Dunyodagi eng yaxshi ta’lim tizimi finlandiyada



Download 303,81 Kb.
Sana03.01.2021
Hajmi303,81 Kb.
#54175
Bog'liq
slayd ta'lim tizimi

DUNYODAGI ENG YAXSHI TA’LIM TIZIMI FINLANDIYADA

G’ARB MAMLAKATLARIDA TA’LIM TIZIMI

O‘quvchi va o‘qituvchi orzusi: Finlyandiya ta'lim tizimi

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) ma'lumotlariga ko‘ra, fin maktablari jahon ta'lim tizimi reytingida yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Bu skandinav mamlakatining maktab o‘quvchilari eng yuqori bilim darajasini ko‘rsatishgan, shuningdek ular sayyoraning eng ko‘p kitob o‘quvchi bolalari deb topilgan, bundan tashqari, tabiiy fanlar bo‘yicha - ikkinchi o‘rin va matematika bo‘yicha beshinchi o‘rinni band qilishgan. Biroq jurnalistlarning fin maktablariga qiziqishi bir necha boshqa sharoitlarga bog‘liq - u yerlik o‘quvchilar shunday yuqori natijalarni ko‘rsatishiga qaramay, maktabda rekord darajada kam vaqt o‘tkazishadi.

Fin o‘rta ta'limining 7 tamoyili 1. Tenglik


Finlyandiyada ta'lim "kuchaytirilgan" yoki "bo‘shroq" maktab degan tushunchalar yo‘q. Hukumat proporsional moliyalashtirishni tajriba qilmoqda, barchaga birdek jihozlarni yetkazib beradi, maktab o‘quvchilariga esa maktabga qabul qilinishda bir xil imkoniyat beriladi. Mamlakatda deyarli barcha maktablar davlat tasarrufida, faqat 10 tacha maktab qisman davlatga qarashli.

 Finlyandiyada o‘qituvchilar o‘quvchilarning ota-onalari kasbi haqida ma'lumotga ega bo‘lishmaydi.

Ta'kidlash joizki, Finlyandiyada o‘qituvchilarga havas qilarli maosh to‘lashadi (yordamchi - 2500 yevrodan boshlab, fan o‘qituvchisiga - 5000 yevrogacha).


2. yig’imlar

Mamlakatda ta'limdan boshqa yana quyidagilar bepul: tushliklar, ekskursiyalar, muzeylar va darsdan tashqari barcha tadbirlar; bolalarni uylariga tashuvchi transport; darsliklar, barcha o‘quv qurollari, kalkulyatorlar va hatto noutbuk-planshetlar. Ota-onalardan pul yig‘ish noqonuniy hisoblanadi.

3. individuallik

Har bir o‘quvchi uchun individual ta'lim va rivojlanish rejasi tuziladi. Bu reja butun o‘qish jarayoniga tegishli, biroq eng qizig‘i ta'lim jarayonida ikki noyob yo‘nalishning mavjudligi: bu "zaif" o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash (bizda buni repetitorlik deyishadi) va muayyan tilni, matematik ko‘nikmalarni tushunish, shuningdek ba'zi bolalarning asotsial xatti-harakatlari bilan bog‘liq qiyinchiliklarga duch kelgan o‘quvchilar ta'lim jarayoniga tuzatishlar kiritish. Tuzatish ta'limi kichik guruhlarda yoki individual ravishda o‘tkaziladi.

4. amaliylik

Finlar shunday deyishadi: "Biz yo hayotga tayyorlaymiz, yoki - imtihonlarga. Biz birinchisini tanlaymiz". Barcha fin maktablari deyarli hamma imtihonlardan voz kechgan, testlar va oraliq nazorat ishlari esa o‘qituvchi xohishiga qarab belgilanadi. Faqat bir imtihon bundan mustasno - bu maktab tugallaganda topshiriladigan imtihon, lekin uning natijalari katta ahamiyatga ega emas, o‘qituvchilar bu baholar ketidan birovga hisobot berishmaydi, o‘quvchilar ham unga maxsus tayyorgarlik ko‘rishmaydi: deyarli barcha natijalar ijobiy hisoblanadi.

5. Ishonch

O‘qituvchi o‘z o‘quvchilarini qay usulda o‘qitishi nazorat qilinmaydi. Mamlakatda yagona ta'lim dasturi amalda qo‘llaniladi, biroq u faqat tavsiyalarni o‘z ichiga olgan, o‘qitish usullari esa maktab ishchisining tanloviga bog‘liq. O‘quvchilarga keladigan bo‘lsak, ular ham o‘ziga xos erkinlikka ega. Masalan, agar dars vaqtida o‘quv filmi yoqilgan bo‘lsa-yu o‘quvchi kitob o‘qishni ma'qul ko‘rsa, unga hech kim tanbeh bera olmaydi. Maktab o‘quvchisi o‘zi uchun nima foydali ekanini tanlash huquqiga ega.

6. ko’ngillilik

Finlyandiya maktablarida xohlagan odam o‘qiydi. Pedagogdan faqat o‘z faniga qiziqtirish talab qilinadi, lekin bolada o‘qishga umuman qiziqish bo‘lmasa, uni amaliy jihatdan foydali bo‘lgan osonroq kasbga yo‘naltirishadi va "2"lar bilan qiynab o‘tirishmaydi.

7. mustaqillik

Finlarning fikricha, maktab bolani eng asosiysi — mustaqil muvaffaqiyatli hayotga o‘rgatishi kerak. Shu bois bu yerda fikr yuritish va bilim olishga o‘rgatishadi. Maktablarda ma'lumotnomalardan foydalanish, qo‘shimcha materialni izlab topish, barcha bilim manbalarini qo‘llay olishni bilish ijobiy qabul qilinadi. Bundan tashqari, pedagoglar o‘quvchilarning mojarolariga aralashishmaydi. Asosiy sabab — o‘quvchilarni muammolarni mustaqil hal qilishga o‘rgatish.

E’tiboringiz uchun rahmat


Download 303,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish