga, qobiliyatiga moyilligini
belgilaydigan sifatlar majmuasi tushuniladi. Nazoratni lokallashtirish tashqi
(ekstemal) hamda ichki (internal) turlarga ajratiladi. Nazoratni tashqi
lokallashtirishga ba’zi misollami keltiramiz: xodim ishga, talaba darsga kech
qolsa,bu hodisani turlicha bahonalar bilan izohlashga harakat qiladi:
1. Avtobus o‘z vaqtida kelmadi;
2. Yo‘lovchilar ko‘p bo‘lganligi uchun avtobusga chiqa olmadim;
3. Avtobus juda sekin harakat qildi;
4. Transport buzilib qoldi;
5. Ko‘chada yo‘l halokati yuz bergani tufayli turib qoldik va hokazo.
Psixologik tadqiqotlar natijalarming ko*rsatishicha, nazoratning ekstemal
lokallik turining namoyon bo‘lishi shaxsning muayyan nuqsonlari va illatlariga
bevosita bog‘liqdir, chunonchi, insoning mas’uliyatsizligi, o‘z imkoniyatiga
ishonmasligi, hadiksirashi, xavfsirashi, shaxsiy niyatini ro‘yobga chiqarishni
paysalga solishi va boshqalar.
Maboda shaxs o ‘z xulq-atvori oqibati uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga
olsa, o‘z qilmish-qidirmishlarini shaxsiy xususiyatidan deb tushunsa, bunday
psixologik voqelik unda nazoratning internal (ichki) lokallashuvi mavjud
ekanligini bildiradi. Nazoratning ichki lokallashtirilishiga mos insonlar maqsadga
erishish yo‘lida mas’uliyat yoki javobgarlik his etadilar, o‘zini o*zi tahlillash
imkoniyatiga egadirlar, muloqotmand, mustaqillikka moyildirlar.
Ijtimoiy tarbiya jarayonida shaxsga lokallashtirishning har ikkala
(ekstemal,internal) turini shakllantirish tufayli uning mustahkam shaxsiy
fazilatiga aylantirish mumkin.
Irodaning o‘ziga xos ko4rinishlari shaxsning tavakkalchilik vaziyatidagi
xatti-harakatida ro‘yobga chiqadi. 0*ziga mahliyo qiluvchi maqsadga erishish
yo‘lida xavf-xatar, yo‘qotish dahshati, muvaffaqiyatsizlik unsuri bilan hamohang,
ogoh, dadil harakat tavakkalchilik deyiladi. Tavakkalchilik jarayonidagi
noxushlik kutilmasi muvaffaqiyatsizlik ehtimoli bilan noqulay oqibatlar darajasi
uyg‘unlashuvi mezoni orqali o ‘lchanadi. Tavakkalchilikda muvaffaqiyat bilan
muvaffaqiyatsizlik o‘rtasida qarama-qarshilik kutilmasi ehtimoli yotadi, yutuqqa
erishish shaxsda xush kayfiyatni vujudga keltiradi, mag‘lublik esa noxushlik
holatining bosh omili hisoblanadi. 0 ‘zidan o‘zi ma’lumki, yutuq (g'oliblik)
225
quvonch nashidasini uyg‘otsa, omadsizlik jazo, moddiy va ma’naviy yo‘qotishni
ro‘yobga chiqaradi. Lekin, shunga qaramasdan, insonlar tavakkal qilish
harakatidan hech mahal voz kechmagan. Xoh u kundalik hayot muammosiga
aloqador voqelik, xoh murakkab mehnat, xoh harbiy yurishlar bo‘lishiga
qajamay. Shuning uchun tavakkalchilik insoniyat dunyosining ijtimoiy-tarixiy
taraqqiyoti davrining qaror qabul qilish namunasi, mahsuli sifatida shaxsning
hayoti va faoliyatida to hozirgacha ishtirok etib kelmoqda.
Psixologik manbalarda ko‘rsatilishicha,tavakkalchilik harakatini amalga
oshirishning o‘zaro uyg‘unlashgan ikkita sababi mavjudligi qayd qilib o‘tiladi.
Qarorga kelishning birinchi sababi-bu yutuqqa muvaffaqiyat, umidvorlikka
erishilganda kutilishi, ehtimol qiymatining mag‘lublik oqibati - ishonchdir. Ushbu
voqelik vaziyatli tavakkalchilik deb atalib, muvaffaqiyat motivatsiyasining
muvaffaqiyatsizlikdan qutulish motivatsiyasidan yaqqolroq namoyon bo‘lishida
o‘z ifodasini topadi. Shu boisdan tavakkalchilik inson uchun qaror qabul qilishda
muhim ahamiyat kasb etadigan ruhiy hodisa hisoblanib, u yoki bu tarzdagi
harakatni amalga oshirib,o‘z xulq-atvorini namoyish qiladi. Dehqon kechikib
yerga urug‘ qadashga tavakkal qilgan boMsa, hosil pishib yetilishi xavfi tug‘iladi,
lekin agrotexnika vositalaridan jadal sur’atda foydalansa, asosiy mablag‘ni sarf
qilib qo‘yish tashvishi uyg‘onadi. Irodaviy qaror qabul qilib tavakkalchilikdagi
uning mardligi, tashabbuskorligi, qat’iyatligi mehnatda yutuqqa erishishni
ta’minlaydi. Aslida bunday qarorga kelish goh o ‘zini oqlaydi, goho mutlaqo
oqlamasligi ham mumkin. Bu borada harakatning xavfli yoki xavfsiz yo‘lini
tatbiq etish,tavakkalchilikning g‘oyaviy, ma’naviy yuksakligi, qaroming
oqilonaligi, baxtli tasodif sari yetaklashi mumkin. Ba’zan tavakkalchining
qobiliyati, qat’iyligi, malakaliligi, hisob-kitobni
to‘g‘ri qilganligi unga omad
keltiradi.
Tavakkalchilikning ikkinchi sababi xatti-harakatning xavfli yo‘lmi afzal
bilgan xulq-atvorda ko‘zga tashlanadi. Bu voqelik shaxsning vaziyatusti faolligi
deb nomlanib, insonning vaziyat talablaridan ustuvorlikka erishishida, undan
(vaziyatdan) yuksakroq maqsad qo‘ya olishida namoyon boiadi. Tavakkalchilik
- bu turi “vaziyatusti” yoki “xolisonalik” deb atalib, tavakkalchilik uchun
tavakkalchilikka
yo‘l
qo‘yishni
anglatadi
hamda
tavakkalchilikning
tavakkalchiligi atamasini keltirib chiqaradi. Shaxsdagi tavakkalchilikni riskometr
deb ataluvchi maxsus axbobda o‘lchab ko‘rish mumkin. Bu asbob yordamida
psixologik tajribada insonlarda muvaffaq bo‘lish ehtimoli mavjud xolisonalik,
tavakkalchilikka moyillik, ularning haqiqiy xavf ostida irodaviy harakatlarini
oldindan aytib berish imkoniyati vujudga keladi.
Download Do'stlaringiz bilan baham: |