Alohida mamlakatlarda iqtisodiy o’sish sur’atini
tashkil etuvchilar, %
2-jadval
O’sish sur’atini tashkil etuvchi omillar
|
AQSh
1950-1962 y.
|
Yaponiya
1953-1971y.
|
GFR
1950-1962y.
|
Mehnat
|
1,12
|
1,85
|
1,37
|
Kapital
|
0,83
|
2,10
|
1,41
|
Texnik taraqqiyot
|
0,76
|
1,97
|
0,8
|
Resurslarning joylashishi
|
0,29
|
0,95
|
1,01
|
Ishlab chiqarish ko’lami
|
0,36
|
1,94
|
1,61
|
Boshqalar
|
-0,04
|
0,00
|
0,00
|
O’sish sur’ati
|
3,32
|
8,81
|
6,27
|
Jadvaldan shu narsani ko’rish mumkinki, GFR uchun ishlab chiqarish ko’lamini kengaytirish muhim ahamiyat kasb etadi. Garchi bu erda u yoki bu omilni ajratib ko’rsatish qiyin bo’lsa ham, zamonaviy texnologiyalarga o’tish Yaponiya iqtisodiyotida yuqori ish sur’atini ta’minlashda muhim rol o’ynagan. Haqiqatan, Yaponiyada iqtisodiy o’sishning yarmini ishlab chiqarish omillarining o’sishi ta’minlangan bo’lsa, ikkinchi yarmini – texnika taraqqiyoti va texnologiya ta’minlangan. Amerika iqtisodiyotida mehnat unum-dorligini oshirish, kapitaldan foydalanish muhim hisoblangan.
4. Rivojlanayotgan mamlakatlar uchun iqtisodiy
o’sish modeli
Ikkinchi Jahon urushidan keyin mustamlaka tizimining emirilishi bilan “kam rivojlangan” atalmish mamlakatlar xo’ja-ligini rivojlantirish muammosi iqtisodiy fanda markaziy o’rinlardan birini egalladi. Osiyo, Afrikadagi bir qator bunday mamlakatlar aholisining o’sish sur’ati yalpi ichki mahsulotning o’sish sur’atidan ustun bo’lgan. Jon boshiga to’g’ri keladigan yalpi ichki mahsulot ko’paymagan, balki bir o’rinda qolgan yoki pasaygan. Ba’zi rivojalanayotgan mamlakatlarda ichki jamg’arma manfiy bo’lgan, ya’ni mamlakat ishlab chiqarishdan ko’ra ko’p iste’mol qil-gan, demak chetdan keladigan resurslar hisobiga yashagan.
Mutaxassislar g’arb iqtisodiy fani yutuqlariga asoslangan holda rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiy o’sishini rag’bat-lantirish bo’yicha amaliy tavsiyalarni va modellarni ishlab chiq-dilar. XX asrning 50-60- yillari keynschilik vakillari nazariya-lari ancha keng tarzda qo’llanildi.
Davlat investitsiyalari - muvaffaqiyat garovi. Keyns-chilarning ta’kidlashicha, kam rivojlangan mamlakatlarda xususiy ixtiyoriy jamg’armalarning roli juda past. Aholi ishlab topgan daromadlarning barchasini iste’molga sarflashni afzal ko’radi va deyarli investitsiyani amalga oshirmaydi. Bunday holatning asosiy sabablaridan biri industrial rivojlangan mamlakatlar “ta’si-ri” hisoblanadi. G’arb hayot tarzining kirib kelishi isrofgarchi-likka yo’l qo’yish, zeb-ziynat buyumlariga bo’lgan sarflarni ko’pay-tirishni keltirib chiqardi. Shuning uchun daromadning oshishi jamg’armaning tez ko’payishiga va demak investitsiyaning ko’payi-shiga olib kelmagan. Shu bois, majburiy jamg’armalarning roli oshib boradi (aholidan olinadigan soliq va har xil to’lovlarni ko’paytirish hisobiga) va davlat investitsiyalarining ahamiyati kuchayib boradi. Davlat aholining pul resurslarini investitsiyaga yo’naltirish chora-tadbirlarini ko’rishi lozim. Bunday chora-tadbirlardan biri foiz me’yorining davlat tomonidan tartiblab turilishi hisoblanadi.
Chunki tadbirkorlar o’z kapitallarini ishlab chiqarish sohasi-dan ko’ra, tez-tez savdo va moliyaviy sohalarga yo’naltiradilar. Nega? Birinchidan, rivojlanayotgan mamlakatlar uchun tipik xol hisoblangan surunkali inflyatsiya ishlab chiqarish sohasiga kapital qo’yishni foydasiz qilib qo’yadi. Ikkkinchidan, bozor infratuzilmasining va xo’jalik qonunchiligining yaxshi rivojlanmaganligi xususiy tadbirkorlarga savdo, transport, aloqa sohalarida monopol mavqeiga erishish va shuning hisobiga monopol yuqori foyda olish imkonini beradi.
Xususiy sektorni rivojlantirish, keynschilar fikriga ko’ra, bo-zor infratuzilmasiga va iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga davlat kapital qo’yilmalarini ko’paytirish, investitsion kreditlarni kengay-tirish, foiz stavkasini pasaytirish, mo’’tadil inflyatsiya va byudjet taqchilligini ta’minlash yo’li bilan rag’batlantirilishi zarur.
Amerika iqtisodchilari R.Nurske, A.Xirshman va boshqalar ri-vojlanayotgan mamlakatlar uchun iqtisodiy o’sish modellaridan biri – “keskin sakrash” nazariyasini ishlab chiqdi. Bu nazariyaga muvofiq ri-vojlanayotgan mamlakatlar qoloqlikdan qutilish uchun “kambag’allik tuzog’ini” uzib tashlashi kerak. Yaratilgan moddiy boyliklar aholi-ning o’sishi tomonidan “eb tashlanishi” tufayli kelib chiqadigan “kambag’allik tuzog’ini” quyidagi rasm ko’rinishda ifodalash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |