Sanoat og`ir va yengil sanoatga bo`linadi. Og`ir sanoat asosan ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqaradigan tarmoqdardan iboratdir, ya`ni unda mehnat qurollari (mashinalar, jixozlar va h.k.) va mehnat predmetlari (xom ashyo, yoqilg`i va h.k.) ishlab chiqariladi. Og`ir sanoat mehnat predmetlarini (foydali qazilmalar, yog`och, gidroenergiya resurslari) tabiatdan oladi. Shuning uchun uning katta qismini undiruvchi sanoat tarmoqlari tashkil qiladi. Uning qolgan katta qismini esa ishlov berish sanoati tarmoqlari (qora va rangdor metallurgiya, mashinasozlik, kimyo, elektronika va h.k.) tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |