"Dunyoning ishlari" qissasi
1. O‘zbekiston Qahramoni Said Ahmad qaysi asar haqida “...dostondek o‘qiladi. Uni o‘qib o‘z onalarimizni o‘ylab ketamiz ...” degan e’tirof bildirgan?
2. Men uni qog‘ozga tushirib, odamlarga tarqatdim, xolos. Men uni dunyodagi hamma onalar o‘qishini xohlayman.
Ushbu fikrlar qaysi muallifning o‘z asari haqidagi e’tirofi hisoblanadi?
3. Qissaning birinchi hikoyasi qanday nomlangan?
4. Bolaligimni eslasam, iliq yoz kechalari ko‘z oldimga keladi...
Ushbu parcha qissaning qaysi hikoyasida uchraydi?
5. “Oymomaxon xulla, Qanotlari tilla.
Subhon Ollo sizga, Umr bersin bizga...”
Ushbu xalq qo‘shig‘i qissaning qaysi hikoyasida keltirilgan?
6. “Oq, oydin kechalar” hikoyasida oy nimaga o‘xshatilgan?
7. Ochil-ochil, oq toshlar-a, Men onamni ko‘rayin-a,
Diydoriga to‘yayin-a.
Ushbu xalq qo‘shig‘i qissaning qaysi hikoyasida keltirilgan?
8. “Oq, oydin kechalar” hikoyasida Yetti og‘ayni yulduzlarining nechanchisi “yetimcha yulduz” deb ataladi?
9. “Oq, oydin kechalar” hikoyasida tilga olingan “yetimcha yulduz” kimniki edi?
10. Bola uchun ham onaning katta-kichigi bo‘lmaydi. Ona — ona ekan. Unga boshqa sifat kerak emas.
Ushbu parcha qissaning qaysi hikoyasida uchraydi?
11. Qabriston jimjit. Faqat yo‘lakning ikki chetida saf tortgan mirzateraklar qabr ustiga bosh eggan farzandlardek onaga orom tilab alla aytadi. Ushbu parcha qaysi hikoyaning boshlanmasi hisoblanadi?
12. Ilgarilari bir haqiqatni bilardim. Ona uchun bolaning katta-kichigi bo‘lmaydi.
Endi yana bir haqiqatni angladim. Bola uchun ham onaning katta-kichigi bo‘lmas ekan. Ona — ona ekan. Unga boshqa sifat kerakmas.
Ushbu parcha qaysi hikoyaning tugallanmasi hisoblanadi?
13. “Tush” hikoyasida hikoyachining tushida ona qo‘lida nima ko‘tarib yuradi?
14. Qissaning qaysi hikoyasida qoyalar ulkan novvot parchalariga o‘xshatiladi?
15. ...Onalar farzandlari hamisha birga bo‘lishini istaydilar. Qismat esa ularni qanot chiqarishi bilan har yoqqa uchirib ketadi. Hayot loaqal shu masalada ham onalarga shafqat qilmaydi.
Ushbu parcha qaysi hikoyaning tugallanmasi hisoblanadi?
16. “Haqqush” hikoyasida aka-ukalar haqidagi g‘alati cho‘pchakni hikoyachiga kim so‘zlab beradi?
17. “Haqqush” hikoyasidagi g‘alati cho‘pchakdagi aka-ukalarning nomi nima?
18. “Haqqush” hikoyasidagi g‘alati cho‘pchakdagi aka-ukalarning taqdiri nima bilan tugaydi?
19. “Qarz” hikoyasidagi Nilufar necha yoshda tasvirlanadi?
20. “Qarz” hikoyasidagi Nilufar hikoyachining onasini kim deb ataydi?
21. “Qarz” hikoyasidagi Bahoga ona nima sovg‘a qilgan edi?
22. “Qarz” hikoyasidagi Baxtiga ona nima sovg‘a qilgan edi?
23. Qissadagi qaysi hikoyada qissaning bosh qahramoni Hakima ayaning yana bir insoniy fazilati qalamga olingan, ya’ni, Hakima aya kamtargina nafaqasini ham qo‘shnilarining farzandlari xursandchiligiga sarflaydi. O‘tgan yili ularga tufli olib bergan bo‘lsa, bu yil uch oyoqli velosiped, ko‘ylak sovg‘a qiladi. O‘g‘illariga esa “qarz oluvdim, qarzimni uzyapman” deb bahona qiladi?
24. Haqiqat havoga o‘xshaydi. Nafas olib turasiz-u o‘zini ko‘rmaysiz...Ushbu parcha qissaning qaysi hikoyasida uchraydi?
25. “Ikki afsona” hikoyasida kimning ishi “bir tomondan uloqchi, ikkinchi tomondan omoch tortadigan otga” o‘xshatilgan?
26. “Ikki afsona” hikoyasida kim haqida “Uloqchi otdek manzilga yuguradi-yu, yer haydaydigan otdek har kuni omoch tortadi...” deb yozilgan?
27. “Ikki afsona” hikoyasidagi farrosh kampirning ismi nima?
28. Qissada hikoyachining onasi kim bo‘lib ishlagan?
29. “Ikki afsona” hikoyasida hikoyachining “bir ko‘rpada tepishib yotadigan” o‘rtog‘i kim?
30. “Ikki afsona” hikoyasida tilga olingan Qonqus nimaning nomi?
31. “Ikki afsona” hikoyasida mushukni muz bilan urgan bolaning ismi nima?
32. Qissadagi qaysi hikoyada ona o‘z jigarbandini kasallik xavfidan tezroq xalos qilish uchun har narsaga, hatto jonini ham berishga tayyor qiyofada tasvirlanadi?
33. Kavkaz tomonlarda gilam paypoqni nima deyishadi? (“Dunyoning ishlari”)
34. Qissaning qaysi hikoyasida hikoyachi o‘zining bolaligida qizamiq, ko‘kyo‘tal, bezgak bilan ko‘p kasal bo‘lgani haqida hikoya qilgan?
35. Qissaning qaysi hikoyasida Ona bolaning tomog‘ini achchiqtosh bilan chayib ko‘radi, turshak qaynatib suvini ichiradi?
36. “Gilam paypoq” hikoyasida onaning sovuqda qolgan oyoqlariga Hoji buvi nima surtishni tavsiya qiladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |