Iste'mol narxlari indeksi (INI) o'rta darajali iste ' mo lc hi
tomonidan xarid qilinadigan tovarlar va xizmatlar reprezentativ savati narxlarining o'sishini o' lchayd i. INI, odatda, iste'mol narxlarini davriy tadqiq etish asosida hisoblab chiqiladi.
YaIM deflyatori (nominal va real YaIM nisbati) mamlakatda ishlab chiqarilgan barcha tovarlar va ko'rsatilgan xizmatlar narxlarini o'lchaydi. INI va YalM deflyatori o'rtasida uchta asosiy farq mavjud. Birinchi farq har bir indeks qamrab oladigan tovarlar va xizmatlar
turlaridan iborat. INI iqtisodiyotdagi barcha tovarlar va xizmatlarning faqat bitta guruhini (xususan iste'molchilar tomonidan xarid qilinadigan tovarlar va xizmatlarni) hisobga oladi. Shunday qilib, firmalar yoki davlat boshqaruvi organlari tomonidan xarid qilinadigan tovarlar va xizmatlar, masalan, mashina narxlarining oshishi INida emas, balki YaIM deflyatorida aks etadi.
lkkinchi farq shundan iboratki, YaIM deflyatori faqat mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlarni o'z ichiga oladi. Import qilinadigan yakuniy mahsulot qamrab olinmaydi, shuning uchun import qilingan tovarlar narxlari qisqa muddatli istiqbolda YaIM deflyatoriga to'g'ridan to'g'ri ta'sir ko'rsatmaydi. Biroq import qilingan tovarlar narxlarining o'zgarishi, agar ushbu tovarlar INI savatiga kirsa, INiga ta'sir ko'rsatadi.
Uchinchi farq turli tovarlar narxlarini narxlaming ushbu ikkita indeksida umumiylashtirish usuliga taalluqli. Boshqacha aytganda, INida bazis yilining miqdori vaznlar sifatida foydalaniladi, YaIM deflyatorida esa joriy yil vaznlari qo'llaniladi. Masalan, 2004-yilda Hind okeani havzasida joylashgan mamlakatlarda sodir bo'lgan sunami keltirib chiqargan tabiiy fojia natijasida shakarqamish hosili yo'q qilindi, shuning uchun ushbu mamlakatlarda shakar ishlab chiqarish hajmi butunlay tushib ketdi, shakar narxi esa keskin oshdi. Mazkur holatda ishlab chiqarilmaydigan shakar YaIM detlyatoridan chiqarib tashlanadi, lekin hamon INiga kiritiladi, bu INining keskin oshishiga ta'sir ko'rsatadi.
Agar inflatsiya sur'atlari past va barqaror bo'lib qolsa, ushbu ikkita indeks o'rtasidagi farq katta bo'lmaydi. Lekin nisbiy narxlaming keskin o'zgarishi va import narxlarining o'zgarib turishi sharoitida u katta bo'lishi mumkin. Qat'iy belgilangan vaznli indeksda (Laspeyres indeksi), agar iste'molchilar narxlari ancha oshib ketgan tovarlarni narxlari kam oshgan tovarlar bilan almashtirib olganda katta ahamiyatga ega bo'ladigan tovarlar o'rnini bosish samarasi hisobga olinmaydi. Bundan tashqari, mazkur indeks tovarlar sifatining oshishi oqibatlarini yoki yangi mahsulotning paydo bo'lganligini yoxud pasaytirilgan narxlarda savdo qiluvchi chakana savdo punktlari (masalan, sanoati rivojlangan bir gator mamlakatlarda chegirmali narxlar bo'yicha savdo qiluvchi do'konlar va o'tish iqtisodiyotiga ega bo'lgan ko'plab mamlakatlarda dehqon bozorlari) sonining o'sishini kerakli darajada aks ettirish imkonini bermaydi. Shuning uchun bunday indeks ko'pincha inflatsiya sur'atlarini oshiradi. Qat'iy belgilangan vaznli narxlarning boshqa indekslari - tovarlar narxlarini ulgurji darajada va ishlab chiqaruvchil r darajasida o'lchaydigan ulgurji narxlar indeksi (UNI) (wholesale price index) (WPI) va ishlab chiqaruvchilar narxlari indeksi (IChNI) (producer price index - PPI) ham ko'pincha inflatsiya sur'atlarini oshiradi. Qat'iy belgilangan vaznli indeks ko'pincha inflatsiya sur'atlarini pasaytiradi.
Iste'mol narxlari yoki iste'mol savati narxlarining o'zgarishi (ularda import qilingan tovarlar narxlari ham hisobga olinadi) Yaponiyada yuqorida ko'rsatilgan davrda bir maromda yuz berdi, shuning uchun iste'mol narxlari dinamikasini aks ettiruvchi trend bir maromda pasayish tendensiyasiga ega. Ko'rib chiqilayotgan davr mobaynida bazaviy 2000-yilga nisbatan ancha jiddiy o'zgarishlarga duch kelgan sanoat tovarlarining narxlari eng past darajaga 2002-yilda (2000-yilga nisbatan) erishdi. GDP deflyator dinamikasini (shu jumladan eksport narxlari) kuzatish mumkin. Unda aks ettirilgan trend mazkur davrda Yaponiya iqtisodiyotidagi deflatsiyani ko'rsatmoqda. Agar ushbu trendni 2.1-rasmdagi iste'mol narxlari tendensiyasi (Consumer Price) bilan bog'lasak, shunday xulosaga kelish mumkinki, ko'rib chiqilayotgan davr mobaynida iste'mol savati narxlari deflatsiya oqibatida bir maromda pasaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |