8-Mavzu: Ma’lumotlar bazasi.
Reja:
1.
Ma’lumotlar bazasi turlari va axborot tizimlarini qurilishdagi roli.
2.
Ma’lumotlar bazasi (MB), ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT).
Tayanch so’zlar:
Ma’lumotlar bazasi, relyasion bazalar, ierarxik model, axborotni izlash,
ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari.
Ma'lumotlar bazasi dеb, jadval ko’rinishida tashkil etilgan katta xajmdagi ma'lumotlar
bazalariga aytiladi. Ma'lumotlar bazalarini boshqarish tizimlarining asosiy funksiyalari
quyidagilardir:
Ma'lumotlar bazasining bo’sh (to’ldirilmagan) tuzilishi (struktura)ni yaratish;
Ma'lumotlar bazasini to’ldirish yoki boshqa MBining jadvalidan jo’natish (import) vositalari
bilan ta'minlash;
Ma'lumotlarga murojaat imkoniyati, va shu bilan birga qidiruv va filtrlash vositalari bilan
ta'minlash.
MB ning ko’p tizimlari, qo’shimcha ravishda ma'lumotlarga ishlov bеrish va ularni oddiy
taxlil qilish imkoniga ega. Natijada, MB ining mavjud jadvallari asosida yangilarini yaratish
mumkin. Tarmoq tеxnologiyalarining jad'al suratda rivojlanishi, ma'lumotlar bazalarini boshqarish
tizimlariga, umumjahon kompyutеr tarmoqlari sеrvеrlarida joylashgan taqsimlangan va masofadagi
rеsurslar bilan ishlash imkoniyati talabi ho’yiladi.
Komputerdagi ma’lumotlar ma’lumotlar bazada saqlanadi, ular maxsus dasturlar ma’lumotlar
bazasini boshqarish tizimlari (MBBT) yordamida boshqariladi.
Ma’lumotlar bazani tashkil etuvchi elementlar turli ko’rinishda bo’lishi mumkin. Eng ko’p
tarqalgan va amaliyotda qo’llaniladigan ma’lumotlar matnli fayllar xisoblanadi. Chunki matinli
fayllar orqali turli axborotlar ifodalash va komputer xotirasida saqlash mumkin.
Komputer asosidagi ATning ko’rinishlaridan biri ma’lumotlar baza (bazasi) xisoblanadi.
Oddiy fayllardan farqli ravishda ma’lumotlar baza (MB) komputer xotirasida joylashgan
axborotlarni izlash va saralashni amalga oshirish imkoniyatiga ega.
Ma’lumotlar baza (MB) deb, komputerning uzoq muddatli xotirasida saqlanayotgan
axborotlar va ular ustida aniq bir ishlash usullariga imkon beradigan ma’lumotlar yig’indisiga
aytiladi.
Ma’lumotlar bazada turli ma’lumotlar saqlanishi mumkin. Masalan, poyezd, samolyot,
avtobuslarning xarakatlanish jadvali, do’kon yoki bazadagi maxsulotlarning mavjudligi xaqidagi
ma’lumotlar, talaba, o’qituvchi va xodimlar xaqidagi ma’lumotlar, kitoblar xaqidagi ma’lumotlar va
boshqa ma’lumotlar ma’lumotlar bazaga misol bo’la oladi.
Ma’lumotlar bazani yaratish va uni ishlatish uchun shaxsiy komputerdan foydalanish shart
emas. Masalan, tabibning qabulxonasidagi bemorlar kartotekasini MO deb xisoblash mumkin.
(Kartotekalar kog’ozdan yoki kartonlardan foydalanib bajarilgan bo’lishi mumkin).
Ma’lumotlar bazalarining eng sodda va keng tarqalgan shakli jadval ko’rinishidir.
Ma’lumotlar bazaning (MO) bunday ko’rinishi relyatsion tizim deb ataladi.
Relyasion bazalar aniq sondagi ustunlarga ega bo’lib, ularning xammasi nomlarga ega
bo’ladi. Masalan, guruhdagi o’quvchilar xaqidagi ba’zi ma’lumotlarni qo’yidagicha tasvirlash
mumkin.
77
Familiyasi, ismi
Bo’yi (sm)
Og’irl.(kg)
Ko’z rangi
A.
Saidova Shaxlo
168
74
Ko’k
Kompyuterda aksariyat xollarda matnli fayllar (tajribasi olib borgan sari u matnli fayllar
o’rnida turli shakildagi va berilgan vazifalarni bajaruvchi fayllardan foydalana boshlaydi. Turli xat,
referat, she’r va x.k) ni yaratishda foydalaniladi foydalanuvchining tajribasi olib borgan sari u
matinli fayllar o’rnida turli shakildagi va berilgan vazifalarni bajaruvchi fayllardan foydalana
boshlaydi. Masalan, matn fayl ichida turli xil sonli belgili ma’lumotlarni kiritish orqali jadvali,
kartotekali varakalari ,tel.nomerlari va b. ma’lumotlarini jamlovchi baza sifatida foydalanish
mumkin. Bunday bazalar axborotni tasvirlash va joylashtirishni foydalanuvchining o’zi belgilaydi.
Matnli fayllarda axborotni joylashtirishning bir variantini aniq misol tariqasida ko’rib
chiqaylik. Masalan, O’zbekistonda tug’ilgan va fundamental fanlar (fizika , matematika , biologiya
kimyo va x. k.) soxasida faoliyat ko’rsatayotgan yirik mutaxasislarning “Fanlar ekspertlari baza“
deb nomlanadigan kartatekasini (matnli fayllarda) yaratish mumkin. Bunday kartatekadan
foydalanish ancha qulay.
Xar bir olim (baza atamasida - ekspert) 30 ta banddan iborat maxsus anketani to’ldiradi. Xar
bir bandga shartli ravishda ikkilik kodi beriladi. Masalan NA-ekspertining famiyasi, ismi, sharifi,
DA-uy manzili, ED -ma’lumoti, FT - chet elga xizmat safariga borganligi va boshqa kodlashga
ma’lum ma’lumotlarni bildirsin.
Operator xar bir anketani matnli faylga kiritadi .
Masalan:
NA-Soxibov Anvar Tuychievich
DA- 700019, Toshkent shaxar G’.Gulom kuchasi 34 uy
ED-oliy
FT -1998 yilda Angliyaga borgan.
Eng asosiysi shundaki Ma’lumotlar bazani yaratishdan maqsad xosil qilingan ma’lumotlardan
foydalanish qulayligidir. Birinchidan, turli alomatlariga ko’ra axborotlarni tartiblash, 2-chidan,
ixtiyoriy belgilariga ko’ra ajratib olish oson. Matnli fayllar esa ma’lumotlarni ma’lumotlarni bunday
tashkillashtirishni amalga oshira olmaydi.
Axborotlar tizimi vositasida qayta ishlash uchun jadval ko’rinishdagi ma’lumotlar qulay
xisoblanadi. Komputerning dasturiy ta’minotiga kiradigan dasturlar xotiradagi jadvallarni “tanitdi”.
Kompyuter xotirasida jadval sifatida saqlanadigan fayllar, asosan kengaytmasi dbf (Data Base File)
bo’lgan fayllardir.
Ma’lumotlar bazadan foydalanish uchun maxsus dasturlar yaratiladi va bunday dasturlar
ma’lumotlar bazani boshqarish tizimi deb ataladi (MBBT).
Ma’lumotlar bazada axborotlar asosan matn va raqam ko’rinishida saqlanadi.
Ma’lumotlar bazani boshqarish tizimi vazifasiga ma’lumotlar bazani boshqarishning
qo’yidagi xususiyatlari kirishi mumkin:
- ma’lumotlar bazaga kirish: foydalanuvchining talabiga javoban axborot turidan kat’i nazar
unga qulay ko’rinishda javob berish;
- ma’lumotlarni modifikasiyalash: berilgan axborotni foydalanuvchi talabiga mos holda
o’zgartirish;
- ishonchlik darajasi: qurilmalar tasodifan to’xtatilganda ma’lumotlar bazaning qayta
tiklanish qobiliyati;
- ma’lumotlarni ximoyalash: ma’lumotlar bazadan ruxsatsiz (sanksiyasiz) foydalanishning
cheklanganligi;
- ma’lumotlar bazadan tarmoqda foydalanish: ma’lumotlardan bir vaqtda bir necha kishining
(bir-biriga xalaqit bermasdan) foydalanish.
78
Komputerda qayta ishlanadigan ma’lumotlar o’z kundalik turmushida ishlatiladigan barcha
axborotlarni oladi. Turli kasb egalari o’zlariga kerakli bo’lgan ma’lumotlar bilan ish yuritadi.
Bunday ma’lumotlarning eng asosiylari sonli (raqamli) va belgili (matnli) axborotlar xisoblanadi.
Odatda, xar qanday axborot tizimini yaratish uchun bu ikki turdagi ma’lumot shakli etarlidir, chunki
foydalanuvchiga etqazilmoqchi bo’lgan barcha axborot raqamlar yoki so’zlardan iborat bo’ladi.
Ma’lumotlarning turlari: Belgili ma’lumot, sonli ma’lumot, mantiqiy ma’lumotlar (Masalan,
“lampa yoniq” (TRUE) yoki “lampa uchirilgan” (FALCE).
Ma’lumotlarni uch xil kurinishda ifodalash mumkin: ierarxik (shajaraviy), tarmokli va
relyasion (jadvalli).
Ierarxik tizim jadvallardan tashkil topgan bo’lib, unda axborotni izlash jarayoni oldindan
berilgan tartibda “ko’rib” chiqiladi.
Ma’lumotlarning daraxtsimon joylashishiga ma’lumotlarning ierarxik modeli deyiladi.
3.Discovering Computers 2016. Tools, Apps, Devices,and the Impact of Texnology. 541 pg.
Ma’lumotlarning ierarxik modeliga xos xolda yaratilgan ma’lumotlar bazaga ma’lumotlarning
ierarxik baza deyiladi.
Qo’yidagi misol orqali ierarxik tizimni ifodalash mumkin:
79
Qator №
Maxsulot kategoriyasi
1
Analgetiklar
2
Antibiotiklar
3
Yutalga karshi dori-vositalar
4
Vitamin prepaparatlari
Analge- Sitramon Antibio- Benzilpe- Yutalga Bromgeksin Vitamin V1
tiklar Aspirin tiklar ntsilin karshi Doktor don prepa- V6
Analgin Gentami- dori- Tusupreks ratlari S
sin vositalar
Do'stlaringiz bilan baham: |