10-sing Geografiya darsligi asosida 20 § - mavzu Reja: - Dunyoning geosiyosiy tizimi
- “Geosiyosat” tushunchasi
- Geografik determinizm geosiyosatda
“Geosiyosat” tushunchasi fanga birinchi marotaba shvetsiyalik olim Rudolf Chellen tomonidan kiritilgan bo‘lsa-da, fanga oid ilmiy manbalarda fanning “otasi” sifatida nemis olimi Fridrix Ratsel nomi qayd qilinadi. Fanning rivojlanishida geografiya, siyosatshunoslik, tarix, etnogeografi ya, sotsiologiya kabi fanlarning ahamiyati katta.
Fridrix Ratsel
Fanning obyekti bo‘lib, dunyoning geosiyosiy tuzilishi va xalqaro dunyoviy targ‘ibot tushunilsa, jamiyatda kechayotgan har xil darajadagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, ularning yuzaga kelishi, harakatlanishi va o‘zgarib borishini o‘zida aks ettiruvchi voqealar rivojini tahlil qilish uning predmetini tashkil etadi. Geosiyosat fani, asosan, uch xil ilmiy yondashuv ta’sirida rivojlangan. Sivilizatsion yondashuv tarafdorlari insoniyat tarixini davlatlar yoki yirik imperiyalar emas, balki turli madaniy-diniy jamoalar – sivilizatsiyalar rivojlantiradi degan fikrni bildiradilar. Sivilizatsion yondashuv tarafdorlari insoniyat tarixini davlatlar yoki yirik imperiyalar emas, balki turli madaniy-diniy jamoalar – sivilizatsiyalar rivojlantiradi degan fikrni bildiradilar. Mazkur oqim vakillarining g‘oyalari umumiy holda dengizbo‘yi davlatlarining kontinental (quruqlik ichkarisidagi) davlatlarga nisbatan jahon siyosiy sahnasida yetakchilikka erishish uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan Geografik determinizm geosiyosatda mavjud bo‘lgan eng qadimiy yondashuv hisoblanadi. Ushbu g‘oya tarafdorlari tabiiy muhit (iqlim, tuproq, daryo, dengiz va b.) jahon tarixi hamda insonlar hayot tarziga ta’sir ko‘rsatadi deb hisoblaydilar. Geosiyosatda mavjud barcha qarashlar makon (hudud) ustidan nazorat g‘oyasini rivojlantirishga qaratilgan. Mazkur fan aynan davlat yoki davlatlar ittifoqi tomonidan makon ustidan nazorat o‘rnatishning asosiy yo‘nalishlari va shakllarini tadqiq qilishi bilan ajralib turadi. Nazorat qilinayotgan yoki nazorat qilinishi rejalashtirilayotgan hudud geosiyosiy maydon deb nomlanadi. Bundan tashqari kuchlar nisbati, siyosiy makon, chegara, geosiyosiy qiziqish kabi geosiyosiy tushunchalar ham mavjud. Geosiyosat nuqtayi nazaridan insoniyat tarixi turli geosiyosiy davrlarning qat’iy ketma-ketligidan iborat. 1814-yil sentabr – 1815-yil iyun oylarida fransuz inqilobi yuz berishi va Napoleon armiyasi mag‘lubiyati bilan Yevropada yuzaga kelgan siyosiy holat Vena kongressida o‘rganib chiqilgan va bu jarayon yangi – Vena geosiyosiy davrining boshlanishiga sababchi bo‘lgan. 1919-yil 28-iyun kuni Fransiyaning Versal shahrida Birinchi Jahon urushi tugashi munosabati bilan shartnoma imzolanishi bilan geosiyosatda Versal davri boshlandi. 1945-yil Germaniyaning Potsdam shahrida Ikkinchi jahon urushi tugashi munosabati bilan Potsdam shartnomasining imzolanishi bilan to‘rtinchi geosiyosiy davr boshlandi. 1991-yil 8-dekabr kuni Belarusdagi Belovej Pushchasi qo‘riqxonasida SSSR davlati rasman tugatilishi munosabati bilan Belovej shartnomasining imzolanishi hozirgi davrda eng so‘nggi geosiyosiy bosqichning boshlanishiga turtki bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |