Madagaskar kichik oblasti. Madagaskar oroli va uning atrofidagi
Maskaren, Seyshel, Amirant va Kamor orolchalarini о‘z ichiga oladi. Madagaskar
Afrikadan uchlamchi davrning boshlarida ajralgan. Bu hodisa Seyshel va Amirant
orollari bilan undan oldinroq yuz bergan. Ba’zi olimlar bu orollarni Afrika va
Hindistonni bir vaqtlar tutashtirib turgan quruqlikning qoldiqlari deb hisoblaydilar.
Haqiqatan Madagaskar kichik oblastining florasi kо‘p jihatdan Afrika va Hindiston
florasiga о‘xshash. Masalan, Madagaskarning g‘arbidagi savannalarda о‘suvchi 33
ga yaqin turkum vakillari Sharqiy Afrika о‘simliklariga, 26 ta turkum esa
Hindiston о‘simliklariga о‘xshash. Shuningdek bu kichik oblastdan Golarktik
floristik oblastdagi va Janubiy Amerikadagi ba’zi о‘simliklar о‘sadi.
Umuman Madagaskar kichik oblati florasi 6765 turdan iborat bо‘lib,
ularning 89% i endem turlardir.
Neotropik oblast
Neotropik oblast asosan urta va Janubiy Amerika(Chili va Patagoniyalardan
tashkari) Florida yarim orolining janubiy kismi bilan chegaralanadi. Floristik
nuktainazardan neotropik oblast ancha kadimgi va uziga xos xisoblanadi. Bu
yerlarni kaktusdoshlar oilasinig 1800 turi, palmadoshlarga yakin bulgan
siklantdoshlar, shuningdek palmalarning bir necha turkumlari, jumladan kokos
turkumlarining areallari egallagan. Bulardan tashkari Xining daraxtining 40 turi,
marenadoshlarning bir necha turkumlari uchraydi. Xar xil epifitlar tropik
urmonlarga uzgacha manzara beradi. Ularning ba’zilari bromeliyadoshlar oilasiga
mansub bulsa, ba’zilari esa salabdoshlar oilasining vakillari xisoblanadi.
Bromeliyadoshlar Amerikaning fakat nam tropik urmonlari uchun xos bulib
salabdoshlar ushbu oblastda ancha keng tarkalgan. Ba’zi bir turkumlari fakat
Amerikaning tropiklarida uchraydi xolos.
Neotropik floristik oblastning shimoliy chegarasi Kaliforniya yarim oroli
orqali Meksika kо‘rfaziga о‘tadi va Florida yarim oroli bilan chegaralanadi.
Janubiy chegarasi esa Janubiy Amerikaning 40
o
kengligi orqali о‘tadi va
Galapogas orollarini о‘z ichiga oladi.
Bu oblast о‘simlik turlariga juda boy bо‘lib, faqat Braziliyaning о‘zida
40 000 dan ortiq о‘simlik turi bor. Kaktusdoshlar, bromeliyadosh –
nastursiyadoshlar kabi turlarga mansub о‘simliklar neotropik oblast uchun endem
hisoblanadi. Palmalarning kо‘p turlari, geveya, maniok, malpigiya kabi
turkumlarning daraxtsimon va liana holidagi vakillari, orxisguldoshlar oilasining
ba’zi turkum vakillari hamda 500 turga ega bо‘lgan anturiy va 200 turga ega
bо‘dgan filodendron kabi turkum vakillari endem о‘simliklardir.
Neotropik floristik oblast quyidagi 3 ta kichik oblastga bо‘lib о‘rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |