Shunday qilib, zamonaviy biznes
- faoliyati to’g’risdan-to’g’ri ishlab
chiqarishni tashkil etuvchilar va shaxslar, tashkilotlar, tuzilmalar o’rtasidagi
munosabatlar tizimini ifodalaydi. Ular esa, biznes faoliyatining ichki va tashqi
muhitini belgilaydi.
Tadbirkorlikni amalga oshirish bosqichlari:
1-bosqich - Sharoit va xolatlarni o’rganish.
Har qanday ishbilarmon biror ishni boshlashdan oldin o’sha vaqtdagi sharoitni
va o’zi tutadigan o’rnini aniq bilishi kerak. Ayrim tashkilotlar o’z faoliyatlrini
boshlash vaqtida qisman soliqlardan ozod etiladi va shu bilan birgalikda, kam
miqdorli kreditlardan foydalanishlari ham mumkin bo’ladi. Siz xech qachon bunday
imtiyozlardan foydalanishdan voz kechmang. Ammo Siz bulardan oldingizdagi xom
ashyoning etishmasligi, mahsulotlarin-gizni xarid etilishida ayrim ovoragarchiliklarga
uchrashingiz, ijtimoiy va siyosiy murakkabliklar kabi qiyinchiliklarni ham hisobga
olishingiz lozim.
Yaxshi tinglash va izchil har-bir iqtisodiy xodisalarni o’rganish qobiliyatiga
ega bo’lish ishbilarmon uchun eng kerakli vositalardan biridir. Eng kerakli
axborotlarni yuqori malakali mutaxassislar, ekspertlar, matbuot vositalari va shular
qatorida do’stlardan bilib olish katta san’atni talab etadi.
2-bosqich - Ishlab chiqarish sohasini tanlash
Siz o’z vaqtingizni sharoitini yaxshi o’rganib, o’z o’rningizni ham topdingiz
deylik. Sizning endigina qadamingiz maxsus sohangizni tanlashdan iborat. Buni ikki
yo’l bilan amalga oshirish mumkin:
1.
O’zingizning qandaydir ichki his-tuyg’ularingizga ishongan holda;
2.
Chuqur, izchil o’rganishlar va tekshirishlar asosida.
31
Har kim o’zi hohlagan yo’lini tanlashga haqqi bor, lekin ikkinchi yo’l hamma
uchun foydalidir. Oldingizdagi qiyinchiliklardan aslo cho’chimaslik kerak.
Bir narsani unutmaslik kerakki, sizning talabgorlaringizga boshqa sizga
o’xshagan tadbirkorlar, sizning raqobatchilaringiz ham qiziqishadi. Siz
raqobatchilaringiz haqida ham iloji boricha ko’proq bilishga xarakat qilishingiz zarur,
keyin bo’lsa, o’zingiz bilan raqobatchilaringizni taqqoslang.
Bozor muhitiga baho bering va bozor muhitining qancha miqdoriga egalik
qilishni, tahminan bo’lsa ham hisoblang. Bu ish oson emas. Biznes - bu doimiy,
barakali, izchil va tinimsiz ish bo’lib, u ayrim vaqtlarda xaddan tashqari
ishbilarmonni charchatib qo’yadigan ishdir. Lekin siz o’zingizni tinchlantirishingiz
mumkin, chunki siz ishbilarmonlarning birinchisi ham, oxirgisi ham emassiz. Rejali,
unumli strategik ishbilarmonlik katta pul yutuqlariga erishishga olib keladi.
32
Do'stlaringiz bilan baham: |