Dunyoqarashning tarixiyligi yana shundaki, u ma’lum bir jarayonda



Download 40,24 Kb.
bet4/13
Sana09.08.2021
Hajmi40,24 Kb.
#143011
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
falsafa 10 mavzu

Bilish va til. Til ong va tafakkur, bilish jarayonining insongagina

xosligini isbotlovchi omillardan biridir. Xo‘sh, til deganda

o‘zi nima tushuniladi? Til, bu eng avvalo, muayyan belgilar tizimi

demakdir. Ammo, tilning xususiyatlarini shu bilangina cheklash

to‘g‘ri emas. Negaki, muayyan belgilar tizimi hayvonlarga ham

xos, ular yordamida jonzotlar o‘rtasida muayyan axborot almashinuvi

sodir bo‘ladi.

Aytaylik, kabutarlarining «muhabbat» raqsi, jonzotlarning

xavf-xatar paydo bo'lganda turli tovush — belgilar yordamida

bir-birini ogohlantirishi, ayrim hayvonlarning o‘zi yashaydigan

hududni turli yollar bilan «chegaralab» chiqishi ana shunday belgilar

tizimining o‘ziga xos ko‘rinishlaridir. Lekin, jiddiy e’tibor

beriladigan bolsa, bu belgi — signallar tizimi uzoq davom etgan

evolyutsiya davomida hosil qilingan reflekslar ekanligiga ishonch

hosil qilish mumkin.

Demak, til belgilar tizimi sifatida kelib chiqishidan qat’i nazar

faqat insongagina xos va u ong bilan uzviy bogliqdir. Negaki,

tilda ong gavdalanadi. Til yordamidagina ong kishining o‘zi

va boshqalar uchun voqelikka aylanadi. Tilda ifodalanayotgan

ma’no-mazmunning anglanishi insonning umumiy bilim darajasi,

qiziqishi, qobiliyati, konkret sharoitdagi kayfiyati kabi omillarga

ham bogliq boladi. Til fikrlash quroli, muloqot vositasi

sifatida doimiy takomillashuv jarayonini boshidan kechirmoqda.

Ayni paytda insoniyat biz kundalik hayotda qollaydigan tabiiy til

bilan bir qatorda muloqotning rang-barangligini ta’minlaydigan,

fikrni ifodalashga xizmat qiladigan o‘ziga xos imo-ishoralar

raqs, musiqa «tiliga» ham ega. Shunday bolsa-da, ular so‘zga

ko‘chgandagina anglashiladi, undagi mazmun tushunarli boladi.

Shu bilan birga milliy tillar bilan bir qatorda ilm-fan yutuqlarining

tez tarqalishida muhim rol o‘ynaydigan internatsional til

— fan tili, uning tushunchalari va formulalari ham borligini

unutmaslik kerak. XX asrda qollanish doirasi tobora kengayib

borayotgan elektron hisoblash mashinalarining «beysik», «fortan

» kabi tillari yaratildi. Kompyuterlarning ijtimoiy hayotdagi

roli tez o‘sib borayotgan hozirgi davrda bu «til»lar axborotlarning

uzatilishi hamda qabul qilinishida katta ahamiyat kasb etmoqda

va vaqt bu jarayonlarning yanada tezlashayotganligini

ko‘rsatmoqda

Til o‘ziga xos tarixiy xotira rolini o‘tashini ham unutmaslik

kerak. Bu milliy tillar misolida ayniqsa, yaqqol ko‘rinadi. Zero,

millat tilida uning o‘zligi, bosib o‘tgan tarixiy yo‘li, tafakkur tarzi

aks etadi, mustahkamlanadi. Shunday ekan, mustaqillik sharoitida

milliy tilimiz rivojiga alohida e’tibor berilayotganligi milliy

o‘zligimizni anglashimizning o‘tish jarayonida milliy istiqbolimizni

belgilashning uzviy qismi sifatida qaralmog‘i lozim.


Download 40,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish