Nikoh — eng qadimgi axloqiy munosabat shakli. Nikohning qonuniy va diniy jihatlari. Nikoh o‘z mohiyatiga ko‘ra axloqiy
hodisa. Nikoh — erkak va ayolning teng huquqli, erkin va ixtiyoriy
ittifoqi bo‘lib, u fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish
organlarida tuziladi va oila tuzish maqsadiga xizmat qiladi. Oila
jamiyatning dastlabki bo‘g‘ini sanaladi va davlatning rivojlanishida
muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki oilada tug‘ilib, tarbiya
topayotgan yosh avlod jamiyatning, davlatning ertangi kunini,
istiqbolini belgilab beradi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.M.Mirziyoyevning 2018-yil 2-fevraldagi «Xotin-qizlarni
qo‘llab - quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi
faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi
qarori oila mustahkamligini ta’minlash, uning ijtimoiy vazifalarini
amalga oshirish imkoniyatlarini kengaytirish, ayniqsa, oilaning
farzandlar tarbiyasidagi nufuzini oshirishga ko‘maklashish
hamda mamlakatimizda oila va nikoh munosabatlarining qadriyat
sifatida e’tirof etish uchun asosiy poydevor bo‘lib xizmat
qiladi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev
0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24
yilligiga bag‘ishlangan marosimdagi ma’ruzasida oilaning jamiyat
taraqqiyotidagi nufuzi haqida: «Barchamizga ayonki, yurtimizdagi
har qaysi inson, har qaysi oilaning eng ezgu orzu-maqsadlari,
hayotiy manfaatlari avvalambor uning farzandlari timsolida namoyon
bo‘ladi, ro‘yobga chiqadi. Albatta, bu borada yurtimizda
ulkan ishlar qilinmoqda va ular amalda o‘zining ijobiy natijasini
bermoqda», — deb ta’kidlagan edilar.
Bir qancha respublika va xalqaro miqyosdagi normativ huquqiy
hujjatlarda ona va bola huquqlari mustahkamlab qo‘yildi.
Jumladan, respublikamiz konstitutsiyasining XIV bobi oilaga
bag‘ishlangan boMib, bu yerda oila va nikoh munosabatlari, ona-
lik va bolalik davlat tomonidan to'la muhofaza qilingan. Qonunga
binoan nikoh tuzish shartlaridan eng muhimlari — nikohga
kiruvchilarning o‘zaro roziligi va ularning nikoh yoshiga yetganliklari.
Bizda yigitlar uchun — 18, qizlar uchun — 17 nikoh yoshlari
qilib belgilangan.
1998-yili Oila kodeksini 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
tomonidan tasdiqlanishi oila va nikoh masalalarini tartibga
solishda va mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Bir
so‘z bilan aytadigan boMsak oila va nikoh munosabatlari har doim
davlatimiz himoyasida bolgan va davlatimiz siyosatining ustuvor
yo‘nalishlaridan biri sifatida qarab kelingan. Yurtimizda oila
va nikoh munosabatlari davlat qonun-qoidalari hamda avloddan
avlodga o‘tib kelayotgan go‘zal an’analar asosida amalga oshirib
kelinmoqda. Xususan, huquq sohasiga oid an’analar mustaqillik
davrida o‘tmish merosimizdagi va milliy mental xususiyatlar
asosida tobora mukammallashtirilib, optimallashtirish choralari
ishlab chiqilmoqda.
Mustaqil 0 ‘zbekistonning Konstitutsiyasida belgilangan oila-
nikoh munosabatlariga oid qonun-qoidalar majmuyi davlat
g‘amxo‘rligiga olinib, o‘zbek xalqining bu boradagi milliy va
diniy qadriyatlarini ham nazarda tutgan holda «Mehnat kodeksi»,
«Oila kodeksi», «Fuqarolik va jinoyat kodeksi» hamda «Sog‘lom
avlod» kabi qonunlarida o‘z ifodasini topgan. Ularda oila-nikoh
masalalariga ma’naviy jihatdan ham yondashilib qonun darajasiga
ko‘tarilgan.0 ‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 8-moddasida oilaviy munosabatlarda urf-odat va an’analarga amal qilish to‘g‘risida
alohida so‘z yuritiladi: «Qonun hujjatlarida oilaviy munosabatlarni
tartibga solishga oid tegishli normalar bolmagan taqdirda,
0 ‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga zid bolmagan
mahalliy urf-odat va an’analar qollaniladi1. Darhaqiqat, Kodeksda
davr sinovidan o‘tgan umuminsoniy qadriyatlar bilan etnomadaniy
an’analar, o‘zbek xalqining mentaliteti o‘z ifodasini
topgan. Ushbu milliy va diniy urf-odatlar, an’analar orasida
shundaylari borki, ular oila-nikoh masalasidagi qonun hujjatlariga
zid kelmaydi. Aksincha, ular asrlar davomida tarix sinovlaridan
o‘tib, oilani mustahkamlashga xizmat qilib kelmoqda.
Oila, nikoh haqida, uning mustahkamligi to‘g‘risida diyorimizdan
yetishib chiqqan buyuk allomalarimiz Imom al-Buxoriy,
Imom al-Moturidiy, Burhoniddin al-Marg‘inoniy, Alisher
Navoiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat va boshqalar o‘z
asarlarida qimmatli fikrlarini keltirib o‘tganlar. Xususan, fiqh
(musulmon huquqshunosligi) ilmining sultoni Burhoniuddin
Marg‘inoniyning oilani mustahkamligi va farovonligini oshirishga
xizmat qiladigan, oila va nikoh masalasida chiqarilgan ayrim
hukmlarini ta’kidlash lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |