- Tahlil va natijalar (Analysis аnd results). Fizika o‘qitishda kompyuter texnologiyalarini samarali qo‘llash yo‘nalishlari tahlil qilganimizda, so‘ngi 10 yilda uzluksiz ta‘limning barcha bosqichlarida qo‘lanilayotganini ko‘rishimiz mumkin. Fizikani o‘qitishda kompyuter texnologiyalaridan foydalanish dars mashg‘ulotlarini tashkillashtirishda yuqori samaradorlikka olib keladi. Ma‘ruza va amaliy mashg‘ulot darslarida o‘ziga xos dars ishlanmalari tayyorlash imkoniyatlarini vujudga keltiradi.
O‘quvchiga “Interactive physics” simulyatorida ishlash ko‘nikmasini shakllatirilagandan keyin talabaga biror bir fizikaviy jarayonni modellashtirish yoki fizikaviy masalaning modelini yaratishni va tadqiqotni mustaqil ravishda bajarishni tavsiya etish maqsadga muvoffiqdir[7]. O‘quvchining xususiyatidan kelib chiqqan holda “Interactive physics” simulyatoridagi jihozlarni oldindan berish yoki umuman bermasdan uni mustaqil ravishda bajarishni taklif etish mumkin.
O‘quvchiga bunday ko‘rinishdagi topshiriq berilganda mustaqil ravishda kechayotgan fizikaviy jarayonning modelini tuzishi, fizikaviy jarayonda qatnashayotgan fizik kattaliklarni kiritishi, jism va ob’ektlarni tanlashi zarur bo‘ladi. O‘quvchining o‘zi butunlay mustaqillik bilan o‘ziga kerakli ob’ektlarni va vositalarni oladi yoki unga oldindan tayyorlangan yarim tayyor ob’ekt beriladi. O‘quvchi fizikaviy jarayonni ko‘z oldiga yaqqol keltira olishi va modellashtirish uchun kerakli bo‘ladigan ob’ektni tasavvur etishi, uni ko‘z oldiga keltirib kompyuterda uning ko‘rinishini yaratishi kerak bo‘ladi.
Bu jarayon esa talaba tasavvurini shakllanishidagi muhim qadamdir. Ayniqsa, muayyan fizik hodisadan uning modeliga o‘tishni bilish o‘quvchida tadqiqotchilik hissini rivojlantirishga asos bo‘la oladi.
Shuningdek, o‘quvchining bilim salohiyatidan kelib chiqqan holda unga tayyor yaratilgan modelni tadqiq qilish vazifasini yuklash mumkin bo‘ladi. Talaba mustaqil ravishda modelda kechayotgan fizik jarayonni tadqiq qiladi, tegishli xulosalarga keladi va olingan natijalarni hisobot ko‘rinishda o‘qituvchiga taqdim etadi[8].
Dars mashg‘ulotlarida PowerPoint hamda Ispring dasturlaridan foydalanish, mavzuni yoritib berish uchun prezentatsiyalar tayyorlash hamda o‘quvchilar bilimlarini nazorat qilish uchun testlar tayyorlashga yordam beradi. O‘qituvchi dars mashg‘ulotlarida prezentatsiyalardan foydalanishi o‘quvchilarga o‘tilgan darsni uyda ham qayta-qayta takror ko‘rish imkoniyatini yaratadi, bu esa o‘quvchilarda mavzuni o‘zlashtirish samaradorligini oshiradi. O‘quvchilar bilimini nazorat qilishda isprig dasturida tuzilgan testlar yordam beradi.
Laboratoriya ishlarini bajarishda virtual konstruktor dasturlaridan foydalaniladi. O‘quvchilarga nafaqat tayyor virtual modellar bilan ishlash balki “Interactive physics”, “Crocodile physics” dasturlarida virtual laboratoriya ishlarini modellarini yaratish va tajriba bajarish o‘rgatiladi. Simulyatorlar bilan ishlash o‘quvchilarda konstruktorlik qobiliyatini shakllantiradi. Simulyatorlar bilan tajriba bajarganda, amalda laboratoriya sharoitida bajarish imkoniyati bo‘lmagan ishlarni ham virtual modelini yaratish imkoniyati mavjud[9].
Zamonaviy fan-texnika va texnologiyalar bilan hamnafas yurish, o‘quvchilarda darslik kitoblardan tashqari ko‘plab qo‘shimcha adabiyotlarni o‘rganish, kompyuter dasturlaridan foydalanish zaruriyati vujudga keladi. Shuning uchun o‘quvchilar ko‘proq mustaqil ta’lim olishlari hamda kompyuter texnologiyalarini o‘rganishlari kerak.
O‘qitishning texnik vositalariga qo‘yiladigan didaktik talablar. O‘quv jarayoni texnika vositalariga qo‘yiladigan talablar ajralmas shartlarga rioya qilishga asoslanadi, chunki texnik vositalardan foydalanish o‘rganish jarayonini tezlashtiradi, muayyan ta’lim muammolarini hal qilishda yordam beradi[10].
O‘quv multimediya dasturlariga asosiy pedagogik talablar quyidagicha qo‘yiladi:
- o‘quvchilarning bilimga qiziqishini yaratish, kognitiv faollikni oshirish;
- multimediya dasturlari asosida tayyorlangan video darslarning yuqori pedagogik sifati;
- video darsda yaratilgan tasvirlar dars jarayonida qo‘yilgan muammoni to‘liq yoritib berishga qaratilgan bo‘lishi;
- multimedia vositalari o‘quvchilarda har bir mavzuni yuqori darajada o‘zlashtirishga, diqqatni va faolligini oshirishga hamda mustaqil izlanishga bo‘lgan qiziqishi orttirishi zarur;
- o‘qitishning texnik vositalari yuqori darajadagi ko‘rgazmalikka va estetik ko‘rinishga ega bo‘lishi kerak.
O‘qitishning texnik vositalariga qo‘yiladigan didaktik talablar o‘quv-tarbiya jarayonini boshqarish, o‘quvchilarni o‘qitish va tarbiyalashdek murakkab vazifani bajarish samaradorligini oshirishga olib keladi.
Xulosa va takliflar (Conclusion/Recommendations). Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, fizika ta‘limida zamonaviy pedagogik dasturiy vositalar asosida o’quv jarayonini takomillashtirish o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshiradi. Ta‘lim jarayonida kompyuter texnologiyalaridan foydalanish ta‘limda samaradorlikka erishish vositasi hisoblanadi.
Zamonaviy fizika ta‘limi dasturiga “Interactive physics”, “Crocodile physics” kabi dasturiy vositalardan foydalanishni kiritish maqsadga muvofiq bo‘ladi deb hisoblayman.