Tо`rtinchi guruh: xalqaro-huquqiy fanlar xalqaro huquqning turli sohalarini о`rganadi. Ular qatoriga xalqaro umumiy huquq xalqaro xususiy huquq diplomatiya va konsullik huquqi, xalqaro shartnomalar huquqi, xalqaro dengiz huquqi, xalqaro kosmos huquqi, xalqaro iqtisodiy huquq xalqaro gumanitar huquq va boshqalar kiradi.
Yuridik fanning bugungi kundagi amaliy faoliyatiga kо`ra, quyidagi zamonaviy tasnifini e`tirof e`tamiz:
Tarixiy-nazariy;
Xorijiy davlat va huquqni о`rganadigan;
Sohaviy;
Sohalararo;
Amaliy yuridik;
Xalqaro huquq fanlari.
Demak, zamonaviy huquqshunoslik fani davlat va huquq masalalarini о`rganuvchi kо`p tarmoqli turli yuridik fanlar tizimidan iborat bо`lib, bu tizimda har bir yuridik fan о`z о`rniga ega.
Davlat va huquq nazariyasi о`zining mohiyati va ahamiyatiga kо`ra, tarixiy-nazariy huquqiy fanlar jumlasiga kiradi. U umumiy, tarmoqli amaliy, xalqaro huquq fanlari bilan о`zaro aloqadadir.
Davlat va huquq nazariyasi huquqshunoslik fanlari tizimida markaziy о`rinni egallaydi. Davlat va huquq nazariyasi barcha huquqshunoslik fanlari uchun umumiy bо`lgan asosiy tushunchalar (kategoriyalar) va nazariy qoidalar (prinsiplar)ni ishlab chiqadi. Masalan, «davlat», «huquq», «demokratiya», «qonuniylik», «huquqiy tartibot», «huquqiy munosabat», «huquqiy javobgarlik» kabi tushunchalar u yoki bu darajada hamma yuridik fanlarga taalluqlidir. Bundan tashqari, davlat va huquq nazariyasi barcha yuridik fan-lar foydalanadigan xususiy huquqiy metodlar va prinsiplarni ham ishlab chiqadi.
Shunday qilib, davlat va huquq nazariyasi predmetiga kiruvchi masalalar huquqshunoslik fanlari tizimining о`zagini tashkil etadi. Davlat va huquq tо`g`risidagi asosiy va umumnazariy bilimlarni egallamasdan turib, boshqa yuridik fanlar muammolarini о`rganish mumkin emas. Bundan kelib chiqib, davlat va huquq nazariyasi-ni tarmoq va maxsus yuridik fanlarning kirish qismi, ya`ni barcha yuridik fanlarning umumiy qismi deb qabul kilmaslik kerak. Ammo davlat va huquq nazariyasini boshqa yuridik fanlardan ajratib qо`yish ham tо`g`ri bо`lmaydi.
Davlat va huquq nazariyasi barcha yuridik fanlarning aniq materiallariga tayanadi, ularni nazariy jihatdan umumlashtiradi. Tarmoq va maxsus yuridik fanlar esa davlat va huquq nazariyasining xulosalariga asoslanadi. Demak, davlat va huquq nazariyasi boshqa barcha yuridik fanlar bilan о`zaro aloqada bо`lib, ular bir-birlarini boyitadi va tо`ldiradi.
Davlat va huquq nazariyasini huquqshunoslikning barcha sohalari bilan bog`liqlikda о`rganish zarur. Chunki har bir yuridik fan о`z mustaqil predmet doirasida yaxlit davlatni va huquqning turli jihatlarini, qirralarini, tomonlarini о`rganadi.
Davlat va huquq. nazariyasi tarixiy yuridik fanlar bilan chambarchas bog`liqdir. Masalan, davlat va huquq tarixi fani davlat va huquqning paydo bо`lishi va tarixiy tarakdiyot bosqichlarini xronologik tarzda о`rganadi, davlat va huquq institutlariga turli tarixiy davrlar bо`yicha ma`lumotlar beradi, davlatchilik va qonunchilikning rivojlanish tarixini yoritib beradi. Huquqiy yodgorliklar davlat va huquq tarixining markaziy mavzuini tashkil etib, muayyan tarixiy davrlardagi huquqiy madaniyat darajasining yaqqol kо`rsatkichidir.
Davlat va huquq nazariyasi о`z xulosalarini tarixiy ma`lumotlar bilan asoslaydi, bunda u tarixiy metoddan keng foydalanadi. Xech bir tarixiy-huquqiy faktni nazariya yordamisiz ochib berish mumkin emas. Nazariya tarixiy voqealarga yondashish prinsipini belgilaydi, tarixni ilmiy о`rganish vositasi bо`lib xizmat qiladi: Tarix va nazariya bir-birisiz mavjud emas, biri ikkinchisini taqozo etadi. Akademik SH. 3. Urazayev ta`biri bilan aytganda, «nazariyasiz tarix, tarixsiz nazariya bо`lmaydi».
Shuningdek, davlat va huquq nazariyasi konstitusiyaviy huquq xalqaro huquq kabi bir qator huquqiy fanlar bilan о`zviy aloqada bо`lib, ularning chiqargan ilmiy xulosalaridan davlat va huquq hodisalarini о`rganishda foydalanadi, bu xulosalarni nazariy jihatdan umumlashtiradi.
Nazariy jihatdan umumlashtirilgan xulosalar boshqa maxsus va amaliy yuridik fanlar uchun metodologik asos bо`lib xizmat qiladi.
Shunday qilib, davlat va huquq nazariyasi maxsus soha yuridik fanlari uchun huquqshunoslik fanlari tizimida alohida о`rin egallaydi. Bu quyidagilarda namoyon bо`ladi: birinchidan, bu fan boshqa fanlardan farqdi ravishda davlat va huquqning vujudga kelishi, rivojlanishi va amal qilishining umumiy qonuniyatlarini о`rganadi; ikkinchidan, davlat va huquqning umumiy qonuniyatlarini о`rganishdan tashqari, tarmoq, amaliy yuridik fanlarning о`z yechimini kutayotgan muammolarini ham ilmiy jihatdan tadqiq etish bilan shug`ullanadi; uchinchidan, huquqshunoslik sohasida metodologik vazifani bajaradi.
Davlat va huquq nazariyasi boshqa huquqshunoslik fanlaridan quyidagi о`ziga xos jihatlari bilan ajralib turadi.
Birinchidan, davlat va huquq nazariyasi ijtimoiy hodisa bо`lgan davlat va huquq taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini о`zida aks ettiradi. Bu uning ijtimoiy xususiyatidir. Shu bilan birga davlat va huquq nazariyasi umumnazariy ijtimoiy fan hisoblanadi.
Ikkinchidan, davlat va huquq nazariyasi ijtimoiy hayotning bevosita davlat va huquq hodisalariga taalluqli bо`lgan siyosiy-huquqiy muassasalarini о`zida aks ettiradi. Bu uning, siyosiy va huquqiy xususiyatlaridir. Shuning uchun ham davlat va huquq. nazariyasi siyosiy-huquqiy fan sifatida boshqa ijtimoiy fanlardan farq qiladi.
Uchinchidan, davlat va huquq nazariyasi davlat va huquqning eng umumiy qonuniyatlarini о`rganuvchi fan sifatida nazariy fan xususiyatiga ega. U о`zining nazariy fan ekanligi bilan boshqa tarmoq soha huquqiy fanlaridan farq qiladi.
Demak, davlat va huquq nazariyasi huquqshunoslik fanlari tizimida markaziy umumlashtiruvchi ahamiyatga ega. U barcha yuridik fanlarning xulosa va takliflarini о`zida uyg`unlashtiradi, ularning о`zaro boyishiga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |