99
to’la foydalana olsak, mazkur soha aholini ish bilan ta’minlashda, eng muyoimi,
odamlarning daromadini oshirishda yangi manba bo’lib xizmat qiladi. Bunday
imkoniyatlarimiz haqida esa ko’p gapirish mumkin.
Shuni unutmaslik zarurki, bugungi kunda etishtirilayotgan
paxta
xomashyosining faqat 25 foizigina o’zimizda qayta
ishlanmoqda
va tayyor
mahsulotga aylantirilmoqda. Hisob-kitoblar shuni ko’rsatmoqdaki, paxta tolasi
uzluksiz va har tomonlama sifatli qayta ishlanib,
tayyor mahsulotga aylantirilsa,
undan olinadigan daromad 6-7 barobar ortishi mumkin.
Ayni paytda shuni ham yodda tutish kerakki, buning uchun eng zamonaviy
texnologiyalar, eng ilg’or uskuna va dastgohlar zarur.
Va, tabiiyki, ishlab chiqarilayotgan mahsulot
raqobatbardosh, jahon bozori
talablariga javob beradigan bo’lishi uchun katta investitsiyalar kerak, albatta.
Jahon iqtisodiyotida o’z o’rnini topishga intilayotganhar bir mamlakat, o’zini
mustaqil deb hisoblagan har bir davlat o’z iqtisodiyotini etakchi tarmoqlari va
yo’nalishlarini belgilab olishi, jahon bozorida raqobatga chidamli mahsulotlarni
qanday mablag’lardan
ishlab chiqarishi zarurligini, va bu mahsulotlarni raqobatlasha
olishini qanday qilib ta’minlash yo’llarini aniqlab olishdan iboratdir.
Bu xil muhim vazifalar xalq xo’jaligining dastlabki ishlab chiqarish bo’g’ini
bo’lgan – korxonalar, firmalar va turlicha mulk shakllariga asoslangan tovar ishlab
chiqaruvchi xo’jaliklar faoliyatiga, marketing usuli bilan yondoshish orqali
muvaffoqiyatli xal etiladi.
Marketing – bu, bozor bilan korxonani bog’lovchi bo’g’in bo’lib hisoblanadi.
Korxonaga nisbatan marketing - bu, talab va ehtiyojni ayirboshlash yo’li
bilan
qondirishga qaratilgan kishilar faoliyatining bir turidir. Bundan tashqari marketing
mahsulotni ishlab chiqarish va sotishning kompleks sistemasi bo’lib, u xaridorlarning
talab va ehtiyojlarni har tomonlama va chuqur o’rganishiga asoslangan bo’ladi.
Marketing - o’zgarib turadigan bozorga doimo moslashib borish sistemasidir. Uning
tarkibida ishlab chiqarishga bo’lgan marketing, iste’mol tovarlariga bo’lgan
marketing va xizmat ishlariga bo’lgan marketingni ajratish mumkin. Korxonada
100
marketing faoliyatini tashkil etish – bu birinchi galda bozor talabiga e’tibor berish,
korxona faoliyatini unga qaratishdir. Bunda eng pirovard maqsad – xaridorlar talabini
qondirishdir. Ma’lumotlar shuni ko’rsatadiki sobiq mamlakatdagi korxonalarning 80
foizi bozorni mutlaqo o’rganmas ekan. Atigi 7 foiz korxonalar 3 yilda 1
marta
reklama, savdo yarmarkalari, yangi tovarlar bilan savdo qilish kabi ayrim choralarni
amalga oshirar ekan. Bozorni o’rganmagan korxonaning 75 foizi bunga sabab qilib
qiziqish yo’qligini ko’rsatishdi.
Samaradorlikni oshirishning eng muhim, rivojlangan kapitalistik
mamlakatlarda (masalan, Yaponiya) sinovdan o’tgan yo’llaridan biri bu zamonaviy
texnologiya va uskunalarni o’rnatish, korxona
ishchi va xizmatchilarini, ularning
rahbarlari saviyasini, ish uslublarini jahon talablari darajasiga ko’tarish, ishlab
chiqarilayotgan kundalik mahsulotni o’z xaridoriga etkazish va xaridorni
qoniqtirishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: