- U qoyalarni o'yib ishlangan ibodatxonalar, maqbaralar, turar joy binolari, 3 ming kishilik teatr va boshqa binolarning betakror majmuasidir. Eramizdan avvalgi III asr va eramizning I asrida bunyod etilgan. Majmua 3 kv. km. bo'lib, unda 1000 dan ortiq o'yma inshootlar mavjud.
Dunyoning yetti mo’jizasi Dunyoning yetti mo’jizasi Kolizey Kolizey Buyuk xitoy devori Buyuk xitoy devori Toj mahal Petra majmuasi Petra majmuasi Iso haykali Machu-pikchu Mayya ehromi Mayya ehromi Iso haykali Iso haykali Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahridagi Korkovadu tog'ida joylashgan. U g'olib yodgorliklarning eng yoshi - 1931 yilda bunyod etilgan. 700 metr balandlikda joylashgan haykalning balandligi 8 metr. - Bu shahar "yo'qolgan shahar" nomi bilan ham mashhur. Bu yerda to'g'ri burchakli kvartallar, tor ko'chalar, qo'rg'onlar kabi bir qator inshootlar bo'lgan.
Mayya ehromi - U Meksikaning Yukatan yarim orolida Chichen-Ittsa shahrida joylashgan. Zinapoyali ulkan ehrom. Miloddan avvalgi 1 ming yillikda barpo etilgan. U qadimgi madaniyatga ega mayya xalqining nodir merosi.
- Biroq, aytish kerakki, YuNYeSKO mazkur ovoz berish jarayonini qo'llab-quvvatlash va uning natijalarini tan olishdan voz kechdi. Tashkilot vakillari bu reklama kampaniyasi ekanini ma'lum qilib, aynan YuNYeSKOning o'zi maxsus jamg'armasi orqali tarixiy yodgorliklarni muhofaza qilish bilan shug'ullanishini aytdilar. Tashkilot matbuot kotibi Syu Uilyamsning aytishicha, tanlov tamoyillari YuNYeSKO tamoyillariga to'g'ri kelmaydi. YuNYeSKOning ta'kidlashicha, dunyo madaniy merosiga kiritilgan 800 dan ortiq yodgorliklarning bari e'tiborga loyiq.
- YuNYeSKOning Afg'oniston madaniy merosi bo'yicha mutaxassisi Manxart Budda haykalini tiklash uchun Veber Afg'oniston hukumati mandatiga ega emasligini, qolaversa, haykalni tiklash uchun uning qoldiqlarini olib tashlash lozimligini, biroq qadimiy yodgorlik parchalarini buzishga ruxsat berilmasligini ma'lum qilgan.
- Tanlov tashkilotchisi Veber esa "Agar siz biror narsani asrab qolmoqchi bo'lsangiz, uni chindan ham qadrlang", deya amalga oshirilayotgan ishni ma'lum ma'noda izohladi va amalga oshirilgan ishlar rivojlantirilishini ma'lum qildi. Veber kelgusi safar - 2008 yil 8 avgustda (08.08.08) "Tabiatning yetti mo''jizasi" e'lon qilinishi va ovoz berish jarayoni boshlanishini e'lon qildi.
- Ehtimol, tanlov tashkilotchilarining qarori ko'pchilik mamlakatlar, xalqaro tashkilotlarni qoniqtirmagan bo'lishi mumkin. Bu o'rinda siyosiy, diniy, iqtisodiy jihatlar bir-biriga muvofiq kelmasligi aniq. Ammo bu insoniyatning o'z ajdodlari merosini himoya qilishga urinish ramzi sifatida e'tirofga loyiq urinishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |