Moslashuv. Bosh va ergash so`zning qaratqich kelishigi va egalik qo`shimchasi yordamida bog`lanishi moslashuv deyiladi. Moslashuvda hokim bo‘lak egalik qo‘shimchasini olgan ot, ba’zan harakat nomi va sifatdosh bilan ifodalansa, tobe bo‘lak qaratqich kelishigida qo‘llaniladi.
Тobe bo‘lak hokim bo‘lakka qaratqich kelishigi va egalik qo‘shimchasi yordamida bog‘langanda ikki tomonlama bog‘lanish ro‘y beradi. Тobe bo‘lak qaratqich kelishigi qo‘shimchasini, hokim bo‘lak esa egalik qo‘shimchasini oladi. Bunday bog‘lanishda tobe qism qaratqich, hokim qism qaralmish deb ham nomlanadi: hovlining (qaratqich) sahni (qaralmish)
Ko‘pincha qaratqich kelishigi yoki egalik qo‘shimchasi, ba’zan esa har ikkisi ifodalanmaydi. Qaratqich kelishigi doimo tushib qola bermaydi. U quyidagi hollarda, albatta, qo‘llaniladi:
a) qaratqich bilan qaralmish o‘rtasida boshqa so‘z kelsa. Masalan, Derazaning qora oynasi;
b) qaratqich atoqli otlar va olmoshlar bilan ifodalanganda. Masalan, Ahmadning daftari, Mening daftarim kabi.
Qaratqich va qaralmish munosabatida qaratqich va egalik qo‘shimchalarining ifodalanishi to‘rt xil ko‘rinishga ega:
Bu ko‘rinishlar o‘rtasida ma’lum mazmuniy va uslubiy farqlanish bor. Solishtiring:
|
Birikma
|
Anglashilgan ma`nosi
|
1
|
daftarning varag‘i
|
Agar varaq so‘zlovchi va tinglovchi uchun aniq bitta daftarga qarashli bo‘lsa
|
2
|
daftar varag‘i
|
Agar varaq umuman daftarga qarashli bo‘lsa
|
3
|
bizning daftar
|
1-shaxs ko‘plikdagi olmoshlar bilan ifodalanganda ishlatiladi
|
4
|
daftar varaq
|
ko‘proq so‘zlashuv uslubiga xosligi bilan
|
Shunday qilib, qaratqichli birikmalarning qay holatda qaysi biridan foydalanishni bilish madaniy nutq uchun katta ahamiyatga ega.
Bitishuv. Ergash so`zning bosh so`z bilan grammatik vositasiz, faqat ma’no jihatdan yoki so`z tartibi yordamida birikishi bitishuv deyiladi. Bitishuvda doimo ergash so`z avval, bosh so`z keyin keladi: tiniq suv, katta ko`cha. Ularning o`rni o`zgartirilsa, gap hosil bo`ladi: Suv tiniq. Ko`cha katta. Bitishuvda ergash so`z vazifasida shu vazifaga xoslangan sifat, ravish hamda ular vazifasidagi boshqa so`z keladi: qizil gul, tez yurmoq, tilla bilaguzuk, bunday odam, o`qigan odam, jo`shib kuylamoq. Bosh so`z ot va fe’l turkumidan iborat bo`ladi. Esda tutish kerakki, birga o`qish, birdan gapirish, qunt bilan tinglash, zavq bilan kuylash, yolg`ondan gapirmoq kabi birikmaning ergash so`zida o`rin-payt, jo`nalish, chiqish kelishigi qo`shimchasi yoki ko`makchi bo`lishiga qaramay, boshqaruvli emas, bitishuvli birikma sanaladi, chunki bu birikma tarkibidagi kelishik va egalik qo`shimchasi o`zidan oldingi so`z bilan "qotib" qolgan va so`zni bog`lashda hech qanday roli yo`q.
Do'stlaringiz bilan baham: |