Kesimning birikmalar va iboralar bilan ifodalanishi – kengaygan birikma va iboralar gapda yaxlit holda bitta gap bo’lagi bo’lib keladi va o’z ichida boshqa bo’laklarga ajratilmaydi. Qiyoslanadi: Vazifamiz – o’qish// Vazifamiz – bilim maskanlarida hamisha a’lo o’qish. Dadam qo’li ochiq odam edilar.
Mustaqil va nomustaqil kesim shakllari – tilimizdagi shart mayli shakli (istak gaplardagi bundan mustasno) nomustaqil kesim shaklini yasashga xizmat qiladi. Bunday kesimli gaplarning mustaqil ravishda qo’llanilishi uchun maxsus nutqiy sharoit talab etiladi. Yomg’ir yog’sa, cho’llar yashnaydi
Shaxs-son va zamon shakllaridagi fe’l kesimlar hamda bog’lamasiz va bog’lamali ot kesimlar mustaqil kesimlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |