Dunyoda globallashuv jarayoni shiddatli tus olgan bugungi kunda turli madaniyat va dinga mansub xalqlar o‘rtasida o‘zaro muloqot va hamkorlikni rivojlantirish dolzarb ahamiyatga EGA



Download 25,45 Kb.
Sana27.05.2023
Hajmi25,45 Kb.
#944820


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBAROT TEXNALOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBAROT TEXNALOGIYALARI UNIVERSITETI

MUSTAQIL ISH

Bajardi: HSM008
Talabasi: Boltaboyev Shuhrat
Tekshirdi: Alimova Shaxnoza

O’zbekistonda kanfessiyalararo diniy bag’rikenglikning


tarixiy tajribasi
Reja:
1.Bag’rikenglik-azaliy qadriyatlari
2. O'zbekiston diniy konfessiyalar
3.Diniy bag`rikenglikning tarixiy tajribasi

Dunyoda globallashuv jarayoni shiddatli tus olgan bugungi kunda turli madaniyat va dinga mansub xalqlar o‘rtasida o‘zaro muloqot va hamkorlikni rivojlantirish dolzarb ahamiyatga ega.Zero, bugun yakka shaxs yoki alohida millat va davlatning o‘z qobig‘idan chiqmasdan taraqqiy etishi tasavvurga sig‘maydi. Bunda esa, avvalo, bag‘rikenglik tamoyili ustuvor bo‘lmog‘i zarur. O‘z navbatida, mazkur tamoyilning qaror topishi har qanday davlatning tinch, osoyishta va farovon hayotiga ham kafolatdir.


Prezidentimiz 2017-yil 19-sentabrda BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida jahon hamjamiyati oldida turgan dolzarb masalalar haqida to‘xtalar ekan, “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” deb nomlangan maxsus rezolyutsiyani qabul qilish taklifini ilgari surgan edi. 2018-yil 12-dekabrda BMT Bosh Assambleyasi 73-sessiyasi 51-yig‘ilishida mazkur rezolyutsiya 193 ta a’zo mamlakat tomonidan yakdillik bilan qabul qilindi.
“Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” rezolyutsiyasining aynan O‘zbekiston tashabbusi bilan ishlab chiqilishida o‘ziga xos ramziy ma’no bor. Bugun millatlararo totuvlik va konfessiyalararo bag‘rikenglikni ta’minlash borasida O‘zbekiston namunasi jahon hamjamiyati tomonidan keng e’tirof etilmoqda.
Darhaqiqat, O‘zbekiston zaminida azaldan islom dini bilan yonma-yon boshqa dinlar, madaniyatlar ham yashab, rivojlanib kelgan. Asrlar davomida yirik shaharlarimizda masjid, cherkov va sinagogalar mavjud bo‘lgani, turli millat va dinga mansub qavmlarning o‘z diniy amallarini erkin ado etib kelayotgani buning tasdig‘idir. Tariximizning eng murakkab, og‘ir davrlarida ham ular o‘rtasida diniy asosda mojarolar bo‘lmagani xalqimizning diniy bag‘rikenglik borasida katta tajriba to‘plaganidan dalolat beradi.
Yurtimizda bag‘rikenglik va murosaning ildizlari uzoq asrlarga borib taqaladi. Mamlakatimiz hududida faoliyat ko‘rsatgan turli dinlar madaniyati bo‘yicha izlanishlar qilgan yapon olimi Kyudzo Katoning ta’kidlashicha, Surxondaryo vohasidagi noyob budda madaniyati va yahudiy yodgorliklari, Buxorodagi nasroniylar ziyoratgohlari yurtimizdagi islom obidalari bilan bir qatorda turishi hech kimni ajablantirmaydi.
Jahondagi dinlarning barchasi ezgulik g‘oyalariga asoslanadi va yaxshilik, tinchlik, do‘stlik kabi xususiyatlarga tayanadi. Din odamlarni halollik va poklik, mehr-shafqat, birodarlik va bag‘rikenglikka da’vat etadi. Aksariyat dinlar bu dunyoni foniy, o‘tkinchi deb hisoblaydi. Ular insonning yashashdan asl maqsadi bu dunyoda xayrli, savob ishlar qilish, degan g‘oyani targ‘ib etadi. Barcha dinlarda inson hayotining mohiyati, mazmuni, kishilar o‘rtasidagi siyosiy-huquqiy, axloqiy munosabatlarni tenglik va adolat mezonlari asosida o‘rnatish o‘z aksini topgan. Xususan, yahudiylar jamoasi vakillaridan biri R.Bensman shu haqda to‘xtalar ekan, Bu xoroda dastlabki sinagoga VIII asrdayoq qurilgani, boshqa din vakillari bilan bir qatorda o‘z dinlariga erkin e’tiqod qilish uchun o‘sha paytda ham sharoit yaratib berilganini ta’kidlab: “O‘rta asr Yevropasi va Vizantiya imperiyasidan quvg‘in qilingan yahudiylik Markaziy
Osiyoda boshqa dinlar bilan bir xil huquqqa ega edi”, deb yozadi.
Shu o‘rinda arxiyepiskop Vladimirning fikrlarini ham keltirish joiz deb bildik: “XIX asrda Rossiyaning markaziy mintaqalaridan majburlab ko‘chirilgan dehqonlar nochor ahvolga tushib qolganda mahalliy aholi ularga har tomonlama yordam ko‘rsatgan. O‘sha davr voqealarini ko‘rgan iyeromonax Xariton “...Mahalliy aholi nochor ko‘chmanchilarga rahmdillik bilan munosabatda bo‘ldilar, busiz ularning ko‘pchiligi ochlik va muhtojlikdan o‘lib ketgan bo‘lar edilar”, deb guvohlik bergan”.
Turkiston yerlariga kirib kelgan rus pravoslav ruhoniylari asosiy e’tiborni missionerlik faoliyatiga emas, balki o‘z jamoalarining diniy ehtiyojlarini qondirishga qaratgan. Pravoslavlar cherkov qurganida mahalliy musulmon aholi ham yordam ko‘rsatgani ma’lum. Masalan, Toshkent viloyatining Chirchiq shahridagi Muqaddas Georgiy ibodatxonasi qurilishiga mahalliy imom va savdogarlar moddiy ko‘mak bergan. Bu holat ushbu dinlar vakillari orasidagi o‘zaro hurmat o‘sha davrlarda ham mustahkam bo‘lganiga dalil bo‘la oladi.
Tarixiy manbalarda O‘zbekistonda diniy va etnik munosabatlar asosida biror marta nizo chiqmagani qayd qilingan. Bunday holatni hozir islom, xristian, yahudiy dinlari va boshqa konfessiyalarning o‘zaro munosabatlari misolida ham ko‘rish mumkin. Bu kabi do‘stona munosabatlar, ya’ni musulmonlar boshqa din vakillarining O‘zbekiston zaminida hamnafas bo‘lib yashashi diniy-ma’naviy totuvlik timsoli va barcha din vakillariga nisbatan bag‘rikenglikning eng yaxshi namunasi, deb aytishimiz mumkin.
Abu Rayhon Beruniy “Hindiston” asarida: “Biron xalqning u yoki bu udumlariga baho berishda bunisi menga yoqadi, unisi yoqmaydi, deyishga hech kimning haqqi yo‘q. Negaki, har bir xalq udumlari, an’analari ming yillar davomida shakllangan va o‘sha millatning hayot tarziga aylangan”, deb yozgan edi.
Buyuk ajdodimizning ushbu so‘zlari insoniyatning bir butunligi va taraqqiyotini belgilab beruvchi omillardan biri — madaniy turli-tumanlikka munosabatning o‘ziga xos shakli bo‘lib, bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikning mohiyatini anglashda muhim ahamiyatga ega.
Hozir yurtimizda turli millat va elat vakillarining diniy urf-odatlari, an’analari va qadriyatlarini saqlab qolish hamda bag‘rikenglik tamoyillarini ta’minlash uchun yetarli shart-sharoitlar yaratilgan. Muhimi, bag‘rikenglik xalqimizning azaliy qadriyatiga aylanganini butun jahon e’tirof etmoqda.
“Konfessiya” so‘zining mazmun-mohiyatidan kelib chiqqan holda, mutaxassislar hozirgi kunda dunyoda taxminan 1000 dan ortiq diniy konfessiyalar mavjud, deb hisoblaydilar.
Konfessiya umumiy atama bo‘lib, xristianlik, buddaviylik kabi katta dinlar ham, ularning zamirida paydo bo‘lgan pravoslavlik, katoliklik, lamaizm, dzen-buddizm kabi yo‘nalishlar ham shunday nom bilan atalaveradi.
Dunyoning diniy manzarasi qotib qolgan, o‘zgarmas bir hodisa emas. Xususan, mazkur manzara yildan-yilga o‘zgarib borayotgani, mavjud dinlar o‘zlarining an’anaviy ko‘rinishlari doirasidan chiqib borayotganini ko’rishimiz mumkin. Bugungi kunda mavjud dinlar doirasida yangi yo‘nalish va sektalar paydo bo‘lishda davom etmoqda. Masalan, mutaxassislarning ma’lumotlariga ko‘ra, XX asrning ikkinchi yarmida xristianlik, buddaviylik, islom va boshqa dinlar doirasida yuzlab sektalar paydo bo‘lgan. Bu esa kelajakda ham bunday jarayonlar davom etishini ko‘rsatadi. Zamonaviy voqelik ekstremistik xarakterdagi sektalarning inson ongi va qalbi uchun kurash yo‘lidagi faoliyatining jonlanishi kuzatilayotganini ko‘rsatmoqda.Bunday sektalarga asos solgan «avliyo»lar o‘z izdoshlarini aldash yo‘li bilan ularning mol-mulklariga egalik qilishga urinmoqdalar.Yashirin faoliyat olib borishi, sekta ichida bo‘layotgan voqealarning ko‘pchilikka ma’lum bo‘lib qolmasligining qattiq nazorat qilinishi oqibatida ular faoliyatidan jamoatchilik bexabar qolmoqda.
Ugandadagi «Oxirat kuni» sektasi boshliqlarining faoliyati bunga misol bo‘ladi. Oxiratni 1999-yil 31-dekabrga belgilagan ushbu sekta rahbarlari o‘z tarafdorlarining mol-mulklarini sotish, tushgan mablag‘ni ularga berishga va shu yo‘l bilan gunohlardan forig‘ bo‘lishga chaqirgan. Qiyomatning 2001-yil 1-yanvarga «ko‘chirilishi» sekta rahbarlariga nisbatan shubha uyg‘onishiga olib kelgan. Shundan so‘ng rahbarlar Kanungu qishlog‘ida 500 dan ortiq o‘z tarafdorlarini aldab binoga qamab, ustilaridan o‘t qo‘yib yuborganlar. Ma’lumotlarga ko‘ra, yana to‘rt joyda ommaviy qabrlar topilgan. Bu sektaning qurbonlari 1000 dan ortiq bo‘lgani qayd qilingan.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, islomning yillik o‘sish sur’ati 6,4 foizni tashkil etib, 1989-yildan 2011-yilga qadar musulmon aholisi soni Shimoliy Amerikada – 25, Afrikada – 2,15, Osiyoda – 12,57, Yevropada – 142,35, Avstraliya va Okeaniyada – 257,01 foizga ko‘paygan. Faqat Lotin Amerikasida islomga e’tiqod qiluvchilar ulushi 4,73 foizga kamaygan.
O‘tgan asrda, asosan, xristianlar yashab kelgan Yevropada bugungi kunda 20-25 million atrofida musulmon istiqomat qilmoqda. Jumladan, Buyuk Britaniyada – 3 million, Germaniyada – 5 million, Fransiyada – 6-7 million islomga e’tiqod qiluvchi fuqaro yashamoqda.
O‘zbekiston Respublikasida 2017-yil dekabr holatiga ko‘ra 16 konfessiya faoliyat ko‘rsatmoqda.
Ular quyidagilardir:
– Islom (O‘zbekiston musulmonlari idorasi);
– Pravoslavlik (Toshkent va Markaziy Osiyo yeparxiyasi);
– Katoliklik (Rim-katolik cherkovi);
– Lyuteranlik (Nemis-lyuteran cherkovi);
– Arman-apostol cherkovi;
– Pyatidesyatniklar (To‘liq injil xristianlari);
– Baptistlar (Yevangel-xristian baptistlar cherkovi);
– Novoapostol cherkovi;
– Yettinchi kun adventistlari;
– «Golos bojiy»; Iegovo shohidlari;
– Koreys protestant cherkovlari;
– Yahudiylik;
Bahoiylik;
– Krishnani anglash jamiyati;
– Buddaviylik.
«O‘zbekiston bibliya kitob jamiyati» esa diniy tashkilot hisoblanib, boshqa konfessiyalardan alohida faoliyat olib borsa-da, diniy konfessiya maqomiga ega emas.
Din tarixi — dinlarning yuzaga kelishi va rivojlanishi bosqichlarini o‘rganuvchi soha. U bir qancha fanlarga tayanadi va ular bilan uzviy bog‘liqdir. Masalan, tarix fani o‘tmishdagi voqea-hodisalarni o‘rganishi bilan birga, moziy va joriy dinlarning tarixiy shakllanishi jihatidan «Dinlar tarixi»ga yaqindan ko‘makchi bo‘ladi. Diniy matnlarning o‘rganilishida filologiya fani alohida ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari tarixni o‘rganishda yordamchi fanlar — mifologiya (rivoyat va afsonalar), etnologiya, arxeologiya, san'at tarixi, folklor va shunga o‘xshash bir qancha fanlar ham din tarixi bilan bevosita bog‘liq.
Hozirgi davrda jahondagi bir qator davlatlar dinning davlatdan ajratilganini yoki davlatning diniy tashkilotga nisbatan betarafligini Konstitutsiya yoki qonun darajasida belgilab qo‘ygan. Yuridik tan olingani yoki olinmaganidan qat'i nazar, barcha davlatlar din va e'tiqod erkinligiga hurmat bilan qarashlarini e'lon qilganlar. Hozirgi davrda davlat va din o‘rtasidagi munosabatlar bir qator xususiyatlari bilan ajralib turishini ta'kidlash zarur. «Sovuq urush» davri tugaganidan keyin dinga qarshi hujumkorlik hamda diniy faoliyat ustidan nazorat qilish siyosati yengillashdi. Bu, bir tomondan, diniy erkinlikning ta'minlanishiga xizmat qilgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, diniy sektalarning ko‘payishi, yangilarining paydo bo‘lishiga olib keldi O‘zbekistonda o‘z mohiyati, mazmuni va huquqiy asoslariga ko‘ra din davlatdan ajratilgan hamda vijdon erkinligi, konfessional bag‘rikenglik tamoyili mustahkamlangan. Mamlakatimiz Konstitutsiyasida diniy tashkilotlar va birlashmalar davlatdan ajratilganligi hamda qonun oldida tengligi qayd etiladi. Shu bilan birga davlat diniy birlashmalarning faoliyatiga aralashmasligi belgilab berilgan. Mazkur masala O‘zbekiston Respublikasining «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi Qonuni mazmunini tashkil etadi. Bu esa mamlakatimizda davlatning diniy ishlarga, dinning esa davlat ishlariga (qonun hujjatlarida ko‘rsatilgan holatlar bundan mustasno) aralashmasligini anglatadi. Shu bilan birga Asosiy Qonunimizda davlat o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an'analari hurmat qilinishini ta'minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi, deb ta'kidlanadi.
Xulosa shuki, "O’zbekiston-umumiy uyimiz", "Vatan yagonadir", "Bag’rikenglik - o’zbek xalqining buyuk fazilati","O’zbekiston - bag’rikeng diyor", "Diniy e’tiqodlar - tinchlik xizmatida"kabi iboralar bejizga aytilmaydi. Bu g’oya xalqimizning, millati, dinidan qat’i nazar, shu yurtda yashayotgan har bir insonning hayotida mustahkam o’rin egallaydi.aa
Tobora globallashib va murakkablashib borayotgan bugungi davrda hayotning o‘zi bizga turli millat, e’tiqod va din vakillari o‘rtasida o‘zaro hurmat va hamjihatlik hukm surgan sharoitdagina umumiy bo‘lgan O’zbekiston har millatimizning kelajagini ta’minlashga erishish mumkinligini ko‘rsatib turibdi.O‘zbekistonning bu borada olib borayotgan oqilona siyosati yurtimizning ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi kabi umummilliy g‘oyalarni barcha yurtdoshlarimiz bilan
hamkor va hamjihat bo‘lib amalga oshirishimizda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Zero, necha ming yillik tariximiz shundan guvohlik beradiki, dinlararo totuvlik, insonparvarlik, millatlararo totuvlikka intilish xalqimizning eng yuksak fazilatlaridandir. Mustaqillik bizga ana shu ezgu an’analarni izchil davom ettirish va avloddan avlodga yanada mukammal bo‘lib o‘tishini ta’minlash imkonini beradi.
Download 25,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish