g) «Industrial jamiyatdan keyingi jamiyat»
XX asr 60-yillarning oxiriga kelib aholi turmush daraja-sining o’sishi, xizmat ko’rsatish sohasining va iqtisodiyotda axborot sektorining roli kuchayib borishi bilan jahon iqtisodiy adabiyotlarida «Industrial jamiyatdan keyingi jamiyat» kontsep-tsiyasi keng tarqala boshladi.
Amerika sotsiologi Deniel Bell (1919) hozirgi zamon ijti-moiy tizimini asosiy xarakatlantiruvchi va qayta tashkil etuvchi kuch fan-texnika inqilobi deb hisoblaydi. Fan-texnika inqilobi ta’sirida iqtisodiy jarayonlarda, mulkchilik munosabatlarida, hokimiyatning tuzilishida, madaniyat, ma’naviyat va mafkura soha-sida juda katta o’zgarishlar amalga oshiriladi. «Industrial jamiyatdan keyingi jamiyat» tizimining o’ziga xosligi shundan iboratki, u, eng avvalo – xizmat ko’rsatish jamiyati bo’lib, aholi-ning ko’pchiligi shu sohada ish bilan band bo’ladi. Bu jamiyat yana shu bilan ifodalanadiki, iqtisodiyot «uyg’unlashgan xarakter» kasb etadi, uning rivojlanish sur’ati oshadi, umumiy farovon-lik, aholi jon boshiga to’g’ri keladigan daromadlarning yuksak darajasi ta’minlandi, axborot hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Axborot umumxalq boyligi hisoblanadi, uni monopol-lashtirish juda qiyin. Agar industrial jamiyatning asosiy muam-mosi sanoat korporatsiyalarining ishini tashkil qilish hisob-lansa, unda industrial jamiyatdan keyingi jamiyatning asosiy xo’jalik muammosi “axborot iqtisodiyoti” uchun mahsulot yaratuvchi – universitetlar va ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyatini tashkil qilish hisoblanadi. Insonning jamiyatdagi o’rni, mavqei va nufuzi endi uning mulkiy boyligidan ko’ra, uning malakasi va bilim darajasiga ko’proq bog’liq bo’ladi.
Haqiqatan ham jamiyatda xizmat ko’rsatish va axborot soha-sining yuksak darajada rivojlanishi bunday jamiyatda sifat o’zgarishlar yuz berganligidan dalolat beradi.
d) Iqtisodiy o’sish bosqichlari
Amerika olimi Uolter Rostou (1916) o’zining «Iqtisodiy o’sish bosqichlari» (1960) kitobida jamiyatning xo’jalik rivoj-lanishi bosqichlarini ko’rsatib berishga harakat qildi. Rostou jamiyat taraqqiyotini bosqichlariga ajratishda texnikaviy – xo’ja-lik ko’rsatkichlarini – texnika taraqqiyoti darajasi, jamg’arish me’yori, iste’mol darajasini asos qilib oladi. Unda ijtimoiy omillar ikkinchi o’ringa suriladi va ular texnologik sharoit-larni ta’minlash uchun qancha zarur bo’lsa, faqat shuncha darajada tahlil qilinadi.
Iqtisodiy o’sish qonuniyatlari iqtisodiy tizim xususiyat-lariga bog’liq emas, ular bozor va shuningdek buyruqbozlikka asos-langan iqtisodiyotda bir xil hisoblanadi.
U.Rostou iqtisodiy taraqqiyotning beshta bosqichini ko’rsatib beradi:
1. An’anaviy jamiyat: «Nyutongacha bo’lgan fan va texnika» bilan hamda qishloq xo’jaligining ustunligi bilan ifodalanadi.
2. O’tkinchi jamiyat. Bu erda iqtisodiy o’sish uchun shart-sharoitlar yaratilgan bo’ladi: fan yutuqlari ishlab chiqarishga tat-biq etiladi, banklar paydo bo’ladi, ishlab chiqarishni investitsiya-lash kuchayadi.
3. Yuksalish davri (sanoat inqilobi): eski an’anaviy uklad asosan tugatiladi, iqtisodiy o’sish me’yorl holat hisoblanadi, ishlab chiqaruvchi sanoatning asosiy tarmoq-larining jadal rivojlanishi amalga oshiriladi, davlat eksportni rag’batlantiradi.
4. Etuklik bosqichi: aholining o’sishga qaraganda mahsulot ishlab chiqarishning doimo ortiq bo’lishi ta’minlanadi, milliy iqtisodiyotning jahon xo’jaligiga integratsiyalashuvi kuchayadi, an’anaviy jamiyat batamom tugatiladi.
5. Ommaviy iste’mol bosqichi: uzoq muddat foydalanila-digan iste’mol buyumlari va xizmat ko’rsatish asosiy ahamiyat kasb etadi.
U.Rostou AQSh iqtisodiy tizimini ijtimoiy evolyutsiyaning yuqori bosqichi, ommaviy iste’molning yuqori darajasi bosqichi, barcha boshqa mamlakatlarning kelajakdagi rivoji uchun model deb tasvirlaydi. Uningcha, kommunizm – bu industrlashtirishni jadallashtirish zarurati tug’ilgan hollarda «o’tkinchi davrning kasali», «yagona industrial jamiyat»ga o’tishning mumkin bo’lgan yo’llaridan biridir. Sotsializm yuksalish bosqichiga yaqinlashganda va yuksalish bosqichining o’zida jamiyatni jadallashtirishga qodir. «Ammo kommunizm o’z mohiyatiga ko’ra yuqori ommaviy iste’-mol davrida barham topishi kerak». Hozir hammaga ayonki, bu basho-rat amalga oshdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |