Xind – Afrika kichik oblasti. Afrikadagi Sahroi Kabir chо‘lidan Oranj
daryosigacha bо‘lgan joylarni, Osiyodan Arabiston, Hindiston va Hindixitoyni о‘z
ichiga oladi. Uning Shimoliy chegarasi Himolay tog‘lari orqali о‘tadi.
Mezazoy erasining bо‘r davridan va kaynazoy erasining uchlamchi davridan
boshlab Kongoda va Gvineyada turlarga boy tropik flora vujudga keladi. Bu
yerlarda 13000 dan ortiq tur mavjud bо‘lib, ular tutdoshlar, dukkakdoshlar,
palmadoshlar, anonadoshlar, sterkuliyadoshlar, pandanusdoshlar kabi tropik
oilalarning vakillaridir. Bu kichik oblast uchun rafi palmasi, moyli palma, liviya,
kofe daraxti, bananlar, bambuklar, chalov, qamish, akatsiya, sutlama, kaktuslar va
boshqa bir qancha о‘simliklar xarakterlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |