5-MAVZU. MARKAZIY OSIYO DAVLATLARI AHOLISI VA TRANSPORT GEOGRAFIYASI.
REJA.
1. MOD aholisining tabiiy o’sishi va zichligi.
2. MOD aholisining etnik kelib chiqishi va joylashishi.
3. MOD transport geografiyasiga umumiy ta'rif.
1. MOD aholisining tabiiy o’sishi va zichligi.
Iqtisodiy va sosial yoki umumjahon an'analariga mos ravishda ijtimoiy geografiya fani tizimida aholi nihoyatda muhim va markaziy o’rinni egallaydi. U ba'zi olimlar ta'biri bilan aytganda, ijtimoiy geografiya fanining ichki o’zak bo’lagi, qanoti sifatida xizmat qiladi. Shu bois iqtisodiy va sosial geografiyada aholiga e'tibor doimo kuchli bo’lgan. Ma'lumotlarga qaraganda, geografiyada bajarilayotgan jamiki ilmiy ishlarning choragidan ko’proІi aynan ana shu aholi muammolariga to’Іri keladi. Chunki, mamlakat, uning iqtisodiy rayonlari, xalq xo’jaligini hududiy tashkil etish va rivojlantirishda aholining soni, tarkibi, takror barpo qilinishi rejimi, ishlab chiqarish malakalari, migrasion harakati, hududiy joylanishi xususiyatlari kabi ko’rsatkichlar katta ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |