bosh eggan farzandlardek onaga orom tilab alla aytadi. Ushbu parcha qaysi hikoyaning boshlanmasi hisoblanadi? J.: "Tasalli"
12. Ilgarilari bir haqiqatni bilardim. Ona uchun bolaning katta-kichigi bo‘lmaydi. Endi yana bir haqiqatni angladim. Bola uchun ham onaning katta-kichigi bo‘lmas ekan. Ona-ona ekan. Unga boshqa sifat kerakmas. Ushbu parcha qaysi hikoyaning tugallanmasi hisoblanadi? J.: "Tasalli"
13. "Tush" hikoyasida hikoyachining tushida ona qo‘lida nima ko‘tarib yuradi? J.: chiroq
14. Qissaning qaysi hikoyasida qoyalar ulkan novvot parchalariga o‘xshatiladi? J.: "Haqqush"
15. ...Onalar farzandlari hamisha birga bo‘lishini istaydilar. Qismat esa ularni qanot chiqarishi bilan har yoqqa uchirib ketadi. Hayot loaqal shu masalada ham onalarga shafqat qilmaydi. Ushbu parcha qaysi hikoyaning tugallanmasi hisoblanadi? J.: "Haqqush"
16. "Haqqush" hikoyasida aka-ukalar haqidagi g‘alati cho‘pchakni hikoyachiga kim so‘zlab beradi? J.: Onasi