YUKLAMA Yuklama – ayrim so`z yoki gapga so`roq, ta’kid, ayirish-chegaralash, gumon, o`xshatish, inkor kabi ma’nolarni yuklovchi so`z va qo`shimchalar. Yuklamalar morfologik jihatdan o`zgarmaydi, so`z yasalishi va shakl yasalishi uchun asos bo`lmaydi, mustaqil gap bo`lagi vazifasida kelmaydi.
Yuklamalar tuzilishiga ko`ra ikki turli bo`ladi
1. So`z yuklamalar (faqat, axir, hatto//hattoki, na – na, xuddi, naq, nahot//nahotki, ham, xolos, hech, sira, naq)
2. Qo`shimcha yuklamalar (a//ya, mi, chi, oq//yoq, ki// kim, gina//kina//qina, dir, u//yu, ku, da)
Do'stlaringiz bilan baham: |