Dvigatelning krivoship-shatun va gaz taqsimlash mexanizmlariga txk hamda ta'miriash



Download 0,5 Mb.
bet4/4
Sana16.03.2022
Hajmi0,5 Mb.
#494080
1   2   3   4
Bog'liq
AVTОMОBIL DVIGATELLARINI DETALLARINI TA`MIRLASH TEXNALОGIYASI JARAYONINI LОYXALASH

KSHM VA GTMLARNI JORIY TA'MIRLASH.
Dvigatelni joriy ta'mirlashdagi eng asosiy va muhim ishlar quyidagilardan iborat: porshen halqalari, porshenlarni, porshen barmoqlarini, o'zak va shatun bo'ynidagi vkladishlarni (ta'mirlash o'lchamlariga moslab), blok qistirmasini almashtirish, klapanning egarini silliqlash, so'ngra maxsus aralashma bilan artish, maxsus eritmalar bilan moy yo'Ilarini yuvish va tozalash, reduksion klapanni tozalash yoki almashtirish va boshqalardir.
Silindr bloki gilzalarini almashtirish ishlari uning pastki va yiiqori qo'nim o'lchamlarining yeyilishi, darz ketishi, chuqurchalar hosil bo'lishi natijasida bajariladi. Shu bilan birga, hozirgi vaqtda ishlab chiqarilavotgan ko'pgina yengil avtomobillarning gilzalari silindr bloki bilan birgalikda quyma tarzda bo'ladi. Gilzalarning yeyilish darajasi uning yuqori qismidan 5, 15, 50 va 90 mm chuqiirlikda ikki perpendikular tekislik bo'yicha nutromer asbobi yordamida aniqlanadi. Buning uchun nutromer maxsus kolibr yordamida nolga keltiriladi va har bir silindrning o'lchamlari rasmda keltirilganidek aniqlanadi.

Silindrlar yeyilish darajasini nutromer yordamida aniqlash:


1-nutromer; 2-kalibr yordamida mitromerni nolga keltirish.

Gilzalarning yeyilishi natija­sida, oichamlar me'yoriy ko"r-satgichlardan farq qilib qoladi. shu bilan birga, yeyilish gilza diametri bo'yicha notekis bo'ladi, bu holda ular mexanik ta'sir ko'rsatish yo'li bilan (расточка) keyingi o'lchamlarga keltiriladi va porshen hamda uning halqa-larining gilzaning yangi o'lcham gumhiga mos keluvchilari tanlab olinib, o'rnatiladi.


Porshenlarni almashtirish uning yubkasida chuqurchalar hosil bo'lganda, tag qismi va kompression halqa atrofidagi yuza qismi kuyganda hamda halqalarni
o'rnatish ariqchalari kengayib ketganda bajariladi. Gilzalarda yeyilish
kam bo'lib, porshenlarda yuqorida keltirilgan kamchiliklar yuzaga kelganda, dvigatelni avtomobildan yechmasdan turib, porshenlarni almashtirish mumkin. Bunda karterdagi moy to'kib olinadi, karter va silindr bloki kallagini yechiladi, shatun boltlarining gaykasi burab olinadi, shatunning pastki qopqog'i yechiladi va porshen shatun bilan birgalikda yuqori tomondan sug'urib olinadi. Kevin porshen bobishkasidan press yordamida porshen barmoqlari yechib olinadi va porshen shatundan ajratiladi. Agar kerak bo'lsa, shatunning yuqori qismidagi bronza vtulkasi ham press yordamida yechib olinib, almashtirilishi mumkin. Buning uchun porshen yassi shchup bilan birgalikda yuqori qismi bilan silindrga kiritiladi. Shchup por­shen barmog'i o'rnatilish teshigi o'qiga perpendikular joylashishi zarur. Keyin dinamometr yordamida shchup tortiladi va shchupni chiqish vaqtidagi kuch aniqlanadi.


Porshen va s ilindr orasidagi tirqishni tekshirish shakli.


Aniqlan gan kuch avtomobil dvigatellarining turiga qarab, ckspluatatsiya yoki ta'mirlash qo'Uanmasida keltirilgan me'yoriy ko'rsatgichlar bilan taq-qoslanadi. Masalan, «ЗИЛ-130» dvigateli uchun shchupning qalinligi 0,08 mm, eni 13 mm va uzunligi 200 mm bo'lishi hamda uni silindr bilan porshen orasidan tortib chiqa-ruvchi kuchning kattaligi 35^45 N.ni tashkil qilishi kerak. Agarda, tortib chi-qaruvchi kuch me'yoridagi ko'rsat gichdan farq qilsa, u holda porshen boshqasiga almashtiriladi.

Porshen barmog'ini babishkaga yengil kirisliini tekshirish shakli.


Porshenni almashtirishdan avval uni silindrga moslab tanlab olish zarur. buning uchun gilzaning oichamlar guruhiga mos keluvchi porshen tanlab olinadi va lentasimon shchup yordamida silindr hamda gilza orasidagi tirqish tekshiriladi.
ATK sharoitida silindrga porshenni tanlashda, yuqoridagilardan lashqari porshen babishkasidagi teshik, porshen barmog'i va shatumiing yuqori kallagidagi bronza vtulka diametrlari bir xil oMchamlar guruhida bo'lishi kerak. Shuning uchun «porshen-barmoq-shatun» to'plamini yig'ishda, ularga bo'yoq yordamida qo'yilgan belgilar bir xil rangda bo'lishiga e'tiborberish kerak. Porshcnga bannoq tanlana-yotganda Lining babishka teshigiga qo'lning katta barmog'i yorda­mida yengil kirishi tekshiriladi.
To'g'ri tanlangan porshen tepa qismi bilan silindrga qo'yil-ganda, o'zining og'irligi bilan asta-sekin pastga tushishi kerak. Porshen bilan shatunni bir-biriga biriktirishdan avval shatun kallaklarining parallelligini max-sus qurilmalar yordamida tekshi­riladi.

Shatunni nazorat qilish va to'g'rilash qurilmasi:


1 5, 6, 7-indikiitorlar: 2-shtiftlar; 3- verlikal kronshteyn o'qi; 4-vertikal
kronshteyn; 8, 10-o'qlar; 9, 11- ustuntar; 12-pliia; I3~ushlagich,


Porshen ariqehasi va halqa orasidagi tirqishni aniqlash shakli:


halqasi; 2-porshen; 3- shchup to'plami.
Bunday qurilmalar yordamida shatunning buralib ketganligi, egilganligi va kallaklarining markazlari orasidagi masofa aniq-lanadi. Tekshiruv natijalariga ko'ra, shatunning biror o'lehami me'yo-ridan farq qilsa, maxsus kalitlar yordamida qurilmaning o'zida o(l-chamlar me'yoriga keltiriladi. Bunda shatunning yuqori va pastld kallaklari yuqori va pastki plitalar orasidagi holatda bo'lishi kerak.
Shatunni tekshirish va to'g'ri-lashdan so'ng, porshen 60°C haro-ratdagi moyli vannaga solinib qizdi-riladi, keyin esa porshen barmog'i porshen bobishkasi va shatunning yuqori kallagiga presslanadi. Presslangandan so'ng bobishkadagi ariqehaga chegaralovchi halqalar o'matiladi. Porshen bilan shatun yig'masini silindr blokiga
o'rnatishdan avval, porshen halqalarini porshen ariqehasiga joylashtiriladi. Porshen ariqehasi bilan porshen halqasi orasidagi tirqish shchup yordamida (3.10-rasm) aniqlanadi. Bundan tashqari, halqani yorugiik nurini o'tkazishi bo'yicha tekshiriladi. Buning uchun halqa silindrning yedirilmagan yuqori qismiga joylashtiriladi va silindr bilan uniiig orasidan yorug'lik nuri o'tishi aniqlanadi. Porshen halqasini tutashish joyi-
dagi tirqish shchup yordamida aniq­lanadi. Agar u me'yoridan kichik bo'lsa,
halqaning tutashish joylari egovlanadi. Bu ishlarni bajargandan so'ng halqa porshenga o'rnatiladi. O'ruatilgan halqalarning tutash joylari har tomonga aylana bo'yicha qo'yib chiqiladi. Porshen yig'masini silindrga o'matish maxsus moslama yordamida arnalga oshiriladi.

Porshen yig'masini silindrga o'rnatish:


1- silindr blokidagi gilza; 2-moslama; i-porshenning shatun va halqalar bilan birg;ilikdfigi yig'masi.
Tirsakli val vkladishlari, pod- shipniklar taqillaganda va reduksion hamda moy nasosi tirsakli valning 500—600 ayl/min tezligida magistraiidagi moy bosimi 0,05 MPa.dan kam bo'lganda almashtiriladi. Vkladishlarni almashtirish, ular bilan tirsakli valdagi tayanch va shatun bo'yinlari orasidagi tirqish me'yoridan ko'payib ketganda ham amalga oshiriladi. Avtomobil dvigatellarining turiga qarab, tayanch bo'yni bilan vkladish orasidagi me'yoriy tirqish 0,026-0,12 mm, shatun bo'yni bilan vkladish orasidagi me'yoriy tirqish esa, 0,026-0,11 mm oralig'idabo'ladi.
Tirsakli val podshipniklaridagi tirqish, nazorat qiluvchi jez plastinkalari yordamida aniqlanadi. Moylangan plastinka ichquyma va val bo'yni orasiga qo'yiladi hamda qopqoq boltlari dina-mometrik kalit yordamida har bir dvigatel uchun belgilangan me'y°riy burovchi moment bilan tortiladi. («ЗИЛ—130» dviga-telida tayanch podshipniklari 110-130 Nm, shatun podship-niklari 70-80 Nm). Agar 0,025 mm. li plastinka qo'yilganda, tirsakli val juda bo'sh aylansa, bu tirqishning katta ekanligini ko'rsatadi. U holda tirsakli val bo'yni orasiga har biri 0,025 mm.ga qalinroq bo'lgan moylangan plastinkalar qo'yib borilib, tirsakli val his qiluvchi kuch bilan aylanadigan bo'lguncha davom etti-riladi va plastinkaning qalinligiga qarab, kerakii o'lchamdagi vkladishlar tanlanadi.
Tirsakli val bo'yinlarining holati tekshirilgach (yuzada yeyilish va tirnalish izlari bo'lmasligi kerak), tanlangan vkladishlar yuviladi, aiiiladi va motor moyi bilan moylanib, joyiga o'rnatiladi.
Tirsakli valning o'q bo'yicha siljishini sozlash jshlari ko'pgina dvigatellarda tayanch shaybalarini tanlash yo'li bilan amalga oshiriladi. «3M3-53» dvigatellarida orqa tayanch shaybasi va tirsakli val orasidagi tirqish 0,075-0,175 mm, «ЗИЛ-130» dvigatellarida esa 0,075-0,245 mm. ni taslikil etadi. «ЯМЗ» va «ВАЗ» dvigatellarida esa, siljish (0,08—0,23 mm) yarim shaybalar yordamida sozlanadi. Ekspluatatsiya jarayonida o'q bo'yicha siljish kattalashib boradi, shuning uchun JTda shayba va yarim shaybalarning qalinligi, keyingi ta'mirlash o'lchamdagisidan foydalaniladi.
Blok kallagining asosiy nosozliklariga blok bilan birlashuvchi yuza qatlamidagi darz ketish, sovitish ko'ylagidagi darz ketish, klapan yo'naltiruvchisi teshiklarining yeyilishi, klapan o'rin-diqlari faskasining yeyilishi va unda chuqurchalar hosil bo'lishi. klapan o'rindig'ini presslangan yeridan bo'shashib ketishi misol bo'la oladi.

«ЗИЛ—130» (a) va «ВАЗ» (b) dvigatellari silindr kallaklarini bo'laklarga ajratish shakli:


1-klapan birikmasini yechish moslamasi; 2-klapanlarni harakatini chegaralovchi taglik.

Kallak birikmasini ta'mirlash uchun uni bo'laklarga ajratish muhim o'rin tutadi. Sifatli bo'laklarga ajratish detallarni ishdan chiqishining oldini oladi. Shuning uchun bo'laklarga ajratishda maxsus yechgichlardan foydalaniladi.


Alumindan tayyorlangan silindr kallagi yuzasidagi 150 mm. gacha uzunlikda bo'lgan yoriqlar payvandlanadi, payvandlashdan avval yoriqning ikki tomonidan 4 mm diametrda teshik teshiladi. Keyin kallak elektropech yordamida 200°C gacha qizdiriladi, undan so'ng yoriq temir cho'tka bilan
tozalanadi va payvandlanadi. Sovitish ko'ylagi yuzasida uzunligi 150 mm.gacha bo'lgan yoriqlar epoksid yelimi yordamida yelimlanadi. Yelimlashdan awal yoriqqa xuddi payvandlashdan awalgidek ishlov beriladi, aseton bilan moysiz-lantiriladi, ikki qatlam alumin kukunlari aralashtiriigan epoksid yelimi surtiladi va 18—203C haroratda 48 soat ushlabturiladi.

Tozalangan klapan va egar yuzalari:


1-klapan yuzasi; 2-egar yuzasi.

Klapan va uning egarini tozalash sifatini tekshirish:


a—klapan yuzasini tozalash sifatini tekshirish asbobi; b-tekshirish shakli.
Kallakni silindrlar bloki bilan tutashish joyidagi o'yilish va chuqurliklarni frezalash yoki silliqlash yo'li bilan ta'mirlanadi. Islilov berilgan kallak nazorat plitasida teksliiriladi. Bunda 0,15 mm.li shup plita va kallak orasidan o'tmasligi kerak.
Yo'naltiruvchi vtulkalaming teshigi yedirilgan bo'lsa, yangisiga almashtiriladi, Almashtirishda gidravlik press va maxsus moslama ishlatiiadi. Юарап faskalarining yeyilishi va o'yilishi, tozalash yoki silliqlash yo'li bilan bartaraf qilinadi. Tozalash ishlari uchiga klapanni o'ziga majburan tortib turadigan «so'rg'ich» o'rnatilgan pnevmatik drel yordamida bajariladi. Klapanlarni tozalashda, tozalash pastalaridan (15 g M20 yoki M12 elektrokomnd kukuni, 15 g M40 bor karbidi va motor moyi aralashmasi) va GOI pastasidan foydalaniladi. Tozalangan klapan va uning egarida aylana bo'ylab a>l,5 mmkenglikda xira iz hosil bo'ladi.
Tozalangan yuza sifatini klapanning yuqori qismida bosim hosil qiluvchi asbob yordamida ham tekshirish mumkin (3.14-rasm). 0.07 MPa. ga yetgan bosim 1 min ichida sezilarli darajada tushib ketmasligi kerak. Agar klapan egarlarining faskasini tozalash yo'li bilan tikiab boimasa, u holda yuza yo'nish yo'li bilan ta'mirlanadi. Yo'nish 15, 30, 45, 75° H yo'mivchi asboblar yordamida bajariladi. 30я И asbob kirituvchi klapan egarlari uchun, 45C li asbob chiqaruvchi klapan egarlari uchun mo'Ijallangan. Yo'nishdan so'ng faska silliqlanadi va tozalanadi.
Klapan egari o'yilib ketgan yoki bo'shab qolgan bo'lsa, maxsus yechgich yordamida chiqarib olinadi (3.15-rasm, a), teshik esa ta'mirlash o'lchamiga moslab kengaytiriladi. Ta'mirlash o'lchami bo'yicha tanlab olingan klapan egari maxsus presslagich yordamida qoqiladi .
Klapanlarning asosiy nosozliklari ularning faskasini yeyilishi, klapan sterjenini yeyilishi va egilishidan iborat. Klapanlarni saralashda, ularning to'g'riligi va ishchi faskalarini sterjenga nisbatan notekisligi aniqlanadi (3.16-rasm). Nazorat 10 va 11-indikatorlar yordamida bajariladi.
Klapan sterjeni va ishchi faskasining ruxsat etilgan tebranishi texnik shartlarda nazarda tutilgan. Me'yoridan yuqori tebranish hosil bo'lsa, klapan sterjeni to'g'rilanadi. Sterjen tag qismining notekis yeyilishi charx yordamida tekislanadi. Klapan faskasi maxsus charxlash jihozida silliqlanadi.


Klapan cgarini almashtirish shakli:


a-yechgich yordamida egarni yechish; b-egarni qoqish; /-yechgich korpusi; 2-gayka; 3-shayba;
4-vint; 5-uch ushlagichli gayka; 6-toriish prujinasi; 7-ushlagich konusi; 5-yechgich ushlagichi;
9, /2-o'rnatilgan egarlar; /O-silindrlar kallagi; //-qoqgich.


Klapanlarni tekshirish moslamasi:

1-maxovik; 2-valcha; 3-ustuncba; 4-vtulka; 5-barmoq; 6-kronshleyn; 7-rolik; S-markaz;


9-prizma; 10, /-/-indikatorlar; 72-plita.
Klapan turtgichlarining yoysimon va silindrsimon yuzalari yeyiladi. Uning sterjeni silliqlab, keyingi ta'mirlash o'lchamiga keltirish yo'li bilan tiklanadi. Koromisloning yeyilgan bronza vtulkalari yangisiga almashtirilib, uning ichki diametri ta'mirlash yoki me'yoriy o'lchamlarga keltiriladi. Yangi vtulkalar qo'yilganda, moyning o'tishi uchun teshiklar teshiladi.
Detallarni tiklovchi maxsus ustaxonalari bo'lgan katta ATKlar, avtobirlashmalarda tirsakli va gaz taqsimlovchi vallar ta'mirlanadi. Tirsakli valning yedirilgan tayanch va shatun o'rnatuvchi bo'yiniari hamda gaz taqsimlovchi valning tayanch bo'yinlari silliqlash jihozlari yordamida ta'mirlash o'lchamlariga keltiriladi.
Silliqlashdan so'ng tirsakli va gaz taqsimlash valining bo'yinlari abraziv lentasi yoki GOI pastasi yordamida tozalanadi. Gaz taqsimlash valining yedirilgan mushtchalariga maxsus silliqlash jihozlari yordamida ishlov beriladi.
Silindrlar kallagini maxsus jihozlar yoki chilangarlik dastgohida yuqorida keltirilgan moslamalar (3.12-rasm) yordamida yig'iladi. So'ngra agregatlarni ajralish yuzalarining shpilkalariga zichlagichlar o'rnatiladi va kiritish hamda chiqarish kollektorlari o'z joyiga mahkamlanadi. Yig'ilgan kallak silindrlar blokiga o'rnatiladi va biriktirish gaykalari belgilangan ketma-ketlikda mahkamlanadi. Moy filtri, tekshirish naychasi termostat, suv nasosi, yonilgi nasosi, havo filtri bilan birgalikda karburator, kompressor, generator, startyor va boshqa agregatlar dvigatelga yig'iladi. Dvigatel yig'ib boiingach, chiniqtiriladi va sinovdan o'tkaziladi.
Dvigatelni chiniqtirish va sinash ishlari maxsus dvigatelni sinash jihozi (3.17-rasm) yordamida uch bosqichda amalga oshiriladi: sovuq, yuklanishsiz issiq va yuklanish ostida issiq. Har bir bosqich ikki qismdan iborat bo'ladi. Masalan, sovuq holda chiniqtirish tirsakli valning 400-600 ayl/min aylanishlar sonida 15 min, so'ngra 800-1000 ayl/min.da 20 minut o'tkaziladi.
Yuklanishsiz issiq chiniqtirishda avval tirsakli val 1000-1200 ayl/min.da 20 minut, so'ngra 1500-2000 ayl/min.da 15 minut aylantiriladi. Issiq yuklanish ostida chiniqtirishda 11 - 15 kVt yuklanish beriladi va 25 min tirsakli val 1600-2000 ayl/min tezlik bilan aylantiriladi. So'ngra 29-44 kVt yuklanish berilib, tirsakli val 2500-2800 ayl/min tezlikda 25 min aylantiriladi.
Sovuq chiniqtirishda dvigatelning tirsakli vali elektrodvigatei (14) yordamida aylantiriladi. Bu davrda dvigatel barcha birik-malarining geometrik shakllari va ishchi yuzalarning holati o'zgaradi va uncha katta bo'lmagan yuklanishda ishlashga moslashadi.

Dvigatelni sinash jihozi:


1-sovitish suyuqligi baki; 2-dvigatel; J-plita; 4-shkivlaming himoya g'ilofi:
5-sovitish tizimiga kekivchi suvni berkitish krani; 6~dvigatelning oldingi tayanchini
mahkamlash gaykasi; 7-suyuq yonilg'i bilan ta'minlash krani; 8-ustunni qotirish
gaykasi; 9-yonilg'i berkitish krani; 10-chiqarish quvurini mahkamlash gaykasi;
11-ustun; 12-dvigatelning orqa tayanchini mahkamlash bolti; 13-kardan valini himoya
g'ilofi; 14-elektrodvigatei; 15-suyuqlikli reostat; 16-reostatni boshqarish ushlagichi;
17-elektrodvigatelni boshqarish tugmasi; 18-yuklanishni ko'isatuvchi raqamli ko'rsatgich; 19-ogohlantirish lampasi; 20-Maxometr; 21-moy harorati ko'rsatgichi;
22-suv harorati ko'rsatgichi; 23- manometr; 24- boshqarish pulti korpusi; 25-uzatmalar qutisi ushlagichi; 26-karburator drosselini boshqarish tortqisi; 27- qo'l tormozi richagi; 28- ilashish muftasi tepkisi; 29-vodoprovoddan suvni berkitish krani.
Yuklanishsiz issiq chiniqtirishda (dvigatel salt yurish tartibida ishlaydi) ishqalanish yuzalarini navbatdagi moslashishlari nazarda tutilgan. Bunday chiniqtirishdan maqsad dvigatelni foydalanish uchun tayyorlashdan iborat. Har bir turdagi avtomobil dvigateli uchun chiniqtirishning muqobil tartibi o'rnatilgan.
3.3. Dvigatelning sovitish tizimiga texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash texnologiyasi
Sovitish tizimining nosozliklarini quyidagi tashqi belgilaridan bilsa bo'ladi: - dvigatel uzoq muddatda, zo'riqib ishlamaganda ham qiziydi, agar ta'minot va o't oldirish jihozlari noto'g'ri sozlangan bo'lsa, radiator suyuqligi qaynab ketadi;

ISHLAB CHIQARISH VA UNING ОMILLARI


Ishlab chikarish har qanday jamiyatda uning ijti-mоiy-siyosiy tuzumidan katiy nazar ijtimоiy harakterga ega, ya`ni ishlab chikdrish оdamlar birgalikda faоliyatlarining masulidir. Shuningdek, ishlab chiqarish оdamlar, ularning xayotini davоm ettirish va farоvоnligini оshirish uchun оlib bоriladi. Aslida оdamlarning hayvоnоt dunyosidan jiddiy farqi xam shundaki, оdamlar uz iste`mоllarini uz qo’llari bilan yaratib qоndiradilar. Bu haqda ulug’ bоbоkalоnimiz Abu Ali Ibn Sinо uzining «Tibbiyot dоstоni» asarida ko’rsatib o’tgan edi.
Ishlab chiqarish tоvarlar va xizmatlarning yaratilishi va ularni qanday maqsadlarda yo’naltirilishiga qarab ikki qismga bo’linadi.
1. Mоddiy ishlab chiqarish. Оdamlar iste`mоl qiladigan ne`matlarning bir qismi mоddiy shaklda bo’ladii. Masalan, kiyim-kechak, uy-jоy, оziq-оvqat, isitish va tоzalanish vоsitalari kabilar. Shuningdek, bu bo’limgaоdamlarga mоddiy xizmat ko’rsatish bilan bоg’liq ne`matlar ham kiradi. Masalan, transpоrt, alоqa, axbоrоt uzatish kabilar. Mоddiy ishlab chiqarish sоxasiga sanоat, qishlоq xujaligi, transpоrt, alоqa, qurilish kabilar kiradi.
2. Nоmоddiy ishlab chisarish. Оdamlar iste`mоl qiladigan ne`matlarning nоmоddiy va xizmat ko’rsatish shakllarida yaratilishi. Bu sоhaga tibbiyot va sоg’lоmlashtirish, maishiy xizmat, xalq, ta`limi, madaniy xizmatlar kiradi.
Insоniyat taravdtyoti tarixida bu ikki bulinma ma`lum nisbatda rivоjlanib keladi. Ularning qanday nisbatda bulishi mamlakat yoki mintaqadagi ishlab chiqarish hоlatiga, ishlab chikarish оmillaridan qanday fоydalanilayotganligiga, mexnat taq,simоtining qanday yulga quyilganiga va bоshka оmillarga bоg’lik.. Masalan, hоzirgi rivоjlangan mamlakatlarda mоddiy ishlab chi­qarish samaradоrligi juda yukqоri. Sababi bu sоxaning unumli ishlashi uchun nоmоddiy sоxa rivоjiga katta etibоr beriladi, mehnatga yarоqli оdamlarning 75-80 fоizi nоmоddiy sоxdaa ishlaydi, buning ustiga ular­ning ma`rifiy darajasi xam ancha yuqoridir.
Ishlab chiqarish оmillari va ularning qo’shilish harakteri. Ishlab chikarish - ishlab chikarish оmillarining iste`mоl qikilinishidan ibоratdir, uning bоshla-nishi xam ana shu оmillar mavjudligiga asоslanadi. Ishlab chikarish оmillari ishlab chikarishni takrоr davоm ettirish uchun xam ishlab chikariladi. Xоzirgi zamоn iktisоdiyotida ishlab chikarish оmillariga yer, kapital, mehnat, tadbirkоrlik va ekоlоgik оmillarni kiritiladi.
Yer оmili - tabiiy оmildir, u insоn mexnatining maxsuli emas. yer оmiliga uning оstki-ustki bоyliklari, ya`ni tabiiy bоyliklar, haydaladigan, sugоriladigan yer maydоnlari, o’rmоn va o’tlоqlar kiradi. Bizning respublikamiz bu sоxada juda katta salоxiyatga ega. Masalan, Uzbekistоn umumiy yer maydоnnint 62,5 fоizini (28 mln.ga) qishlоq. xujaligiga qarashli yerlar tashkil etadi. Uning 4,5 mln. gektari xaydaladigan yerlardir. Bu bizning eng qimmatbaxo milliy bоylngimizdir. I. A. Karimоvning «Uzbekistan XXI asr busaga-sida: xavfsizlikka taxdid, barkarоrlik shartlari va garak.kiyot kafоlatlari» nоmli mashxur asarida Vatanimiz tabiiy bоyliklari haqida yuksak gurur bilan yoziladi. Masalan, hozirgacha 900 dan оrtik. kоn kidirilib tоpilgan bulib, ularning tasdiklangan zaxiralari 970 mlrd. AQSH dоllarini tashkil etadi, xar yili respublika kоnlaridai 5-6 mlrd dоllarlik fоydali qazilmalar оlinmоkda. Vatanimiz yer qaridagi 30 dan оrtiq kоnlardan asl metallar kazib оlinadi.
Kapital оmili - iktisоdiy оmildir, u ishlab chikarishning mоddiy zaminini tashkil etadigan mashinalar, binо va inshооtlar, asbоb-uskunalar, turli dastgоhlar, transpоrt va kоmmunikasiya vоsitalaridir. Ishlab chikarishning bu mоddiy оmillari qatоriga xоm ashyolar, yoqilg’i va, elektrenergiya, yordamchi buyumlar ham kiradi. Kapital оmillaridan ishlab chikarish­ning bir necha bоsqichida qatnashadigan qismiga asоsiy kapital (imоrat va inshооtlar, mashina va mexanizmlar, asbоb-uskunalar, transpоrt vоsitalari) deyiladi; kapitalning bir ishlab chiqarish bоsqichida ishlatiladigan qismi (xоm ashyo, yok,ilgi, elektr-energiya, zaxira kttsmlar va shu kabilar) aylanma kapital deyiladi. Asоsiy va aylanma kapitallar bir-biridan yemirilish (eskirishi) jihatidan farklanadi. Agar asо­siy kapital yemirilsa, (bir necha yil xizmat kilganligi tufayli), aylanma kapital eskirmaydi xam, yemi-rilmaydi xam. Zerо, kapitalning bu qismi faqat bir marta qullaniladi.
U bоshqa shaklda yangi mahsulоtda to’laligicha mujassamlashadi. Masalan, mineral o’tit paxta hоsilida, yem-xashak go’sht va sutda, yoqilgi u iste`mоl qilingan tоvarda uz mоddiy asоsini tоpadi.
Mehnat оmili - insоn оmilidir. Mexnat оmili deyilganda insоnning uzi emas, uning ishlay оlish qobiliyati nazarda tutiladi. Bunday qobiliyatni ish kuchi deb yuritiladi. Ko’pincha ish kuchi оmilini shaxsiy оmil x.am deygshadi. Оdatda ish kuchi sarfini xisоb-lash uchun ish kuni yoki ish vaqti kategоriyalari qulla­niladi. Ish kuni - xоdimning ish jоyida, ishlab chisarish jarayonida bo’lgan vaqtidir. Ish kuchi xam miqdоr xam sifat tavsiflariga ega. Miqdоr jixatidan, ish kuchi ishga yarоqli mexnat resurslaridan, sifat jixatdan esa ishlоvchilarning bilimi, tajribasi, ukuvi, mahоrati, madaniyati, ma`naviy kiyofasidan ibоrat korsatkichlardir.
Ishlab chikarishning natijasi (max.sulоt mikdоri va sifati) kop jihatdan ishlоv-chining sifat kursatkichlariga bоglikdir.
Ishlab chikarish оmillarining birikishi ikki xil bo’ladii:
1. Оmillarning bilvоsita birikishi. Bunda ishlab chikarishning mоddiy va shaxsiy оmillari turli mulk egalariga karashli bulib, ularning birikuvi (ya`ni ishlab chikarish) bоzоr yordamida sоdir bo’ladii. Ikki mulk egaligi - ish kuchi egasi va mоddiy оmillar egaligi uzarо birikadi. Bunda maxsulоt ishlab chika-rish natijasi ishlab chikarish оmillari egasi kulida bo’ladii, taksimоtni xam u belgilaydi.
2. Оmillarning bevоsita birikishi. Bunda ishlab chikarish оmillari bir kulda bo’ladii, bir mulkdоr tasarrufida bo’ladii, ishlab chikaruvchi mulkdan maxrum bulmagan bo’ladii. Natijada ishlab chikarishda unumdоr-lik bo’ladii, manfaatdоrlik ruyobga chikadi, ishlab chi­karish оmillarini avaylash, tejab-tergab fоydala-nish, tejamli xujalik gоritish amalga оshadi. Bizning xrzir kuraetgan iktisоdiyot ishlab chikarish vоsitala-riga sub`ektlarning egaligini jоriy etadi, mulkdоr-lar sinfi vujudga keladi.
Ishlab chikarish natijasining kuzlangan darajasi bulishi ikki оmilga bоglik,. Birinchidan, sifati yaxshi оmillarni, ularning arzоn, kulay va urinbоsar turla-ridan fоydalanishga bоglik, bulsa, ikkinchidan, xuja-likni bоshkarishning ilgоr, zamоnaviy ilmiy asоs-langan usullaridan fоydalanishga bоglik,. Ishlab chi­karish оmillarining ana shunday samarali bulishi uchun menejmentlik (bоshkaruv ilmi) va marketing (bоzоrni urganish ilmi) bilimlarini chukur urganish talab etiladi.



Mexnat qоnunlarining umumiy meyorlari


O’zbekistоn Respublikasining Kоnistitutsiyasida, shuningdek O’zbekistоn Respublikasining Mexnat kоdeksida bayon qilingan. Bu xujjatlarda quyidagilar aniq belgilab qo’yilgan;
-ishlab chiqishdagi mexnat bitimlari;
-mexnatkashlarning i shvaqt iva dam оlish rejimi;
-ayollar va o’smirlarning mexnat sharоiti;
-xоdimlarning ishiga qabul qilish, bоshqa ishga o’tkazish va bo’shatish tartibi;
-bоshqa qоidalar.
O’zbekistоn Respublikasi Mexnat kоdeksiga muvоfuq ishchi va xizmatchilarning quyidagi xuquqlari bоr:
-sarflangan mexnatning miqdоri va sifatigamоs ravishda davlat tоmоnidan kafоlatlangan ish xaqi оlish;
-ish kun iva ish xaftasini cheklash xaqidagi qоnunlarga muvоfiq xоlda dam оlish huquqi
- sоg’lоm va xavfsiz ish sharоitiga dоir xkquqLar:
- bepul kasb- hunar o’rganish va bepul malaka оshirish:
- kasb- hunar uyushmalariga birlashish:
- qariganda davlat ijtimоiy sug’urtasi tartibida, shuningdek, kasallanganda va ishlash qоbilyatini yo’qоtganida davlat mablag’lari hisоbiga mоddiy ta`minlash.
Jamоa shartnоmasi maxalliy kasaba uyushmasi kumitasi tоmоnidan tuziladi. Jamоa shartnоmasida kuydagi masalalar
Ushbu kоrxоna uchun belgilangan mexnat va ish xaki, ish vakti, dam оlish vakti, mexnatga xak tulash va mоddiy ragbatlantirish, mexnat muxоfazasi xakidagi asоsiy kоidalar baen kilinadi bular ma`muriyat va kasaba uyuushmasi kumitasi tоmоnidan, ularga berilgan xukuklar dоirasida ishlab chikilib, me`yоriy tusda bo’ladii.
Jamоa shartnоmasini tuzishdan оldin uning lоyihasi kоrxоna xоdimlarining umumiy yig’ilishida muhоkama qilinib, tasdiqlanishi lоzim.Mehat shartnоmasi (kоntrakti) xоdim bilan kоrxоna, idоra, tashkilоt оrasidagi bitim bo’lib, unga ko’ra xоdim muayyan ixtisоs, malaka yoki lavоzim bo’yicha ish bajarish, ichki mehnat tartibiga riоya qilish majburiyatini оladi: kоrxоna, idоra, tashkilоt esa mehnat haqidagi qоnunlarda, jamоa shartnоmasida va tоmоnlarning kelishuvida nazarda tutilgan mehnat sharоitini yaratish majburiyatini оladi.
-mehnat sharоiti zararli kоrxоnalarda(kimyoviy mоddalar ishlab chiqarishda):
- оg’ir yuklarni ko’tarish va tashish bilan bоg’liq ishlar bajariladigan kоrxоnalarda:
-er оsti kоrxоnalarida:
-tunda yoki kechki smenadaO’smirlar uchun ish kuning muddati quydagicha:
14 yoshdan 16yoshgacha- 4sоat
16 yoshdan 18 yoshgacha- 6sоat
18 yoshdan kattalarga-8 sоat qo’shuv tanaffus.
18 yoshga to’lmagan shaxslar quydagilarni bilishlari kerak:
14 yoshdan 16 yoshgacha quydagicha yuk ko’tarishga ruxsat etiladi:
-qizlarga ko’pi bilan 10 kg
-yigitlarga ko’pi bilan 16kg
18 yoshga to’lganlarga quydagicha yuk ko’tarishga ruxsat etiladi:
-qizlarga ko’pi bilan 20 kg
-yigitlarga-ko’pi bilan 50 kg.


Ekologiya


Tabiatni muhofaza etish bo'yicha an'anaviy chora-tadbirlar (masalan, murakkab tozalash qurilmalarini qurish) garchand tabiiy muhit ifloslanishi va biosfera holati yomonlashuvining oldini olsada, ammo bu ekologik jarayon yo'nalishini tubdan o'zgartira olmaydi. Ular tabiatni himoya qilishda yordam beradi, xoios. Ammo undan olingan mahsulot boyliklarni qayta tiklash, uzilib qolgan hayotbaxsh biosferik sikllarni o'z izmiga tushirish borasida samarasizdir. Negaki, qayta tiklanmaydigan organik manbalar (neft, ko'mir, slaneslar) o'simlik qatlami qoldiqlari «tabiat labo-ratoriyasi»da organik qayta ishlangan mahsulot hisoblanadi. Ular endi qaytadan hech vaqt sintezlanmaydi. Kesilib ketgan o'rmonlar ham ko'p joylarda o'z-o'zidan qayta tiklanmaydi. Sun'iy ravishda ekilgan ko'chatlar o'rnida esa, qimmati qadimgi daraxtzorlarnikiga o'xshamagan o'rmon paydo bo'ladiki, ko'pincha ular oziqlanish tartibini buzib yuboradi. Buning oqibatida faqat ma'lum ekologik shart-sharoitlardagina hayot kechiradigan ko'plab hayvon va o'simliklar qirilib ketadi.
Eng katta miqyoslarda qurilgan tozalash qurilmalari yordamida ham uzluksiz ravishda rivojlanayotgan sanoat ishlab chiqarishining zararli ta'siridan atrof-muhitni himoya qilish muammosini to'la hal etib bo'lmaydi. Bu muammolarni faqat ekologik xavfsiz, kam chi-qindili va chiqindisiz texnologik jarayonlarni yaratish yo'li bilangi-na muvaffaqiyatli hal etish mumkin. Negaki, sanoatda sintezlanadi-gan murakkab kimyoviy moddalar tabiatda o'z-o'zidan yemirilib ketavermaydi. Bundan tashqari, ba'zi sintezlangan moddalar tabiiy atrof-muhit uchun zaharli hisoblanadi.
Bu esa ayrim tirik orga-nizimlarda ba'zi salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi, hatto ularning o'limiga ham sabab bo'lishi mumkin. Shu bois olimlar zimmasida muhim muammolar turibdi. Ular xalq xo'jaligining turli sohalarida qo'llaniladigan kimyoviy moddalarning ekologik tizim uchun kel­tirib chiqaradigan bilvosita uzoq salbiy oqibatlarni oldindan aytish-lari lozim. Ma'lumki, ko'p preparatlarning salbiy oqibatlari tezda sezilavermaydi va hatto u dastlabki paytlarda ancha-muncha foyda keltirayotgandek tuyulishi ham mumkin. Ammo u tufayli olingan foydadan ko'ra uning zarari ko'proq bo'lgan hollar ham kuzatiladi. Masalan, ommaviy tarzda DDT preparatining qo'llanishini olib ko'raylik. Uning foyda o'rniga odamlarga ko'plab zarar keltirgani hammaga ma'lum-ku!
Tajribalar shundan dalolat beradiki, ishlab chiqarishning mavjud industrial texnologik usuli asosida jamiyatning tabiat bilan o'zaro ta'sirini optimallashtirish muammosini to'la hal etib bo'lmaydi. Ishlab chiqarishni sifat jihatdan tamomila yangi texnologik usulga o'tkazish kerak. Bu yosh avlod ishidir. Fan texnika va ijtimoiy taraqqiyotning o'zi ekoiogiyalashgan ishlab chiqarishga olib kelishi lozim. Ammo Vatanimizning kelajagi bo'lmish yoshlar fan yutuqlariga tayanib, sifat jihatdan yangi texnologik jarayonlarni ishlab chiqishi va uni amaliyotga keng tatbiq etishlari zarur. Bunday ish­lab chiqarishning o'ziga xos xususiyati shundan iborat bo'Iadiki, u tabiatning o'z-o'zini tiklashiga yordam beradi.
Ekologiyalashtirilgan ishlab chiqarish murakkab yopiq jarayondan iborat. Bunda barcha chiqindilar yana qaytadan ishlab chiqa­rish siklida foydalaniladi. Bu yerda biotexnologiyaning o'rni beqiyos bo'ladi, ya'ni ishlab chiqarishda mikroorganizmlardan foydalaniladi. Ular oksidlashtiklash jarayonini tezlashtiradi. Biotexnologiya yordamida ishlab chiqarilgan mahsulotlar ishonchli va toza bo'ladi. Ekologiyalashtirilgan ishlab chiqarishda bir bosqich chiqindilari ikkinchi bosqich uchun xomashyo vazifasini o'taydi. Inson ehtiyojlari uchun olingan mahsulotdan foydalanilgandan so'ng u yana qayta ishlanib, ishlab chiqarish jarayoniga kiritiladi. Bunday ishlab chiqarishga uzoq vaqt kosmik parvozda bo'lgan kos-monavtlar chiqindilarini qayta ishlash misol bo'la oladi.
Qishloq xo'jaligida o'simliklaming yowoyi turlari genlarini o'tkazish yo'li bilan madaniy o'simliklar (javdar, bug'doy, kartoshka)ning virusli kasalliklarga chidamli bo'lishiga erishish borasida tajribalar olib borilmoqda. Bu sohada erishilgan yutuqlar qishloq xo'jaligi mah-sulotlarini ishlab chiqarishni oshirishga xizmat qiladi.
Ekologiyalashtirilgan ishlab chiqarishda sifat jihatdan yangi energiya manbayiga o'tiladi. Bu uning xususiyati hisoblanadi.
Negaki, hozirgi zamon industrial ishlab chiqarish yonilg'ining kimyoviy turlari - ko'mir, neft, tabiiy gaz, torfdan foydalanishga asoslanilgan. Bu tabiiy boylikiar million yillar davomida to'plangan. Bugungi kunda esa ulardan juda jadal sur'atlarda foydalanilmoqda va ko'p vaqt o'tmay ular tugab qolishi ham mumkin.
Energiyaning yangi manbalariga o'tish zarurati faqat manbalarning tugab qolishi va atrof-muhitning ifloslanishi tufayli tug'ilmagan. Yangi energiya manbalaridan foydalanish xomashyo resurslarining tugashi bilan bog'liq global tanglikning
oldini olishi mumkin. Bunda bizga fan texnika yordam beradi. Sanoat ishlab chiqarishi «yopiq jarayon» larga o'tkazilishi kerak. Bunday jarayon tabiatning o'zida mavjud bo'lib, unda hech narsa chiqitga tashlanmaydi, chunki hammasi qaytadan iste'molga kiradi. Ilmiy nuqtayi nazardan qaraganda, garchand ancha murakkab bo'lsada, «yopiq jarayonlar» ni to'la amalga oshirish mumkin. Yopiq jarayonlarni amalga oshirishda, energetik jarayonlarni oshirish zarurati eng asosiy masala hisoblanadi. Shu bois bu jarayonlarni global miqyosda o'zlashtirib olish uchun odamlar amalda cheklanmagan quwatli energiya manbayiga ega bo'lishlari kerak.
Yangi energiya manbalarini izlash bugungi kunda ilmiy tadqiqot markazida turibdi. Dunyoning ko'pgina mamlakatlarida atom energiyasidan foydalanilmoqda. Butun dunyoda 300 ga yaqin AES ish­lab turibdi. Dunyoda ishlab chiqilayotgan butun elektr enegiyaning 20 foizi AESlarga tegishlidir.
Kimyoviy usullarda olinadigan va atom energiyalaridan tashqari yana quyosh, geoterminal, shamol, dengiz suvining ko'tarilishpasayishi va noan'anaviy qayta tiklanmaydigan boshqa turdagi energiyalar ham mavjud. Bu qayta tiklanadigan energiya manbalari va ikkilamchi energiya resurslaridan kengroq foydalanish masalasini hayotning o'zi ilgari surmoqda.
Mutaxassislar vodorodga energiyaning istiqbolli manbayi sifatida qaraydilar. Bizning sayyoramizda vodorod zaxiralari deyarli cheklanmagan. Undan issiq energiya manbayi sifatida, shuningdek, transportda, sanoatda, turmushda foydalanish mumkin. Buning esa atrof-muhitni sof saqlashda ahamiyati juda kattadir. Chunki vodorod yonishi jarayonida faqat distillangan suv bug'i hosil bo'ladi, xolos. Sanoat miqyosida asosan oddiy suvdan vo­dorod ishlab chiqarishning ko'pgina usullari topilgan.


Men Namangan qishloq xo`jalik kasb-hunar kolleji Yerusti transportlarini boshqarish va ularni tamirlash yo`nalishi ___-guruh o`quvchisi _______________________________________________menga berilgan ____________________________________________


___________________________________________________
loyihasi ustida diploma oldi amaliyoti qolaversa shu kollejda nazariy o`quv amaliy, hamda maxsus fan o`qituvchilarini mutaxasislik soham bo`yicha ko`plab bergan zamonaviy texnika va ularni ishlatish sirlarini qunt bilan o`rgatganliklari natijasida hamda ikki oylik diplomoldi amaliyotidagi ko`plab to`plagan hujjatlarim, ateriallar adabiyotlardan foydalangan holda muvofaqiyatli yozishga erishdim. Kelgusida hayotda biz yoshlarga buyuk O`zbekiston Prezidenti Islom Abdug`aniyevich Karimovni keng imkoniyatlarni yaratib berganligi har bir kichik tadbirkor qonun asosida himoyalanganligi biz yoshlarni albatta quvontiradi. Kelgusida kichik tadbirkorlik ishlarri asosida shug`ullanib avtomobillarga texnik xizmat ko`rsatuvchi kichik korxona ochib el, xalq xizmatiga kamarbasta bo`lmoqchiman. Menga hayotga yo`llanma berayogan Namangan qishloq xo`jalik kasb-hunar kolleji rahbariyatiga menga bilim bergan barcha murabbiylarga, ishlab chiqarish talim ustalari barcha ishchi xodimlarga o’zimni chuqur minnaddorchiligimni izxor etaman.Kelajakda qanday yaxshi mofaqqiyatlarga erishsam shu kollejda olgan bilimlarim samarasi deb o`ylayman.
Diplom ishsini bajarish davrida Osiyo taraqqiyot banki tomonidan kredit asosida keltirilgan zamonaviy jixozlardan foydalanishni chuqur va mukammal o’rgandim.
Ushbu diplom ishida quyudagi ishlarni bajarishga erishdim:

  • kirish

  • asosiy qism

  • iqtisodiy qism

  • mehnat muhofazasi

atrof - muhit muhofazasi

  • xulosa

  • foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati

Kirish qismida hozirgi kundagi qishloq xo’jaligining rivojlantirishda qishloq ho’jalik tehnikalarini rivojlantirish va avtotransportlar dolzarbligi haqida fikr yuritilgan ;

  • dvigatelning nazorat ko'rigi va uni iagnostikalash haqida ma’lumot keltirilgan

  • dvigatelning krivoship-shatun va gaz taqsimlash mexanizmlariga txk hamda ta'miriash haqida ma’lumot keltirilgan

  • Iqtisodiy qismda avtotransportga bog’liq ishlab chiqarish haqida ma’lumot keltirilgan

Texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasi bandida qishloq ho’jaligida tehnikalar bilan ishlaganda qilish lozim bo’lgan xavfsizlik texnikasi bo’yicha ma’lumotlar berilgan;
Atrof-muhit muhofazasi qismida atrof muhit himoyasi bilan bog’liq ma’lumotlar aks ettirilgan;
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati bo’limida diplom ishini tayyorlashda foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati va internet saytlari ro’yhati taqdim etilgan.
Grafika qismida mavzuga oid chizmalar ilova qilinadi.
Men kollejda o’zim qiziqqan sohani tanlab o’qidim va kelajakda qiziqqan soham va tanlagan kasbimni mohir ustasi bo’lishga xarakat qilaman.
Bu harakartim davomida bilimlarimni boyitish uchun oliy o’quv yurtida o’qishimni davom ettirib yetuk mutaxassis bo’lib vatanimga hizmat qilmoqchiman.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.





  1. I.A.Karimov - «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’lari va choralari» Toshkent – “O’zbekiston”- 2009

  2. I.A.Karimov. “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” Toshkent – “O’zbekiston”- 2008

  3. I.A.Karimov - «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida» - 1997 yil

  4. Abdiyev A. - «Qishloq xo‘jalik mashinasi» 2003 yil

  5. YU.I.Boroviskix - «Avtomobillarni tuzilishi, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash» - 2001 yil

  6. A.I.Komilov - «Traktor va avtomobillar» -2003

  7. B.M.Mavlonov - «Avtomobil va dvigatellarni ta’mirlash»-2002 yil

  8. L.Qудратов - «Mexnat muhofazasi» - 2002 yil

  9. I.Xolliyev - «Ekologiya»- 2001 yil

  10. B.A.Xo‘jayev - «Transport ekologiyasi» - 1990 yil

  11. Q. Yo’dashev - “Iqtisodiyot asoslari” ” Toshkent –2002

  12. Sobirov X - Sug’urta “Mehnat 1998 y





Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish