1. Sabab bog’lovchisi – gaplarni o’zaro tobelantirib bog’laydi, ular o’rtasidagi sabab ma’nosini ifodalaydi. Chunki, negaki so’zlari kiradi. Hunar o’rgan, chunki hunarda ko’p sir bor. Yozuvda chunki, negaki bog’lovchilaridan oldin vergul qo’yiladi. Sababki, zero, zeroki, zotan so’zlari ham sabab bog’.lovchilariga kiradi ularda ko’tarinkilik bo’yog’i bor.
2. Aniqlov bog’lovchisi – gap bo’laklari va gaplarni o’zaro tobelantirib bog’laydi. O’zidan oldingi bo’lakka aniqlik kiritadi. Ya’ni (–ki, -kim) so’zi kiradi. Vatanimiz poytaxtida, ya’ni Toshkentda diqqatga sazovor joylar ko’p. Yozuvda bu bog’lovchilardan keyin vergul qo’yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |