5. Makalu 8463 metr - balandligi bo’yicha 5-o’rin. U Himolaydan 19km janubi-sharqda Nepal va Xitoy orasida joylashgan. Bu tog’ to’rt tomoni piramidaga o’xshash dunyodagi yagona tog’. Makaluning 2 ta cho’qqisi bor: Kangchungtse yoki Makalu II (7678m) Bosh cho’qqidan 3km shimoli-sharqda joylasgan. Tog’ga ilk bor AQSH ekspeditsiyasi 1954-yil chiqqan. Ular janubi sharqdan 7100 metrga chiqqach, ko’chki tufayli ortga qaytgan. 1954-yil fransuzlar Kangchungtseni zabt etgan. Makaluni esa 1955-yil 15-mayda L.Terray zabt etgan.Ular shimoldan shimoli sharqqa qarab o’tgan va Makalu bilan Kangchungtse oralig’igacha o’tib, ular oralig’iga Makalu-La deb nom berganlar.
6. Cho Oyu 8201 metr - balandligi bo’yicha 6-o’rin. Cho Oye Tibetlikar tilida ,,Zangori Xudo” ma’nosini beradi. G’arbda u Kumbu nomi bilan mashhur. Tog’ Nepal va Tibet orasida qad ko’targan.
1952-yil Britaniyalik ekspeditorlar 6650m ga ko’tarilganlar lekin qor ko’pligi tufayli harakat shu yerda tugagan. 1954-yil 19-oktabrda shimoli g’arbdan Avstriya ekspeditsiyasi a’zolari to’liq zabt etganlar. Tog’ zabt etilish muddatiga ko’ra kuchli beshlikka kiradi. Ilk bor Annapurna (1950-yil), Everest (1953-yil may), Nanga Parbat (1953-yil iyun), K2 (1954-yil iyul), Cho Oyu(1954-yil oktabr).
7. Doulagiri 8167 metr - Nepaldagi Koligandaki daryosidan 120 km uzoqda joylash tog’ massivi. Nomi sansikritchadan kelib chiqqan bo’lib, "yorqin, ko’zni qamashtiradigan" degan ma’noni beradi. Unga 1960-yil Shvetsayriya-Avstriya-Nepal davlatlaridan ekspeditsiya qilingan. Tog’ning 34 km sharqida Annapura I (8091 m) tog’i joylashgan. Tog’ yaqinida Pokara punkti bo’lib, tog’ga chiqish shu yerdan amalga oshiriladi.
8. Manaslu 8163 metr - balandligi bo’yicha 8-o’rinda turuvchi bu tog’ Kutang nomi bilan ham mashhur. Bu tog’ Nepal Himolayi tarkibidagi tog’, ma’nosi "Ruhlar tog’i", bu nom Sanskrit yozuvidagi Mnasa so’zidan kelib chiqqan (Manasa so’zining ma’nosi jon). Manasluga ilk bor 1956-yil 9-mayda Yaponiya ekspeditsiyasi a’zolari Toshio Imanishi va Gyalazin Norbular chiqqan, Shuning uchun inglizlar Everest Angliyaning, Manaslu Yaponiyaga tegishli tog’ deb nom berganlar. Manaslu Lumjung rayonidagi eng baland cho’qqi bo’lib, Annapur tog’idan 40 mil sharqda joylashgan. Tog’ vodiylar orasida joylashgan va vodiylar orasida aholi istiqomat qilishiga qaramay, uzoqdan qaraganda faqat tog’ vodiylarni ko’rish mumkin. 2008-yil may oyigacha tog’ga 297marta chiqilgan, shundan 53 tasi muvaffaqiyatsiz yakunlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |