1.1. ≪Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash≫ fanining
predmeti va obyekti
Iqtisodiy fikr tarixida XX asr makroiqtisodiyot bosqichi bo‘ldi. Makroiqtisodiyot milliy iqtisodiyotning fundamental muammolarini tadqiq etuvchi insonlaming umumiy xatti-harakati haqidagi fan, yaxlit siyosiy-iqtisodiy tizim sifatida ta’riflanadi.
Makroiqtisodiyotning fan sifatida rivojlanishi iqtisodiy rivojlanish strategiyasi va ijtimoiy muammolami hal etish yo‘llarini o ‘rganuvchi, tahliliy ishlanmalar beruvchi va iqtisodiy siyosat vositasining samaradorligini hisob-kitob qiluvchi amaliy makroiqtisodiyotning paydo bo‘lishiga olib keldi. Aynan amaliy makroiqtisodiyot, o ‘tish iqtisodiyotiga ega bo‘lgan mamlakatlar uchun ham muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘nalish hisoblanadi. «Makroiqtisodiyot» atamasi ilmiy lug‘at tarkibiga nisbatan yaqinda kirib kelgan bo‘lsa-da, makroiqtisodiy tahlilning o ‘zi iqtisodiy fan bilan deyarli bir vaqtda paydo bo‘lgan. XVIII asrdayoq F.Kenening «Iqtisodiy jadvalida» xo‘jalik hayotining makroiqtisodiy modeli taqdim etilgan edi. Hozirda jahon hamjamiyatida yuz berayotgan jarayonlar (globallashuv, o ‘tish iqtisodiyotiga ega bo‘lgan mamlakatlarda bozor munosabatlarining rivojlanishi) milliy iqtisodiyotni tartibga solish sohasida muvofiqlashtirilgan qarorlami qabul qilishning asosi sifatida makroiqtisodiy tahlil usullaridan faol foydalanishni nazarda tutadi. Shu munosabat bilan o ‘quv dasturiga «Makroiqtisodiy tahlil» kursi kiritilgan. «Makroiqtisodiyot» nazariy kursidan farqli o ‘laroq ushbu kurs amaliy fan sifatida tavsiflanib, uning asosiy xususiyati o ‘zining amaliy ahamiyatga egaligi, muayyan muammolami hal etishga imkon qadar yaqinlashtirilganligidadir. Mazkur kurs tayanch iqtisodiy fanlami o ‘rganish jarayonida olingan bilimlar qanday qilib makroiqtisodiy tahlilning amaliy maqsadlarini amalga oshirish va u yoki bu mamlakatdagi iqtisodiy vaziyatni prognoz qilish uchun qo‘llanishi mumkinligini ifodalaydi.
Makroiqtisodiy tahlilning predmeti sifatida milliy iqtisodiy jarayonlarning o ‘ziga xos xususiyatlari, iqtisodiyot tarmoqlari o‘rtasidagi universal bog‘liqlik shakllari, iqtisodiy siyosatning turli vositalaridan foydalanishda amal qiladigan sabab-oqibat mexanizmlari, shuningdek, ichki iqtisodiyot hamda tashqi dunyoning o ‘zaro bog‘liqligi va ia’siri ishtirok etadi.
Makroiqtisodiy tahlil davlat iqtisodiy siyosatining asosiga aylanib bormoqda. Iqtisodiy siyosat - davlat va jamoat institutlarining makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o‘sishga erishish maqsadida iqtisodiy jarayonlarga tuzatishlar kiritishga yo‘naltirilgan harakatlar tizimi. Ta’kidlash lozimki, xuddi makroiqtisodiyot kabi, makrotahlil ham pozitiv va normativ tarkibiy qismlami o ‘zida mujassam etgan. Pozitiv tarkibiy qism «Nima sodir bo‘layapti?» degan savolga javob beradi va prognoz qilish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi (bunda muayyan faktlar, nisbatlar va raqamlardan foydalaniladi). Normativ tarkibiy qism «Qanaqa bo‘lishi kerak?» degan savolga javob beradi va iqtisodiy siyosat vositalarini ishlab chiqish orqali vaziyatni to‘g‘rilashga yordam beradi
Ushbu ikkita tarkibiy qismning uyg‘unlashuvi siyosiy tizimdan qat’i nazar har qanday mamlakatning iqtisodiy ahvolini makroiqtisodiy tahlil qilishda namoyon bo‘ladi. Mamlakatlaming iqtisodiy siyosatidagi farqlar birinchi galda pozitiv va normative tarkibiy qismlaming ulushi bilan belgilanadi. Davlat tomonidan tartibga solish tarafdorlarida normativ yondashuv yaqqol ifodalangan, liberallarda esa bilim orttirishga (pozitiv) yo‘naltirilganlik ustunlik qiladi, ular ko‘proq bozoming kuchiga ishonib, bozor erkinligini nazarda tutadi, davlat tomonidan ta’sir etishning bilvosita, tuzatish kirituvchi vositalaridan foydalanishni afzal ko‘radi:
• iqtisodiy vaziyatni monitoring qilish;
• iqtisodiyotda amal qiluvchi sababli-oqibatli mexanizmlami tahlil
qilish;
• moliyaviy oqimlami tadqiq etish asosida iqtisodiyot sektorlari
o ‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklami o‘rganish;
7
• iqtisodiy siyosatni tadqiq etish va yangi iqtisodiy strategiya
variantlarini ishlab chiqish (makroiqtisodiy tuzatishlar kiritish
dasturlarini ishlab chiqish);
Ma’lumki, iqtisodiyotni modemizatsiyalash va diversifikatsiyalas sharoitida bir qator institutsional tarkibiy o‘zgarishlami, xususan, mavjud makroiqtisodiy imkoniyatlardan oqilona foydalanish, pulkredit siyosati, budjet-soliq siyosati hamda to‘lov balansini, real iqtisodiy sektor va makroiqtisodiy jarayonlaming prognozlash va boshqalarga bb‘lgan talabini chuqurroq o‘rganish, iqtisodiy tejamkorlikni kuchaytirish masalalarini ommaviy hal qilish lozim. Maqsadga erishish uchun avvalo, har bir sektor va bo‘lim faoliyatining atroflicha, chuqur tahliliga asoslanib, ichki imkoniyatlardan tobora unumliroq foydalanishga, kamroq xarajat qilib, yuqori natijalarga erishishga, ilg‘or tajribalami joriy etishga, ilg‘orlaming tashabbuslarini ommalashtirishga alohida e ’tibor berish, sifat ko‘rsatkichlarini muttasil yaxshilab borish kerak.
Bu makroiqtisodiy jarayonlaming ish sharoitini hisobga olib, iqtisodiy qonunlaming barcha talablari to‘liq bajarilishi ustidan nazoratni, shuningdek, foydalanilmayotgan imkoniyatlami izlab topib, ishga solishni aniqlashni taqozo qiladi. Bunda esa makroiqtisodiy tahlilning muhim ahamiyatini kasb etadi.
Fanni o ‘qitishdan maqsad - talabalarga bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakat iqtisodiyotining tahlili hamda prognozi uchun talab qilinadigan nazariy va amaliy masalalar to‘g ‘risida bilimlar berish hisoblanadi. Ushbu fanning maqsadi esa hisobot asoslarini o‘rgatish, mamlakat iqtisodiyotida daromad va boyliklar taqsimotiga, ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar faoliyatiga ta ’sir etuvchi budjet, soliq, pul-kredit siyosatlari, to‘lov balansi va tashqi qarzni tahlil qilayotganda asosiy konsepsiyalar, soliq sohasi, davlat xarajatlari va kapital qarz siyosati bilan tanishtirishdan hamda makro ko‘rsatgichlami prognozlashdan iborat.
Faning mazmuni-makroiqtisodiy tahlil va prognozlashning paydo bo‘lishi, rivojlanishi bosqichlari va xususiyatlari, uslubiyoti va usullari, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar axborot obyekti, makroiqtisodiy jarayonlaming iqtisodiy tahlili, budjet, soliq, pul, kredit siyosati, to‘lov balansi, bandlik, ishsizlik va inflatsiya darajasidagi o ‘zgarishlar va ular rivojlanish qoidalarining takomillashuvining nazariy va amaliy asoslarini o‘rgatadi.
Makroiqtisodiy tahlilning asosiy bo‘limlari quyidagilar: makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirishning uslubiy asoslari, makroiqtisodiy jarayonlaming iqtisodiy tahlilini o‘rganish, uni yanada rivojlantirish, takomillashtirish, mavjud imkoniyatlardan toMiq foydalanish, erishilgan muvaffaqiyatlarni keng yoyish va yo‘lga qo‘yilgan kamchiliklaming sabablarini o ‘rganish hamda ularni imkoni boricha tugatishga yordam berishdan iborat. Shunday qilib, makroiqtisodiy tahlilning vazifalariga quyidagilar kiradi:
• iqtisodiy tahlil va prognozlashning ilmiy asoslarini o ‘rganish;
• makroiqtisodiy tahlilning uslubiyoti va usullarini har tomonlama o‘rganish;
• makroiqtisodiy tahlil va prognozlashning axborot ta’minotini mustahkamlash choralarini ko‘rish, kamchiliklarni o‘z vaqtida oldini olish;
• real sektorning batafsil o ‘rganish asosida rejaning bajarilishiga baho berish;
• to‘lov balansining iqtisodiy tahlilga ta’sir qilgan omillar va ularning sabablarini o ‘rganish;
• budjet-soliq sektorining makroiqtisodiy tahlilini qilish va undagi o‘zgarishlarni amaliyotga tatbiq etishni o ‘rganish;
• pul-kredit sektorining iqtisodiy tahlil qilish va ilg‘or tajribalarga tayangan holda rivojlantirish va mustahkamlashga yordam beradigan tadbirlami ishlab chiqish va amalga oshirish;
• bandlik, ishsizlik va inflatsiya darajasining iqtisodiy tahlil yakuniga ko‘ra, ish natijalariga ta’sir qilgan omillar va sabablarni o‘rganish;
• makroiqtisodiy jarayonlaming kelajak holatini aniqlash, prognoz modellari va usullarini to‘liq o ‘rganish;
• aniq obyekt misolida prognozlashni amalga oshirishni o‘rganish.
Bu vazifalaming bajarilishini ta’minlash uchun makroiqtisodiy tahlil obyektiv va aniq boMishi, muntazam o‘tkazilib turilishi lozim. Noxolis va mavhum tahlil natijalarga noto‘g ‘ri baho berilishiga, sektorlar faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan noto‘g ‘ri takliflar kiritilishiga olib keladi.
Makroiqtisodiy tahlil shunday vositadirki, uning yordamida makroiqtisodiy tahlil axborot ta’minoti, real sektor, to‘lov balansi, budjet-soliq siyosati, pul-kredit siyosati, bandlik, ishsizlik va inflatsiya darajalar ustidan nazorat yuritish mumkin bo‘ladi.
Bulardan biri mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tahlil qilish va prognozlashda makroiqtisodiy ko‘rsatkichlami bir xil usul va uslublarda hisoblashdir. Darhaqiqat, mamlakatning iqtisodiy holatini, o ‘tkazilayotgan joriy chora-tadbirlaming zarurligini, ularning samarasini baholashda, istiqbolini aniqlashda iqtisodiy tahlil va prognozlash juda kafra ahamiyatga ega. Tahlilning muhim vazifalaridan biri mamlakatda sodir bo‘layotgan jarayonlami modellashtirishning sifatini oshirish, o'tkazilayotgan iqtisodiy siyosat natijalarini aniqlashdir. Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash asosiy ilmiy-amaliy yo‘nalishlardan biri bo‘lib, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlaming o ‘zaro bog‘liq jihatlarini aniqlashga yordam beradi.
«Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash» fanining vazifasi milliy iqtisodiyot ko‘rsatkichlarini baholash va monitoring o ‘tkazishda foydalanadigan usullar majmuini o ‘rganishdir. Shu maqsadda mamlakatimizda ishlab chiqariladigan tovar va xizmatlaming jami hajmini hisoblash, inflatsiya sur’atlarini, ishsizlik darajasini, to‘lov balansi saldosini va valuta almashtiruv kursi ko‘rsatkichlarini tahlil qilish usul va uslublari bayon etilgan.
Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash ko‘rsatilgan iqtisodiy agregatlar o‘zgarishlarini tushuntirib, iqtisodiyotda kutilmagan o‘zgarishlaming oldini olish va bu borada tegishli chora-tadbirlar, yo‘nalishlar taklif etish maqsadiga asoslangan. Mamlakatda sodir boladigan holatlarning aniq tahlili va bu jarayonda zarur bo‘ladigan iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish aniq iqtisodiy va statistic ma’lumotlarni izchillik bilan to ‘plashni talab etadi.
«Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash» fani makroiqtisodiyot doirasida nazariy va amaliy masalalami o ‘rganish va uni mo‘tadil rivojlantirishning yechimlarini topishda hamda «iqtisodiyot» ta’lim yo‘nalishi mutaxassislarining shakllanishida katta ahamiyatga ega. Ushbu fanning yutuq va xulosalaridan mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishning qisqa va uzoq muddatlarga belgilangan dasturlarini ishlab chiqishda keng foydalaniladi. 0 ‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishini prognozlash uchun talabning yuqori bo‘lganligi sababli fanning ahamiyati va uni o ‘rganish zarurati katta.
Shunday qilib, «Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash» kursi ichki hamda tashqi sharoitda mamlakatning iqtisodiy ahvolini tahlil qilish usullari va vositalarini; real, budjet va tashqi sektorlar manfaatlarining muvazanatini hisobga olgan holda umuman iqtisodiyot bo‘yicha moliyaviy oqimlarni tartibga solish mexanizmlarini, iqtisodiy rivojlanishni rag‘batlantirish, pul, budjet va valuta siyosati vositalari yordamida nomutanosibliklarga barham berish, mamlakat iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish istiqbollarini belgilash, rejalashtirishni asosi bo‘lgan prognozlashni amalga oshirish, makroiqtisodiy muammolarga tuzatishlar kiritish maqsadida makroiqtisodiy dasturlami tuzish tamoyillarini o ‘rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |