8-rasm. “Kambag’allik tuzog’i”.
Iqtisodiy o’sishga to’sqinlik qiluvchi salbiy holatlar doira-viy ko’rinishda joylashgan bo’lib iqtisodiy o’sish omillaridan foydalanishga qarshi ta’sir ko’rsatadi. Past darajadagi inves-titsiya qo’yilmalari mehnat unumdorligini oshirish va daromad-larni ko’paytirish imkonini bermaydi. Aholining tez o’sishi oziq-ovqat va iste’mol tovarlarining o’sishini “eb tashlaydi”. Iqtisodiy turg’unlik vaziyati kelib chiqadi.
Bu “tuzoqdan” qanday qutilish kerak? Nurske fikriga ko’ra, davlat investitsiyalarni ko’paytirish iqtisodiy o’sishga keskin turtki bo’ladi. Bunda dastlabki investitsiya qo’yilmalari milliy daromadning 12-15 foizidan kam bo’lmasligi kerak. Investitsiya-larning ko’payishi mehnatga bo’lgan talabni oshiradi, bu esa jam-g’armaning o’sishiga va xususiy investitsiyalarning jonlanishiga olib keladi. “Keskin sakrashdan” keyin davlat aralashuvi qisqar-tirilishi kerak, negaki stixiyali bozor mexanizmi amal qila bosh-laydi.
A.Xirshman iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida “investi-tsion turtkining” zarurligi to’g’risida qayd qilib o’tadi. Bu borada xorijiy investitsiyalar ancha ko’p yordam berishi mumkin.
O’z resurslariga suyanish va bozor mexanizmini faollashti-rish. Neoklassik yo’nalish namoyandalari keynschilarning davlat-ning rolini kuchaytirish va iqtisodiy erkinlik printsiplariga putur etkazish qoidalarini tanqid qildi. Ularning fikriga ko’ra, xo’jalikni rivojlantirishda muvaffaqiyatlarga erishishni xoh-lovchi davlatning asosiy vazifasi – bozor imkoniyatlarini ro’yobga chiqarish, bozor infratizimini tashkil etishdan iborat. Jamiyat vaziyatni birdan, keskin o’zgartira olmaydi. An’anaviy institut-larni xo’jalik yuritishning yangi sharoitlariga asta-sekin mos-lashtirib bordi.
Agar keynschilar asosiy e’tiborni yirik korxonalarni rivojlantirishga va xorijiy kapitalni jalb qilishga qaratgan bo’lsalar, neoklassiklar kichik va o’rta biznesni rivojlantirishni zarur deb hisobladilar. Ularning fikricha, asosiy muammo xu-susiy jamg’arma va investitsiyalarning etishmasligi emas, balki ichki bozorning torligidir. Xususiy tashabbuskorlikka keng yo’l ochib berish iqtisodiyotning jonlanishiga, daromadlar daraja-sining oshishiga va demak iste’mol va jamg’armaning o’sishiga olib keladi. Eng asosiysi – bozor iqtisodiyotining me’yorida amal qi-lishini ta’minlovchi institutlarni tashkil etishdir.
XX asrning 70-yillari neoklassiklarning tavsiyalari ri-vojlanayotgan mamlakatlarda keng tarqala boshladi. Buning asosiy sababi, birinchidan, xo’jalik hayotini erkinlashtirish tufayli muvaffaqiyatlarga erishgan bir qator “yangi industrial mamlakat-lar” tajribasi ta’siri bo’lsa, ikkinchidan, keynschilik andaza-laridan faol foydalangan mamlakatlarda vujudga kelgan ko’plab muammolarning (protektsionizm siyosati tufayli xalqaro savdo hajmining qisqarishi, import hisobiga qoplash imkoniyatlari-ning cheklanishi, surunkali inflyatsiya, monopolizm, korruptsiya va b.) mavjudligi hisoblanadi. Lekin neoklassik modellarini ama-liyotda qo’llash anchagina tanqidiy qarashlarni keltirib chiqardi. Asosiy tanqid ob’ekti - inflyatsiyani jilovlash maqsadida qattiq monetar siyosatini olib borish zarurligi hisoblanadi. Rivojlanayot-gan mamlakatlarda makroiqtisodiy barqarorlikning monetar metod-lari rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotidagi kabi natijalarni bermaydi, chunki ular o’rtasida chuqur institutsional farq amal qiladi. Shuning uchun qattiq moliyaviy siyosat tez-tez iqtisodiyotning keskin qisqarishiga, turmush darajasining pasayishiga, ijtimoiy ziddiyatlarning keskinlashuviga olib keladi.
«Osiyo fojiasi». Atoqli shved iqtisodchisi, Nobel muko-foti sohibi Gunnar Myurdal o’zining 1968 yili chop etilgan «Osiyo fojiasi» kitobida rivojlanayotgan mamlakatlar (Janubiy Osiyo mamlakatlari) iqtisodiy o’sishini ancha chuqur tahlil qildi. Uning ko’rsatib berishicha, kam rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy o’sish qiyinchiliklari, ko’pchilik G’arb mutaxassislari aytganlaridek, kapital etishmasligida emas, balki mehnat resurs-larining etishmasligidir. Mehnat resurslarning etishmasligi deganda, bir vaqtda ishchi kuchining taqchilligi va ishchi kuchining ko’pligi tufayli bo’ladigan ziddiyat nazarda tutiladi. Bunday ziddiyatning asosiy sababi qishloq xo’jaligining juda qoloqligi: eski tuzilma, kadrlar tayyorlash va ta’limning past darajasi tufayli u sanoat va shaharga erkin ishchi kuchini etkazib berishga qodir emas.
Rivojlangan mamlakatlarning nazariyalari, Myurdalning ta’kidlashicha, rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotini tahlil qilish uchun yaramaydi. Bu mamlakatlardagi holat butunlay o’zgacha. Bu erda baholarning vaziyatga tez moslanuvchan emasligi, resurs-larning bir joydan ikkinchi joyga ko’chib turishining sustligi, bozorning monopollashuvining yuqori darajasi, qaror qabul qi-lishda irratsionallik kuzatiladi.
Myurdal, iste’mol bilan jamg’armani bir-biriga qarshi qo’-yish mumkin emasligini qayd qilib o’tadi. Iste’molni oshir-masdan rivojlanayotgan mamlakatlarda muvaffaqiyatli iqtisodiy o’sishga erishib bo’lmaydi. Nafaqat jamg’arish me’yorini ko’pay-tirish, balki aholining turmush darajasini oshirish uchun resurs-larni topish, zamonaviy ishlab chiqarish talablariga javob bera-digan ishchilarni shakllantirish uchun sharoit yaratish kerak.
Myurdal davlatning faol aralashuvini asoslab berdi. Davlat iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va texnologik qayta o’zgarishlarni amalga oshirishi lozim. Myurdalning isbotlab berishicha, aholi-ning o’sishni nazorat qilish, qishloq xo’jaligi erlarini taqsim-lash, sog’liqni saqlash va ta’lim sohalarida chuqur islohotlarni o’tkazish zarur. Iqtisodiy rivojlanishning muhim shart-sharoit-laridan biri–jiddiy institutsional qayta o’zgarishlarni amalga oshirish. Eskirgan odat va an’analarni tugatish juda katta ahamiyatga ega.
Myurdal kam rivojlangan mamlakatlar xo’jaligini rivoj-lantirish uchun to’sqinlik qilayotgan illatlarni, ya’ni davlat ap-parati korruptsiyasi, amaldorlar va yirik kapital egalarining ja-miyat manfaatlariga xilof ravishda o’zlarining egoistik manfa-atlarini amalga oshirishi, yuqori boshqaruv xodimlarining im-tiyozli holatini ko’rsatib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |