Dunyoning global muammolari


XOZIRGI PAYTDA INSONIYATNING GLOBAL MUAMMOLARI



Download 2,58 Mb.
bet16/17
Sana09.08.2021
Hajmi2,58 Mb.
#143522
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
dunyoning global muammolari

XOZIRGI PAYTDA INSONIYATNING GLOBAL MUAMMOLARI

XX asrning ikkinchi yarmida insoniyat oldida juda ko’p va murakkab muammolar vujudga keldiki, ularning asosiy qismi ta’sir doirasining miqyosi va ahamiyatiga ko’ra global muammolar nomini oldi.

Butun dunyoni qamrab olgan, insoniyatning bugungi kuni va kelajagiga xavf soluvchi, yechimini topishda barcha davlatlar va xalqlarning hamjihatlik bilan birgalikda harakatini talab qiluvchi muammolar global muammolar deb ataladi.

Global muammolar ahoti, iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyot va atrof-muhit o’rtasidagi o’zaro munosabatlar natijasidir. Global muammolar, birinchidan — jami insoniyatga, barcha mamlakatlar, xalqlar, ijtimoiy tabaqalar manfaatlari va taqdirlariga tansir ko’rsatuvchi; ikkinchidan — iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda katta talafotlarga, inqirozlarga sabab bo’luvchi, chuqurlashgan taqdirda esa jahon sivilizatsiyasining mavjudligiga ham xavf soluvchi; uchinchidan — yechimini topishda umumplanetar miqyosdagi hamkorlikni, barcha mamlakatlar va xalqlarning birgalikda harakat qilishini talab etuvchi muammolardir.

Global muammolarning soni taxminan o’ntadan qirq-elliktagacha boradi. Lekin shularning ichida asosiy, eng muhim integral muammolarning soni o’ntadan oshmaydi.



XULOSA

Rivojlanayotgan mamlakatlarni qoloqlikdan chiqarish global muammolarning eng muhimidir. Mazkur muammoning dolzarbligi dunyo siyosiy xaritasida qoloq mamlakatlar soni va salmog’ining kattaligi hamda mavqeining sezilarli holda oshganligi bilan bog’langan.

Hozirgi vaqtda jahonda mavjud barcha mamlakatlarning 30 foizga yaqini qoloq hisoblanadi. Shularning 3/4 qismi Afrikada, 1 tasi Janubiy Amerikada va qolgani Osiyoda joylashgan. Iqtisodiy qoloqlik mazkur mamlakatlarda siyosiy beqarorlik hamda ijtimoiy tengsizlik, irqiy va diniy ziddiyatlarni keltirib chiqarmoqda.

Urush va tinchlik muammosi XX asr ikkinchi yarmining deyarli 40 yili mobaynida haqli ravishda insoniyatning eng muhim muammosi bo’lib kelgan. 80- yillarning ikkinchi yarmi va 90- yillarda dunyo siyosiy xaritasida bo’lib o’tgan chuqur va miqyosli o’zgarishlar G’arb bilan Sharq o’rtasida vujudga kelishi mumkin bo’lgan global yadro urushi xavfini amalda yo’q bo’lishiga sabab bo’ldi.

Hozirgi vaqtda global ekologik tizimning degradatsiyalanishi to’g’risida so’z yuritilmoqda. Ushbu jarayonni shartli ravishda uch tarkibiy qismga: 1) ilmiy asoslanmagan, betartib tarzda tabiatdan foydalanish oqibatida atrof-muhitning degradatsiyalanishi; 2) atrof-muhitni inson faoliyati chiqindilari bilan ifloslanishi; 3) atrof-muhitni ushbu chiqindilar bilan «zaharlanishi»ga bo’lish mumkin.

Demografik muammo global muammolarning eng muhimi hisoblanadi. Ushbu muammolar rivojlanayotgan mamlakatlarda yuqori darajada tug’ilish va tabiiy ko’payish bilan, rivojlangan mamlakatlarda esa juda past darajadagi tug’ilish va tabiiy ko’payish bilan bog’langan. Buning oqibatida birinchi guruh mamlakatlarida aholi va mehnat resurslari soni tez o’smoqda, ikkkinchi guruh mamlakatlarda esa aholi va mehnat resurslari soni past sur’atlarda o’smoqdaki, ular murakkab ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni keltirib chiqarmoqda



Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish