Maqsad va vazifasi. Gretsiyaning janubida, Olimp tog'lari etagida, Olimpiada о'yinlari vatanida shuhrati olamga taralgan ibodatxona bo'lib, uning to'rida yunonlarning oliy xudosi- Zevs qiyofasi tasvirlangan haykal о'rnatilgan. Bu haykal о'z zamonasining mashhur haykaltaroshi Fidiy tomonidan 2400-yildan ko'proq vaqt ilgari, miloddan avvalgi 5-asrda yasalgan. Zevs haytcali- to'rtinchi «mo'jiza»dir. Haykal nihoyatda ulug'vor bo'lib, balandligi 14 metr. Zevs xudosi oltin, fil suyagi, qora daraxt va qimmatbaho toshlardan ishlangan taxtda о'tirgan. Uning boshi zaytun daraxti novdalaridan yasalgan gulchambar bilan bezatilgan. Bu — xudolar va odamlar hukmdori, osmon, momaqaldiroq xudosining tinchliksevarligi belgisi. Zevsning boshi, yelkasi, qo'Пап fil suyagidan ishlangan, chap yelkasiga tashlangan kiyimi, sochi va soqoli oltindan yasalgan. Fidiy Zevsni insonlarga xos olihimmat qiyofada ifodaladi. Uning soqol bilan qoplangan va sochlari to'zg'igan qiyofasida faqat salobat, ulug'vorlik emas, olijanoblik, ezgulik balqib turadi. Go'уо uning lablarida hozir tabassum paydo bo'ladiyu, azimkor qaddini rostlab, taxtdan turadiganday tuyuladi. Afsuski, bu haykal ham bizgacha yetib kelmagan: yong'in vaqtida batamom vayron bo'lgan. Hozirgi vaqtda tarixchilar yunon yilnomachilari yozib qoldirgan ma'lumotlar asosida Zevs haykalini tasvirlab bermoqdalar.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi. Kirish, ikki bob, to‘rtta bo‘lim, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
I BOB. DUNYONING YETTI MO’JIZALARI
1.1. Misr ehromlari. Bobil osma bog'lari. Olimpdagi Zevs haykali. Efesdagi Artemida ibodatxonasi.
Nil daryosi g'arbidagi Giza shahrida 4-Dinastiya paytida (er.av. 2575-2467 y.) qurilgan. Eng eski 7 mo'jizadan faqatgima Misr ehromlari shu paytgacha deyarli zararlanmasdan saqlanib qolgan. Ehromlardan eng katta - Qirol Hufu, yoki katta Piramida deb ataladi. Uning egallagan maydoni 4.8 gektar (12 akr)ni tashkil etadi. Qadimgi yunon tarixchisi Gerodotning yozishicha, ehromlar uchun 10 yil joy hozirlashgan, qirol qabri joylashgan ehromni tiklash uchun 20 yil davomida 100000 dan ortiq qul ishlatilgan.
Ehromlarning eng yuksagi fir'avn Xufu (Xeops) piramidasidir. Uning balandligi 147 metr, bundan qariyb 5 ming yil ilgari, ua'ni miloddan avvalgi 28-asrda qurilgan. Xufu ehromining har bir tomoni 233 metrga teng, atrofini bir marta aylanib chiqish uchun bir kilometrga yaqin uo'l bosish kerak. Bu chrom silliqlab tarashlangan va jilo berilgan 2 million 300 mingta ohaktosh plitalaridan tiklangan. Har bir plitaning og'irligi ikki tonnaga yaqin. Kattaligi jihatidan Xufu ehromidan keyin fir'avn Xafra (Xefren) piramidasi turadi. U Xufu ehromidan 2 metr past. Bu fir'avnga tog'dek sag'ana ham karhlik qildi va u chrom oldida yaxlit qoya tiklatib, unga bosh qismi odam boshiga o xshatib ishlangan sher shaklini o'yishni buyurdi. Bu haykal Sfinks deb ataladi. Sfinks obrazi inson kabi donolik va sher kabi kuchlilik ramzini ifodalaydi. Mahalliy aholi uni «Abul Havl — dahshat otasi» deb yuritadi. Misrdagi bu topilmalar 20-asrda butun dunyoga mashhur bo'lib ketdi. Ayniqsa Tutanhomon sag'anasining topilishi juda katta shovshuvga sabab bo'ldi. Bundan 32 asr muqaddam yashagan bu fir'avnning piramidasi bizning kunlarimizgacha saqlanib qolgan ekan. Tutanhomon ehromi miloddan avval qanday qurilgan bo'Isa, olimlar ko'z o'ngida shundayligicha namoyon bo'ldi. Maqbara ichidan Qadimgi Misr saroylariga oid anchagina boyliklar — oltin va kumushdan yasalgan haykalchalar, turli idishlar, muhrlar topildi. Maqbaradagi juda ko'r jihozlar, oltin buyumlarga va niqoblar bilan bezatilgan fir'avnning mo'miyolangan jasadiga ham qo'l tekkizilmagan edi. Tutanhomon boyliklari jahondagi ko'r mamlakatlarda namoyish qilindi.
Bobil osma bog'lari
Qirol Nebuchadnezzar II tomonidan er.av. taxminan 600 yilda barpo etilgan. Bobil osma bog'lari tog'ga ayvon usulida qurilgan. Qadimgi tarixchilarning xabar berishicha, o'sha paytlarda Bobil buyuk davlat bo'lib, o'zining devorlari, saroy, qasr va dahmalari bilan mashhur bo'lgan. Osma bog'lar ustun qilib yuqoriga ko'tarilgan birnecha ayvonlardan tashkil topgan. Ularning balandligi 24 metrdan 90 metrgacha yetgan. Daraxtlar va gullar ayvon ustida o'sgan va ular Furot daryosi suvi bilan sug'orilgan. Arxeologlar Furot daryosi bo'ylaridan osma bog'larga tegishli deb taxmin qilinayotgan devorlarni topishgan.
Bu bog'lar qadimgi Sharqning eng katta va badavlat shahari — Bobilda (hozirgi Iroq davlati hududida) bo'lgan. Samoviy bog'laming yaratilishi rivoyatlarda ayol podsho Semiramida (Shammuramat) nomi bilan bog'lanadi. Aslida esa ular podsho Navuxodonosor farmoyishi bilan miloddan avvalgi 6-asrda bunyod etilgan. Podsho o'z saroy- ini baland sun'iy maydon ustiga qurgan. Maydonga qavat-qavat ayvonlar orqali chiqilgan. Har bir qavat aylana-qubba shaklida bajarilib, ularni baland tosh ustun tutib turgan. Ayvonlarning usti qamish bilan yopilib, ustidan g'isht terilgan, so'ng qo'rg'oshin plastinkalar yotqizilgan. Keyin yuqoriga juda ko'r miqdorda tuproq chiqarilib, butun tom bo'ylab qalin qilib solingan. Har bir qavatda daraxtlar o'tqazilib, go'zal bog'lar yaratilgan. Bu bog'larni sug'orish uchun suvni Furot daryosidan olganlar. Suvni tepaga ko'tarib beradigan, charm idishlar o'rnatilgan ulkan charxpalakni yuzlab qullar kecha-yu-kunduz aylantirib turishgan. Bobildagi samoviy bog'lar shu darajada go'zal ediki, uni yetti iqlimda uo'q «bog'i eram» deb madh etishar edi. Afsus, hozirgi zamon sayyohlari bu bog'larni ko'ra olmaydilar. Furot daryosining dahshatli suv toshqini uni vayronaga aylantirdi. Hozir u bog'lar o'rnida minora cha ayvonlarning xarobalari qolgan, xolos.
Olimpdagi Zevs haykali
Eramizdan avvalgi 5 asrda yunon haykaltaroshi Fidiy tomonidan yasalgan. Bu haykal Olimpiya o'yinlari o'tkaziladigan Olimp tog'idagi Zevs ibodatxonasining markazida bo'lgan. Bu haykaltarosh Fidiyning shedevri edi. Yunon xudolari qiroli Zevsning o'tirgan haykali 12 metrni tashkil qilgan va qalay va oltindan ishlangan. Eramizning 6 asrida yuz bergan kuchli zilzila va keyinchalik Konstantinopolning yoqib yuborilishi oqibatida buzilib ketgan.
Gretsiyaning janubida, Olimp tog'lari etagida, Olimpiada o'yinlari vatanida shuhrati olamga taralgan ibodatxona bo'lib, uning to'rida yunonlarning oliy xudosi- Zevs qiyofasi tasvirlangan haykal o'rnatilgan. Bu haykal o'z zamonasining mashhur haykaltaroshi Fidiy tomonidan 2400-yildan ko'proq vaqt ilgari, miloddan avvalgi 5-asrda yasalgan. Zevs haykali- to'rtinchi «mo'jiza»dir. Haykal nihoyatda ulug'vor bo'lib, balandligi 14 metr. Zevs xudosi oltin, fil suyagi, qora daraxt va qimmatbaho toshlardan ishlangan taxtda o'tirgan. Uning boshi zaytun daraxti novdalaridan yasalgan gulchambar bilan bezatilgan. Bu — xudolar va odamlar hukmdori, osmon, momaqaldiroq xudosining tinchliksevarligi belgisi. Zevsning boshi, yelkasi, qo'Pap fil suyagidan ishlangan, chap yelkasiga tashlangan kiyimi, sochi va soqoli oltindan yasalgan. Fidiy Zevsni insonlarga xos olihimmat qiyofada ifodaladi. Uning soqol bilan qoplangan va sochlari to'zg'igan qiyofasida faqat salobat, ulug'vorlik emas, olijanoblik, ezgulik balqib turadi. Go'uo uning lablarida hozir tabassum paydo bo'ladiyu, azimkor qaddini rostlab, taxtdan turadiganday tuyuladi. Afsuski, bu haykal ham bizgacha yetib kelmagan: yong'in vaqtida batamom vayron bo'lgan. Hozirgi vaqtda tarixchilar yunon yilnomachilari yozib qoldirgan ma'lumotlar asosida Zevs haykalini tasvirlab bermoqdalar.
Efesdagi Artemida ibodatxonasi
Kichik Osiyoda joylashgan bu ibodatxona er.av. 356 yilda qurilgan. Artemida qadimgi Rimda Diana nomi bilan mashhur bo'lib, ov ilohasi bo'lgan. Ushbu iloha sharafiga Efesda (hozirda Turkiyada) er.av. 6 asrda ibodatxona qurilib, yonib ketgandan keyin er.av. 356 yilda qayta tiklanadi. Arxeologlarning aytishicha, ibodatxona uzunasiga 104 metr, yonmachasiga 50 metrni tashkil etgan. Uning tosh ustunlari esa 18 metrdan baland bo'lgan. Ibodatxona Gotlar tomonidan 262 yili yakson qilingan.
Kichik Osiyoning Efes shahridagi yunon ma'budasi Artemida ibodatxonasi dunyo «mo'jizasi » ning uchinchisi hisob lan adi. B u ibodatxona marmardan ishlangan bo'lib, qariyb 120-yil davomida qurilgan va miloddan avval 550-yilga yaqin tugallangan. Koshona g'oyat hashamatli qilib bezatilgan, peshtoqiga noyob haykalchalar ishlangan. Miloddan avvalgi 356-yilda Gerostrat degan kimsa nom chiqarish maqsadida ibodatxonaga o't qo'yadi. Lekin uning nomi tarixda bema'ni vahshiylik ramzi bo'lib qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |