Pandemiya sharoitida qarz darajalarining oshishi
Jahon bankining ta’kidlashicha, COVID-19 rivojlanayotgan davlatlar qarz yukini so‘nggi 50 yillik davrdagi rekord darajaga olib chiqdi. Ayniqsa, past daromadli mamlakatlarda vaziyat keskin, sababi ularning yarmida pandemiyagacha bo‘lgan davrdayoq qarz bilan bog‘liq muammolar mavjud edi yoki qarz muammosi xavfi yuqori bo‘lgan.
Bank hisob-kitoblariga ko‘ra, so‘nggi o‘n yillikda butun dunyo bo‘ylab qarz darajasi tez va keng ko‘lamda o‘sib kelayotgan edi. 2020 yilda rivojlanayotgan davlatlarda davlat qarzining YAIMga nisbati 2010 yildagi 37,4 foizdan 63,1 foizgacha, xususiy qarzning YAIMga nisbati esa 80,8 foizdan 142,1 foizgacha o‘sgan.
Rivojlanayotgan davlatlarda so‘nggi 50 yillik davrda davlat qarzi va xususiy qarzning o‘zgarishi dinamikasi. Manba: Jahon banki
Qayd etilishicha, pandemiya ortga chekingan taqdirda ham, qarzga xizmat ko‘rsatish xarajatlari oshib boradi va natijada qarz yuki uzoq vaqt mobaynida sezilib turadi. Bu, o‘z navbatida, tiklanishni sekinlashtirishi va boshqa rivojlanish maqsadlaridagi sa’y-harakatlarga to‘sqinlik qilishi mumkinligi aytilmoqda.
Qarz hisobotlari yuritilishining murakkabligi
Bugungi kunda davlatlar qarzlari to‘g‘risida yuritiladigan statistika ushbu mamlakatlarning qarzni hisobga olish borasidagi standartlari va ta’riflari turlicha ekanligi sabab aslidagidan farq qilishi aytilmoqda.
Jahon bankining rivojlanayotgan mamlakatlarda qarz shaffofligiga bag‘ishlangan hisobotida keltirilishicha, past daromadli mamlakatlardagi qarz zaxiralarining umumiy ko‘rsatkichlari mahalliy va xalqaro ma’lumotlar bazalariga oid ta’riflar va standartlar turlichaligi tufayli mamlakat yalpi ichki mahsulotining 30 foizigacha farq qilishi mumkin.
Jahon banki guruhi prezidenti Devid Malpassning so‘zlariga ko‘ra, qarz ko‘rsatkichlarining oshkoraligi yangi yuqori sifatli investitsiyalarni oson jalb qilish, korrupsiyani kamaytirish va hisobdorlikni ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.
Vazirlar Mahkamasi tomonidan 17.06.2020 yildagi “O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg'armasiga xalqaro valyuta jamg'armasidan mablag'lar jalb qilish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 388-son qaror qabul qilindi.
Xalqaro valyuta jamg'armasi tomonidan 2020 yil 18 may kuni O'zbekiston Respublikasiga imtiyozli qarz mablag'lari ajratilishi ma'qullandi. Ular quyidagilarni o'z ichiga oladi:
«Tezkor kreditlash dasturi» » (Rapid Credit Facility) bo'yicha 10 yil muddatga (5 yillik imtiyozli davri bilan) 92,05 mln SDR (yoki MAH - maxsus ayirboshlash huquqi) miqdoridagi foizsiz qarz;
«Tezkor moliyalashtirish instrumenti» (Rapid Financing Instrument) bo'yicha 5 yil muddatga (3 yillik imtiyozli davri bilan) 1,05% yillik foiz stavkasi bilan 183,55 mln SDR miqdoridagi qarz.
O'zbekiston Hukumati va Markaziy bank o'rtasida mazkur qarzlarni respublika byujetiga tushirish va qarzga xizmat ko'rsatish mexanizmlarini ifodalovchi Anglashuv Memorandumi imzolangan.
Hujjat bilan «Tezkor kreditlash dasturi» va «Tezkor moliyalashtirish instrumenti» bo'yicha qarzni qaytarish, foiz va xizmat ko'rsatish haqi bo'yicha to'lovlarni amalga oshirishning prognoz jadvallari tasdiqlandi. Mazkur kreditlar bo'yicha foizlar va xizmat ko'rsatish haqi O'zbekiston Davlat byudjeti tomonidan qoplanadi.
Moliya vazirligi XVJ tomonidan ajratiladigan qarzlardan maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan mas'ul ijro etuvchi organ hisoblanadi. Davlat xaridlari tuziladigan shartnomalar doirasida ochiqlik va shaffoflik asosida benefitsiarlar ko'rsatilgan holda amalga oshirilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |